Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari. Reja


Download 433.83 Kb.
bet1/6
Sana03.01.2023
Hajmi433.83 Kb.
#1076335
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya)


8-mavzu. Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari.
Reja:

  1. Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari.

  2. Ikkilik diskret AM, ChM, FM va NFM (nisbiy faza modulyasiyasi) signallarni hosil qilish.

  3. Impulsli modulyasiya turlari.


8.1. Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari


Diskret modulyatsiya natijasida diskret xabar simvollariga ma’lum kodlash usulidan foydalangan holda tegishli kodlar kombinatsiyalari biriktiriladi. Odatda bu kodlar kombinatsiyalari “1” va “0” ikkilik ( ) elementar signallardan iborat bo‘ladi. Bu elementar signallar yuqori chastotali tashuvchini modulyatsiyalaydi. Modulyatsiya tashuvchining modulyatsiyalangan parametri ko‘p hollarda modulyatsiyalovchi signaldagi bir-biridan farqlanuvchi elementar signallarga mos ravishda ikkilik aloqa tizimlari va yoki ko‘p asosli ( ) bo‘lganda , , ... ta turli ko‘rinishlarni oladi. Modulyatsiya natijasida modulyatsiyalangan signal modulyatsiyalovchi cheklangan sonli signallardan biriga mos keluvchi ko‘rinishni olgani uchun, diskret modulyatsiyalangan signallarni manipulyatsiyalangan signallar deb ham ataladi [2].


Odatda diskret modulyatsiyalangan signallarni shakllantirishda tashuvchi sifatida yuqori chastotali garmonik signallardan foydalaniladi:

va uning amplitudasi , chastotasi va fazasi ni diskret signallarga mos ravishda o‘zgartirib AMp, ChMp va FMp signallarni olish mumkin. Modulyatsiyani amalga oshiruvchi qurilma modulyator, manipulyator deb ataladi.
“1” va “0” elementar simvollar ketma-ketligiga mos ravishda manipulyatsiyalangan AM, ChM, FM va NFM signallar vaqt diagrammalari 8.1-rasmda keltirilgan.
Amplitudasi diskret modulyatsiyalangan signal (8.1a-rasm)da “1” simvoli davomiyligi ga teng bo‘lgan radioimpulsni uzatish orqali, “0” simvoli esa radioimpuls uzatilmasdan amalga oshiriladi. Chastota manipulyatsiyasida “1” ni uzatish chastotasi va “0” ni uzatish chastotasi bo‘lgan tashuvchini vaqt davomida uzatish orqali amalga oshiriladi. Oddiy fazasi manipulyatsiyalangan signallarda yuqori chastotali tashuvchisi fazasi har gal “1” simvoli “0” ga almashganda va “0” simvoli “1” ga almashganda ga o‘zgaradi.



8.1-rasm. Manipulyatsiyalangan AM, ChM, FM va NFM signallar vaqt diagrammalari

FM signallarni qabul qilishdagi ba’zi muammolardan holi bo‘lish uchun, hozirda asosan fazasi nisbiy modulyatsiyalangan (NFM) signallardan foydalaniladi. Bunda oddiy FMdan farqli NFM signal tashuvchisi fazasi “1” simvoli uzatilganda ga o‘zgaradi, “0” simvoli uzatilganda tashuvchi fazasi o‘zgarmas saqlanadi. NFM signalda fazaning o‘zgarishi avvalgi simvolga (“1” yoki “0”) nisbatan bo‘ladi. Bu usuldan ChM, Amlarda ham foydalanib nisbiy ChM (NChM) va nisbiy AM (NAM) signallarni shakllantirish mumkin. Delta modulyatsiyani ham nisbiy modulyatsiyalangan signal deb hisoblash mumkin.Takrorlanish davri bo‘lgan ikkilik diskret signal bilan amplitudasi, chastotasi va fazasi manipulyatsiyalangan signallarning spektrlarini ko‘rib chiqamiz.



Download 433.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling