Ijtimoiy pedagogika faoliyat pedagogika fani sohasi sifatida.(2soat) Reja


Download 22.74 Kb.
bet4/5
Sana17.01.2022
Hajmi22.74 Kb.
#371307
1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза матни
KORXONA (1), Yangi konteynerlar hosil qiling uni, 391 2 [41](1)I1, 391 2 [41](1)I1, Otajonov BMI uz c8b98, pdf, nutq madaniyati, Zulfiya, mehnat tashkilotining strukturasi, Abdullayeva D., 6 mavzu, Nodira's diplom work, Nodira's diplom work, KURANBAYEVA DILOBAR KURS ISHI, KURANBAYEVA DILOBAR KURS ISHI
4-masalaning bayoni

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi tadrijiy tavsifga ega. Ana shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika fani rivojining uch bosqichi aloqida ajratib ko‘rsatish mumkin.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi qadimgi davrlardan XVII asrgacha bulgan davrni uz ichiga oladi. Bu davrda faktlar to‘planishi, tarbiya tajribasining ortib borishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro‘y bergan bulib, ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan tavsiflanadi. Chunki bu davrda tarbiyaning turli nazariyalari yuzaga kelgan. Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi, avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo‘lganligi bilan izoxtanadi. Biroq ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik goyalarga tavsif berganda faqatgina tarbiyaga oid tajribalar to‘g‘risida ran borishi mumkin. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonni hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bulgan. Dastlab tarbiya umumiy taqlidiy ma’no kasb etgan bo‘lsa, keyinchalik esa uziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug‘ullanuvchi kishilar — tarbiyachilar paydo bulgan. Baqt o‘tganisari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlangan. Ta’kidlash joizki, arxeologik qazilmalar asosida olingan ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam

ko‘rsatilganligini to‘la tasdik^laydi (qazilma skeletlardagi shikayet izlari bolalikdagi kasallik oqibatida yoki o‘limidan ancha oldin olingan arohatlar bilan bog‘liq bulgan). Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda ham ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda meqnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bulgan. Keksalar yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-hunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribani n g ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.

Agar ibtidoiy davr ijtimoiy-pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedagogik g‘oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va, odatda, muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda —Shukit, Hindistonda — Vedalar, Misrda — Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda — Avesto va boshqalar).

Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni yaratgan allomalarning nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning

rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shganlar. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469 — 399 y.) iO‘z-o‘zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan.

Demokrit (mil. avv. 460 — 370 y.) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari, uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak.

Aflotun (mil. avv. 423 — 347 y.) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo‘lgan. Arastu (mil. avv. 384 — 322 y.) antik dunyoda tarbiyaning to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farg‘uti o‘laroq,

Arastu inson tarbiyasida asosiy e’tiborni davlatga to‘liq bo‘ysunishga emas, balki insonning uzmanfaatlariga, uning rivojlanishiga qaratadi. Shaxsning jamoa bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oya ham unga tegishlidir.




Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling