Ifodalilik va ko'chimlar. I
Download 159.41 Kb.
|
IFODALILIK VA KO\'chimlar 11 sinf darslik asosida 50 talik (1)
IFODALILIK VA KO'CHIMLAR. IFODALILIK VA KINOYA. IFODALILIK VA 0‘XSHATISHLAR 1- variant 1. Qaysi javobda metaforaga to'g'ri ta’rif berilgan? A) Metafora narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi muayyan aloqadorlik asosida birining nomi biian ikkinchisining atalishidir. B) Metafora narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida nom (so'z)ning ko'chishidir. C) Metafora narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi butun-bo'lak munosabati asosida birining nomini ikkinchisiga ko'chirishdir. D) Metafora ma’no ko'chish turlarining umumiy nomidir. 2. Narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi butun-bo'lak munosabati asosida birining nomini ikkinchisiga ko'chirish qanday nomlanadi? A) metafora B) metonimiya С) sinekdoxa D) kinoya 3. Narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi muayyan aloqadorlik asosida birining nomi bilan ikkinchisining atalishi qaysi ma’no ko'chishi hisoblanadi? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 4. Narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida nom (so'z)ning ko'chishi qanday nomlanadi? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 5. Qaysi javobdagi so'zning o'xshashlik asosida ko'chgan ma’nosi tilda doimiy metaforaga aylangan, ya’ni turg'unlashib, mazkur tushunchaning nomiga aylangan? A) Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko'ngillarni qitiqlay boshladi. B) Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi... C) Qo'zichoq qulog'ini dikkaytirgancha qarab turardi. D) Qozonning qulog’idan ushlab, gaz ustidan oldi. 6. Qaysi gapda narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida nom (so'z)ning ko'chishi sodir bo'lgan? A) Dasturxonga qarang, mehmon! B) Bu kishi tirnoqqa zor. C) Tollarning ko'm-ko'k sochpopuklari qizlarning mayda o'rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. D) Bu yerga termulib parishon dunyo. To'g'rilab oladi qo'lda soatin. 7. Manglayi tirishar zinapoyaning, Panjara kuylaydi misoli chiltor, Terlab ketganini ko'rsang oynaning... Hamma narsa seni kutar intizor. (Iqboi Mirzo) Ushbu gapda qanday ma’no ko'chishi bo'lgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 8. Undan keyin sizning dasturxoningizni solib, qo'lingizga suv berib, qizingizning choklarini tikishib, xizmatingizni qilib yotardim! (Cho'lpon) Ushbu gapda qaysi usulda ma’no ko'chgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya Download 159.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling