Ifodali o‘qish fanining maqsad va vazifalari


Download 25.5 Kb.
Sana08.05.2020
Hajmi25.5 Kb.
#104317
Bog'liq
Ifodali o'qish topshiriq

IFODALI O‘QISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI


Savollar

  1. Ifodali o‘qish tarixi qaysi soha tarixi bilan bir xil?

Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadimiy bo‘Isa, ifodali o‘qish tarixi ham shu qadar uzoq zamonlarga borib taqaladi.

  1. Hamma davrlarda ham kishilarni nima o‘ziga jalb etib kelgan?

Mazmundor va ifodali nutq hamma davrlarda ham kishilarni o‘ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o‘rin egallab kelgan.

  1. Badiiy adabiyot dastlab qanday shaklda paydo bo‘lgan?

Badiiy adabiyot dastavval xalq og‘zaki ijodi shaklida paydo bo‘lgan.

  1. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida nima muhim ahamiyat kasb etgan?

Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida esa og'zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan.

  1. Kim bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi?

Qo‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi.

  1. Asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, qo‘shiq va dostonlar nima orqali bizgacha etib kelgan?

Asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, qo'shiq va dostonlar, og'zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina bizgacha yetib keldi.

  1. Og‘zaki ijrochilik nimani talab qilgan?

Xalq yaratgan asarlar qanchalik donishmandlik va san’atkorlik mahsuli sifatida yuzaga kelgan bo‘Isa, ularning og‘zaki ijrochiligi ham shu qadar mahorat va san’atkorlikni talab qilgan.

  1. San’at namunalari nimaning badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan?

Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, inson qalbidagi g‘am-andun, shodlik va quvonch tuyg‘ularining badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan.

  1. .. bunday asarlarni shunchaki jo‘n, badiiy tasvir vositalarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida edi, bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo‘lurdi.

Xalq san’atkorlari (qo‘shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi) shunchaki jo‘n, badiiy tasvir vositalarisiz, xilma-xil ovoz tovlanishlarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida edi, ehtimol bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo‘lur edi.

  1. Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og‘zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, …….. da ham shu qadar muhim o‘rin tutadi.

Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og`zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o‘rin tutadi.

  1. Badiiy adabiyotning ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida qanday namoyon bo‘ladi?

Badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.

  1. Asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan soha.

Ifodali o‘qish asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega.

  1. Inson hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan faoliyat.

Badiiy asarlami ifodali o‘qish inson hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

  1. Ifodali o‘qish jarayonida badiiy asarning emotsional ta’sir kuchini oshirib, eshituvchiga beqiyos zavq, huzur bag‘ishlaydigan vositalar.

Ifodali o ‘qish ja-rayonidagi maftunkor ohang, xilma-xil ovoz tovlanishlari, jozibador intonatsiya kabi vositalar badiiy asrning emotsional ta’sir kuchini yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag‘ishlaydi.

  1. Notiqlik san’atini, ifodali o‘qish madaniyatini puxta egallashi zarur bo‘lgan kasb egalari.

So‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi kishilar,inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan mu’allimlar notiqlik san’atini, ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bolishlari zarur.

TEST SAVOLLARI

1)Qanday nutq hamma davrlarda ham kishilarni o‘ziga jalb etib kelgan?

A) tantanali va balandparvoz B) uzun va jimjimador S) mazmundor va ifodali D) qisqa va ilmoqdor



2) Bir paytning o‘zida ham ijodkor ham ijrochi bo‘lgan xalq namoyandalari?

A) ertakchi, qissaxon, baxshi B) yozuvchi, xonanda, diktor S) bastakor, shoir, logograf D) lektor, dirijyor, suflyor

3. “Har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur” – degan hikmatli so‘z muallifi?

A) YUsuf Xos Hojib

B) Ahmad YUgnakiy

S) Unsurulmaoliy Kaykovus

D) Alisher Navoiy



4. O‘rta asrlarda talaffuz normalarini o‘rganuvchi fan?

A) ilmi kalom B) ilmi munozara

S) ilmi hadis D) ilmi tajvid

5. Quyidagilardan qaysi biri yozma nutqqa oid san’at turiga kiradi?

A) dabirlik B) voizlik S) roviylik D) badihago‘ylik



6. Eramizdan oldingi 384–322-yillarda yashab o‘tgan buyuk notiq?

A) Gorgiy B) Demosfen



S) Sitseron D) Lisiy

Ifodali o‘qish fani bilan bog‘liq krossvord




G

B

A

D

I

H

A

N

U

T

Q

O

D

B

A

X

SH

I

E

V

A

A

R

F

O

L

K

L

O

R

F

Q

Q

G

A

F

S

O

N

A

T

N

V

A

I

D

I

K

T

O

R

A

O

A

M

Y

Q

M

A

Q

O

L

K

T

S

P

U

F

A

P

M

U

N

SH

I

Y

R

I

F

O

D

A

L

I

O‘

Q

I

SH

Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling