Ijtimoiy-psixologik usullari


Download 13.65 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi13.65 Kb.
#109969
Bog'liq
Biznes tarbiyaviy ishlar


Jamiyat va shaxs hayotida axloqiy-etika me’yorlari, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, insonlar orasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Jamiyatning maqsadga yo`naltirilgan ijtimoiy qarashlari, hayot tarzi va urf-odatlari shaxsning kamolotga yetishi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir.

Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo`llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o`rganish va xodimlar kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Masalan, mehnat psixologiyasi xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularni o`qitish usullarini, ish va dam olish tartibini, xodimlarni tanlash va baholash usullarini, mehnat jarayonining psixologik jihatlarini o`rganadi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo`li bilan kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.



Jamiyatning ma’naviy qadriyatlari ko`p qirrali ekanligidan, alohida shaxslarning didi, dunyoqarashi, axloqiy xulqi va madaniyati ham turlicha bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda, boshqaruvning ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy usullari ham turlichadir. Mehnat jamoalari va guruhlar darajasida boshqaruv usullarini tanlashda jamoani bir butun ijtimoiy tizim sifatida qarab, unga xos bo`lgan jamoaviy axloq etikasi va xatti-harakatlarga, jamoada tashkil topgan psixologik muhitga e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga jamoaning alohida individual shaxslardan tashkil topgani e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Download 13.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling