Ikkinchi signal tizimi va abstrakt tafakkur


Download 23.29 Kb.
bet1/4
Sana23.11.2021
Hajmi23.29 Kb.
#460374
  1   2   3   4
Bog'liq
1-2 сигнал системаси
17, 17, 1 sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishlash texnologik jarayoni bayoni, 62- dars, mis, Ibn Sino, топшириқ(1-u)(6), Lotin, Namuna, Namuna, HELLADOS Nodar Dumbadze, boshlangich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi, Tushunchalar jadvali, 10-мавзу, 1. Sinf rahbari-WPS Office

IKKINCHI SIGNAL TIZIMI VA ABSTRAKT TAFAKKUR

Oliy nerv faoliyati to’g’risidagi talimot ikkinchi sig­nal tizimining faoliyat ko’rsatish qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini berdi. Asosan bu qonuniyatlarning ikkala sig­nallar tizimi uchun bir ekanligi ko’rsatildi. Bolalarda tovush yoki yorug’lik shartli signaliga, masalan, qo’ng iroq tovushiga yoki qizil lampa yoqilishiga shartli refleks hosil qilinganidan so’ng, qo’ngiroq yoki qizil lampa so’zlarining o’zi (avval shartsiz tasirotlar bilan biron marta ham mustaxkamlanmagan bo’lsada) shartli refleksni paydo qiladi. Tajriba aksincha o’tkazilganida, masalan» avval so’zga shartli refleks hosil qilib, shartsiz tasirot bilan xech mustaxkamlanmagan qo’ng’iroq chalinganda yoki qizil chiroq yoqilganda shartli refleks yuzaga kelgan. Gap shundaki, tajribalardan ancha oldin, bolaning tili chiqayotgan vaqtida miya po’stlog’idagi nutq markazi va turli jismlardan kela­digan signallarni qabul qiluvchi markazlar o’rtasida mus­taxkam bug’lanishlar hosil bo’lgan. Shular tufayli, nutq markazlari vaqtinchalik aloqalarning yuzaga chiqishida ish­tirok etadi. Yuqorida keltirilgan tajribalarda elektiv yoyilish hodisasini ko’ramiz. Bu hodisa qo’zg’alishning birinchi signal tizimi markazlaridan ikkinchi signal ti­zimi markazlariga va aksincha, ikkinchi signal tizimi markazlaridan birinchi signal tizimi markazlariga yoyilishidan iborat.

Odam so’zni bitta tovush yoki tovushlar majmuasi (tovush signali) sifatida emas, balki ma’lum mazmun sifatida qabul qiladi, so’zning manosini idrok etadi. Masalan, «alanga» s o’ziga shartli refleks vujudga keltirilgan. Agar shartli refleksni paydo qilish vaqtida «alanga» o’rniga uning sinonimi «olov» s o’zi ishlatilsa, bu so’z ham ijobiy natija beradi. Tahsil olish jarayonida o’quv va yo’z uv markazlari va miya po’stlog’ining boshqa markazlari o’rtasida ham aloqa o’rnatiladi. Shu tufayli, qo’ng’iroq tovushiga shartli refleks vujudga keltirilgandan keyin, odamga «qo’ng’iroq» s o’zi yozilgan qo’go’z ko’rsatilsa, shartli reflector reaksiya paydo bo’ladi.

Birinchi va ikkinchi signal tizimlarini bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Odamning barcha tuygulari, idroki, tasavvuri so’z bilan ifodalanadi. Binobarin, birinchi signal tizimida tashqi dunyodagi jism va hodisalar paydo qilgan qo’zg’alish ikkinchi signal tizimiga o’tkaziladi. Birinchi signal tizimini ikkinchi signal tizimi bilan bog’lanmagan xolda faollik ko’rsatishini faqat tili chiqmagan bolalardagina kuzatish mumkin. Xar qanday o’qish-o’qitish, xar qanday ijodiy faoliyat ikkinchi signal tizi­mini taraqqiy ettiradi, takomillashtiradi.

Fikrlovchi miyaning voqelikni aks ettirishning turli shakli bor. Muayyan — hissiy aks ettirish ular ichida nisbatan soddarogi, u tuyg’u, tasavvur, idrok etish sifatida namoyon bo’ladi. Atrof dunyoni mavxum — umumlashtirilgan xolda aks ettirish ancha murakkab, u mantiqiy fikr yuritishdan iborat bo’lib, miyaning mavqimiy faoliyat natijasi bolmish xulosa va muloxazalar shaklida namoyon bo’ladi.

Tashqi muxitning va organizmning o’z ichki xolatini mu­ayyan xissiy aks ettirish birinchi signal tizimi orqa qiladi. Dastlab organizm retseptorlari tasirlovchi sm va hodisalarning ayrim xususiyatlarini sezadi. Bu bevosita sezgi asosida xaqiqatni aks etishning boshqa shakllari, xususan idrok qilish rivojlanadi.

Idrok qilish jismning ayrim xususiyatlarini emas, bal­ki uning ko’p xususiyatlarini mujassamlash orqali, bir bu­tun qilib aks ettirishni taminlaydi. Ko’p xususiyatlarga ega bo’lgan jismni yaxlit idrok etish miyaning analitiksin tetik faoliyatiga bog’liq . Jism va hodisalarning turli xususiyatlari idrok qilinganda miya po’stlog’ida bir vaqtning o’zida turli soxalar qo’zg’aladi, ular o’rtasida vaqtincha aloqalar ornatiladi.

Vaqtincha aloqa — juda muxim fiziologik va psixologik hodisadir. Psixologlar vaqtincha aloqalarni assotsiatsiyalar, deb atashadi. Bir jism (yoki hodisa) xususiyatlari tog’risida olingan turli signallar asosida paydo bo’lgan vaqtincha aloqalar keyin shu jismning (yoki hodisaning) ayrim xususiyatlari sezilganda ham uni bir butundek idrok etilishini taminlaydi.

Tasavvur — muayyan xissiy aks ettirishning mukammal shaklidir. Tasavvur etilganda avval organizmni tasirlagay narsa va hodisalarning muayyan tasvirlari paydo bo’ladi. Tasavvur avvalgi tasirotlarning miyada qoldirgan izlarini oliy taxlili va sintezi natijasidir. U assotsiatsiyalar zanjiriga yoki murakkab vaqtincha aloqalarga asoslangan.

Voqelikni mavxum — umumlashtirilgan xolda aks etti­rish faqat odamga xos. Dildagi, gapiriladigan, yoziladigan so’zlar (ikkinchi signal tizimi) orqa miya, mavxum tushunchalarga asoslanib fikr yuritish qobiliyatining rivoj­lanishi atrof dunyoni mavxum — umumlashtirilgan xolda aks ettirishini yuzaga chiqardi. Natijada insoniyat tabiat hodisalarini bilish va ulardan foydalanishida katta ustunlikni qo’lga kiritdi.




Download 23.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling