Ikkinchidan, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul yagona vakolatli organning mavjud emasligi mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sabab boʻlmoqda


Download 12.57 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi12.57 Kb.
#1346245
Bog'liq
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot


Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va oʻzgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.

Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga toʻsqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:

birinchidan, axborotlashtirish subyektlari tomonidan qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlarining ijro etilishi ustidan nazorat va tekshirishning amaldagi mexanizmi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga olib kelmoqda;

ikkinchidan, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul yagona vakolatli organning mavjud emasligi mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sabab boʻlmoqda;

uchinchidan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilayotgan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni ekspertiza va sertifikatsiyadan oʻtkazish tizimidagi kamchiliklar ularning “Elektron hukumat” tizimiga jadal integratsiyalashuvini susaytirmoqda;

toʻrtinchidan, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi nazorat tizimi, muhim axborot infratuzilmasining mukammal emasligi davlat axborot tizimlari obyektlari, raqamli iqtisodiyot va shaxsiy maʼlumotlarning zaiflashuviga olib kelmoqda;



beshinchidan, buzgʻunchi kuchlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmogʻidan faol foydalanishi aholi, ayniqsa, oʻsib kelayotgan avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;

oltinchidan, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy qilish boʻyicha tizimli ishlarning mavjud emasligi milliy axborot makonini himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkonini bermayapti.
Download 12.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling