Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi TRX-BU-20 talabasi Turg’unov Murodjonning Maxsus tarix fanidan tayyorlagan Taqdimoti - O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — O‘zbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy-madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadigan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hududida yashagan va yashayotgan xalqlarning moddiy va ma’naviy hayotini aks ettiruvchi, yaratilgan joyi, vaqti, manba turi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tarixan paydo bo‘lgan, doimo to‘ldirib boriladigan va doimiy saqlanishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlarining majmuidir.
- Arxivlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizom»(O‘.R. MAF) tasdiqlanib,uning asosiy maqsadi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarining to‘liq qamrab olinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
- Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga o‘tkazish yoki hujjatlarni undan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ularning hujjatlari qimmati ekspertiza qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |