Ijtimoiy pedagogika faoliyat pedagogika fani sohasi sifatida.(2soat) Reja


Download 22.74 Kb.
bet3/5
Sana17.01.2022
Hajmi22.74 Kb.
#371307
1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза матни
KORXONA (1), Yangi konteynerlar hosil qiling uni, 391 2 [41](1)I1, 391 2 [41](1)I1, Otajonov BMI uz c8b98, pdf, nutq madaniyati, Zulfiya, mehnat tashkilotining strukturasi, Abdullayeva D., 6 mavzu, Nodira's diplom work, Nodira's diplom work, KURANBAYEVA DILOBAR KURS ISHI, KURANBAYEVA DILOBAR KURS ISHI
3-masalaning bayoni
“Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya”kabmlar ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari xisoblanadi.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq-atvorning meyor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga unikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradi. Bu arayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida uz aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish meyorlariga baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi, shuning uchun qam bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bulib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlar n i ertaroq va yaxshirok, o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qullashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan

tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda — juda zarur buladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga yetkazish, ijtimoiy kunikma va malakalarni shakllant! " ' *lim deyiladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy mobaynida olimlarning diqqat markazida bulib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lugaviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, kddriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlariniobyekti rivojlanish tarixi rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim. Boshqa suzlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruhiy subyektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli va usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh(jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruzdagi o‘z- o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguru\larga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish meyori

va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek, o‘z- o‘zini anglash, o‘ziga ishonch, o‘z ijtimoiy xayot yulini belgilash va shu yo‘ldan borish tushuniladi. Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish vatarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirish ga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.

Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning

o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy sohdga mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farkdanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq.

Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat shu jarayonning subyektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jiqatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guru\lar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxdarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb qisoblashlariga bog‘liq.

O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.

Ijtimoiylashuv — insonning butun hayoti mobaynida o‘z- o‘zini o‘zgartirish va rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni.

Ijtimoiy tarbiya — bolaning muvafaqqiyatli ijtimoiy­lashuviga yordam beradigan hamda unda ijtimoiy zarur sifatlarni shakllantirishga qaratish maqsadida amalga oshiriladigan jarayon.

Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalar va o‘smirlarni o‘rab turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiya bo‘yicha bosqichma-bosqich ish olib borish bulib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi, individuallashuvi va integratsiyasiga qaratilgan. Uning obyekti bola hisoblanib, predmeti bolalarning ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.


Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling