Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
Download 19.46 Kb.
|
методика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat talablarining asosiy vazifalari
- Davlat talablarining tamoyillari
- Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar
- I. “Jismoniy rivojlanish va soglom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohachalarga bolinadi
- Yirik motorikani rivojiantirish
- Madaniy gigiyenik konikmalarni rivojlantirish
- II. "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish ” sohasi quyidagi kichik sohalari”
- IV. "Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi qoyiladi kichik sohalarga bolinadi;
- 2. Atrof-muhit togrisidagi bilimlar
- "Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bolinadi
Topshiriqlar 1.“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ning mazmun-mohiyati, asosiy soha va kichik sohalarini yoritib bering ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO'YILADIGAN DAVLAT TALABLARI O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PK-2707-son" 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risida"gi nizomi va “Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo'llaniladi: - davlat maktabgacha ta'lim muassasalari; - nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari; - maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehribonlik” uylari. - maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim. Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'limtarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash; - milliy umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
- bolaning noyobligi; - "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol roli; - bolaning huquqlarini himoya qilish va ta'minlashning muhimligi; - bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; - bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual variativlik asosida yondashuv. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar: - Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishlari. - Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon: - rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologic jarayonlar hamda atrof-muhit ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar: - rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yo'nalishlar: kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib beradi; - kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va maiakalar ko'rsatkichi; - bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bilimi, ko'nikmasi va malakalar hamda qadriyatlari: - integratsiya - bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik: - inklyuziv ta'lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta'lim va tarbiya olinishini teng ta'minlovchi jarayon; - "Men" konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uni refleksiv faoliyatining bir qismi; - refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni. Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat. - jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi; - ijtimoiy-hissiy rivojlanish; - nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari: - bilish jarayonining rivojlanishi; - ijodiy rivojlanish.
- Yirik motorikani rivojiantirish; - Mayda motorikani rivojiantirish; - Sensomotorikani rivojiantirish; - Sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik. - Yirik motorikani rivojiantirish - bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon bo'lib), sakrash (uzunlikka va balandlikka), zina bo'ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o'zining tana a'zolarini boshqarishni o'rganadi. - Mayda motorikani rivojiantirish - bunda bola biror bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, olish, yopish, qirqish, bo'lish) uchun o'z qo'llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo'ladi. - Sensomotorikani rivojiantirish - bunda bola o'z harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko'rish, eshitish, qo'l bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi. - Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni rivojlantirish – bunda bola o'z sog'Iig'ining muhofazasiga ta'sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarini egallaydi. - Bola hayoti xavfsizligini ta'minlash -o'zini himoya qilish, shikastlanishni oldini olish (daraxtlarga chiqmaslik, zinaning panjarasini ushlab tushish, qaychi va boshqa predmetlardan extiyotkorlik bilan foydalanish) kabi vazifalar yoritilgan. Bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va uning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash, doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish, bolalarning jismoniy rivojlanishi bo'yicha ota-onalar bilan hamkorlik qilish, sog'lom turmush tarzining muhimligini tushuntirish va uni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etish. II. "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalari” - "Men" konsepsiyasi: - hissiyotlar va ularni boshqarish; - ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot. III. "Nutq. Muloqot, o'qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo'linadi; - nutq va til; - o'qish malakalari; - qo'l barmoqlari mayda motorikasi. IV. "Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi qo'yiladi kichik sohalarga bo'linadi; - intellektual-anglash malakalari: - elementar matematik malakalar: - tarkibiy va samarali refleksiv faoliyat. 1. Elementar matematik bilim va ko'nikmalar – bunda bolaning matematik, jumladan son-sanoq malakalarini rivojlantirish orqali matematik bilimlarini orttirish, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini, son-sanoq, miqdor, shakl, kattaliklar va o'lchov birliklaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga erishiladi, bola son-sanoq va hisoblashga oid bilimlarini namoyon qilishi, predmetlarni toifalash, guruhlash va tartib bo'yicha joylashtirish qobiliyatini namoyon qilishi lozim.
berilgan. Bunda asosiy psixologik xususiyatlari - Fikrlash; -Nutq;
- Ijtimoiy bilish jarayoni; - Fiziologik sezgilar; - Bilish obyektlari; -Bilish usullari; - Muvaffaqiyatli o'zlashtirish shartlari; - Muloqot yuritish shakli; - Tengdoshlari bilan munosabatlari; - Katta yoshdagilar bilan munosabatlari; - Nizolar mavjudligi; -His-hayajonlar; - O'yin faoliyati - bo'lib hisoblanadi. V. "Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo'linadi: - dunyoni badiiy tasavvur etish; - badiy - ijodiy qobiliyatlar.
- go'daklik (tug'ilgandan 1 yoshgacha]: - erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha]; - kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha); - o'rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha); - katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha); - maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha). Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oila" Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan. Davlat talablari rivojlanish soha indikatorlari haqida tushuncha bering. (yozma ravishda) “Ilk qadam” o`quv dasturi asosida variativ masho`ulot ishlanmasini yarating. (faollik markazlari asosida) Davlat talablarining mazmun-mohiyatini yorituvchi taqdimot yarating. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling