Ilk imperiya davrida rim armiyasi


Download 25.15 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi25.15 Kb.
#218116
Bog'liq
harbiy sanat




ILK IMPERIYA DAVRIDA RIM ARMIYASI

Qadimgi mualliflar urushlarning ko’plab ta’riflarini qoldirishgan. Ular bu hikoyalarda jasorat kabi fazilatlarni ulug’lash va qo’rqoqlik kabi shavqatsizlikning asoratlarini keltirishgan. Darhaqiqat, o’tmishda mavjud bulgan harbiy san’atning ba’zi xususiyatlarini ko’rsatish lozim. Rim taktikasi bu- qamal, urush maydonida yoki dengizda gi kurashga qarab farq qilishi mumkin.

Dengiz urushi.

Tarixchi Arrian dengizdagi dengiz taktikasi mavjudligi eslatib o’tadi, ammo uni o’rganmagan.O’rta yer dengizida dengiz davlatlarining yo’qligi Rimdan tashqari davlatlarda dengiz floti yo’q edi.Ochiq dengizda harbiy to’qnashuvlar vaqtida ehtimoliy holatlarda dengiz bo’ylarida harbiy bazalarning mavjudligi qaroqchilar uchun qiyinchiliklar tug’dirardi. Shunga qaramay sarkardalardan Mizen va Ravennlar har qanday holatlarga tayyor bo’lib, bunday vaziyatdan flotni olib chiqib ketgan. Harbiy kemalarda katapulta va ballistik qurollar o’rnatilgan. Tosh qurollarni otish va o’qotar qurollar ularning dushmanning kuchini yo’qqa chiqargan .Bu yo’l bilan ular dushmanning ruhiy holatini zaiflashtirgan. Hujum paytida dengizchilar gappun va ilgaklardan foydalangan holda dushman kemalarinio’zlariga tortishgan. SHundan so’ng askarlar dushman kemasiga yugurib o’tishgan va urush bir qator janjallarga aylangan.

Qamal.

Tarixiy manbalarda ko’plab shahar va qal’alarni qamal qilish haqida malumotlar bor. Antik shaharlarda yashash tartibi shundan iboratki, shahar va hududlar tushunchasi mavjud bo’lib qaysiki dushman shaharlari doimo muammo keltirib chiqargan.SHuning uchun qadimgi mualliflar tomonidan yaratilgan fan – poliorcetica (uning nomi shunday ko’rsatilgan ) da ko’plab malumotlar bor. Tarixiy hikoyalar bunday hujjatlarda saqlangan.Trayan ustunida daklarning poytaxti Sarmizegetuzyni qamal qilishi bizga ko’rsatilgan,va bu qamal rim qo’shinini texnik ustunligini ko’rsatadi.Har qanday olomon hattoki har bir kishi ham turli xil askarlarning yaxshi rivojlangan muhandislik ishi bo’lmish eng kuchli devorlarni yengib o’tishga qarshilik qilolmagan.

Qamaldaqolish.

Rimliklar qamal qilish salohiyatini tobe o’lkalarga nisbatan yuritgan kuch-qudratidan bilish mumkin.Binobarin, poliorcetica varvarlarning mudofaa san’atini ham o’z ichiga oladi.Shaharni mustahkamlash albatta, asosiy to’siq edi. Bunday paytda himoyachilar yashiringan holda metal drotik, kamonchilar, tosh otar qurollar yordamida devor yaqiniga kelishiga yo’l qo’ymagan.

Rim qo’mondonligida duch kelgan ikkinchi masala odamlar edi: ular devorning orqasida yashirinish emas , balki bir qator janjallarni keltirib chiqaradigan ommaviy tartibsizlikni vujudga keltirish xavfi edi. Qamaldagilarni uzib qo’yish talab qilingan. Bunday taktika ularga barchadan ko’ra o’zlarini kuchaytirish, ta’minot va suv yetkazishini to’sib qo’yish imkonini beradi.

Tabiiyki, ba’zida xizmatdan qochishni targ’ib qilish ham mavjud bo’lgan. Aynan bu Iyurisalimni qamal qilish qilishda ko’zga tashlanadi. Ba’zi bir askarlar ochko’zlik qilgan: “ Qochoqlardan biri (yahudiy) suriyalik qochqin bor edi. U bir qancha olyin tangalarni ichiga yutib yuboradi.Chunki ular isyonchilar tomonidan qidirilayotgan edi.Shahardagi oltinlar yuqori sifatli 12 Attika dirhamini tashkil etgan. Shaharda jami 25 dirham oltin bor edi. Qochoqlarning ichiga oltinni yutib yuborish hiylasi bir sotqin tomonidan oshkor qilinadi. Arablar qo’shini bilan birga, suriyaliklar ham fosh qilish uchun qochoqlarni tiriklay ichini yorishadi.Bu juda katta ofatga olib keladi. Ko’plab insonlarning qornini yorishadi.Bir kechada 12 ming kishining qornini yorishadi.

Ehtimoliy ittifoqchilar bilan amalga oshirilayotgan har xil xabarlarni himoya qilish juda muhim edi: hech bir xabarchi rim harbiy tuzilishini to’smasliga kerak edi.

Qamal qilish.

Shahar devorlari va himoyachilari shaklidagi 2 to’siqni bartaf etish uchun imperatorlik 3 ta vositaga ega edi: yaxshi o’qitilgan askarlar; asbob- uskuna va muhandislik salohiyati. Qoidadan tashqari qamalda ayyorlikdagi uchunchi vosita komandirning ma’suliyati edi. Tez barpo etish va foydalanish cheklangan vaqt uchun mo’ljallangan. Qal’ani mustahkamlash uchun , odatda kamroq torf yoki tosh ishlatilgan.

Ammobu yerda 2 ta xususiyatni ajratib olishimiz kerak. Bir tomondan hujumning maqsadi ko’plab portlashlar bilan amalga oshirilgan, asosiysi shtab-kvartiradir va bir nechta kuchli fikr ushbu tizimni to’ldiiradi. Bunday tashkilotni biz allaqachon Respublika davrining oxirida Alesiya qamalida bo’lishini kuzatganmiz mumkin. Quddusda Titus katta lagerda to’xtadi,keyinchalik bir necha bor o’z xalqining vaqtincha erishgan muvaffaqiyatlaridan biriga aylandi. Lager davr talabiga ko’ra qurilgan yoki tashlab qo’yilgan 13ta devor bilan to’ldirilgan. 72 -yilda Flavius Silva X legion Fretensis va Mazada atrofida yordamchi kuchlarni joylashtirdi. Ushbu jarayon tarixchi , yozuvchi Jozef Flaviyning ta’rifi qazish ishlari natijalariga erishishi tarixchida katta qiziqish uyg’otadi .Bu joyda 8 ta qal’a devorlarini mustahkamlash 6 ta kichik va 2 ta katta yana biri ikkinchi devor kengayishi joyini mustahkamlaydi. Barcha darvozalar kalit sifatida ifodalangan. Xuddi shu usulda rimliklar fuqarolar urishi davrida (68-69-yillar) Plasentii va Kremon , shu bilan birga Sarmizegetuza da daklar bilan janglarda ham (101-107-y) shunday holatlar ro’yn bergan. Boshqa tomondan , lager rejalari tpografiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Yer yuzasida kvadrat va to’rt burchak shakllarda edi; boshqa joylarda barcha shakllar uchrashi mumkin. Imperiyaning tasis etilishidan bir necha yil avval Sezar Aleziya qamalini uyushtiradi. Mazadda biz Vespasianning boshqaruv boshlarida kvadrat ,romb va noodatiy formalarni ko’ramiz. Ammo ikkala matn va arxiologik jiddiy qo’shimcha ishlar mavjudligini ko’rsatadi.Kremon uchun ham Tatsit 3 ta atamadan : castra(lager), vallum(devor), va munimenta(umumiy mustahkamlash) foydalangan. Ushbu qo’shimcha ishlarda 3 ta maqsad bor edi.

Avvalo , qamalda bo’lganlarni butunlay ajratib qo’yish kerak edi, buning uchun ular devor bilan o’rab olingan, atrofdagi hudular ham tuproq uyumlari bilan o’rab olingan. Bu maydonda boshlang’ich mustahkamlikni taminlagan.

Tit Quddus yonida 7.85 km devor qurushni buyurdi, tez boshlandi va shu yerda tez tugatildi. Mazad qazishmalari haqida Flaviy Iosif xabar beradi. 3,65 km uzunlikdagi devor topilganini tasdiqlaydi. Sezar Aleziy qamalida bo’lgani kabi qamaldagilarga yordamchi armiya kelishidan qo’rqqan bulsa, uzini himoya qilish uchun tashqaridan ikkinchi qatorni mustahkamlaydi. Bu birinchi aylana devor edi. Bunday buyuk urinishlar o’z xalqini himoya qilish, va yo’qotishlarni kamaytirish buyrug’ida uning g’amxo’rligini anglash mumkin. Bu qo’mondonning ikkinchi maqsadidir. Bunga erishish uchun birinchi navbatda rimliklarda fortifikatsiya qilishning tayyor elementlari yani yog’och to’siqlar, va qalqonlar bor edi. Dushman devoriga yaqinlashishda “ toshbaqa”(testudo), “ sichqoncha”(musculus) kabi juft nomlar bilan tanilgan. Rasmlarda bu haqida ko’rsatilgan . Ular ko’pincha aravalarga solingan, uning tomi metal plitalar va teri parchalari bilan sezilarli darajada mustahkamlangan.

Ammo Rim qo’mondoning uchinchi muhum maqsadi shaharni egallash edi.Agar shahar o’zi taslim bo’lmasa, ular hujumga o’tishgan.Lekin bundan oldinbir necha muammolarni hal qilish kerak edi.Xususan , mustahkam shaharda odatda vaqt yo’qligi sababli uxlab olishning iloji bulmagan. Shuning uchun ular hujum joyini qurdilar- ular tor yerdan iloji boricha yuqoriroq qurilgan.Quddusni qamal qilish vaqtida Tit eng kamida 5 ta hujum joyinin qurushni buyurgan.Masada ortida faqat bittasi bo’lgan.Uning qoldiqlari arxeologlar tomonidan topilgan.Agar yerlar juda tor bulsa, ular hujum ko’prigi haqida o’ylashgan.

Devor o’zi asosiy to’siq hisoblanadi.Biroq, uni hech bo’lmaganda bitta joydan yo’q qilishga urinib ko’rishgan. Undan teshik ochish uchun bir necha usullar bo’lgan, kirka va taranlar bilan yoki devorni tagini kovlab yoqish (tunel ochish) uchun harakat qilishgan.

Yer osti yo’lini qazib ochish shuningdek, to’siqlarni chetlab o’tib shaharga kirib borish imkonini beradi. Rimning dushmanlari ham ushbu vositani ishlatishgan. Shunday qilib Dura- Yevropokda yerdan bir necha metr chuqurlikdan milodiy III- asr o’rtalarida forslar tomonidan o’ldirilgan bir askar jasadi topilgan . Bundan tashqari ba’zan temir tirnoqli va g’ildiraklar o’rnatilgan minoralar qurdirilgan , ular kuzatuv punktlari va otish joylari sifatida xizmat qilgan.

Nihoyat bunday “kamalak” (brachium) kabi kamdan-kam uchraydigan va hatto kamroq o’rganiladigan tuzulma turi mavjud bo’lgan. Tit Liviy bular haqida ma’lumot berib o’tadi. Mil.avv. 438- yilda Ardeya qo’shinlar tomonidan qamal qilingan. Qutqarishga kelgan Rim qo’shini shaharni qurshab oldi va shahar bilan muloqat qilish uchun 2 ta “panjara” qurdi. Ushbu nomga ega bo’lgan ma’lum tuzulma mavjud. Afina bilan Pireni bog’laydigan , fos urushidan so’ng qurilgan , 3 ta “uzun devor” haqida ham ma’lumotlarni ham shu muallif bergan. Frontin ham bu izohni tasdiqlaydi. “Mudofaa nuqtasi” (shahar yoki lager ) bilan bog’liq brachium “mudofaa chizig’i” (devor) deb ataladi. 2 ta panjara xabarning xavfsizligini ta’minlashga imkon beradi, yagona va oddiy bracchium yaxshi sharoit uchun samarali to’siq bo’lgan. Masalan: lagerni daryo bilan bog’lab tursa, shunday savol tug’iladi: Trayan kolonnasining bir joyida ko’rganimiz bunday emasmi?

Xulosa qilib aytganda, Rim askarlari ish paytida yoki hujum paytida o’zlarini himoya qilish va qurollarni yo’q qilish (taran va boshqa qurollarni) uchun eng yaxshi turdagi “toshbaqalarga” ega edi. Bu ajoyib tuzulma Rim armiyasi haqida qilingan xulosalarni tasdiqlaydi- bu yuqori darajadagi texnikaviylikka ega edi.Qadimgi strateglar bu texnikaning qiymatini yaxshi bilishgan. Milodiy I- asrning o’rtalarida buyuk qo’mondonga murojaat qilib, Frontin aytishicha: “Domitus Corbulonning fikriga qo’shilgan holda dushmanni ustidan hujum qilish bilan g’alaba qilish kerak”deb aytishgan.

Shturm qilish.

Agar yuqoridagi ko’rsatilgan ishlar taslim bo’lishga olib keladigan qo’rqitishga sabab bo’lmasa , faqat bitta vosita –kurash qoladi. Rimliklar muntazam ravishda umumiy hujumni bir vaqtda har tomondan amalga oshirmagan.Ularning oldida hujum joyida qurilgan devorlarning eng zaif joyni tanlashni afzal ko’rgan. Shundan so’ng , “artelleriya tayyorgaligi” 3ta maqsadga ega edi: surish orqali qo’shimcha zarar yetkazish , hodimlarning dushmanni yo’qotishiga va ularning ruhini zaiflashtirishga olib kelgan. Qurollar (tormenta) , dart va o’qlar ( ularning ba’zilari yoqib yuborilgan) yoki toshlar bo’lgan. Bundan tashqari qurol-yarog’lar dengizda va quruqlikda muntazam janglarda ishlatilgan. Qamal qilingan taqdirda ular har 2 tomondan ham, odatdagidek harakat qilishgan. Shahar devorchilari devorlarga va minoralarga joylashtirilgan. Qurolli kuchlar portlarga hujum qilganda , g’ildirak yoki harbiy kemalarda qurol ishlatganlar.

1902- yilda imperator Vilgelm II Rim metal qurollarini tiklashni buyurgan. 50 metrda kamonchi mo’ljalni aniq olgan. 340 metrdan otilgan kamon o’qi ( 60 smli o’q) mo’ljalni 2 sm teshgan.

Biroq , Rim artelleriyasi qiyin muammo keltirib chiqargan. Har bir qurolga nom berish oson emas ayniqsa, bu masala bo’yicha tadqiqotlar to’liq emas.Ayni paytda tarixchilar ba’zi bir ma’lumotlarni topishgan.I asrda har bir senturiyada katapulta bor edi- bu og’ir toshlarni otgan. II asrda “ballista” so’zi xuddi dart va yadrodan foydalanadigan vositani , IV asrda esa birinchi keng qo’llanadigan atamaga aylangan. Ushbu atamalaning asl ma’nosi o’zgardi. Bundan tashqari kichik katapultalar – “ chayon” kichik “chayon”, “ onager” deb atalgan. Nihoyat Vegutsyuning fikriga ko’ra: “ legionda 11 ta ( har kogortada 1ta )va 55 ta karrobalist (har senturiyada 1 ta ) bo’lgan”.

55 ming kishidan iborat legionni ko’rib o’tamiz. Alohida ta’kidlash kerakki, barcha mutaxasislar temir qurollarni , bir-birini inkor qilmay, ballistariy so’zini ishlatishadi. Bundan tashqari Sezar katapultalar, toshotar qurollar, ballistic qurollar haqida fikr yuritgan.Balki boshqa yerlardan qidirish kerakdir.Farqi shundaki, ayrim qurollar tog’ridan-to’g’ri olov otishga uchun mo’ljallangan bo’lsa, boshqalari otishni o’rganish uchun ishlatilgan, agar bu so’nggi davr umumlashtiruvchi qiymatga ega bo’lmagan .Yana boshqa qurollar mavjud.Ular piyoda legionlarda ishlatilgan.Ular legioner piyodalarga xizmat qilgan.Devor geliopol yoki taran bilan teshilgan yoki darvozani buxishga harakat qilishgan.Iosif Flaviy Iotapat shahri qamalida foydalangan bahaybat qurollarni shunday ta’riflaydi: “ Bu bir kema machtasi kabi, bir dahshatli nur bo’lib, nomiga o’xshab bir qo’chqor boshi shaklidagi mustahkam temir uch bilan jihozlangan. O’rtasida yerga qoqilgan ustunlarga bog’langan.Kemani ustunlarga bog’lab arqonni tortish orqali suvga tushirilgan. Suvgacha bu holat bir necha marta takrorlangan.



Shu bilan birga Rim sarkardalari o’zining eng kuchsizlari o’rniga o’ z qo’shinini qurgan. Iosif Flaviy Vespasianning Iotapat qamalini “ eng kuchli jangchilarni tanlab olib unga qarama-qarshi bo’lgan devor qismini buzishgan. Bunday holat orqali shaharga birinchi kirishgan yoki, maxsus narvonlar orqali chiqishgan. Bunday paytda qo’shinlarini 2 ga bo’lgan, qamal paytida hech narsa e’tibordan qolmagan. Otliqlar, kamonchilar , metal qurollar shay holatda tutib turilgan.


Download 25.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling