Ijtimoiy fanlar kafedrasi


-mavzu. IX-XII asrlarda  O„rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg„onish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17

8-mavzu. IX-XII asrlarda  O„rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg„onish 
davri. Fan va madaniyat yuksak ravnaqi 
 
Reja: 
1.IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatining yuksalishi. 
2.XIV-XV asrda Markaziy Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyat ravnaqi.  
 
Tayanch so„z va iboralar: 
 “Qomusiy  bilim”,  “Axmad  Farg„oniy”,  “Baytul  hikma”,  “Xorazmiy”,  “Ikkinchi  muallim”, 
“Forobiyning  Arastu  asarlariga  sharhi”,  “Abu  Ali  ibn  Sino”,  “Abu  Rayhon  Beruniy”,  “Yusuf  Xos 
Xojib”,  “Qutadg„u  bilik”,  “Markaziy  Osiyoda  ma'naviyat  rivojlanishi  avjining  ikkinchi  to„lqini”, 
“Mirzo Ulug„bek”, “Kamoliddin Behzod”, “Navoiy”. 
Ma'ruza maqsadi: 
 IX-XII  asrlarda  yurtimizda  tashkil  topgan  markazlashgan  davlatlar  iqtisodiy  va  madaniy 
hayotga ijobiy ta'sir qiladi.  Ilm-fanga, madaniyaga intilish  kuchayadi.  Ma'ruzaning maqsadi-
ushbu  jarayonlarni  to„liq  va  har  tomonlama  yoritib  berish.  Ma'lumki,  XIII  asrda  mo„g„ullar 
istilosi  natijasida  mamlakatimiz  madaniy  tushkunlikka  uchraydi.  Amir  Temur  va  temuriylar 
davrida  madaniy  ilmiy  yuksalishining  ikkinchi  to„lqini  boshlanadi,  tariximizning  mazkur 
sahifalarini to„laligicha ochib berish maqsadga muvofiq bo„ladi deb hisoblaymiz. 
Nazariy qism: 
O„rta  Osiyoda  IX-XIII  asr  boshlarida  Somoniylar,  Qoraxoniylar,  G„aznaviylar  va 
Xorazmshohlar  davlatlari  hukm  surdilar.  Bu  davlatlar  xalqaro  maydonda  o„z  mavqyei  va 
tutgan  o„rni  jihatidan  katta  e'tibor  va  nufuzga  ega  bo„ldilar.  Ahmad  Nasr,  Ismoil  Somoniy, 
Alptakin, Mahmud G„aznaviy, To„g„rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va 
uzoqni  ko„ra  oladigan  davlat  arboblari  davrida  O„rta  Osiyoda  hayotning  barcha  jabhalarida 
yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va 
barqarorlik vujudga keldi. 
 
Muhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiy  (783-850)  qadimgi  Xorazm  diyorida  tug„ilib, 
voyaga  yetadi.  G„oyatda  o„tkir  zehn  egasi  va  noyob  qobiliyat  sohibi  bo„lgan  al-Xorazmiy 
yoshlik  chog„idan  boshlab  aniq  va  tabiiy  fanlarni  o„rganishga  qiziqdi,  arab,  fors,  hind  va 
yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o„qib, mutolaa qildi. 
 
Xorazmiy  matematika,  geometriya,  astronomiya,  geografiya,  tarix  ilmi  va  boshqa 
fanlar  sohasida  barkamol  ijod  qildi.  Uning  “Al  Jabr  val  muqobala”  (“Tenglamalar  va 
qarshilantirish”),  “Hisob  al-Hind”  (“Hind  hisobi”),  “Kitab  surat  al-Arz”  (“yer  surati  haqida 
kitob”),  “Kitab  at-Tarix”  (“Tarix  kitobi”),  “Kitab  al-Amal  Bil  Usturlabat”  (“Usturlob  bilan 
ishlash haqida kitob”) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 
20 tadan ortiq asardan bizning davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan. 
 
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg„oniy 797-865 yillarida yashab 
ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg„oniy o„z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. 
U  matematika,  geografiya,  astronomiya,  tarix  sohalarida  ijod  qildi.  Ahmad  Farg„oniyning 
ijodiy  faoliyati  Bag„dodda  ulug„  mutaffakir  olim  Al-Xorazmiy  rahbarligidagi  “Bayt-ul-
Hikma”  bilan  bog„liqdir.  U  arab  atamashunosligini  paydo  bo„lishi  va  ilmiy  taraqqiyotiga 
munosib  hissa  qo„shib,  Bag„dod  va  Damashqda  rasadxonalar  qurilishida  shaxsan  qatnashdi. 
Ahmad  Farg„oniyning  kitoblari  dunyoga  ma'lum  va  mashhurdir.  “Kitob  fi  Usul  ilm  an-
Nujum”  (“Falakiyot  ilmining  usullari  haqida  kitob”),  “Falakiyot  risolasi”,  “Falak  asarlari 
sababiyati”,  “Al-Majistiy”,  “Ilm-xayya”,  “Al  Farg„oniy  jadvallari”,  “Usturlob  bilan  amal 

 
45 
qilish haqida”, “Oy yerning ustida va ostida bo„lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “yetti iqlim 
hisobi”,  “Usturlob  yasash  haqida  kitob”  asarlarining  qo„lyozmalari  Angliya,  Fransiya, 
Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda.  
 
Abu  Nasr  Muhammad  ibn  Muhammad  Forobiy  873  yilda  Forob  (O„tror)  yaqinidagi 
Vasij shaharchasida tavallud ko„rgan va 951  yilda Damashqda vafot etgan. O„rta Osiyoning 
yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uyg„onish davrining eng ko„zga ko„ringan arbobi, Sharq 
falsafasining  otasi  Forobiy  avval  Forob,  Buxoro  va  Samarqandda  bilim  oldi  va  turli  tillarni 
o„rgandi.  Bag„dodga  kelgach  fanning  turli  sohalari  bo„yicha  bilimlarini  chuqurlashtirishda 
davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan 
ortiq  asar  yozdi.  Forobiyning  riyoziyot,  falakiyot,  tabobat,  musiqa,  falsafa,  tilshunoslik  va 
adabiyotga oid  asarlari butun olamga mashhur bo„ldi. U  yozgan “Aristotelning “Metafizika” 
asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a'zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga 
erishuv haqida”, “Siyosat al Madaniya” (“Shaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar 
shahri”,  “Masalalar  mohiyati”,  “Qonunlar  haqida  kitob”,  “Tafakkur  yurgizish  mazmuni 
haqida”,  “Mantiqqa  kirish  haqida  kitob”,  “Falsafaning  mohiyati  haqida  kitob”  va  boshqa 
asarlar  buyuk  olimning  ilm  va  dunyoqarash  doirasining  beqiyos  darajada  kengligi  va 
chuqurligidan dalolat beradi.  
 
Abu  Bakr  Muhammad  ibn  Ja'far  Narshaxiy  (899-959)  Buxoro  yaqinidagi  Narshax 
(hozirgi  Vobkent  tumanida)  qishlog„ida  899  yilda  tavallud  topgan.  Narshaxiyning  ilmiy 
asarlari to„g„risida ma'lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asari 
bizgacha  yetib  kelgan.  Asar  qo„lyozma  nusxalarda  va  hozirgi  zamon  ilmiy  tarixiy 
adabiyotlarda  “Tarixi  Narshaxiy”,  “Taxqiq  ul-Viloyat”  (“Viloyat  haqiqatini  aniqlash”), 
“Axbori Buxoro” (“Buxoro haqida xabarlar”)kabi nomlar bilan atalib kelingan. 
 
Biz  o„rganayotgan  davr  IX-XII  asr  fan  va  madaniyatining  ravnaqini  Abu  Rayhon 
Beruniysiz (973-1048 y.) tasavvur qilish mumkin emas. 
Beruniy 
Xorazmda 
yashagan 
vaqtda  hali  juda  yosh  bo„lishiga  qaramay,  Kat  shahrida  muhim  astronomik  kuzatishlar 
o„tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o„zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o„zi tug„ilib 
o„sgan  vatanni  tashlab  ketishga  majbur  bo„ladi  va  avval  Rayga,  keyin  Jurjonga  keladi.  Bu 
yerda  mashhur  tabib,  astronom,  faylasuf  Abu  Saxl  Iso  al-Masixiy  bilan  tanishadi  va  undan 
ta'lim oladi. Beruniy o„zining mashhur asarlaridan biri bo„lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan.  
 
Beruniy 1030 yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo„lgan eng yirik asarini yozadi. 
Bu  asar  juda  katta  ahamiyatiga  ega  bo„lgan  asar  bo„lib,  bu  haqda  juda  ko„p  g„arb  va  sharq 
olimlari  o„zlarining  fikr-mulohazalarini  bildirganlar.  Beruniyning  bu  asari  ustida  20  yil  ish 
olib  borgan  E.Zaxau  uning  arabcha  tanqidiy  teksti  bilan  ingilizcha  tarjimasini  1888  yilda 
Londonda nashr ettiradi. 
 
Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)  Buxoro  yaqinida  joylashgan  Afshona  qishlog„ida 
tavallud  topgan.  Otasi  ziyoli,  o„qigan,  bilimdon  kishi  bo„lib  asli  Balxdan  bo„lgan.  Ibn  Sino 
o„sha  davr  ziyolilar  oilasida  hukm  surgan  turmush  tarzi  tizimi  bo„yicha  “Qur'oni  Karim”ni 
yoshlik chog„idan yod ola boshlaydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind 
hisobi kabi sohalarni ham o„qita boshlaydi. 
 
Ibn Sino  haqiqiy  ensiklopedik  olim  bo„lib, o„z davrining deyarli barcha fanlari  bilan 
muvaffaqiyatli ravishda shug„ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda 
uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo„lsa ham, zamonlar o„tishi bilan ularning ko„pi 
yo„qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. 
 
Abu Abdulloh Ja'far Rudakiy  (960-1041  y.) taxminan 960  yilda Samarqand  yaqinida 
joylashgan Panjrudak qishlog„ida tug„ilgan.  
 
Rudakiyning tarjimai holiga bag„ishlangan barcha manbalarda uni kambag„al oiladan 
ekanligi,  yoshligidayoq  musiqa  asboblarini  yaxshi  chalishni  va  ashula  aytishni  sevganligi 
qayd etiladi. Yosh shoirning o„zi she'rlar yozishi va musiqaga bo„lgan bunday muhabbati tez 
orada uni mashhur qilib yuboradi.  

 
46 
 
Rudakiy  fors-tojik  she'riyatining  asoschilaridan  biri  hisoblanadi.  XI  asr  shoiri 
Rashidiyning  aytishicha,  Rudakiyning  bir  million  uch  yuz  ming  bayt  she'ri  borligi  hisoblab 
chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, she'rlar, doston va boshqalar 
yetib  kelgan,  xolos.  Bu  asarlarda  shoir  do„stlik,  muhabbat,  yaxshilik  qilish,  birovning  dilini 
og„ritmaslik kabi ulug„ insoniy fazilatlarni ulug„laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi. 
 
Mahmud Qoshg„ariy  faoliyati bilan bevosita shug„ullanuvchi  olimlarning fikricha bu 
zot  1029-1038  yillar  orasida  Qashg„arda  tug„ilgan.  U  o„ziga  to„q,  ziyoli  oiladan  bo„lib, 
Qashg„arda  yaxshi  bilim  oladi.  Hatto  u  Buxoro  va  Nishopur  shaharlarida  o„z  bilimlarini 
kengaytirib katta-katta olimlar bilan suhbatda bo„ladi. Mahmud Qoshg„ariy yashab ijod etgan 
yillar Qoraxoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga to„g„ri keladi. Mahmud Qoshg„ariy 
juda ko„p safarlarda bo„ladi va o„zining asarlari uchun boy ma'lumotlar to„playdi. Ko„p yillik 
izlanishlar  natijasida  “Devoni  lug„ati  turk”  va  “Javohiri-nahv”  “Turk  tili  sintaksisi  asoslari” 
asarlarini yozadi.  
 
Qoraxoniylar  davrida  yashagan  yana  bir  o„z  davrining  atoqli  shoiri,  donishmand  va 
davlat  arbobi  Yusuf  Xos  Hojibdir  (XI  asr).  Uning  tarjimai  holi,  tug„ilgan  yili  va  hayoti 
to„g„risida  yozilgan  biron-bir  asar  saqlanib  qolmagan.  U  Qoraxoniylar  sulolasining  poytaxti 
Balasog„unda  tug„ilgan  va  shu  yerda  ijod  etgan.  Hozirgi  kunda  Yusuf  Xos  Hojibning 
“Qutadg„u  bilik”-”Baxt-saodatga  boshlovchi  bilim”  deb  nomlangan  didaktik,  badiiy-falsafiy 
asari bizgacha yetib kelgan bo„lib, boshqa asarlari ma'lum emas. 
 
“Qutadg„u bilig” asarida bilim haqidagi alohida bob bo„lib, unda bilimdan hyech bir 
ziyon  bo„lmasligi,  u  kishilarga  faqat  foyda  keltirishi  mumkinligi,  kishilarga  bilim  qadr-
qimmat,  hurmat  va  ehtirom  keltirishi  mumkinligi  aytib  o„tiladi.  Shuningdek,  asarda 
markazlashgan  davlatni  mustahkamlashga  qaratilgan  nizolarga  chek  qo„yish  kabi  o„sha  davr 
uchun juda katta ahamiyatga molik bo„lgan masalalarga ham alohida e'tibor beriladi.  
 
IX-XII asrlarda islom dini va so„fiylik 
 
Xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar 
va  G„aznaviylar,  Xorazmshohlar  davrida  bu  mustaqil  markazlashgan  davlatlarni  yanada 
mustahkamlash  uchun  islom  diniga,  uning  ta'limotiga,  tarixiy  ahkomlariga  e'tibor  bir  necha 
bor kuchaya boshlaydi. 
 
Imom  Buxoriy  (809-870  yy.)  Buxoroda  tug„ilib,  shu  yerda  birinchi  bilimlarni  oladi. 
So„ngra  bilimini  yanada  chuqurlashtirish  maqsadida  Makka,  Madina,  Bag„dod,  Damashq, 
Kufa, Nishopur kabi  shaharlarga boradi.  Manbalardan bizga ma'lumki,  Imom Buxoriy islom 
dini  masalalariga  bag„ishlangan  20  ga  yaqin  asar  yozgan.  Shu  kitoblar  orasida  Buxoriyning 
butun  dunyoga  mashhur  qilgan  asari  “Al-Jome'  as-Sahih”  (“Ishonchli  to„plam”)dir.  Bu  asar 
160 qismdan iborat bo„lib, 3450 bobni o„z ichiga oladi. Buxoriy hadislarini to„plash va bayon 
etishda uni haqiqiyligiga asosiy e'tibor bergan, uni haqiqatga yaqinligini isbotlovchi dalillarni 
keltirgan  va  shu  asosda  hadislarni  klassifikatsiya  qilgan  olimdir.  Uning  diqqat  markazida 
fanning  inson  uchun  tarbiyaviy  ahamiyati,  uning  ma'naviy  yuksalishi,  fozilligi,  donoligi, 
yaxshi  va  yomonni  ajrata  olishi  turadi.  Umrining  oxirida  u  o„z  Vataniga  qaytib  keladi  va 
Samarqand  yaqinida  vafot  etadi.  Mustaqillik  yillarida  bu  ulug„  bobakalonimiz  ruhini  shod 
etib, O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan uning vafot etgan joyida ulkan 
majmua-bino  barpo  qilindi.  Hozirda  bu  joy  nafaqat  mamlakatimiz  fuqarolarini,  balki  butun 
musulmon dunyosi ahlini ziyoratgoh joyiga aylangan. 
 
Imom at-Termiziy (824-892  yy.) Termizdan uncha uzoq bo„lmagan  Bug„ qishlog„ida 
tug„ilgan.  U  ham  Buxoriy  singari  Sharqning  juda  ko„p  shaharlarida  bo„lib,  o„z  bilimini 
oshirishga harakat qiladi. At-Termiziy hadislardan tashqari filologiya, tarixga oid asarlar ham 
yozdi. Uning 10 dan ortiq yozgan asarlari orasida nomini butun musulmon olamiga mashhur 
qilgan  asari  “Jome  at-Termiziy”  yoki  “Sunan  at-Termiziy”dir.  Bu  asar  islomda  ulamolar 
tomonidan haqiqat deb tan olingan mashhur hadislar to„plamidan biridir.  

 
47 
 
Islom  dinining  mamlakatda  asosiy  din  sifatida  tan  olinishi,  boshqa  dinlarning  oyoq-
osti qilinishi, bu davrda mehnatkash omma turmush tarzining og„irlashuvi ular orasida ularni 
yupatishga,  ularning  ruhini  yengil  qilishga  yordam  beruvchi  g„oyani  qidirishga  majbur  qila 
boshladi. Bu g„oya tasavvuf g„oyasi bo„ldi. 
 
Hozirgi O„zbekiston hududida tasavvufning rivojlanishida Yusuf Hamadoniy ta'limoti 
muhim  rol  o„ynaydi.  Manbalarda  qayd  qilinishicha,  Yusuf  Hamadoniy  1043-1049  yilda 
Eronning  Hamadon  shahrida  tug„iladi.  Dastlabki  bilimlarini  Hamadon  va  Bag„dodda  oladi. 
Imom  G„azzoliy  kabi  buyuk  allomalarni  tarbiyalab  voyaga  yetkazgan  shayx  Abu  Ali 
Farsadiyga  shogirdlikka  tushadi.  Yusuf  Hamadoniy  umrining  katta  qismini  O„rta  Osiyoda 
o„tkazgan.  U  hunarmandchilik-kosibchilik  bilan  shug„ullangan.  Shuning  uchun  ham  bo„lsa 
kerak, uning ta'limoti  asosan hunarmandlar orasida keng tarqalgan va ularning manfaatlarini 
ifodalagan.  Yusuf  Hamadoniy  sufiylik  ilmi  bo„yicha  ko„plab  shogirdlar  tayyorladi.  U 
Buxoroda  maxsus  xonaqo  qurdirib,  o„sha  yerda  shogirdlarga  dars  bergan.  Hamadoniy 
ta'limotida  vatanparvarlik  g„oyalari  o„z  ifodasini  topgan.  Uni  pir  deb  bilgan  shogirdlaridan 
213  tasi  mashhur  shayxlar  bo„lib  yetishgan  ekanlar.  Hamadoniy  ta'limotidan  O„rta  Osiyoda 
ikki tasavvuf maktabi-Yassaviylik va Naqshbandiylik kelib chiqadi.  
 
O„rta  Osiyo  hududida  birinchi  vujudga  kelgan  sufiylik  oqimi  Yassaviylikdir.  Bu 
oqimga  1105  yilda  Yassa  (Turkiston)  shahrida  tug„ilgan  Ahmad  Yassaviy  asos  solgan. 
Ahmad Yassaviy Buxoroda Yusuf Hamadoniydan ta'lim olgach, yana ona shahri Turkistonga 
qaytib  keladi  va  shogirdlar  tarbiyasi  masalasi  bilan  shug„ullanadi.  Madrasa  va  xonaqolar 
qurdiradi.  Yassaviy  ta'limotining  asoslari  turkiy  tilda  yozilgan  “Devoni  Hikmat”  asarida 
bayon  etilgan.  U  o„troq  va  ko„chmanchi  turkiy  xalqlar  orasida  sufiylik  ta'limotini  targ„ib 
qilishda muhim ahamiyat kasb etgan.  
 
Ahmad Yassaviyning fikricha shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz haqiqat 
bo„la olmaydi. Ular doimo bir-birini to„ldiradi. Bu yo„l kamolot yo„li bo„lib, inson hayotining 
asl mohiyatini tashkil etadi. 
 
Yusuf  Hamadoniyning  yana  bir  shogirdi  Abduxoliq  G„ijduvoniy  bo„lgan.  Yassaviy 
bilan G„ijduvoniy shu darajada iqtidorli shogirdlardan bo„lishganki, keyinchalik ulardan biri 
“Yassaviya”,  ikkinchisi  “Naqshbandiya”  tariqatining  asoschilari  bo„lib  yetishadilar.  Xoja 
Abduxoliqning  tarjimayi  holi,  tug„ilgan  va  vafot  etgan  sanalari  aniq.  U  1103  yilda 
G„ijduvondda tug„ilib, 1179 yilda o„z vatanida vafot etadi.  
 
Xoja Abduxoliq G„ijduvoniy Sharq falsafa tarixida o„ziga xos o„rin egallaydi. Uning 
falsafiy  dunyoqarashi  tasavvufdagi  Xojagon  (Xojalar)  xalqasida  shakllandi.  Agar  bizgacha 
Ahmad  Yassaviyning  “Hikmatlar”i  meros  bo„lib  qolgan  bo„lsa,  Xoja  Abduxoliq 
G„ijduvoniydan  “Risolayi  Sohibiya”  “Risolayi  Shayxshshuyuk  Xazrati  Abu  Yusuf 
Hamadoni” kabi asarlar meros bo„lib qolgan. Ammo bu asarlar hali yaxshi o„rganilmagan va 
keng  xalq  ommasi  orasida  targ„ib  qilinmagan.  Xoja  Abduxoliq  G„ijduvoniy  ustozidan  ko„p 
narsalarni o„rganar ekan, o„zi ham ko„p hollarda mustaqil fikr  yuritib, ba'zi masalalarda o„z 
yo„lini shakllantirishga harakat qilgan. 
 
Najmiddin  Kubro  (1145-1221  yy.)  -  tasavvuf  ta'limotining  O„rta  Osiyodagi  yirik 
vakillaridan biri. Sufiylikdagi Kubraviya oqimining asoschisidir. Xivada tug„ilib, Misr, Tabriz 
va  Hamadonda  ilm  olgan.  Ko„hna  Urganchga  qaytib,  o„z  ta'limotini  rivojlantirib,  shu  yerda 
yangi  sufiylik  oqimiga  asos  soladi.  U  “Favoix  al-Jamol  va  fovotix  al-Jalol”  (“Jamolining 
muattarligi va kamolotning egalari”), “As-usul al-ashara” (“O„nta qonun va qoidalar”) nomli 
qator risola va asarlar yozib, o„z ta'limotini takomillashtirishga erishdi. Kubroviya tariqatining 
asosini  10  tadan  iborat  qonun-qoidalar  tashkil  etadi.  Ularga  asosan  “tavba”,  “zuxd”  (“mol-
dunyodan  voz  kechish”),  “tavakkal”  (“Olloh  yo„lida”),  “qanoat”,  “uzlat”,  “doimiy  zikr”, 
“tavajjuz”, “sabr”, “muroqaba” (“kamolot topish”) va “rizo” (xalqqa yetishish) kabi qoidalar 
kiradi. Kubroviya tariqati Yassaviya tariqatidan farq qilib, tarki dunyochilik rad etiladi. Unda 
kamolot yo„lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan 
bahramand bo„lish kerakligi ilgari suriladi. Bu ta'limotda vatanga, xalqqa bo„lgan muhabbat 

 
48 
g„oyasi nihoyatda kuchli bo„lib, har qanday og„ir sharoitda ham xalq bilan birga bo„lish, vatan 
himoyasi uchun kurashish, uning mustaqilligini saqlash zarurligini da'vat qilinadi.  
O„z 
g„oyasiga sodiq Najmiddin Kubro vatan himoyasi yo„lida shahid bo„ldi va jasorat namunasini 
o„z muridlariga ko„rsata oldi.  
 
Shunday qilib, tasavvuf Movarounnahr aholisining ma'naviy hayoti bilan chambarchas 
bog„langan ta'limot bo„lib, o„rta asrning xalqparvar adib va mashoyixlari uni chuqur bilishga 
va u orqali ommaga ziyo va ma'rifat tarqatishga intilganlar.  
 
Me'morchilik va san'at 
 
IX-XII  asrlarda  o„lkada  markazlashgan  yirik  davlatlarning  shakllanishi  va  ularning 
rivoji,  davlatchilikning  mustahkamlanishi,  ma'naviy  hayot,  ilm-fanning  rivojlanishigagina 
emas,  balki  moddiy  madaniyatning  ham  rivojlanishiga  asos  bo„ldi.  Samarqand,  Buxoro, 
Urganch,  Termiz,  Uzgan  va  Marv  kabi  shaharlarda  saroylar,  masjid,  madrasalar,  minoralar, 
maqbaralar, tim va karvonsaroylar ko„plab qurila boshladi.  
 
IX-X  asr  me'morchiligi  uslublarini  saqlanib  qolganligini  ko„plab  masjidlar  misolida 
ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko„pgina 
masjidlar o„z vaqtida arablargacha bo„lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida 
qurilgan.  Ular  bir  xonali  bo„lib,  masjidning  tomlari  ustunga  tayanib  turgan.  Masjidlarning 
tomi odatda gumbaz shaklida bo„lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib 
qirqilgan  g„ishtlar,  o„yma  ganchlar  va  hatto  tilla  suvlar  bilan  bezatilgan.  Bu  davrga  oid 
masjidlar  to„g„risida  so„z  yuritilganda,  Buxorodagi  Mag„oki  Attoron,  Poykand  masjidi, 
Termizdagi  Chorustun,  Shahristondagi  Childuxtaron  masjidlarini  qayd  qilish  mumkin.  Bu 
yodgorliklar  O„rta  Osiyoda  diniy  me'morchilikning  rivojlanish  yo„llarini  kuzatish 
imkoniyatini berdi. 
 
Saroylarning go„zalligini Termiz shahridagi saroy misolida ko„rish mumkin. Bu saroy 
to„liq  ochib  o„rganilgan.  Saroy  shahar  mudofaa  devorlaridan  tashqarida,  bog„lar  orasida 
joylashgan  va  10  gektarga  yaqin  maydonni  ishg„ol  etgan.  Saroy  mudofaa  devorlari  bilan 
o„ralgan. Saroy o„zining mahobatliligi, serhashamligi va bag„oyat go„zal, nafis bezaklari bilan 
odamni o„ziga jalb qiladi. 
 
Somoniylar  davriga  oid  shahar  va  qishloq  aholisining  uylari  to„g„risida  hozir 
arxeologiya ancha ma'lumotlarga ega. Bu borada qadimiy Samarqand-Afrosiyob, Xorashkent-
Kanka,  Binkent,  Termiz,  Marv,  Dehiston  kabi  o„nlab  yodgorliklarda  olib  borilgan 
izlanishlarning natijasi diqqatga molikdir. Afrosiyobda bu davrga oid katta bir mahalla ochib 
o„rganilgan. 
 
Somoniylar  davridayoq  yirik  shaharlar  bo„lgan  Samarqand,  Buxoro,  Termiz,  Marv, 
Qoraxoniylar davrida yanada kengaydi. Bu shaharlar endi uch qismli-ark, shahriston, rabotdan 
iborat edi. Ularda yangidan-yangi hashamatli imoratlar paydo bo„lib, bu imoratlar o„z tuzilishi 
va naqshlari bilan ajralib turardi. 
 
Qoraxoniy  hukmdori  Shams-ul-Mulk  Buxoro  yaqinida  saroy  barpo  etdi  va  bundan 
tashqari  Hazara  qishlog„i  yaqinida  Dingaron  masjidini  va  uning  yonida  Barat-i-Malik  nomi 
bilan  mashhur  bo„lgan  karvonsaroy  qurdiradi.  Buxoro  shahrida  1127  yilda  Qoraxoniy 
Arslonxon  tomonidan  mashhur  imorat-Minorayi  Kalon  barpo  etildi.  Vobkentda  XII  asrning 
oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II tomonidan qurilgan minorani, Jarqo„rg„onda (Surxondaryo 
viloyati)  Qoraxoniylar  tomonidan  1108-1109  yillarda  barpo  etgan  minorani,  shuningdek 
Buxorodagi Nomozgohni va Attoriy masjidini alohida ta'kidlab o„tish mumkin. 
 
Qoraxoniylar  davrida  Samarqand  shahrida  ham  ko„plab  binolar  barpo  etildi. 
Afrosiyobdagi  arxeologik  qazilmalar  shundan  dalolat  berib  turibdi.  Lekin  mo„g„ullar 
istilosidan so„ng bu binolar vayronaga aylandi.  
 
Termiz  shahri  XI-XII  asrlarda  ancha  rivojlandi,  yangi  mustahkam  mudofaa  devori 
qurildi,  bu  yerda  barpo  etilgan  Termiz  hukmdorlari  saroyi  ayniqsa  mashhurdir.  Bu  saroyni 
qazib ochgan arxeologlar turli idishlar bilan birga afsonaviy hayvonlar tasvirini ham topishdi. 

 
49 
XI-XII  asr boshlarida Xorazmda ham  ko„pgina  binolar qad ko„tardi, jumladan, Urganchdagi 
Faxriddin  Roziy  va  Shayx  Sharif  maqbarasini,  ko„plab  karvon  saroylarni,  Buronqal'a, 
Nayifqal'a va boshqalarni aytib o„tish mumkin.  
 
Bu me'morchilikdan tashqari bir necha suv inshootlarini qurish va unda yo„nilgan tosh, 
pishiq g„isht, suvga chidamli qurilish qorishmalaridan-bandlar, novlar, ko„priklar, sardobalar 
va  korizlar  qurilgan.  Bu  inshootlar  mamlakatda  fan  va  ishlab  chiqarishni  g„oyatda 
rivojlanganligidan  dalolat  beradi.  1,5  mln.  m.kub  suvni  to„plash  imkoniyatiga  ega  bo„lgan 
Xonbandi  nomli  suv  omborining  qurilishi  fikrimizning  dalili  bo„lib  xizmat  qiladi. 
Manbalardan ma'lum bo„lishicha, bunday suv inshootlarini qurish uchun suvning vertikal va 
gorizontal  bosim  kuchlarini  hisoblab  chiqish  va  tog„da  qurilganligi  uchun  tez-tez  yerning 
qimirlab turish kuchlarini ham matematik yo„llar bilan hisoblab chiqish lozim bo„lgan va bu 
ish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 
 
Bu davr me'morchiligi bilan bir qatorda unga bog„liq bo„lgan naqqoshlik  va tasviriy 
san'at  ham  jadal  sur'atlar  bilan  rivojlandi.  Imoratlarni  o„ymakor  ustunlar  va  to„sinlar, 
devorlarni esa bo„yoqli, ganchkor naqshlar bilan bezash keng rasm bo„la boshladi. Sekin-asta 
naqqoshlik  san'atida  ham  ilgarigidek,  odamlar  va  hayvonlarni  tasvirlangandan  ko„ra 
murakkab geometrik va gulli naqshlarga o„tila boshlandi. 
 
Naqqoshlik san'ati qadimgi Termizda juda rivojlangan edi. Bu borada Hakim Termiziy 
maqbarasi  davridan  saqlanib  qolgan  o„yma  naqshparcha  ayniqsa  qimmatlidir.  Unda 
Samarqand  usulini  eslatuvchi  sebarchashaklidagi  o„ziga  xos  uslublar  mavjuddir.  Bu  davrda 
xattotlik san'atikitoblarni ko„chirishdagina emas, balki binolarni bezashda ham keng qo„llanila 
boshlandi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling