Ikki valentli marganets tuzlarini hosil qilish


Download 71.88 Kb.
Sana26.11.2022
Hajmi71.88 Kb.
#937019
Bog'liq
marganes
M2 n o‟lchovli arifmetik fazo n o‟lchovli vektorlar sistemasi uchun, MATEMATIKA ASOSLARI, TRIGONOMETRIYANING ASOSIY FORMULALARI, 2.1, Darsni kuzatish va uning tahlili, Abdusattarova Sarvinoz ilmiy maqola, 3 курс Нутк маърузалар матни, 3 курс Нутк маърузалар матни, PhD, Olimpiada, Test.Biologiya 1, 5 мактаб Ҳамкорлик, 10-son Ta\'limda korrupsiya, 1-мавзу, 2-isbot

MARGANETS.
Marganetsning davriy sistemada joylashgan o‘rnini, elektron konfiguratsiyasini, oksidlanish darajalarini ko‘rsating. Marganets metallarning kuchlanish qatorida qaerda turadi? Marganetsning suvga, sovuq va issiq holatdagi kislota eritmalariga munosabati qandayligini izohlag.
Marganetsning (II) va (IV) valentli birikmalari. Ikki valentli marganets gidroksidining olinishi va uning xossalari. Marganets sulfat eritmasiga ishqor eritmasidan qo‘shing. Ikki valentli marganets gidroksidining oq cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Bir qism cho‘kmani suyuqligi bilan boshqa probirkaga olib, ochiq havoda qoldiring. CHo‘kmani asta-sekin qoraya borishini kuzating. Jarayonni tezlatish uchun probirkani eritmasi bilan chayqating. CHo‘kma rangining o‘zgarishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba boshida olingan cho‘kmani kislota va ortiqcha ishqor eritmalari bilan sinab ko‘ring. Nima sodir bo‘ladi? Ikki valentli marganets gidroksidining xossalari to‘g‘risida qanday xulosa chiqarish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Ikki valentli marganets tuzlarini hosil qilish. a) 2-3 ml marganets sulfat tuzi eritmasiga ishqor (NaOH) eritmasidan va bromli suv qo‘shing va qizdiring. CHo‘kmani qo‘ng‘ir tusga kirishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko‘rinishlarda yozing.
b) Probirkaga ozroq surik Pb3O4 yoki PbO2 soling va unga 2-3 ml konsentrlangan nitrat kislotasi va 1-2 tomchi marganets sulfat eritmasidan qo‘shing. Aralashmani qaynaguncha qizdiring. Eritma tindirilganda binafsha-qizg‘ish rang hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
Marganets (IV) oksidining sulfat kislota bilan ta’siri . Probirkaga ozroq donador MnO2 dan soling va ozgina konsentrlangan sulfat kislotasidan qo‘shing. Probirkadagi aralashmani jadal ravishda kislorod gazi ajralib chiqa boshlaguncha asta-sekinlik bilan qizdiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 qanday xossani namoyon qiladi? MnO2 ga konsentrlangan xlorid kislota ta’sir ettirilganda qanday gaz ajralib chiqadi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Marganetsning (VI) va (VII) valentli birikmalari. Kaliy permanganatning olinishi. Probirkaga ozroq Bertole tuzi, 1-2 bo‘lakcha KOH va KNO3 yoki K2CO3 kristallaridan ozroq solib aralashmani suyuqlantiring. Suyuqlanmani temir simi bilan aralashtirib turib, unga oz-ozdan 1g MnO2 kukunidan qo‘shing. Hosil qilingan yashil qotishmani sovigandan keyin ozgina suvda eriting. YAshil rangli kaliy permanganat eritmasi hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 qanday xossani namoyon qiladi? Eritmani keyingi tajribalar uchun saqlang.
Manganat kislotasining parchalanishi. YUqoridagi tajribada olingan kaliy manganat eritmasidan ozroq olib, unga syultirilgan sirka kislotasidan qo‘shing. Eritma rangining o‘zgarishini va cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Bo‘lgan xodisani tushuntiring va reaksiya tenglamasini yozing.
Kaliy manganatning oksidlanishi. YUqoridagi tajribada olingan kaliy manganat eritmasining bir qismiga rang o‘zgarguncha oz-ozdan xlorli suv qo‘shing. Kuzatilgan xodisani tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Kaliy manganatning oksidlovchilik xossasi. a) YUqoridagi tajribada olingan kaliy manganat eritmasiga ozroq spirt qo‘shib, ohista qizdiring. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Ozroq kaliy manganat eritmasiga reaksiya muhiti kislotali bo‘lguncha (lakmus qog‘ozi bilan sinang) sulfat kislotasi qo‘shing. Eritmaning rangsizlanishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Kaliy manganatning qaytarilish jarayoniga reaksiya muhiti qanday ta’sir qiladi?
Kaliy permanganatning qizdirilganda parchalanishi.Probirkaga ozroq kaliy permanganat kristallaridan solib qizdiring. U parchalanganda kislorod ajralib chiqishini kuzating. Qizdirishni kislorod ajralib chiqishi to‘xtaguncha davom ettiring. Sovugandan keyin probirkadagi qoldiqni kam miqdorda suvda eriting. YAshil rangli eritma va qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
Kaliy permanganatning oksidlovchilik xossasi. a) Uchta probirkaga 1-2 ml dan kaliy permanganat eritmasidan va ozroq suyultirilgan sulfat kislotasidan quying. Birinchi probirkaga natriy sulfit eritmasidan, ikkinchisiga temir (II) sulfat eritmasidan, uchinchi probirkaga esa oksalat kislota eritmasidan (Uchinchi probirkani qizdiring). Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing.
b) Probirkaga ozroq KMnO4 eritmasidan quying, unga ishqorning kuchli eritmasidan, keyin natriy sulfit eritmasidan qo‘shib, probirkani chayqating. Eritmaning rangi qanday o‘zgarishini belgilang. CHo‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenlamasini ionli va molekulyar ko‘rinishlarda yozing.
v) Probirkada olingan marganets sulfat eritmasiga kaliy permanganat eritmasidan tomchilatib quying. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya muhitini ko‘k lakmus qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. Reksiya tenglamasini yozing. Tajribada kuzatilgan xodisani tushuntiring. Reaksiya muhiti kaliy permanganatning qaytarilishiga qanday ta’sir qiladi?
Muhit kislotaligining oksidlanish tezligiga ta’siri. Ikkita probirkaga 2-3 ml kaliy bromid eritmasidan quying va ulardan birinchisiga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan, ikkinchisiga suyultirilgan sirka kislotasidan quying. Har bir probirkaga 10-15 tomchidan kaliy permanganat eritmasidan tomizing. Ikkala probirkada rang bir xil vaqtda yo‘qoladimi? Reaksiya muhiti kislotaliligi oksidlanish tezligiga qanday ta’sir qiladi? Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing.
Download 71.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling