Iii ma’ruza Tilni o‘zlashtirish psixolingvistik jarayon sifatida


Download 46 Kb.
Sana22.09.2022
Hajmi46 Kb.
#817165
Bog'liq
III ma\'ruza
fizika, 1-topshiriq(yechim), 8-мавзу (1), 2.1.-Mavzu (1), 2.1.-Mavzu (1), O`zbekistonda siyosiy part, mustaqil ish 1, 10 топшириқ o'zbekiston tarixi Xudoyqulova Mohira, 1-mavzu. Ma’lumotlar bazasini noormal, Zahiriddin Muhammad Bobur bayonnoma, 2-mavzu, 1-mua.keys 9-1 MEXS 21 Xamrayev Alisher, 2-тақдимоти iyod, 3-тақдимоти iyod, amaliy ish 1


III ma’ruza
Tilni o‘zlashtirish psixolingvistik jarayon sifatida.

  1. Tilni erkin eksperiment asosida o‘rganish

  2. Psixolingvistikaning eksperiment metodi

  3. Assotsiativ psixologiya va uning o‘ziga xos jihatlari

AQSh olimlari, V.Fon Gumboldt, eksperiment, assotsiativlik, psixolingvistik metod, chegaralangan, so‘z yaqinligi, fiziologik o‘lchov, intensivlik, gapning transformatsiyasi. Xulq-atvor,oddiy assotsiativlik, murakkab assotsiativlik, assotsiativ mexanizm, assotsiativ psixologiya, stimul-reaksiya, psixologik protsess, matematik logika.
Ma’lumki, psixolingvistika termini bilan bog‘liq masalalar 1954 yilda AQSh olimlari tomonidan nashr etilgan va Ch.Osguda, T.Sibeoka tahriri ostida e’lon qilingan kollektiv monografiyada ilk bora qo‘llangan edi. O‘shandan buyon bu terminni qayta -qayta esga olib turamiz. Ta’kidlash joizki, tilni tahlil etishda psixologik yo‘nalishlar ularga qadar ham mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, nemis tilshunos olimi V.fon Gumboldt izlanishlarida bu narsa o‘zining to‘laqonli aksini topib kelgan. Biroq aynan shu termin XX asrning 50-60 yillariga kelganda amerikalik tadqiqotchilar tomonidan keng va atroflicha o‘rganilgan va fanga tadbiq etilgan. Kollektiv tomonidan yuzaga kelgan monografiyada psixolingvistik metodni aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari, uning o‘ziga xos tomonlari topib o‘tilgan. Muhimi shundaki, psixolingvistik metod til muloqot jarayonini psixologik jihatlarini mumkin qadar o‘rganishda ma’lum bir aniq ma’lumotlar asosidagi materiallarga tayanadi. Bunda til assotsiativligi erkin eksperiment tahlil etilish asosida psixolingvistik metod yordamida aniqlanadi.
Darxaqiqat, til paydo bo‘lishi va shakllanish jarayonlari mavjudligi bilan xarakterlanadi. 1910-yil amerikalik psixiatrlar G.Kent va N.Razanovlar o‘zlarining birinchi lug‘atini ingliz tilida chop etishgan. Bu lug‘at 1000 dan ortiq so‘zlardan tarkib topgan bo‘lib, unda til assotsiativlik belgilari eksperiment asosida o‘rganilgan. Jumladan, stol, qorong‘i, musiqa, kasal, erkak, yumshoq, chuqur, ovqat, tog‘, uy kabi so‘zlar lug‘at maqomida o‘ziga xos tarzda ekanligi, ma’lum psixik etaplarni ifodalash jarayonida ham muhimlik kasb etishi ko‘rsatib o‘tiladi. Aytish mumkinki, lug‘at assotsiativlik xususiyatiga ega bo‘lib, unda nemis, fransuz, polyak, rus, belorus va boshqa tillardan olingan so‘zlar kiritilgan. SHuni alohida ta’kidlamoq joizki, lug‘atdagi so‘zlar assotsiativlik nuqtai nazaridan bir xil maqomga ega bo‘lgani kabi turli tillarda turlichi aks etadi. Masalan, amerikalik 1000 studentdan 840 nafari stol so‘zini stul, belorus studetlaridan esa 1000 nafaridan 116 tasi stolni doira (aylana) sifatida aytib o‘tganligi ma’lum bo‘lgan. Bu jarayonlar tilni assotsiativ eksperiment qilish va o‘rganish asosida amalga oshirilgan. Psixolingvistik metodning xarakterlik xususiyati shundaki, assotsiativ eksperimentlar chegaralangan topshiriqlar bilan bevosita aloqadordir. Masalan, sinonimlar, omonimlar, antonimlar, paronimalar, ot va to‘ldiruvchilar xaqida fikr yuritilganda, ular atrofidagi masalalarning, albatta, chegarasi bo‘ladi. Eksperimentlar jarayonlarida beriladigan topshiriqlar aniq, tushunarli, shuningdek, kamroq tahlillar asosida yuzaga keladi. Psixolingvistik metodning muhim ko‘rinishlaridan biri eksperiment jarayonida so‘z yaqinligiga amal qilish asosida uning bir necha xil guruhini aniqlashdan iboratdir. Masalan, ikki keyingi o‘rinda turuvchi sonlar guruhi O (keyingi o‘rinda turuvchi qiymatga ega bo‘lgan natural belgi), 10 (unga nisbatan yaqinlik alomatiga ega bo‘lgan ma’no ifodalovchi son) So‘zning yaqinlik alomatiga ko‘ra belgisi juft so‘zlarda yoki yaqinlik belgisiga ko‘ra ko‘rsatkich sonlarda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Aytaylik, bo‘ron shturmi 10,a belgisi (soni)ga yaqin olsak, oq belgi kelinning balki bebaho ekanligiga psixik holatdan kelib chiqib baholangan. A.Luriya bunday holatni fiziologik o‘lchov natijasining bir ko‘rinishi sifatida ta’kidlash bilan birga, intensivlik yordamida aniqlanish o‘lchami sifatida e’tirof etadi.
Ma’lumki, intensivlik bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarga uzundan-uzoq ta’sir etib qolmay, ijobiy urg‘u berishini ilova etadi. Psixolingvistik metod tilning turli xil tabiatini tekshirish va o‘rganish jarayonida ana shunday eksperimentlarga tayanadi. Ma’lum bir tilning grammatik o‘rni va sintaktik qurilishini, shuningdek, gapning tarnsformatsiyasini o‘rganadi.Transformatsion modellar bilan bog‘liq ta’limot psixolingvistik eksperimentlarda N.Xomskiy tomonidan amala oshirilgan edi. Dj. Miller psixolingvistik modellarni o‘rganish va aniqlashda N.Xomskiy ta’limotiga asoslanadi. Ko‘rinadiki, psixolingvistik metod o‘ta darajadagi murakkab va serqirra metoddir. Albatta, bu jarayon hozirgi zamonaviy psixolingvistika oldida turgan turli xil muammolarni hal etish uchun ham asosiy vazifani o‘taydi. Vaholanki, zamonaviy psixolingvistika psixologiyaq tilshunoslik fanlarining tutash nuqtasida hosil bo‘lganligi uchun ham ular o‘rtasida o‘zaro yaqinlik, aloqadorlik, bog‘liq tomonlarini yaxshi his etmoq lozim. Ana shundagina psixolingvistikani va u bilan bog‘liq muammolarning echimini to‘g‘ri topgan bo‘lamiz.
Xulosa qilib aytganda, psixolingvistik metod eksperimetlar asosida amalga oshiriladigan soha bo‘lib, uning asosiy mexanizmi suhbat jarayonida tilning ichki imkoniyatlari asosida amalga oshishidadir.
Psixolingvistika uchun muhim bo‘lgan ko‘rinishlardan biri uning assotsiativ psixologiya va xalq-atvor psixologiyasidir.
Assotsiativ psixologiya-psixologiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u XVII asrning oxiri XVIII asrning boshlarida maydonga kelgan. Assotsiativlikni tushunish uchun Lokkom va Leybinitsning asperseptik (aniqlik) ta’limotiga asoslanish lozim bo‘ladi. Nemis psixologi va pedagogi I.Gerbart XIX asr o‘rtalariga kelib tilshunoslar bilan hamkorlikda aynan xulq-atvor assotsiatsiyasi masalasida jididy izlanishlar olib bordi. U 1816 yilda yozgan «Psixologiya» kitobi nemis tilidan rus tiliga tarjima qilingan bo‘lib, shuningdek, 1824 yilda yozgan «Psixologiya fan sifatida metafizika va matematikaning ilg‘or tajribalariga tayanib» nomli kitobida uning o‘ziga xos tomonlarini ochib beradi. Uning fikricha, xulq-atvor assepsiyasi xuddi matematika va mexanika fanlari kabi isbot talab etadi. Gerbart o‘z tadqiqotlarida xulq-atvorni tushunmoqlikning mexanizmini ishlab chiqadi. Buni amalga oshirishda dinamik xarakter kasb etish mumkinligini aniqlaydi.
Psixologik yondashuv har bir individning duneqarashi Bilan bog‘liq yuzaga keladigan assotsiativ jarayondir. Ma’lumki, assotsiativlik ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ular oddiy assotsiativlik va murakkab assotsiativlikdir. Oddiy assotsiativlik aralash tipdagi birliklar qo‘shilmasidan tashkil topsa, unga nisbatan murakkab assotsiativlik kasb etuvchi belgilar kontekst xarkterga xosdir. Bundan tashqarii ular o‘rtasidagi aloqalar, yangilanish munosabatiga ko‘ra ma’no yaqinligiga ega bo‘ladi.
Assotsiativ mexanizmlarni tilshunoslikka tadbiq etish shu narsani ko‘rsatadiki, bu masalani keng va atroflicha o‘rganish har qanday tilning ichki formasini so‘zma-so‘z, ma’noma-ma’no belgilab berish, shuningdek, so‘zning assotsiativlik va sintagmatik belgilarini xulq-atvorga mos ravishda ekanligini namoyon etadi.
XX asr assotsiativ psixologiya muammolari bilan shug‘ullanish zamirida bixeviorizm – ingliz tilidan olingan bo‘lib, xulq-atvor degan ma’noni ifodalaydi. V.Vundt o‘z ekspirement tekshiruvlari natijasida psixologik ijodiy yondashuv mexanizmini yuzaga keliida xulq-atvor assotsiatsiyasi muhimligi masalasida alohida to‘xtamga kelgan edi. Ingliz olimi D.Uotson oldin o‘zining 1913 yilda yozgan «Psixologiyaga xulq-atvor nuqtai nazaridan» deb nomlangan maqolasida, undan keyin 1925 yilda yozgan «Bixeviorizm» kitobida psixologik ijodiy yondashuvni individning xatti-harakati bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelishini uqtirib o‘tadi. Har bir tushunchani bevosita xulq-atvorga joylash mexanizmini stimul-reaksiya asosida talqin qilishni o‘rtaga tashlaydi. Bu narsa, shubhasiz, miyada charxlanadi, nutq orqali reallashadi, oydinlashadi, shuning uchun ham uni boshqaruv nutqi sifatida qaraydi. Dj. Mid esa bunday jarayonni ijtimoiy qarashlar, qaysiki kishilar o‘rtasidagi munosabat jaryonining ma’lum bir bo‘limiga xos bo‘lishi, unda xulq - atvor odobining mexanik harakatda amalga oshirilishi nuqtai nazaridan idrok qiladi.
Xulq - atvor nutq momentida yuzaga keluvchi psixologik protsessdir. U vaqtda xulq - atvorni psixologik assotsiativlikning teoriyasi sifatida, matematik logikaga yaqinlik kasb etishini, shuning uchun ham assotsiativ qonun-qoidalarni o‘rganuvchi jarayon sifatida e’tirof etish lozim. U murakkab til qonuniyatlarini, konyunksiya (^), dizyunksiya (v),implikatsiya () va ekvivalentlilik (~) yordamida o‘rganadi. Assotsiativ psixologiyaning mexanizmi ideal munosabat ifodalovchi jarayon bo‘lib, u xulq-atvorning muhim ahamiyat kasb etishini taqozo qiladi. Bugungi milliy zamonaviy psixolingvistika faktik materiallarga tayanib, materialni ijtimoiy-tabiiy, nutqiy, ijodiy fikr sifatida tushunish va undan unumli va o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu masala bugungi kun ijtimoiy psixologiyasi uchun ham, fiziologiyasi uchun ham etakchi masala sanaladi.
Fiziologik assotsiatsiyaning asosi xususida I.Pavlov muhim tashviqotlar olib boradi. Xususan, oliy nerv sistemasi doimo saqlanib qorluvchi xarakterli ma’lumotlarni muhim deb biladi.
Rus psixologlari L. Vigotski, S. Rubinshteyn, A. Leontevlar psixologiyani qayta ishlab chiqish borasida va uning assotsiativ bilimlarini o‘rganishda shu narsalarni alohida ko‘rsatib o‘tadilarki, ya’ni psixologiya ijtimoiy muhitni o‘rganishning psixologik ijodiy yondashuvidir. Demak, xulq-atvor psixologiyasi ijtimoiy muhit tarzi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan omildir. Uni hayotga tadbiq etish va undan unumli foydalanish uchun ham ma’lum bir psixik jaaryonlar, inson psixologiyasi, unga xos bo‘lgan psixik belgi-xususiyatlar, uning kayfiyati, ruhiyati, ichki va tashqi alomatlari ijobiy ta’sir etadi.
Xulosa qilib aytganda, xulq-atvor masalasi lingvistika uchun asosiy omillardan biri sanalib, unda inson dunyoqarashi, undagi o‘y-fikrlar, kishilar bilan bo‘ladigan jonli muloqot jarayonidagi aloqalar o‘z ifodasini topadi.

Savol va topshiriqlar


  1. Psixolingvistika termini bilan aloqador masalalar xususida nimalar deya olasiz?

  2. Tilni eksperiment asosida o‘rganishning muhimligi

  3. Assotsiativ eksperimentlar nima?

4. AQSH olimlari, V.Fon Gumboldt, eksperiment, assotsiativlik, psixolingvistik metod, chegaralangan, so‘z yaqinligi, fiziologik o‘lchov, intensivlik, gapning transformatsiyasi. Xulq - atvor psixologiyasi xaqida nimalar bilasiz?
5. Psixologik yondashuv nima bilan bog‘liq?
6. Assotsiativ psixologiyaning mexanizmi qanday munosabat ifodalaydi?
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling