Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi


Download 16.75 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi16.75 Kb.
#157457
Bog'liq
iyul


A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI "IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O'QITISH METODIKASI (MA'NAVIYAT ASOSLARI)" YO'NALISHI I BOSQICH MAGISTRANTI

ALIYEV MURODJON TURSUN O'G'LINING

KALENDAR ISH-REJA BO'YICHA IYUL OYIDA BAJARGAN ISHLAR YUZASIDAN QILGAN


HISOBOTI

Haftani Vebinarlarga ishtirok etish bilan boshladim. Ilmiy tadqiqot ishini shakllantirishda albatta ilmiy maqolalar yozishni bilish kerak. Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida “Elsevier Science” tomonidan “Ilmiy maqola qanday yoziladi?” deb nomlangan online vebinar bo’lib o’tdi. Veb-vebinarda o’zimni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldim.

2-iyul “O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan kun.

JDPI rektori SH.Sharipovning Korrupsiyadan holi Oliy ta’lim muassasasi loyihasini amalga oshirish yuzasidan murojaatnomasi e’lon qilindi. Ushbu murojaatnoma bilan yaqindan tanishib chiqdim.

Mazkur haftada Jizzax shahrida karantin talablari kuchaytirildi. Respublika maxsus komissiya qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar Respublika miqyosida karantin cheklovlari kuchaytirildi. Uyda qolib mamlakatimizda e’lon qilingan karantin qoidalariga rioya qilgan holda o’z ustimda ishladim. Pandemiya davrida online tashkil etilgan semenar-treninglar, vebinarlar, master-klasslarda ishtirok etdim.

JDPIda ilmiy darajalar beruvchi kengash faoliyati ish boshladi.

Magistrlik dissertatsiyasi ikkinchi bobining ishchi faraz gipotezasini ilmiy rahbarim bilan maslahatlashgan holda homaki qilib shakllantirdim.

Respublika Yosh olimlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Ilmiy faoliyatni rivojlantirish mezonlari” mavzusidagi vebinarda ham qatnashdim. Online vebinar orqali men ilmiy sohani to’g;ri tanlash, onlayn profil yaratish, maqola yozish tartibi va jurnal tanlash, shu jumladan ilm va etika to’g’risida batafsil bilib oldim.



Magistr: M.Aliyev
Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling