Ijtimoiy pedagogika faoliyat pedagogika fani sohasi sifatida.(2soat) Reja


Download 22.74 Kb.
bet1/5
Sana17.01.2022
Hajmi22.74 Kb.
#371307
  1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза матни
KORXONA (1), Yangi konteynerlar hosil qiling uni, 391 2 [41](1)I1, 391 2 [41](1)I1, Otajonov BMI uz c8b98, pdf, nutq madaniyati, Zulfiya, mehnat tashkilotining strukturasi, Abdullayeva D., 6 mavzu, Nodira's diplom work, Nodira's diplom work, KURANBAYEVA DILOBAR KURS ISHI, KURANBAYEVA DILOBAR KURS ISHI

Ijtimoiy pedagogika faoliyat pedagogika fani sohasi sifatida.(2soat)

Reja:

1.Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmeti.

2.Ij'timoiy pedagogikaning tamoyillari.

3.Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari.

4. Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Asosiy tushunchalar: estetika, estetik tarbiya. Tstetik ong, estetik madaniyat,estetik idrok,estetik did, estetik baho, estetik mulohaza.
1-masalaning bayoni
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, qar qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini tuldirib boradi va voqelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyatining sohasi sifatida o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogika ko‘pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bulib \am xizmat qilishi mumkin.

O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan goyalar mavjuddir. XIX ayerda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX ayerdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy manba hisoblanadi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib qo‘yildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillaridan boshlanadi. Uning qayta “tugilishi” ijtimoiy pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fani yutukdaridan foydalanish zarurati tugilgani bilan izo\lanadi. Bu yerda davlat va jamiyat faoliyat yuritishining yangi tamoyillari: bozor iqtisodiyoti, raqobat, budjetdan pul ajratishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, iqtisodiy holatningbeqarorligi kabilar nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy \ayotni demokratiyalashtirish, jahon \amjamiyatiga a’zo bo‘lish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq, ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning tizimlashtirilmaganligi bu ikki soha bir- biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga uz ta’sirini kursatdi. Natijada, bugungi kunda ilmning bu sohasini to‘liqqamrab oluvchi ta’rifni barish ancha murakkab hisoblanadi. Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qilganlar. Masalan, Y. V. Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi va amaliyotidir”1 deb ta’kidlaydi.

A.V.Mudrikningfikricha, “Ijtimoiy pedagogika — barcha yosh va ijtimoiy guru\lar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogika ”dir. B. D. Semenov Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasini “Ma’lum yutukdarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya arayonida amalga oshiradigan fan”, - deb hisoblaydi. I.P.Podlasiyning “ Pedagogika" darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir”.

M. A. Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning obyekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqpash uchun “fan” tushunchasining o‘zi obyektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy-mazmuniy jihatini o‘rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki soqadan iborat bo‘lib, “ Pedagogika” va “Sotsiologiya” fanlari ma’nosining integratsiyasidan (birlashuvidan) vujudga kelgan.



Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling