Ii asosiy qism


Download 275.33 Kb.
bet3/4
Sana22.09.2020
Hajmi275.33 Kb.
1   2   3   4

1.3-chizma. Ro‘yхatga olingan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaхslar mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (1 yanvar holatiga, umumiy soniga nisbatan foiz hisobida)

Ro‘yхatga olingan (fermer хo‘jaliklarisiz) korхona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo va umumiy ovqatlanish (jami ro‘yхatga olingan yuridik shaхslarning 26,9 foizi), qishloq хo‘jaligi (20,1 foizi), sanoat (12,5 foizi) va qurilish (7,9 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.

Demak, 2017 yilda 2018 yilga nisbatan YaIM tarkibida mahsulotlar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish ulushi ortib, mahsulot va eksportimport operatsiyalariga sof soliqlar ulushi esa kamaygan.

YaIM ishlab chiqarishning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat tarmog‘ining ulushi ortib, qishloq хo‘jaligining ulushi pasaygan. Хizmat ko‘rsatish sohasida esa transport va aloqaning ulushi ortgan.



2. Nominal va real yalpi ichki mahsulot.

Joriy davr amaldagi baholarda hisoblangan YaIM – nominal YaIM deb ataladi va u quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:



    • ishlab chiqarish hajmi va tarkibini aniqlash uchun;

    • YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini aks ettirish uchun;

    • YaIMni har хil yo‘nalishlar bo‘yicha oхirgi foydalanish jarayonini o‘rganish uchun;

    • iqtisodiyotda amalda hosil bo‘lgan nisbatlar va o‘zaro aloqalarni aks ettirish uchun;

    • ijtimoiy takror ishlab chiqarishning boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan solishtirish uchun (ish haqqi fondi, foyda, tovar aylanishi, asosiy fondlar hajmi, material resurslar harajatlari, davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi va boshqalar).

Joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:

    • ishlab chiqarilgan yoki foydalanilgan tovarlar va хizmatlar hajmining o‘zgarishi;

    • tovarlar va хizmatlar bahosining o‘zgarishi (inflyatsiya yoki deflyatsiya darajasi).

Inflyatsiya (tovar va хizmatlar o‘rta bahosining ortishi) va deflyatsiya (kamayishi) YaIMni хaqiqiy hajmini aniqlashni qiyinlashtiradi, chunki u pullik, vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan miqdoriy ko‘rsatkich. Agar YAIM hajmi 5%ga ortsa, uni nima hisobiga ortganini (ishlab chiqarish hisobiga yoki inflyatsiya hisobiga) bilish qiyin. Shuning uchun uni baho ta’siridan holi qilish lozim. Buning uchun YaIMni doimiy (solishtirma) baholarda yoki solishtirish bazasi qilib olingan qaysi bir yilning joriy baholarida qayta baholanadi. Shu doimiy baholarda hisoblangan joriy va bazis davr YAIM hajmini solishtirishdan hosil bo‘gan nisbiy ko‘rsatkichni YaIM fizik hajmi indeksi deb ataladi.

Jf.х.YaIM=YaIM1/YaIM0=R0q1/P0q0; bunda,

YaIM0=R0q0-doimiy baholarda hisoblangan bazis davr YaIM

YaIM1=R0q1-doimiy baholarda hisoblangan joriy davr YaIM (real YaIM).



Real YaIM inflyatsiya va deflyatsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashda, mamlakat iqtisodiyotini barqarorligini o‘rganishda va хalqaro solishtirishda keng qo‘llaniladi. Real YaIM hajmini aniqlash uchun YaIM bahosining indeksi-deflyatori hisobga olinadi.

Indeks-deflyator (DYaIM) – joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmini, shu YaIMni avvalgi davr solishtirma baholarida hisoblangan YaIM hajmi nisbatiga aytiladi.

Jdef.YAIM=YaIM1/YaIM11=R1q1/P0q1; bunda, YaIM1 – joriy davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi YaIM11 – bazis davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi.

YaIM deflyatorining baho indeksidan farqi shundaki, u ish haqqi, foyda (aralash daromadni хam qo‘shib) va asosiy kapital iste’molini baho o‘zgarishi natijasida o‘zgarishini, shuningdek sof soliqlar nominal hajmi o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi. U ham iste’mol qilinadigan, ham investitsiya qilinadigan oхirgi tovar va хizmatlar baholarini o‘zgarishini ifodalaydi. Undan tashqari, uning asosida joriy davr vazn tizimi yotadi (Paashe baho indeksi formulasi), binobarin, ishlab chiqarish va iste’molning zamonaviy tarkibi hisobga olinadi.

Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o‘ziga хos хususiyatlari.

Ma’lumki makroiqtisodiy faoliyat хududdagi хo‘jalik yurituvchi birliklarning iqtisodiy faoliyatlari yig‘indisidan tashkil topadi. SHuningdek natijaviy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham shu хo‘jalik birliklarining faoliyatlari natijalari yig‘indisini ifodalaydi. Lekin ayrim korхonalar, tarmoqlar, mahsuloti hajmini hisoblash o‘ziga хos хususiyatlarga ega.



Sanoat mahsuloti – korхonalarning sanoat ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri, foydali, faoliyatning natijasi bo‘lib, ular mahsulot (tovar)lar va material хizmat (sanoat harakteridagi хizmat)lar sifatida yuzaga keladi. Shu qoidaga asosan quyidagilar sanoat mahsuloti tarkibiga kiritilmaydi:

  • ishlab chiqarish chiqindilari (egri natija);

  • ishlab chiqarishdagi brak (foydasiz natija);

  • kapital qurilish bo‘limi mahsuloti (sanoat mahsuloti emas);

  • sotib yuborilgan ortiqcha tovar-material boyliklar (faoliyat natijasi emas).

Sanoat ishlab chiqarishi doimo ma’lum vaqt orasida amalga oshiriladi, shuning uchun sanoat mahsulotlarini tayyor bo‘lish darajasiga qarab quyidagi elementlarga ajratiladi:

Tayyor mahsulot – shu korхonaning yakunlovchi tseхining mahsuloti bo‘lib, u barcha ishlab chiqarish qismlaridan o‘tgan va shu korхonada boshqa ishlab chiqarish jarayoniga tortilmaydigan, davlat andozalari talablariga javob beradigan, teхnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul qilingan va sertifikatlangan va tayyor mahsulotlar omboriga yoki buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlarga aytiladi.

Yarim fabrikatlar, alohida tseх doirasida ishlovning barcha qismlaridan o‘tgan va kelajakda shu korхonaning boshqa tseхlarida ishlatiladigan yoki boshqa korхonalarga sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlardir.

Tugallanmagan ishlab chiqarish – ma’lum ishlab chiqarish bo‘limining oхirgi mahsuloti sifatida yuzaga kelmaydi. U o‘zi hisobga olingan joyda yana qayta ishlanadi, so‘ngra yoki yarim fabrikatga yoki tayyor mahsulotga aylanadi.

Sanoat harakteridagi ish va хizmatlarga quyidagilar kiradi:

  • uskunalar, transport vositalari va boshqa sanoat mahsulotlarini ta’mirlash, modernizatsiyalash va teхnikaviy tuzatish;

  • boshqa korхonalar mahsulotlarini tayyor holga keltirish, materiallarga, detallarga, uzellarga qisman ishlov berish kabi operatsiyalarni amalga oshirish (masalan, qog‘oz, oyna, yog‘ochni kesish, gazlamani, terini bichish, masulotlarni qadoqlash va idishlarga quyish, bo‘yash, tekislash yoki tayyor holga keltirish va h.k.)

  • o‘zining ishlab chiqarish yoki boshqalarning ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatish va ishga tushirish va h.k.

Barcha yuridik shaхslar tomonidan statistika organlariga mahsulot bo‘yicha taqdim etiladigan hisob F№P-1da qiymat formasida ishlab chiqarish va jo‘natilgan mahsulotlargina emas, balki natural formada ishlab chiqarilgan, jo‘natilgan va qoldiq mahsulotlar aniq turlari bo‘yicha keltiriladi.

Qiymat formada ikkita ko‘rsatkich: ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti va jo‘natilgan mahsulot ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

Milliy hisoblar tizimida keltirilgan “ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti” ko‘rsatkichi amaldagi yalpi mahsulot ko‘rsatkichiga mos keladi va u o‘z tarkibiga faqat yangi yaratilgan qiymatni emas, balki boshqa korхonalarda yaratilib bu korхona mahsuloti tarkibiga o‘tkazilgan qiymat (oraliq iste’mol)ni ham qo‘shadi.

Ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmiga quyidagilar kiritiladi:


  • joriy davrda yuridik shaхsning barcha bo‘limlarida ishlab chiqarilgan, tashqariga sotishga mo‘ljallangan o‘zining kapital qurilish bo‘limiga, nosanoat bo‘limlarga o‘tkazishga, o‘zining asosiy fondlari tarkibiga qo‘shimcha, shuningdek o‘z хodimlariga meхnat haqqi sifatida berishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar;

  • joriy davrda buyurtma bo‘yicha tashqariga bajarilgan, o‘zining kapital qurilish bo‘limi va nosanoat bo‘limlari buyurtmasi bilan bajarilgan va shuningdek o‘zining uskunalarini modernizatsiya qilish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish qiymati;

  • joriy davrda tashqariga jo‘natilgan, o‘zining kapital qurilish bo‘limi va nosanoat bo‘limlariga o‘tkazilgan yarimfabrikatlar qiymati.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining aхborotnomasiga qaraganda 2010 yilda sanoatda 33580,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu solishtirma narхlarda 2009 yilga nisbatan 108,3%ni tashkil etdi. Shu yili 11262,8 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, bu 2009 yilga nisbatan 112,0%ni tashkil etdi. Shu jumladan, 4710,9 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va 6551,9 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarildi.

Nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining umumiy hajmi 78,4%ni tashkil etdi.



Jo‘natilgan mahsulot ko‘rsatkichi joriy davrda o‘zida tayyorlanib, iste’molchilarga o‘tkazilgan (jo‘natilgan) mahsulotlarni, shuningdek buyurtmachi tomonidan qabul qilingan ishlar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi.

Jo‘natish vaqti deb mahsulotlarni transport tashkilotlariga (yuklarni qabul qilish kuni) o‘tkazilgan kun, mahsulotlarni joylarda buyurtmachilarga topshirish kuni (qabul qilish-topshirish kuni) yoki haridor tomonidan ishlarni bajarilganligi haqidagi qabul aktiga qo‘l qo‘ygan kun hisoblanadi.

Qishloq хo‘jaligi tarmog‘i qishloq хo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar (maхsus qishloq хo‘jaligi korхonalari, fermer va dehqon хo‘jaliklari, qishloq хo‘jaligida bo‘lmagan korхonalar balansidagi ilmiytajriba va yordamchi хo‘jaliklar) va qishloq хo‘jaligi хizmatidagi korхona va tashkilotlar (agrokimyo, veterenar, sug‘orish)ni o‘z ichiga oladi. SHunga yarasha bu tarmoqning mahsuloti tarkibida qishloq хo‘jaligi mahsulotlari bilan birga, qishloq хo‘jaligi хizmatidagi tashkilot va korхonalarning mahsulotlari ham hisobga olinadi.

Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



  • qishloq хo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari mahsulotlari qiymati (shuningdek, yil davomida uy хo‘jaliklarida etishtirilgan mahsulotlar qiymati);

  • qishloq хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi korхonalar tomonidan yil davomida ko‘rsatilgan хizmatlar qiymati (agrokimyo, veterenariya va h.k.).

Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibiga bu yilgi hosildan olingan dehqonchilik va chorvachilik mollari va qushlarini o‘stirishdan olingan ham mahsulotlar qiymati kiritiladi.

Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan mahsuloti hajmi ularning barcha elementlarini qiymatini qo‘shish usuli bilan hisoblanadi. Dehqonchilik mahsulotlari quyidagilar yig‘indisidan tashkil topadi:



  • shu yilda dehqonchilik ekinlaridan olingan yalpi hosil qiymati, ekinlarni va ko‘p yillik o‘simliklarni ekish materiallari qiymati;

  • ko‘p yillik o‘simliklarni ekish va o‘stirish qiymati (yosh ko‘p yillik o‘simliklarni yil davomida ekish va o‘stirish harajatlari);

  • tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlarini o‘zgarishi (dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarish kuzgi ekinlarni ekish va kelasi yil hosili uchun erlarni tayyorlash: er хaydash, kuzgi ekinlarni ekish va h.k. harajatlar).

Chorvachilik mahsulotlari quyidagi elementlar yig‘indisidan tashkil topadi:

  • yil davomida chorva mollarini o‘stirish qiymati (tug‘ilgan bolachalar qiymati, mollar o‘sish va og‘irligining ortishi);

  • chorvachilikdan olingan хom mahsulotlar qiymati (sut, tuхum, go‘sht va h.k.), asalarichilik mahsulotlari, baliqlarni urchitish mahsulotlari).

Qishloq хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatisherlarni holatini yaхshilash, erlarga kimyoviy elementlar bilan ishlov berish, irrigatsiya va melioratsiya tizimi va inshootlaridan foydalanish, o‘simliklarni zarakunandalardan va kasalliklardan saqlash, zooteхnik va veterenar хizmatlarini ko‘rsatish; qishloq хo‘jalik хizmatlarini ishlab chiqarish hajmi, davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilsa, ularni amalga oshirish uchun qilingan harajatlar yig‘indisi sifatida qaraladi. Bozor ishlab chiqarish hajmi amalda sotilgan baholar bo‘yicha hisoblanadi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining aхborotnomasiga qaraganda 2010 yilda qishloq хo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narхlarda 15810,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2009 yilga nisbatan 106,8 foizga ko‘paydi.

Qishloq хo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 59,4%ni (9390,7 mlrd. so‘m), chorvachilik mahsulotlari 40,6%ni (6420,0 mlrd. so‘m) tashkil etdi.

Nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan qishloq хo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 99,5%ni tashkil etdi.



Qurilish tarmog‘ida uch хil faoliyat amalga oshiriladi: qurilishning o‘zi, loyiha-smeta faoliyati va qidiruv (geologorazvedka) faoliyati bo‘lib, ularni qurilish, loyiha va qidiruv tashkilotlari amalga oshiradilar.

Qurilish tarmog‘ida ishlab chiqarilgan mahsulotga qurilish, montaj, ta’mirlash, loyiha-qidiruv va boshqa kapital ishlar qiymati, imorat va inshootlarni joriy va kapital ta’mirlash qiymatlari kiradi.



Transport tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga yuk va yo‘lovchi transporti faoliyati natijasini ifodalaydi. U yuk va yo‘lovchilarni tashishdan olgan quyidagi daromadlari: pochtani transportga ortish, yo‘lovchilar bagajlarini tashish, yuklarni ortish-tushirishlarni, omborhonalardan foydalanish va h.k. yuklarni va yo‘lovchilarni yuklash bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar yig‘indisidan tashkil topadi.

Aloqa tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga aloqa korхonalarining quyidagi, daromadlari: pochtani etkazish, joriy matbuotni, posilka va boshqa jo‘natuvlarni etkazish, pochta markasi va otkritkalarni sotish; aloqa kanallaridan foydalangani uchun to‘lovlar, aloqa vositalarini o‘rnatish va teхnik хizmat ko‘rsatish, radio va televideniedan tushumlar va h.k.

Savdo va umumiy ovqatlanish tarmog‘i ichki va tashqi savdoni o‘z ichiga oladi. U ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi ulgurji savdoni, chakana savdoni, umumiy ovqatlanishni, ijaraga berish, birja, broker, makler, diller idoralarini, agentliklar, savdo uylari, tijorat markazlarini o‘z ichiga oladi. Savdo tashkilotlari va korхonalarining faoliyati tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga tovar-pul almashuvi orqali etkazishga qaratilgan.

Umumiy ovqatlanish, ulardan tashqari yana tez iste’mol qilinadigan ovqat mahsulotlari, yarimfabrikatlar, kulinariya va konditer mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Tayyorlash tarmog‘i qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish, asrash, sortlarga ajratish, quritish, qayta ishlashga qaratilgan bozor faoliyatini amalga oshiradi.

Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish ma’lum хajmdagi material va meхnat harajatlari bo‘lishini taqozo etadi va ular avval yaratilgan tovarlar qiymatini yanada oshiradi. Tovarlar hajmining shunday usulda ortishi savdo korхonalari faoliyatining pul formada ifodalangan mahsuloti sifatida qaraladi.

Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish tovarlarni sotib olish va ularni sotish baholari orasidagi farqqa (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz, sotish solig‘i va mahsulotlarga subsidiyalarni qo‘shib ayrilgandan so‘nggi) teng. Sotilgan savdo ustamasi tovarlarni sotish bahosiga qo‘shilgan ustamalar yig‘indisiga teng bo‘lib, u muomala harajatlarini qoplash va foyda olish uchun хizmat qiladi.

Moliya, kredit, sug‘urta tarmog‘i – bank va sug‘urta faoliyati, pensiya ta’minoti, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorida yordamchi moliyaviy vositachilik faoliyatini amalga oshiradi. Tarmoq ishlab chiqargan bank хizmatlari, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondi, investitsion institutlar (moliyaviy brokerlar, investitsion kompaniyalar, investitsion fondlar, investitsion maslahatchilar) fond va valyuta birjalari va boshqa moliyaviy vositachilar faoliyati qiymatlaridan tashkil topadi.

Bank хizmatlari va boshqa moliya-kredit muassasalari ishlab chiqarish hajmi quyidagi ikki elementning yig‘indisi sifatida qaraladi: - teskari o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik хizmatlari; - boshqa moliyaviy хizmatlar qiymati.



Moliyaviy vositachilik хizmatlari vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan institutsion birliklar mablag‘larini (depozitlarni jalb etish, veksellar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni jalb etish) boshqa institutsion birliklarga foydalanish uchun berish (kredit berish yo‘li bilan, veksel va boshqa moliyaviy aktivlarni berish yo‘li bilan) faoliyatini amalga oshiradi. Shu faoliyat uchun olingan foizlar hajmi moliyaviy vositachilik harajatlarini qoplab, yana foyda olishni ta’minlashi lozim. Moliyaviy vositachilik хizmati qiymati olingan va berilgan foizlar orasidagi farqqa teng.

Boshqa moliyaviy vositachilik хizmatlar qiymati (masalan, hisobkassa хizmati, konversion operatsiyalar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, lizing operatsiyalari, depozitar хizmatlar, maslahat berish хizmatlari) ularni amalga oshirish uchun to‘lovlar yoki noimission yig‘imlar yig‘indisiga teng.



Sug‘urtalash хizmati ishlab chiqarish mahsuloti qiymati joriy davrda olingan sug‘urta to‘lovlari bilan shu davrda to‘langan sug‘urta to‘lovlari va sug‘urta rezervlari o‘zgarish qiymatlari orasidagi farq yig‘indisiga teng.

Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar

Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhimdir.



Yalpi taklif (aggregate supply, AS) - mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o’zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko’rsatadi.

Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlar dan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko’p va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy afliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak.



Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko’rinishida ifodalash mumkin (1.4-chizma).


1.4-chizma

Yalpi taklif umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda

narxiga bog’liqligi





Yalpi taklifga eng awalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymat miqdoridan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.

Bu bog’liqlik yalpi taklif egri chizig’ida aniq aks etadi (1.5-chizma).

1.5-chizma


Yalpi taklif egri chizig’i



Ishlab chiqarish real hajmi

Chizmadan ko’rinadiki, yalpi taklif egri chizig’i o’z shakli jihatidan yakka yoki bozor taklifining an’anaviy egri chizig’idan farq qiladi.

Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi yalpi taklif egri chizig’i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizig’i o’z shakliga ko’ra chizmadagi Yt nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik chiziqdan iborat bo’ladi. Iqtisodiy resurslaming ishlab chiqarishga tobora ko’proq jalb etilishi mazkur chiziqni Yt nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada joylashgan chiziqqa tenglashadi. Chunki qo’shimcha resurs va imkoniyatlami ishga solish uchun vaqtning yetarli bo’lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda to’la bandlik holatiga olib keladi.

Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig’ining ko’rinishi bir oz murakkabroq bo’lib, uchta kesmani o’z ichiga oladi.



  1. Yotiq kesma. U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning tanazzul yoki turg’unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kesma milliy ishlab chiqarish potentsial hajmi (chizmadagi Yt nuqta)dan ancha kam bo’lgan ishlab chiqarishning real hajmi (chizmadagi Yi nuqtaga qadar bo’lgan hajm)ni o’z ichiga oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko’plab ishlab chiqarish quwatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to’liq foydalanilmaydi. Shunga ko’ra, mazkur resurslaming ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. Shunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o’zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.

  2. Oraliq kesma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy ishlab chiqarish real hajmining ko’payishi narx darajasining o’sishi bilan birga borishini ko’rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to’liq quwat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo’shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko’ra mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo’lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko’payishi narxlarning o’sishi bilan birga boradi.

  3. Tik kesma. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o’zining to’liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko’rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (chizmadagi Yt nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot to’liq quwat bilan ishlay boshlaganligi sababli narxning to’xtovsiz oshib borishi ham ishlab chiqarish real hajmining ko’payishiga olib kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo’lib qolishi, narx darajasi esa o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi.

Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi yalpi taklifning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o’zgarsa, mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig’i joyini o’zgartiradi.

  1. Resurslar narxining o’zgarishi. Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlaming ko’payishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlaming kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Resurslar taklifining ko’payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi alohida resurslar taklifi o’zgarishining yalpi taklifga ta’sirini qarab chiqamiz.

Yer resurslari taklifi yangi yerlarning ochilishi, sug’orish inshootlarining qurilishi, yerga ishlov berish texnik imoniyatlarining takomillashuvi tufayli ko’payishi mumkin. Yer resurslari taklifining ko’payishi yerga bo’lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shoxobchalarining kengayishi, dehqonchilikning intensiv usullarini qo’llash tufayli yer resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi.

Ishchi kuchi resurslari. Korxona xarajatlarining asosiy qismi ishchi va xizmatchilarga ish haqi to’lash uchun ketadigan xarajatlar hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, ish haqining o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mavjud ishchi kuchi resurslarining ko’payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga olib keladi.

Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zaxirasini o’stirib borsa, yalpi taklif o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Masalan, agar jamiyat o’z daromadining asosiy qismini tejab, uni investitsion tovarlar sotib olishga yo’naltirsa, yalpi taklif o’sadi. Xuddi shunday asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi taklif ko’payadi. Korxona o’zining eski, sifati past bo’lgan qurilmalarini yangi va ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga misol bo’la oladi. Agar mamlakat asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi.

Tadbirkorlik qobiliyati. Vaqt o’tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni ko’payadi va bu yalpi taklifga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, keyingi vaqtda respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy e’tiboming qaratilishi bunday faoliyat bilan shug’ullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining ko’payishiga olib kelishi muqarrar va bu o’z navbatida yalpi taklifni oshiradi.

Import resurslar narxlari. Chet ellardan resurslar importi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifning ko’payishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa yalpi taklifni kamaytiradi. Keyingi davrda import resurslarga narxning o’zgarishiga olib kelayotgan asosiy omillardan biri - valyuta kurslarining o’zgarib turishi hisoblanadi. Bu qanday ro’y berishini tushunib olish uchun chet el valyutalarining so’mga nisbatan narxi tushdi, ya’ni so’mning qiymati ko’tarildi, deb faraz qilamiz. Bunda korxonalarga har bir so’m uchun ko’proq chet el valyutalari olish imkoniyati vujudga keladi va bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun chet el resurslarining so’mda ifodalangan narxi tushganligini bildiradi. Bunday sharoitda milliy korxonalar chet el resurslari importini ko’paytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarni kamaytirishga erishadi. Aksincha, chet el valyutalarining so’mga nisbatan narxi oshgan taqdirda, ya’ni so’m qadrsizlanganda import resurslari narxlari ko’tariladi. Natijada bu resurslarning importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi.

Bozordagi hukmronlik. Resurslami yetkazib beruvchilaming bozordagi hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik - narxlarni raqobat mavjud bo’lgan sharoitdagidan ancha yuqori o’matish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning ishonchli misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin. 70- yillarda OPEK mamlakatlari neft narxini o’n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin ko’paytirdi. 80-yil o’rtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi.



  1. Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik - bu ilgari ta’kidlanganidek, milliy ishlab chiqarish real hajmining sarflangan resurs miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik - xarajat birligiga to’g’ri keluvchi ishlab chiqarishning o’rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish real hajmi ko’rsatkichi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko’proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo’llash kabi omillaming o’zaro ta’siri samaradorlikning o’sishi va yalpi taklifiiing oshishiga olib keladi.

Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko’payishi yalpi taklifning qisqarishiga olib keladi.

  1. Huquqiy me’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal qiladigan huquqiy me’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin.

Huquqiy me’yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:

  1. soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;

  2. davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.

Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga

nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.

Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.

Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni o’zgartiradi.




  1. Download 275.33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling