Ii bob. Qo‘qon xonligi tarixshunosligi


Download 23.33 Kb.
bet1/2
Sana19.05.2022
Hajmi23.33 Kb.
#679160
  1   2
Bog'liq
II BOB
Kurs ishi, moliyalashtirish

II BOB. QOQON XONLIGI TARIXShUNOSLIGI
2.1. Mahalliy tarixchilarning asarlarida Qo’qon xonligining yoritilishi……………
Birinchi «Qo‘qonshunos» olimlarimiz Qo‘qon tarixi va madaniyatiga doir asarlar yozgan mahalliy tarixchilar hisoblanadi. Bu asarlar turli manbalardan, voqea va hodisalar ishtirokchilari tilidan foydalanib yaratganligi uchun ham muhim yozma manbalar hisoblanadi.
Ushbu davrda mahalliy tarixchilar tomonidan Qo’qon xonligiga oid bir qancha asarlar yaratilgan hamda o’rganilgan. Ular orasida Dilshodi Barnoning “Tarixi muxojiron”1, Muhammad Hakimxonning “Muntaxab at-tavorix”,2 Mirzo Olim Mushrifning “Ansob as-salotin va tavorix al-xavoqin”,3 Muhammad Solihning “Tarixi jadidayi Toshkand”,4 Muhammad Azizning “Tarixi Aziziy” 48, Is’hoqxon Ibratning “Tarixi Farg‘ona”,5 Mulla Olim Maxdumning “Tarixi Turkiston”,6 Mahmud Hakim Yayfoniyning “Xullas at-tavorix” , Po‘lat Qayyumiyning “Xukand tarix:: va uning adabiyoti” kabilarni qayd etish mumkin.
Dilshodi Barno va uning “Tarixi muxojiron” asari. Shoira Dilshodi Barno tojik va o‘zbek adabiyotida o‘zining betakror iste’dodi bilan ajralib turadi. Uning adabiy asarlari bilan birga tarixiy asarlari ham bizgacha yetib kelgan.
Dilshod hijriy 1215, milodiy 1800 yil O‘ratepa shahrining Miri Mushon mahallasida, shu mahalla masjidining muazzini shoirtabiat Rahimquli dodxoh oilasida dunyoga kelgan. Dilshod 13 yasharligida uning otasi O‘ratepa mudofaasida qatnashib halok bo‘ladi. Onasi ham otasidan uch yil oldin vafot etgan edi. Shoira 90 yoshga kirgan momosi Kattabibi qo‘lida qolib «ip yigirib kun kechiradi».
«Tarixi muhojiron» (Muhojirlar tarixi) Dilshodi Barno qalamiga mansub ana shunday tarixiy asarlardan biridir. Dilshodning tarjimai holiga tegishli ma’lumotlar uning asarlarida hamda ilmiy risolalarda keltirilgan. Shoiraning hayoti va adabiy merosi olimlarimizdan A.Muxtorov7 va M.Qodirova4368 tomonidan ilmiy tadqiq etilgan.
Xulosa qilib aytganda, Dilshodi Barno o‘zining biografik-tarixiy mazmunidagi asarida tarixiy voqealar bilan bir qatorda Qo‘qon xonligining madaniy-adabiy hayotiga tegishli qimmatli ma’lumotlarni beradi. Dilshod Qo‘qon tarixchilari ichida shu bilan farq qiladiki, u o‘z asarini ikki tilda yozgan va uning «Tarixi muhojiron» asari ikki tilda ham ravon va bir-birini to‘ldiradigan darajada yozilgan. Shoiraning she’riyati ham ikkala til o‘zbek va tojik tillarida juda ham tabiiy chiqqanki, bu shoiraning ikkala madaniyatga tegishli ekanini isbotlaydi.


Keyinchalik turkistonlik va rossiyalik olimlardan Potanin,9 D.N.Romanovskiy,10 P.I.Nebolsin,11 A.N.Teterevnikov,12 V.Xanikov,13 L.F.Kostenko,14 A.Maksheyev,15 V.Velyaminov-Zernov,16 V.V.Grigorev,17 A.P.Xoroshxin, N.Pantusov,18 N.O.Petrovskiy,19 M.A.Terentev,20 A.F.Midendorf,21 A. Kun,22 A.K.Geyns,23 V.V.Nalivkin,24 S.Abdulg‘afforov,25 M.Mixaylov,26 V.V.Bartold,27 N.G.Pavlov,28 V.Lastochkin, A.G.Serebryannikov, Ch.Valixanov,29 A.Z.Validi,30 L.A.Zimin,31 P.O.Kuznesov,32 N.Ya.Bichurin,33 A.I.Dobromislov, M.V.Lavrov, M.S.Andreyev34 va boshqa bir qancha olimlar xonlik tarixiga oid asarlarni o’rganib, o‘zining fikr va mulohazalarini keltirib o’tganlar.



Download 23.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling