II . Egalik kategoriyasi (3-dars)
Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli , tegishli ekanini ifodalovchi qo’shimchalar egalik shakllari deyiladi . Egalik shakllari majmui egalik kategoriyasini tashkil etadi .
Ismlarga qo’shilib , asos qismida ifodalangan narsa , belgi-xususiyat , harakat-holatlarni uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo’shimchalar egalik qo’shimchalari deyiladi .
|
Birlik
|
Ko’plik
|
|
|
|
I shaxs
|
-im , -m
|
-imiz , -miz
|
So’zlovchi
|
Nutq ishtirokchisi
|
|
II shaxs
|
-ing , -ng
|
-ingiz , -ngiz
|
Tinglovchi
|
Nutq ishtirokchisi
|
|
III shaxs
|
-i , -si
|
-i , -si (-lari?)
|
O’zga
|
Nutqdan tashqari
|
|
Har bir egalik qo’shimcha(affiks)si ayni vaqtda ham shaxs ma’nosini , ham son ma’nosini ifodalaydi (III shax egalik qo’shimchasigina birkil va ko’plikda farqlanmaydi , umumiy sanaladi) .
So’zlarga egalik shakllari qo’shilganda quyidagi fonetik hodisalar sodir bo’ladi :
1. Tovush tushishi ( a , i , u unlilari tushib qolishi kuzatiladi)
o’g’il , singil , ko’ngil , shahar , zahar , bag’ir , bo’g’iz , mag’iz , og’iz , burun , qorin , bo’yin , egin , yarim , ayir , o’g’ir , o’rin , sag’ir kabi so’zlarga egalik shakllari qo’shilsa(-lari bundan mustasno) tovush tushishi sodir bo’ladi
2. Tovush almashishi
oxirgi tovushi k yoki q undoshi bilan tugagan so’zlarga egalik shakllari qo’shilsa , k tovushi g ga , q tovushi g’ ga almashadi . Masalan , elak , terak , bolalik , ertak , o’zbek , bilak , yurak ; yutuq , buloq , tayoq , qoraqalpoq , qishloq , qoshiq , sho’shiq , oshiq , quloq , quchoq kabi so’zlar
Eslatma : har qanday k yoki q undoshi bilan tugagan so’zlarga egalik shakllari qo’shilganda tovush almashishi sodir bo’lavermaydi . Masalan , erk , ocherk , ko’rk , huquq , zavq , shavq , ishtiyoq , turq , farq , idrok , sharq , park , yoq , turq , ishtirok , ishtiyoq
3. Tovush ortishi
u , bu , shu , o’sha olmoshlariga egalik shakllari ikki marta qo’shiladi va n tovushi orttiriladi . unisi , bunisi , shunisi , o’shanisi kabi
haq+i = haqqi , had+i = haddi , his+i = hissi , qad+i=qaddi
parvo , obro’ , mavqe , avzo kabi so’zlarga egalish shakllari qo’shilsa , y tovushi orttirilib aytiladi va shunday yoziladi .
I , II shaxs ko’plikdagi -imiz(-miz) , -ingiz(-ngiz) shakllari hamda III shaxs birlikdagi -i(-si) shakl og’zaki so’zlashuv uslubida tushib qolishi , ifodalanmasligi(belgisiz qo’llanishi) mumkin . Masalan , biz+ning bog+imiz ==biz+ning bog’ , siz+ning uy+ingiz==siz+ning uy , yong’oq+ning mag’iz+i==yong’oq mag’iz , o’rik+ning danak+i==o’rik danak
Egalik qo’shimchalarining I , II , III shaxs ko’plik shakli uslubiy talab bilan birlikni ifodalashi mumkin .
a) Aka+m Toshkentda yashaydi==Aka=miz Toshkentda yashaydi
b) Opa+ng qayerda ishlaydi?==Opa+ngiz qayerda ishlaydi?
d) Ota+si urushda vafot etgan==Ota+lari urushda vafot etgan
Bunda hurmat , kamtarlik , kinoya , manmanlik
, bajargan ishda o’zini ta’kidlamaslik kabi ma’nolar ifodalanadi .
Viloyat , shahar , tuman , korxona , muassasa kabilarning nomlarida qo’llanilgan egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas , balki xoslik , umumdan ajratilganlik , mo’ljallanganlik ma’nosini anglatadi . Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi so’z(tobe so’z) qaratqich kelishigida qo’llanmaydi . Masalan , Bobur bog’i , Orol dengizi , o’qish kitobi , Toshkent shahri , Do’stlik tumani , Jizzax viloyati , Mustaqillik bayrami , Amerika qit’asi , go’sht do’koni , g’isht zavodi , dehqon bozori
-i , -si egalik qo’shimchasi bir qator ravishlar tarkibida egalik ma’nosini ifodalamaydi . Bunday so’zlarda ular yaxlitlanib qolgan , o’z vazifasini yo’qotgan . Masalan , kechasi ishlaydi , kunduzi uxlaydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |