Ii bob. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi va uni hujjatlarda aks ettirish


Download 27.07 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi27.07 Kb.
#1219810
  1   2
Bog'liq
Bobojonov Suhrobjon


BYUDJET TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISH HISOBINING TASHKIL ETILISHI
Reja:
KIRISH
I BOB. ASOSIY VOSITALAR HARAKATINI HUJJATLASHTIRISH

    1. Asosiy vositalar haqida tushuncha

    2. Asosiy vositalarni baholash tartibi.

II BOB. ASOSIY VOSITALARGA ESKIRISH HISOBLASH TARTIBI VA UNI HUJJATLARDA AKS ETTIRISH
2.1 Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning usullari
2.2 Asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda aks ettirish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqish va uni amalda keng joriy etish muhim axamiyat kasb etadi. Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirlgan bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan iqtisodiy islohotlarning jadal tarzda amalga oshirilishi, oldingi hukmron bo’lgan davlat mulki o’rniga mulkchilikning nodavlat shakllari egallashi, o’z navbatida mulk egalariga ham erkinlik yaratib berdiki, mulk egalari mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish hamda tasarruf etish huquqiga ega bo’ldilar. Davlatning islohotlar dasturi qisqa muddat ichida makroiqtisodiy vaziyatning barqarorlashuviga, sanoat ishlab chiqarishi hajmining ortishiga, inflyatsiya darajasi pasayishiga, hayotiy muhim masalalar turlari bo’yicha iqtisodiy mustaqillikka erishishga imkon berdi.
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nommodiy aktivlar hisobini to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish maqsadida,O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Moliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Bosh prokuraturaning Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi1 qaror ishlab chiqildi.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi bo‘yicha quyidagilari asosiylardir2:

  • moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibida aks ettirish;

  • asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yiladigan vazifalari;

  • asosiy vositalarni qayta baxolash tartibi;

  • asosiy vositalarni hisobini aks ettiruvchi buxgalteriya schyotlari;

  • asosiy vositalar qanday holatlarda balansga kirim va chiqimi;

  • asosiy vositalarni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha balansga kirimi;

  • asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi;

  • nomoddiy aktivlarga qaysi buxgalteriya ob’ektlari kirishi;

  • nomoddiy aktivlarni balansga kirim va chiqim qilish tartibi;

  • nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibini;

Respublika byudjetidan moliyalashtirilgan byudjet tashkilotlaridagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini to‘g‘ri olib borish maqsadida ichki audit tizimini joriy qilingan.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi, yetakchi olimlarning keng ilmiy izlanishlari va metadologik uslublariga tayanib, Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi takomillashtirish va uning makroiqtisodiy barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashdagi rolini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasida «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»- deb ko’rsatib o’tilgan.


Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling