Ikki eshik orasi” romaniga Taqriz


Download 26.47 Kb.
bet1/2
Sana22.05.2022
Hajmi26.47 Kb.
#689008
  1   2
Bog'liq
akademik yozuv
61 1, Kvadrat tengsizliklar, KT mustaqil isj, maktab oquvchilari nutqini ostirishda badiiy matnlardan foydalanish, maktab oquvchilari nutqini ostirishda badiiy matnlardan foydalanish, savod-orgatish-davri-darslarida-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish (1), savod-orgatish-davri-darslarida-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish (1), savod-orgatish-davri-darslarida-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish (1), ЭКОЛОГИЯ ФАНИ УЧУН Мустақил ишлар саволлари, 4-Amaliy ish, (invalid), “Java dasturlash tili” mobil ilovasini ishlab chiqish, “Java dasturlash tili” mobil ilovasini ishlab chiqish, 3-kurs maruzalar matni OOA, ҳазрат Абдухолиқ Ғиждувоний


Ikki eshik orasi” romaniga


Taqriz

"Rost bilan yolg'onning o'rtasi-to'rt enlik ", degan gap bor, qiziq, nega endi oz emas, ko'p emas, to'rt enlik? Gap shundaki, ko'z bilan quloqning orasi -to'rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko'rganingga ishon...Maqsad -shu.

Roman aynan shu satrlar ila boshlanadi.Qalami o'tkir yozuvchi O'tkir Hoshimov yozgan bu romanning hayotiy ekanligini anglab o'zbegimning irodasiga matonatiga tahsinlar o'qiyman. Ilk bor katta hajmli o'qigan asarim "Ikki eshik orasi" ekanligidan mamnunman. Badiiy adabiyotga yaqinlashtirgan ko'nglimga kurtak ochgan asar desam yanglishmayman.Har gal har sahifasini varaqlar ekanman ,o'sha tanish, ko'pdan beri taniydigan issiq chehralar nafasini tuygandek bo'laman.Asar oddiy maishiy hayotni emas,balki, o'sha vaqtlarni og'ir vaziyati yoritilgan.Yozuvchi har bir asar qahramonini nazardan chetda qoldirmaydi. Aynan qahramonlarning muallif tomonidan emas asar qahramonlarining tilidan hikoya qilinganligi asarni yanayam ta'sirchan qilib ko'rsatgan.
Robiya! Ertangi baxtli kunlarga ishonchi mavj urgan dengiz misoli.Bugungi kun farzandiga sadoqatdan dars beradi. U uchun Kimsan urushga ketgan emas. Kimsan doim u bilan birga.Goh ikkovlashib ishkomdan uzum uzishadi, goh notanish ko'chalardabirga yurgandek bo'ladi.U uchun kechalari kashta tikadi.Tushida Kimsanni ko'rar ekan
-uning joni meni ham izlab yuribdi deya qumsaydi.
Yana shunday obraz borki, biroz ko'nglingiz xijil bo'ladi.Umar Zakunchi! Qahri qattiq bo'lishiga sababini hech o'ylab ko'rganmisiz. Men uni qoralashdan yiroqman.Uning ham frontga hizmati katta emasmi.Nima bo'lgandaym nafs qurboni bo'lmadiku.
Yillar o'tsada o'g'lining qaytishiga ko'z tikkan ona!
Nabirasi Shomuroddan "Noma'lum askar"haykali ochilishini eshitiboq onaning qalbi haykal tomon oshiqadi.Tezroq borsayu komandirdan o'g'lining daragini eshitsa, bir mujda kutsa.
Eng sevimli nuqta bu o'g'lining haykaliga borishi. Ana, qulog'im ostida "bolaam! Onasining go'riga tushgan bolam"deya faryodi nari ketmaydi.Ajin tushgan yanog'idagi issiq ko'z yoshlari mening yuzimni ham yuvmoqda . Yonida bo'lgim ,taskin bergim keladi.
Bu asarni o'qish uchun vaqt zamon rol o'ynamaydi. Yillar o'tsada uning qiymati pasaymaydi.Qancha vaqt o'tmasin, har bir o'zbek xonadonining kitob javonida o'rin egallashiga, sevimli bo'lib qolaverishiga ishonaman.


Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling