Ijtimoiy kontrakt (Jan Jak Russo)


Download 7.74 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi7.74 Kb.
#666954
Bog'liq
IJTIMOIY KONTRAKT
Fruktoza va galaktoza almashinuvi. Karbonsuvlar almashinuvining idora etilishi. Glikoprotein va proteoglikanlari, Kurbanov 2016 08 08 2, Intellektual mulk huquqi ishchi dasturi 2020-21, EPSON024, Uzpharmagency, 33-баён, Вазирликка хат солиқ узгаришлар (2), MUSTAQIL ISH MB maruzaga, 07-08 Central Asia, 5f3a51f550bec457230027acc511d219, Aripova Fazilat DTM Javobi, Общая таблица коммунальных (ЖКХ) тарифов в Ташкенте, Узбекистан в 2019-2020 г. архив за предыдущие годы, Общая таблица коммунальных (ЖКХ) тарифов в Ташкенте, Узбекистан в 2019-2020 г. архив за предыдущие годы, 23, Mavzu Qidiruv algoritmlari chiziqli va binary qidiruv ishdan m

IJTIMOIY KONTRAKT
(Jan Jak Russo)
Ijtimoiy kontrakt bo’yicha inson yo’qotadigan narsa – bu uning tabiiy erkinligi va u olishga harakat qiladigan va erisha oladigan hamma nasraga bo’lgan cheksiz huquqidir; u qo’lga kiritgan narsa esa fuqarolik erkinligi va u ega bo’lgan barcha narsaga egalik qilishidir.
(asardan)
“Ijtimoiy kontrakt” fransuz ma’rifatparvarlaridan bo’lgan Jan Jak Russo tomonidan yozilgan asarlardan biri hisoblanadi. U asari davomida o’z davridagi tuzumdan kelib chiqib, yillar davomida o’rgangan fikrlarini bayon qiladi. Uning ayrim fikrlarini esa hozirgi davrga nisbatan taqqoslasa ham bo’ladi. Adibning o’zi yozishi boyicha asar faqat uning saralangan va ommaga taqdim etishni xohlagan fikrlaridangina iborat, qolgan fikrlarini esa u bayon etmagan.
Men epigraf sifatida keltirgan fikrda, ijtimoiy kontrakt tufayli inson tabiiy tengligini yo’qotadi deyilgan, umuman olganda yozuvchi tabiiy tenglik deganda, tabiat insoniyatga yuklagan har qanday tengsizlikni ijtimoiy kontrakt axloqiy va qonuniy tenglikka almashtirishini nazarda tutmoqchi bo’ladi. Ijtimoiy kontrakt kuch va aql jihatdan teng bo’lmasa ham, insonlarga huquq va qonun jihatdan tenglikni taqdim etadi deydi. O’sha davr uchun va hozirgi zamon uchun ham huquqiy jihatdan tenglik muhim ahamiyat kasb etadi. Va zotan, hukumat kuch va aql jihatdan ommaga tenglik taqdim etolmaydi, u faqat huquqiy tenglikni taqdim etishi mumkin.
Asarning birinchi qismida keltirib o’tilgan yana bir fikr insonni o’ylashga majbur qiladi. “Inson erkin tug’iladi, lekin u hamma joyda zanjirband. Biror kishi o’zini boshqalarning xo’jayini deb hisoblasa, u hammadan ko’ra kattaroq qul bo’lib qolaveradi.” Nega Russo bu fikrni aytgan? Chunki fikrimcha, o’rta asrlarda insonlar tug’ilishdanoq muayyan strukturalashgan jamiyatning qaysidir sohasida faoliyat olib boruvchi shaxsga aylangan. Kimdir zodagon oilada tug’iladi va hayotini parlament yoki biron boshqa lavozimda davom ettiradi, kambag’al oilada tug’ilganlar esa kamdan-kam holatlarda yuqori lavozim egasi bo’lishi mumkin. Bu bir tarafdan insonlarga ishonch bergan bo’lishi mumkin, chunki ularda jamiyatning qaysidir qismida mavjud bo’lish imkoniyati aniq holatda, ularda garchi o’zlari orzu qilmagan bo’lsa-da ma’lum bir kasblari, jamiyatning quyi pog’onasida bo’lsa ham bir o’rni bor. Ammo bu bir tarafdan olib qaraganda, ularni kishanlarda ushlab turishdir. Har bir odam ijtimoiy tartibdagi o’z roliga mahkam biriktirilgan, ularning huquqlari cheklanib, shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayoti majburiyatlar bilan tartibga solingan. Ular o’sha davrning sodda qarashlari, cherkovning bid’atlari bilan fikr yuritgan. Ya’ni inson to’liq ozod emas, garchi bu uni tan olmasada. Xususan Russo misol qilib, Angliya xalqini keltiradi. Ular o’zlarini erkin deb hisoblaydi, bu ularning qo’pol xatosi. Ular faqatgina parlament a’zolarini saylashda bir muddat erkin, ular saylanishi bilanoq qullik qayta boshlanadi. Qullik, hammasiga indamay ko’nish insonga tinchlik berishi mumkin. Lekin Russo qullik bilan erishilgan tinchlikdan ko’ra, xavfdagi ozodlikni afzal ko’radi. Ozodlik uchun kurashish kerak, har bir inson uni saqlab qolish uchun, unga erishish uchun o’z hayotini xavf ostiga qo’yishi mumkin. O’z navbatida erkinlik insonning o’zi istagan barcha narsani qila olishidagina emas, u inson irodasiga zid bo’lgan ishlarni qilishga kuch bilan majburlanmasligida ham mujassam.
Russoning fikriga ko’ra real demokratiya hayotda mavjud emas va bo’lmaydi ham. Ko’pchilikning davlatni boshqarishga harakat qilishi o’sha davrdagi ozchilik hukumatiga juda zid tushuncha bo’lgan. Bundan tashqari fuqarolik urushi yoxud ichki qo’zg’olonlarga uchramagan birorta davlat yo’q, hattoki o’zini demokratik davlat deb hisoblovchilarda ham kuchli tendensiya yo’q. Jamiyat, davlat shaklini saqlab qolish hushyorlik va jasorat talab qiladi. Buning uchun fuqaroda kuch, faollik va barqarorlik bo’lishi kerak, u o’zi ozod bo’lishga tayyor bo’lmog’i lozim. Polsha grafi aytgandek, “ Malo periculosam libertatem quam quitem servitium” (Men qullik bilan erishilgan tinchlikdan ko’ra, xavf bilan erishiladigan ozodlikni afzal ko’raman). Ozodlik yo’lidagi xavflarga avvalo tayyor bo’lish kerak.
Asardan olgan fikr-xulosalarim shulardan iborat. Adib asarida fikrlarini shunday bayon etganki, bir fikrni 1-marta o’qiganingizda boshqa, 2-marta qayta o’qiganingizda yana biroz o’zgacharoq o’ylaysiz. Ya’ni u bitta fikr orqali bir necha jarayonni birlashtirib, insonga har bir tarafdan fikrga nazar tashlashga majbur qiladi.
Download 7.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling