Ijodiy insholar Maktab “Tarixiy o’lkashunoslik muzeyi”


Download 211 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2020
Hajmi211 Kb.
#157403
  1   2
Bog'liq
INSHO

Ijodiy insholar

Maktab “Tarixiy o’lkashunoslik muzeyi”. 


  Reja: 
1.Muzeylar- bizning shonli tariximiz.
2.Maktabimiz muzeyi. 
3. Muzey – bilim maskanidir.
      Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks etgan. Yurtboshimiz I. A. Karimov : “Tarixsiz –kelajak yo`q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.  
      Maktabimizdagi “Tarixiy o`lkashunoslik “ muzeyi ilmiy –ma’rifiy maskanlardan biri bo’lib, bu yerga doim o’qituvchi va o’quvchilar muzeyni tomosha qilish, uni o’rganish va o’zlariga bir olam zavq, taassurotlar olish uchun tashrif buyurishadi. Qolaversa, shahrimizdagi boshqa maktablardan ham o’qituvchi va o’quvchilar tajriba almashish uchun muzeyimizga keladilar. Bizning maktab muzeyi 2007-yil maktabimiz direktori Mavluda Usmonovna tashabbusi bilan tashkil etildi. Bu madaniyat maskanida ko’plab eksponatlar mavjud. Eksponatni yig’ishda maktabimizning o’qituvchi, o’quvchilarining, qolaversa, ota-onalarning hissasi katta. Muzeyda, hatto, ko`p yillik tarixga ega eksponatlar ham bor.

      Muzeyga kirar ekansiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan tarixiy buyumlarga, jihozlarga duch kelasiz. Unda ota-bobolarimizning XVIII-XIX asrni aks ettiruvchi qo`l mehnatlari, tarixiy kitoblar, qadamjolar, ma’rifatparvar allomalarimiz haqidagi ma’lumotlar bor. Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Alimova Xolbeka Yuldashevna “Tarixiy o`lkashunoslik muzeyi” ishlarini faollik bilan yuritadi, shu jumladan, muzey qoshida “Milliy qadriyatlarimizni o’rganamiz” nomli to’garagiga ham rahbarlik qiladilar. To`garakka qiziquvchi 17 nafar o’quvchi jalb qilingan. Mashg`ulotlarimizning asosiy maqsadi o’zimizning boy tariximiz, ulug’ qadriyatlarimiz, buyuk o’tmishimizni anglashdir. Ustozimiz Alimova X.Yu dars jarayonida xalqimizning boy tarixi haqida doimo to’lqinlanib gapiradilar. Ayniqsa, ustozimizning buyuk ajdodlarimiz haqidagi hikoyalarini tinglash juda ham maroqli. Ustozimizning hikoyalarini tinglaganimiz sari qalbimizda shonli tariximizdan g’ururlanish va faxrlanish tuyg’usi jo’sh uradi.
      Adabiyot darsida”Alisher Navoiy merosini o`rganamiz”, tarix darsida “Buyuk ipak yo`li”, vatan tuyg`usi darsida “Qadimiy-qadamjolar”, mehnat darsida “Xalq hunarmandchiligi”, geografiya darsida “Xaritashunoslik”, kimyo darsida “Foydali qazilmalar”, zoologiya va botanikada “Cho`l tabiati va hayvonot dunyosi” mavzularini o`tishda biz muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishib, o`zimizning amaliy ko`nikmalarimizni oshirib boramiz. Bu amaliy mashg`ulotlar fanlarga bo`lgan qiziqishimizni yanada kuchaytiradi.

      

  

Maktabimiz muzeyi men kabi o`quvchilar o`rtasida katta qiziqish uyg`otgan maskandir. Bu yerda tengdoshlarim bilan o`zimizning bilimimizni, dunyo qarashimizni kengaytirishga harakat qilamiz. Bundan tashqari ustozimiz Alimova Xolbeka Yuldashevnaga muzey boyligi bo`lmish eksponatlarini ko`paytirishda o`z yordamimizni ayamaymiz. Bunday tashabbusingiz uchun sizdan minnatdormiz, aziz ustozim!

7-“V” sinf o`quvchisi Toshmamatova Sevinch

Download 211 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling