Ikkinchi tartibli chiziqlar


Download 274.5 Kb.
bet1/8
Sana16.11.2023
Hajmi274.5 Kb.
#1777615
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
28 tema


Mundarija:
I. Kirish……………………………………………………...……………………..2
II. Asosiy qism:
2.1 Ikkinchi tartibli egri chiziqlar. Aylana………………………………………....5
2.2 Ellips va uning kanonik tеnglamasi…………………………………………….7
2.3 Giperbola va uning kanonik tеnglamasi…………………………………...….12
2.4 Parabola va uning kanonik tеnglamasi……………………………...………...16
III. Xulosa……………………………………………………………………...…18
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………...………..20


Kirish
Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo’lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyutsiya inson va uning ilmiy-ma’rifiy potensialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantiradi.Kelajakda erishishimiz lozim bolgan buyuk maqsadlarga erishish uchun avvalo, yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xalqaro ta’lim standartlarini mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga joriy qilish, yuqori malakali zamonaviy kadrlar tayyorlashda milliy an’ana va tajribalarimiz bilan birga ilg’or jahon tajribalaridan keng foydalanish borasida yangi imkoniyatlar taqdim etayotganligi barchamizga ma’lum.Shu jumladan, yurtimizda matematikani rivojlantirishga qaratilgan ko’plab chora- tadbirlar amalga oshirilayotganligining guvohimiz..
Mavzuning dolzarbligi. Matematika aniq bir bilim sohasi va turli sohalarga chuqur kirib borayotgan universal vosita bo’lib qolmasdan sivilizatsiyaning ajralmas qismi, umuminsoniy madaniyatning muhim elementi hamda dunyoni ilmiy o’rganish tilidir. Matematik bilim hayot sirlarini o’rganishda, kasb tanlashda muhim bo’lgani bois fikrlash madaniyati tarkibidagi qat’iylik, aniqlik, izchillik, mantiqiylik va asoslanish singari qirralarining shakllanishiga xizmat qiladi. Ulkan iqtisodiy o`zgarishlar yuz bеrayotgan hozirgi davrda matеmatikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matеmatik ta'lim katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Rеspublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya bеrish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga yеtkazish vazifasini qo`ydi.
Ma’lumki o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish har bir fan oldidagi muhim masalalardan hisoblanadi. Jumladan umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish dolzarb masaladir. Shu bois geometriya o’qitish jarayonida har bir o’quvchining intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish muammosi o’zining strukturasi jihatidan ancha murakkab bo’lib, uning tarkibida matematik qonuniyatlar, faktlar, munosabatlar asosida yuzaga kelishi tabiiy holdir. SHuning uchun ham har bir o’quvchi geometriya darslarida geometrik obrazlar bilan ish ko’radi, chunki undagi o’lchamlarni, kattaliklarni sezadi va bu kattaliklar orasidagi mavjud qonuniyatlarni idrok etadi, o’z tasavvuriga tegishli geometrik obrazlarni keltirib va bularni mushohada asosida o’z in’nikosiga o’tkazadi. Geometriya kursida geometrik obrazlarni ko’p holda ideal ko’rinishda tasavvuriga keltiriladi, va shunday tafakkur qilinadi, ya’ni nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik, va bularning o’zaro bog’liqligi, hamda ularning kombinatsiyasidan hosil bo’ladigan nuqta, to’g’ri chiziqlarning geometrik o’rnini tasavvur qila olish muhim ahmiyatga ega. Bu borada ikkinchi tartibli chiziqlarning xossalarini bilish kundalik turmushdagi muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga egadir. Ushbu kurs ishi oliy matematika kursining muhim bo’limlaridan biri bo’lgan “Geometriya” fanining “Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning kanonik tenglamasi” mavzusiga bag’ishlangan. Giperbola va uning tenglamalari xossalari nafaqat geometriya kursida balki, matematik analiz , kompyuter tizimlari va kundalik turmushda ham muhim o’rin egallaydi.
Ushbu
(1)
Ikkinchi tartibli tenglama bilan aniqlanuvchi chiziq ikkinchi tartibli egri chiziq deyiladi, bu yerda koeffisentlar haqiqiy sonlar bo’lib, A, B yoki C larning hech bo’lmaganda biri noldan farqli.
Bizga

(2)
aylana tenglamasi malum, Bu x va y larga nisbatan ikkinchi tartibli tenglamadir. Demak, aylana ikkinchi tartibli egri chiziqdan iborat. Biz to’rt xil ikkinchi tartibli egri chiziqlarni yani aylana, ellips, giperbola va parabolalarni ko’rib o’tamiz.

Download 274.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling