Ii. Bo‘limning vazifa va funksiyalari


Download 16.62 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi16.62 Kb.
#273575
Bog'liq
bolim vazifalari
АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ESHQOBILOV pressed, АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ESHQOBILOV pressed, 7. Эшқобилов 31.01.2020, 3.Эшкобилов ТДПУ 24 АПРЕЛЬ, интеграция, бугалтерия, 2 slides, Эшкобилов С. Авлонийга, АКТ компетентность, Masofaviy talim MAQOLA Eshqobilov, MASOFA, ipoteka, informatsionniy list ofb 1617181442, Договор Ипотека- Утвержденный) (2)

II. Bo‘limning vazifa va funksiyalari
6. Bo‘limning asosiy vazifalari:

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari statistikasini o‘rganish hamda rivojlanishdagi tendensiyalarni tahlil qilish;

Maktabdan tashqari ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari statistikasini o‘rganish hamda dinamikasini tahlil qilish;

Ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek, statistika masalalari bo‘yicha mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish;

Xalq ta’limi tizimi statistika faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni amalga oshirishda ishtirok etish.

7. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) Umumiy o‘rta ta’lim maktablari statistikasini o‘rganish hamda rivojlanishdagi tendensiyalarni tahlil qilish sohasida:

Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, qayta ishlash va umumlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

Statistika borasidagi ko‘nikmalarni rivojlantirish, tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha zamonaviy usullarni ishlab chiqish;

Mavjud o‘quv-uslubiy, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, o‘quv jarayoniga statistika sohasidagi mutaxassislarni jalb qilish;



b) Maktabdan tashqari ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari statistikasini o‘rganish hamda dinamikasini tahlil qilish sohasida:

Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, qayta ishlash va umumlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

Statistika borasidagi ko‘nikmalarni rivojlantirish, tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha zamonaviy usullarni ishlab chiqish;

Mavjud o‘quv-uslubiy, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, o‘quv jarayoniga statistika sohasidagi mutaxassislarni jalb qilish;



v) Ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek, statistika masalalari bo‘yicha mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish sohasida:

Statistika sohasida mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan xamkorlik qilish;

Xorijiy davlatlarning xalq ta’lim tizimiga oid statistik ko‘rsatkichlar tizimini solishtirma tahlil qilish asosida xalq ta’limi milliy statistik to‘plamini nashr etish;

g) Xalq ta’limi tizimi statistika faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

Statistik ko‘rsatkichlarning tezkorligini, ishonchliligini va xolisligini ta’minlash, ularning qulayligi, oshkoraligi va ochiqligini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar(matematika, fizika, kimyo, informatika, ingliz tili va boshqa chet tillari) bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish asosida pedagog kadrlar buyurtmasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish;

Xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida xalq ta’limi tizimi statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha tizimga mos matematik metod va mezonlarni aniqlashtirish;



d) Institut Ilmiy kengashi va direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlariga materiallar tayyorlaydi.
Download 16.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling