Ikromov oybek 651 22-guruh talabasiniakademik yozuv fanidan yozgan taqriz


Download 5.72 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.72 Kb.
#1551961
Bog'liq
ABDUQODIROV JAMSHIDBEK 650 - 22


IKROMOV OYBEK 651 22-GURUH TALABASINIAKADEMIK YOZUV FANIDAN YOZGAN TAQRIZ

«Halqa» qissasi o‘zidagi og‘riqni menga o‘tkazdi go‘yo. Butun dunyodagi musulmonlar uchun og‘riqli gaplar, voqealar va nuqsonlar hech bir ko‘ngli ochiq musulmonni dilini og‘ritmasdan qo‘ymaydi. Diniy ruhdagi badiiy asarlarni kam o‘qiganman. «Halqa» qissasi shu kungacha o’qigan kitoblarimdan kuchliroq ruhda yozilgan.
Qahramonlarning har bir hikoyasi bir olam, bir kitob qilgulik. Ayniqsa, Abdulloh Yorqin aytib bergan voqealar menda kuchli taassurot qoldirdi. «O‘zbek adabiyoti o‘lmagan, uyg‘ur muammosini ko‘tarib chiqadigan adiblarimiz bor ekan» dedim ichimda. Undan tashqari, qamoqdagi duo…Qahramonlarni dindoshligidan tashqari yana bir narsa birlashtirib turadi : barchasi zulm ko‘rganlar, sinov ko‘rganlardir. Allohning bergan sinovlari insonni tarbiyalashini, taqvosini oshirishini yana chuqurroq anglab yetdim.
Dilimga o‘rnashgan yana bir narsa shu bo‘ldi : zolimlar tarafidan aytilgan so‘zlarni huddi o‘zimizni odamlar aytayotgandek tuyuldi menga, sababini aniq bilmayman.
Musulmon o‘lkalaridagi inqirozli holatlarga ularning o‘zlari aybdorligi, ya’ni diniga to‘la amal qilmay qo‘yganligi kitobda juda ishonarli va asosli tasvirlangan. Men umid qilardimki, musulmonlar dinni mahkam ushlab, yana dinda buyurilgan ilm-fanni chuqurroq o‘rganishsa. Zero, bugungi kunda dunyoni ilm-fan, axborot egalari boshqarmoqda.
Kitobda kamchiliklar bormi? Bor, lekin ko‘z yumsa bo‘ladi. Chunki, bunaqa katta masshtabdagi, dunyoni qiynayotgan muammolar yoritilgan diniy ruhdagi asarlar o‘zbek adabiyotida yo‘q bo‘lsa kerak.
Taassurot ko‘p, lekin his qilingan hamma narsani ham yozib bo‘lmaydi
Asardan parcha emas bir gap yozgim keldi bu gap esa shu asardan men o’zim uchun olgan eng katta saboq bo’ldi . Menga saboq bo’lgan bu Shafiqaxonimning hikoyasi bo’ldi . Har qancha dunyo ishlarini quvib yetsak ham hech qachon halovat topmaslikni tushundim . Agarda Islomni mahkam ushlab unga o’zingizni bag’ishlasangiz ana o’shanda halovat bor ekan . Hozir odamlar dunyo ortidan quvib dindi unutdi ana shuning uchun ham halovat yo’q. Bu dunyo asli yolg’on dunyo imkon va vaqt borida ibodatni mahkam ushlash kerak ekan.
Download 5.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling