Iii daraja


Download 137.15 Kb.
Sana08.10.2020
Hajmi137.15 Kb.




III – daraja

50. 2,5 mol ammoniy gipofosfit tarkibidagi vodorod atomlari sonidan ¼ marta ko’p vodorod saqlagan fosfoniy fosfit massasidan 22,5 g ga kam massada vodorod atomini tutgan izatonni molini toping.

A) 5 mol B) 6 mol C) 7 mol D) 8 mol

51. 51,6 g kaolindan olinadigan kislorod necha g ortaklaz tarkibida bo’ladi?

A) 61,5 B) 62,55 C) 65,55 D) 42,57

52. 1 mol spirtning oksidlanishidan hosil bo’lgan al’degidning massasi 0,5 mol shu spirtning yonishidan hosil bo’lgan karbonat angidrid massasidan 0,8787 marta katta bo’lsa, 0,25 mol spirtning massasini (g) toping.

A) 13 B) 15 C) 7,5 D) 20

53. 1 mol spirtning oksidlanishidan hosil bo’lgan al’degidning massasi 0,3 mol shu spirtning yonishidan hosil bo’lgan karbonat angidrid massasidan 18,4 g ga ko’p bo’lsa, 0,25 mol spirtning massasini (g) toping.

A) 25 B) 15 C) 30 D) 60

54. 1,5 mol spirtning oksidlanishidan hosil bo’lgan al’degidning massasi 0,46 mol shu spirtning yonishidan hosil bo’lgan karbonat angidrid massasidan 1,334 marta katta bo’lsa, 18,5 g spirt miqdorini (mol) toping.

A) 1 B) 0,5 C) 0,25 D) 0,125

55. 1,4 mol spirtning oksidlanishidan hosil bo’lgan al’degidning massasi 0,25 mol shu spirtning yonishidan hosil bo’lgan karbonat angidrid va suvning massasidan 38,4 g ga ko’p bo’lsa, 11 g spirt miqdorini (mol) toping.

A) 1 B) 0,5 C) 0,25 D) 0,125

56. Quyidagi reaksiyadagi x, y va z larni toping.

1/8CxHy(OH)x-2 + zO2 → ¾CO2 + ¾ - 0,375H2O

A) 6; 4; 1,875 B) 6; 4; 1,375 C) 6; 2; 0,6875 D) 4; 8; 4

57. Quyidagi reaksiyadagi x, y va z larni toping.

1/5CxHy(OH)x-4 + zO2 → 2CO2 + ¾ + 0,05H2O

A) 10; 4; 0,9 B) 10; 2; 1,8 C) 5; 8; 1,5 D) 14; 4; 0,9

58. Quyidagi reaksiyadagi x, y va z larni toping.

¼ CxHyN0,5x Ox-6 + zO2 → 2CO2 + ½ N2 + 5/4H2O

A) 11; 6; 2,75 B) 8; 10; 2,625 C) 8; 9; 4,75 D) 8; 10; 2,375

59. 54 g diopsit tarkibida necha mol kremniy mavjud?

A) 0,5 mol B) 1 mol C) 1,5 mol D) 2 mol

60. 0,5 mol anortit (CaO ⋅ Al2O3 ⋅ 2SiO2) tarkibidagi kislorodni g – atomini aniqlang.

A) 2 B) 8 C) 4 D) 6

61. 8,4 g fosterit tarkibidagi xMgO ⋅ SiO2 kislorodni massasi magniyning massasidan 1,333 marta ko’p bo’lsa, x ni qiymatini aniqlang.

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

62. 9 g xMgO ⋅ SiO2 tarkibli mineraldagi kislorodni massasi magniyning massasidan 1,111 marta ko’p bo’lsa, x ni qiymatini aniqlang.

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

63. 34,02 grammli mineral Mg3[SixO5]x(OH)x tarkibidagi magniyning massasi kislorodni massasidan 10,8 g ga kam bo’lsa, x ni qiymatini toping.

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

64. Quyidagicha tarkibli minerallar berilgan NaxSiyAlyO23 va NaySixAlxO17 bo’lsa, y ni qiymatini toping.

A) 1 B) 2 C) 4 D) 6

65. 2 mol uzum va 4 mol olma kislota necha mol natriy bilan birika oladi?

A) 12 mol B) 16 mol C) 18 mol D) 20 mol

66. Limon va salitsil kislotalarga natriy teng mol miqdorda birikishi uchun bu kislotalar necha mol nisbatida olinishi kerak?

A) 1 : 4 B) 4 : 2 C) 2 : 4 D) 2 : 3

67. Askorbin kislotaning enol shakliga 1 mol alyuminiy birikkan bo’lsa, bu molekuladagi sp3 – s orbitallar sonini aniqlang.

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

68. 4 mol ruxli tanga nam havoda oksidlanganda uning massasi necha grammga ortadi?

A) 40,5 g B) 60 g C) 76 g D) 162 g

69. 5,55 kg li misli tog’ora nam havoda qoldirilganda uning mingdan bir qismida (massa jihatidan) yashil dog’lar hosil bo’lgan. To’g’ora yuzasidagi necha mol mis oksidlangan?

A) 0,001 B) 0,086 C) 0,025 D) 0,05

70. Suv 2000°C gacha qizdirilganda suvning faqat 1,8% i parchalangan (hajm jihatidan) bo’lsa, hosil bo’lgan gazlar aralashmasining o’rtacha molekulyar massasini aniqlang.

A) 12 B) 17,84 C) 18,8 D) o’zgarmaydi

71. Suv 2700°C gacha qizdirilganda suvning faqat 11% i parchalangan (hajm jihatidan) bo’lsa, hosil bo’lgan gazlar aralashmasining o’rtacha molekulyar massasini aniqlang.

A) 12 B) 17,06 C) 18,5 D) o’zgarmaydi



72. Karbonat angidrid bilan to’ldirilgan idishning massasi 422 g bo’lib, shu idishning argon bilan massasi 420 g, teng mol miqdorda olingan argon va noma’lum gaz bilan shu idishning massasi 414 g ga teng. Noma’lum gazning molekulyar massasini toping?A) metan B) etan C) propan D) butan


Download 137.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling