bobda mehnatni boshqarish xarakteri, mehnatni boshqa rish turlari, F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari, mehnat- ning hunarmandchilik, texnokratik va innovatsion boshqarish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mehnatni boshqarishning ijtimoiy xarakteri
M ehnat o‘zining xarakteri bo‘yicha hamma vaqt ham ijtimoiy jarayon bo‘lgan. H ar qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil etishni va tartibni taqozo etadi. Kimdir xodimlar oldi- ga maqsadni qo‘yishi vazifalarni taqsimlashi, ularni bajarilishi ustidan nazorat qilishi, har holda odamlarni mehnatga undashi, ularning harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak. M ehnatni bosh qarishning xarakteri, uning usuli va vositalari doimiy bo‘lib qo- lolmaydi. Pirovardida ular ishlab chiqarishning o‘zi rivojlangan- ligi darajasi va uning ijtimoiy shakli bilan belgilanadi. G ‘arbiy adabiyotlarda mehnatni boshqarishning rivojlanish bosqichlarini XX asr menejmenti nazariyachilari F.Teylor, E.Meyo, R.Likert va boshqalarning ishlari bilan bog‘laydilar. Ba’zi bir tadqiqotchi lar iqtisodiy o‘sish sanoatlashganiga qadar, sanoatlashgan va il- miy-texnik variantlariga mos keluvchi mehnatni boshqarishning hunarmandchilik, texnokratik va innovatsion turlarini ajratishni taklif qiladilar. Bunday davrlarga ajratish jiddiy asoslarga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |