xulosa va takliflar berish, yetuk bilimli kadirlarni tayyorlash, ilmiy maqolalar, tavsiyanomalar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlash va chop etish;
1.4. O‘zaro hamkorlikda seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish, shuningdek, madaniy – ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish;
1.5. O‘zaro baklavr, magistr, mustaqil izlanuvchilar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar va doktarantlarga ilmiy rahbarlik qilish;
1.6. Ushbu shartnomaning tuzilishi va bajarilishi boshqa shartnomalarning tuzilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
II. HAMKORLIK ShARTNOMASI BO‘YIChA TOMONLARNING MAJBURIYaTLARI
2.1. Toshkent Davlat agrar universiteti Samarqand filiali majburiyatlari:
2.1.1. Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali “Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo‘jaligi va raqamli texnologiyalar” va “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va mexanizatsiyalashtirish” kafedrasi professor – o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilari, bakalavr talabalari va magistrlari, korxona xodimlari bilan xamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi;
2.1.2. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi va audit, agrobiznes va investitsion faoliyat, agrologistika, agroturizm, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, zooinjeneriya sohalari bo‘yicha mutaxassislar talab etilgan xollarda Tashkilot talabiga binoan Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida ta’lim olayotgan bakalavriat va magistratura bitiruvchilarini faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlab beradi;
2.1.3. Filial professor-o‘qituvchilari xamkorligida olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, dala tajribalari va laboratoriya tahlillarini o‘tkazishda bevosita ishtirok etadi;
2.1.4. Tashkilot talabiga binoan o‘rganilishi va baxolanishi lozim bo‘lgan mavzularni filial bakalavriatura BMI, MD va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari sifatida o‘rganib, natijalarini MChJ va fermer xo‘jaliklariga taqdim etadi;
2.1.5. Tashkilot da o‘tkaziladigan seminarlar va madaniy–ma’rifiy tadbirlarda filial professor–o‘qituvchilari qatnashishlari uchun jalb qilish;
2.1.6. Filial professor–o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim–izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilari, magistrlarning ilmiy ishlarini bajarishda Tashkilot yetakchi olimlar ishtirokini va ilmiy rahbarligini ta’minlash;
2.1.7. Tashkilot muammolari bo‘yicha samarali ilmiy–tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart–sharoitlar va imtiyozlar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |