Ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi olimlar va ixtirochilar hayoti. Vilgelm Rentgen


Download 91.44 Kb.
Sana21.02.2020
Hajmi91.44 Kb.

Ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi olimlar va ixtirochilar hayoti.

Vilgelm Rentgen

Vilgelm Rentgen (1845 -1923) Germaniyaning kichikroq qishloqlaridan birida tug’ildi. U Tsyurix politexnikumida ta’lim oldi. Keyinchalik Lyutsburg universitetiga kelib professor unvoniga ega bo’ldi va Maksvellning elektromagnitlar ustidagi tadqiqotlarini davom ettirdi. Shu bilan birga Rentgen turli gazlarning elektr o’tkazuvchanlik xususiyatlarini o’rgandi.

V. Rentgen 1895-yil anod va katoddan iborat elektrodli vakuum trubkalarida tajriba o’tkazayotib bir qancha yangi hodisalarni va noma’lum nurlarni kuzatadi, tasodifan Rentgen o’zining qo’l suyallarning qora tasvirini plastinkada ko’rib qoladi. Bu nurlarni har qanday to’siqdan, odam tanasi, qog’oz, karton va yupqa metall qatlamlaridan osongina o’ta olish qobiliyati borligini aniqladi. Boshqa nurlardan va quyosh nurlaridan farqli bo’lgan bunday ko’zga ko’rinmas bu nurni tushuntirib berish oson emas edi, shu sababli Rentgan uni “X- nur”, ya’ni kelib chiqishi noma’lum nur, deb ta’rifladi. Keyinchalik olimlar bu nurni “Rentgen nuri” deb nomlashdi. Bu nur hozirgi hayotida juda keng qo’llanilmoqda, ayniqsa tibbiyot sohasining rivojiga bu nurlarning ahamiyati g’oyat kattadir.

Genrix Gerts

Genrix Gerts (1857 -1894) Germaniyaning Gamburg shahrida tug’ildi. U muhandislik bilimlarini o’rgandi va keyinchalik, fizikani o’rganishga qiziqdi. U elektr zaryadlr ustida ko’p tajribalar olib bordi. Ana shu tajribalarning biri shuni ko’rsatdiki, elektr oqimi o’zidan elektromagnit to’lqinlar chiqarar ekan va buni bir qancha uzoqlikdan ham aniqlash mumkin. Bundan xulosa chiqargan G. Gerts haqiqatdan radioto’lqinlar – elektromagnit nurlanishning alohida ko’rinishi mavjudligini isbotladi. Keyinchlik, radioto’lqin ham xuddi yorug’lik to’lqiniga o’xshab, fokuslanish va sinib qaytish xususiyatiga ega ekanligi isbotlandi. Genrix Gertsning ishlari Maksvellning teoriyasini rivojlantirdi, ya’ni elektromagnit to’lqinlar xuddi yorug’lik nurlanishi kabi bo’lishini tasdiqladi.



Jeyms Maksvell

Jeyms Maksvell (1831 -1879) Shotlandiyaning Edinburg shahrida tug’ildi va shu shaharda ta’lim oldi. U matematik va Fizik edi. Uning asosiy tajriba va ishlari asosan, elektr va magnetizmga bag’ishlangan edi. Xans Ersted va Maykl Faradeyning g’oyalarini hamda nazariyalarini rivojlantirib elektromagnit kuchlanishni matematik hisobini va formulalarini keltirib chiqardi. U elektr toki manbai hosil qilgan magnit maydonning tarqalish tezligi tenglamasini tuzdi. Maksvell bu tezlikning yorug’lik tezligiga yaqin bo’lishini aniqladi va yorug’lik ham elektromagnit to’lqinning alohida ko’rinishi ekanligi haqidagi xulosaga keldi.



Dmitriy Mendeleyev

Dmitriy Mendeleyev (1834-1904) Sibir (Rossiya)da tug’ilib o’sdi. U oiladagi 14 farzandning eng kenjasi edi. Mendeleyev Peterburg universitetini tamomlab, tez orada kimyo fanlari professori bo’ldi. U turli elementlarning o’zaro aloqadorligini o’rgandi. O’sha davrlarda ko’pchilik kimyo olimlarining tushunishlariga ko’ra, ba’zi elementlarning bir biriga yaqinligi yoki o’xshashligi ulardagi atom massasini ifodalaydi. Elementning atom massasi – undagi bitta atom massasining vodorod atomining massasiga nisbatidir. Shunga ko’ra Mendeleyev 1869- yil o’zining davriy sistemalar jadvalini tuzdi. Bu jadvalda elementlar alohida guruhlarga bo’lingan va bu elementlarning o’zaro bog’liqligi ko’rsatilgan.



TOMAS ALVA EDISON

Tavalludi 11 fevral, 1847

Milan, Ogayo, AQSh

Vafoti 18 oktabr, 1931

Vest Orenj, Nyu Jersi, AQSh
Thomas Alva Edison (Tomas Alva Edison; 11 fevral 1847 – 18 oktabr 1931) — butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi. Edison AQShda 1093 ta, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 3 mingga yaqin patentlarga ega bo'ldi. U telegraf, telefon, kinoapparaturani takomillashtirdi, xavfsiz elektr qizdirish lampochkasini yaratdi, dastlabki elektrovozlarga asos soldi, fonografni kashf etdi. Aynan u "Allo"ni taklif etgan.

Mashhur kashfiyotlari

Edison ko'pgina muhim kashfiyotlarning muallifidir. (Edisonning hayoti davomida AQShdagi patentlar byurosi unga 1093 ta patentni beradi — bunday miqdordagi patentlarni hali hech bir odam olmagan). Ular ichida: Saylovlarda ovozlarni sanovchi elektr hisoblagich — birinchi patentlangan kashfiyot. Qizdirish lampasidagi ip uchun uglerodning (kuydirilgan qog'oz) ishlatilishi. Fonograf, Kinetograf, Trafaretli bosma, Akkumulyator, Elektr stuli, "Allo"ni taklif etdi.



Qadimgi yunonistonda ilm-fan

Yevropaliklar uyg’onish davridan boshlab 500 yil davomida qadimgi Yunoniston tarixini oltin davr deb atahmoqda. Chindan ham madaniyatda hozirgi kishilarniyam rom etayotgan ko’plab jozibali jihatlari bor. Bular- jamiyatning oqilona tuzilganligi, inson bilan tabiat uyg’unligi, kuchli diniy hissiyotga berilish va boshqalardir.

Qadimgi yunonlar ilmiy bilimlarni juda qadrlashgan. bu holat ularning avlodlarini ham hayratda qoldirgan. Eng mashhur yunon olimlaridan biri Arximed bo’lgan, u jismlarning suzish qonunini kashf qilgan. Keyinchalik bu qonun uning nomi bilan “Arximed qonuni” deb ataldi.

Pifagor (sharqda-Fisog’urs nomi bilan atalgan) o’sha davrning eng yirik matemati, boshqacha aytganda geomatr bo’lgan va o’zining teoremalarini kashf etdi, jumladan “pifagor teoremasi” yoki “Pifagor jadvali ” hozirgi kunda hammaga ma’lim bo’lsa kerak.

Eramizdan avvalgi 5 asrlarda bilimga chinakam intilish mavjud bo’lgan. Geometriya va perspektiva qonunlaridan ibodatxonalar qurishda foydalanishgan. Shuning uchun keyingi me’morlar ularning ishlarini klasssik ya’ni namunali ish deb e’tirof etishgan.

Yana bir mashhur olim bu Suqrotdir (Sokrat). U insonlarni o’z –o’zini anglashga undaydi. Uning tadqiqotlarini shogirdi Aflotun (Platon) davom etadi. Arastu (Aristotel) ham o’z zamonasining buyuk faylasuflaridan bo’lgan.



SUQROT KIM BO'LGAN ?

Suqrot haqiqatan donishmand va o’zining mutaqil fikriga ega bo’lgan inson edi. Lekin Suqrotning o’zi, chinakam donishmandlik –o’zini sariq chaqaga ham arzimasligini anglashdadir, deb uqtiradi. U yunonistonda taxminan eramizdan avvalgi 470- yilda tug’ilgan. Uning hayoti haqida ma’lumot juda kam. U o’zidan keyin hech qanday asar qoldirmadi. Uning shogirdi Aflotun ustozi Suqrot ta’limotini va g’oyalarini muiloqot shaklida bayon qilib bergan. Aflotun ta’kidlashicha, Suqrot butun vaqtini afina bozorlarida, o’z so’zini tinglashga rozi bo’lgan har qanday odam bilan gaplashib o’tkazardi. U, ayniqsa biror masalada o’zining qat’iy fikriga ega bo’lganlar bilan suhbatlashishni yoqtirardi. Suqrot bunday odamlarni yo’l yo’lakay savol berib, ularni gaplashishga ko’ndirar, so’ng esa ularning johil yoki oqil ekanligini aniqlardi.

Suqrotning asosiy g’oyasi “o’z o’zingni anglab yet”qoidasi bo’lgan. Eramizdan avvalgi 399-yilda dushmanlar uni Afina yoshlarini buzishda va diniy majburiyatlarni mensimaslikda ayblab, sudga chaqiradi. U o’ziga o’lim jazosi berilganini bilgani holda, o’zini haqiqatni topishga bag’ishlab, avvalgidek yashayverish darkorligini bayon etadi. Suqrot o’zining so’nggi kunini ham do’stlari bilan jonning abadiyligi va (oxiratning borligi) haqidagi masalani muhokama qilgan holda hibsda o’tkazdi.

ARISTOTEL (Arastu) KIM BO'LGAN ?

Aristotel (Arastu) o’z zamonasining buyuk faylasuflaridan edi. U Aleksandr Makedonskiyning ustozi ham edi. Arastu faylasuf Suqrot huzurida 20 yilga yaqin ta’lim oldi Aflotun vafot etgandan so’ng Aristotel uning ta’limotini rivojlantirdi. U amalda inson duch keladigan muammolar bilan qiziqardi. Aql qay tarzda ishlaydi ? Haqiqat qayerdayu uolg’on qayerdaligini qanday ajratishimiz mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq? , kabi o’ziga savollar berardi. Arastu atrof muhitni kuzatgan va dalil to’plagan holda bu savollarga javob izlardi. U har bir hodisa o’zining mantiqiy izohiga ega deb bilardi va tadqiqotlar hamda kuzatishlardan hukm chiqaradigan olimlar qatorida edi.

Arastu o’z maktabiga asos soladi va uni “Litseum” deb nomlaydi. U har bir kishi yaxshi va foydali yashab o’tish imkoniyatini bilish yo’li bilan olamda o’z o’rnini egallashi mumkinligiga ishontirishga urinadi.

Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, zooligiya, poeziya, notiqlik san’ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq odob ilmlari bo’yicha to’rt yuzga yaqin asar yozgan. Arastu asarlarini butun jahondagi olimlar yuzlab yillar mobaynida o’qib o’rganishmoqda.



PIFAGOR KIM BO'LGAN?

Qadimgi yunoniston ko’lap buyuk insonlar vatanidir. Ular orasida eng e’tiborlilaridan biri eramizdan avvalgi VI asrda (taxminan 570-500 yillar)yashab o’tgan Pifagordir. Pifagor g’oyaviy targ’ibotchi- ya’ni voiz, matematik va faylasuf bo’lgan. Uning g’oyalari va e’tiqodiga qarshi chiqqanlar ko’pligi boisidan u o’z vatani Yunonistonni tark etib janubiy Italiyaga ko’chishga majbur bo’ladi.

Pifagor ta’limoti nimasi bilan bu qadar g’ayritabiy bo‘lgan? U ruhning o’lmasligi va bir tanadan boshqa tanaga o’tadi deb ishongan. Boshqacha aytganda, uning fikricha, O’limdan so’ng jannatga kirolmagan ruhlar boshqa odamlar va hayvonlar tanasiga o’tadi. Shu bois u o’z shogirdlariga go’sht yeyish va jonliq qurbon qilishni taqiqlagan. Bundan tashqari Pifagor izdoshlari va pifagorchilar boshqa turdagi g’alati qoidalarga ham qat’iy rioya qilishgan. Masalan ular sukut saqlashi va sharob ichmasligi shart edi. Pifagorning bu g’oyalarning ba’zilari soda va hatto bema’ni tuyulishi mumkin, albatta. Biroq u fanga juda katta hissa qo’shganligini unutmaslik kerak. U torlar tovushining past balandligi matematik jihatdan uning uzunligiga bog’liqligini kashf etdi. Uning ta’limotiga ko’ra koinotda mavjud bo’lgan jamiki narsa- hodisalar asosida sonlar va raqamlar yotadi.

Pifagorchilar quyosh sistemasiga oid nazariyani ham yaratishdi.Xususan geometriyaning fan sifatida shakllanishiga hissa qo’shdi. Ularning bu sohadagi nazariyalari haqiqatga ancha yaqin edi. Bulardan tashqari Pifagor teoremasi deb atalgan to’g’ri burchaki uchburchakka oid qonunni hamma biladi.



PLATON KIM BO'LGAN?

G’arb filosofiyasining asoschisi deb Platonni hisoblaydilar.U Afinada tug’ilgan dastlabki ta’limni Suqrotdan oldi. Platon 30 yoshidan boshlab sayohatga chiqadi va O’rta yer dengizi atrofidagi juda ko’plab shaharlarda bo’lib u yerlardagi faylasuflar bilan uchrashgan. Miloddan avvalgi 388 yilda Afinaga qaytganidan so’ng o’qituvchi bo’lishga qaror qiladi. Keyingi yilda u Akademiya deb atalgan maktabga asos soldi. Platon “Ta’limot haqidagi g’oya” ni yaratdi va uning bizgacha arab tilidagi tarjimasi yetib kelgan.

Platon o’z davridagi ba’zi olimlardan, jumladan Arximeddan farqli holda matematika ilmini barcha narsaning kaliti deb hisoblagan, ammo amalda matematikaga qiziqmagan.

ARXIMED KIM EDI ?

Arximed qadimgi grek olimi, fizik va matematik bo’lib, fanga katta hissa qo’shgan.

Arximed taxminan miloddan avvalgi 287 qadimgi yunon mustamlakasi bo’lgan Sirakuzadagi Sitsiliya orolida tug’ilgan. U juda mohir matematik bo’lib, Misrning Aleksandriya shahridagi Muzeume maktabida ta’lim olgan. U ko’pincha jismlarning suvda suzishi va suyuqliklarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Arximedning ochgan qonunlari uning yanada mashhur bo’lishiga olib keldi. Ko’pchilikka ma’lum bo’lgan “Arximed kuchi ” yoki “ Arximed qonuni “ deb nomlangan qonun fizika fanida alohida o’rin egallaydi. U yana Richag qonunlarini ochgan. Miloddan avvalgi avvalgi 212 yilda Rimliklar Sirakuzani bosib olgandan so’ng Arximed o’ldirilgan.

ARXIMED HAQIDA AFSONA

Arximed, itarib chiquvchi kuch jism hajmi qadarli suyuqlik og’irligiga teng, degan xulosaga qanday kelgani haqida afsona bor.

U Sirakuza podshosi Gieron (eramizdan 250 yil oldin) tomonidan o’ziga berilgan masala ustida fikr yuritdi. Gieron podsho oltin toj yasagan ustaning to’g’riligini tekshirishni Arximedga buyurdi. Tojning og’irligi uni yasashga berilgan oltin og’irligiga teng bo’lsa ham, podsho tojni oltinda arzon metallar qorishmasidan yasalgan va uni unga berilgan sof oltin og’irligiga teng bo’lishi uchun kattaroq qilgan, deb shubhalangan. Arximedga esa tojni sindirmay uning takibida aralashma bor yoki yo’qligini aniqlash vazifasi berilgan edi. Arximedga qanday usuldan foydalanish aniq ma’lum emas edi. Dastlab u bir bo’lak oltinning og’irligidan 19,3 marta ortiqligini aniqladi. Boshqacha aytganda, Oltinning zichligi suv zichligidan 19,3 marta katta.

Arximed toj yasalgan modda zichligini topishi kerak edi. Agar bu zichlik suv zichligidan 19,3 marta katta bo’lsa, u holda toj sof oltindan bo’ladi, aks holda undan katta yoki kichik qiymat chiqsa toj sof oltindan qilinmagan, degan xulosaga keladi. Tojni og’irligini topish oson, ammo uning hajmini qanday topish kerak? Toj shakli juda murakkab bo’lgani uchun Arximedni shu narsa qiynadi. Bu masalada Arximed ko’p kunlar bosh qotirdi. Kunlardan bir kun u hammomda suvga to’la vannaga tushganda bir qancha suv vannadan tashqariga to’kiladi, birdan masalani yechishga imkon beradigan fikr keladi. O’zining kashfiyotidan shodlangan Arximed: “Evrika!!!”, “Evrika” ya’ni “Topdim !” “Topdim !” –deb xitob qiladi.

Uning topgan narsasi shundan iborat edi: har qanday jism suvga botirganda o’zining hajmiga teng bo’lgan suvni siqib chiqaradi.

Arximed dastlab tojni suvga to’la idishga botirib tojning hajmini aniqladi. tojning og’irligini shu tojning hajmiga teng bo’lgan suvning og’irligi bilan taqqosladi. Agar toj og’irligi uning hajmiga teng bo’lgan suv og’irligidan 19,3 marta katta bo’lsa u sof oltindan bo’lishi kerak. Boshqacha aytganda, tojning zichligini aniqlab, uni sof oltin zichligi bilan solishtirdi. Natijada podshoning savoliga javob topib, tojning zichligi sof oltin zichligiga teng emasligini aniqlagach. Shu bilan ustaning aldagani fosh etildi, fan esa ajoyib kashfiyot bilan boyidi.



MOVAROUNNAHRDA MADANIY HAYOT

Movarounnahr allomalari

X- XII asrlarda movarounnahr ilm fanning markaziga aylandi. "Nima uchun aynan shu davrda buyuk olimlar yetishib chiqdi?" degan savol ug'ilishi tabiiy, albatta. Bu davrga kelib Movarounnahrga tashqi hujumlar va ichki urushlar bir qancha muddat kamaydi.

Bundan tashqari o'sha davrda taxtga o'tirgan hukmdorlar ilm fanga qiziqishi bilan birgalikda olimlar va donishmandlarga homiylik qilgan, qolaversa ularga bilim olish uchun yetarlicha shart sharoit yaratib bergan edi. hukmdorlar tomonida turli rasadxina, akademiya va tadqiqot markazlari tashkil etildi



Ahmad al Farg’oniy

IX asrda yashab arab tilida ijod etgan Ahmad Farg’oniy (taxmin. 798-865)zamonasining atoqli astronomi, matematigi va geografi edi. Uning to’liq ismi Abulabbos Ahmad ibn Muhammad Kasir al Farg’oniy. U xalifa Horun ar Rashid (986 -809) topshirig’iga binoan Bag’dod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurishga boshchilik qiladi. Rasadxona qoshida uning rahbarligida astronomiya maktabi tashkil etiladi. Bu yerda Ahmad Farg’oniyga zamondosh olimlar va shogirdlar bilan faoliyat olb bordi.

U “Astronomiya asosi”, “Samoviy harakatlar” va “Yulduzlar haqidagi fan” nomli asarlar yozdi. Uning o’z zamonasida “Astronomiya asosi” nomli asari astronomiya bilimining o’ziga xos qomusi hisoblangan va u XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Bu asar bir necha asr davomida yevropa astronomlari uchun qo’llanma va dastur bo’lib xizmat qilgan.

Al – Xorazmiy

Aristotel (Arastu) o’z zamonasining buyuk faylasuflaridan edi. U Aleksandr Makedonskiyning ustozi ham edi. Arastu faylasuf Suqrot huzurida 20 yilga yaqin ta’lim oldi Aflotun vafot etgandan so’ng Aristotel uning ta’limotini rivojlantirdi. U amalda inson duch keladigan muammolar bilan qiziqardi. Aql qay tarzda ishlaydi ? Haqiqat qayerdayu uolg’on qayerdaligini qanday ajratishimiz mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq? , kabi o’ziga savollar berardi. Arastu atrof muhitni kuzatgan va dalil to’plagan holda bu savollarga javob izlardi. U har bir hodisa o’zining mantiqiy izohiga ega deb bilardi va tadqiqotlar hamda kuzatishlardan hukm chiqaradigan olimlar qatorida edi.

Arastu o’z maktabiga asos soladi va uni “Litseum” deb nomlaydi. U har bir kishi yaxshi va foydali yashab o’tish imkoniyatini bilish yo’li bilan olamda o’z o’rnini egallashi mumkinligiga ishontirishga urinadi.

Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, zooligiya, poeziya, notiqlik san’ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq odob ilmlari bo’yicha to’rt yuzga yaqin asar yozgan. Arastu asarlarini butun jahondagi olimlar yuzlab yillar mobaynida o’qib o’rganishmoqda.



Abu Nasr al Farobiy

Abu Nasr Farobiy (873 - 950) Sirdaryo bo’yida joylashgan Forob (O’tror) shahrida sipohiy (harbiy kishi) oilasiga tavallud bo’ldi. Buxoro va Samarqand shaharlarida tahsil oldi. So’ng o’z bilimini oshirish maqsadida Bag’dodga bordi va Umrining ko’p qismini (40 yil) o’sha yerda o’tkazdi. U 941-yildan Damashqda, 941-950- yillri Misrda yashadi. U jahon faniga, xususan falsafa, matematika, fizika, kimyo, tilshunoslik, musiqashunoslik kabi fanlar rivojiga hissa qo’shgan. Olim 160 da ziyod asar yozib qoldirgan, ularning ayrimlari o’zbek qozoq, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Farobiyning qabri Damashq shahrida.



Abu Rayhon Beruniy

Urganch shahrida yashab ijod etgan mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048 ) Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tavallud topdi. U dastlab Urganch shahrida ta’lim oldi. Uning yoshligida ilm fanga qiziqishi kuchli edi va shu sababli 17 yoshligida boshlab astronomic kuzatishlar olib borardi. Mamlakatda kuchayib ketgan o’zaro feudal urushlar oqibatida olim o’z kuzatishlarini davom ettira olmadi. Uzoq yillar Gurgonda yashadi. So’ngra xorazmshoh Ma’mun saroyida ijod qiladi. 1017 – yili Mahmud G’aznaviyning talabi bilan G’azna shahriga boradi va umrining oxirigacha shu shaharda ijod qiladi. U astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, javharshunoslik (javharshunoslik) va boshqa fanlarni o’rgandi.

U falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlariga oid 154 ta ilmiy asar yozdi. Dastlabki globusni ixtiro qilgan.

Abu Ali ibn Sino

Ulug’ mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Uning asl ismi Husayn ibn Abdulloh. Besh o’n yoshlarida maktabda ta’lim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliy dan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o’rgandi. U asosan tabobat ilmiga qiziqardi. Usha vaqtda uni Husayn deb atagan bo`lsalar, sharqda Sheyxulrais, g`arbda Avitsenna, arablar esa Abu ali Alhusayn ibn Abdullo ibn Hasan ibn Sino deb atar yedilar. 10 yoshidayoq arab tilini mukammal bilib olgan ibn Sino 16 yoshida ulug` xakim va 18 yoshida Sharqning buyuk olimi bo`lib tanildi. Ibn Sino Buxoroda yashagan davrida, ya’ni 1002 yilgacha Aristotel asarlaridan falsafani, Evklid asarlaridan geometriyani, Ptolemey asarlaridan astronomiyani zo`r qunt bilan o`rgandi. Bunga ibn Sino somoniylar davlatining amiri No`h ibn Mansurni muvaffaqiyatli davolaganligi tufayli amir o`sha vaqtlarda Sharqda tengi yo`q darajada boy kutubxonasidan shu asarlardan foydalanishga ruxsat berganliga va u ana shu asarlarni qunt bilan o`rganganganligi sabab bo`ldi. Biroq ibn Sinoning Buxorodagi ijodiy faoliyati uzoqqa cho`zilmadi, chunki bu vaqtda somoniylar sulolasi o`zinnng so`nggi kunlarini yashamoqda edi. Mehnatkash xalqni shafqatsiz ezish, xalqka quloq eshitmagan soliqlar solib talash, somoniylarga nisbatan xalqning g`azab-nafratini oshirgan edi. Somoniylar podsholigi xalq madadidan mahrumligidan foydalangan turklar — Qoraxoniylar Buxoroni bosib oldi va shu bilan somoniylar hukmronligi inqirozga yuz tutdi.

Anarxiya hukmron bo`lib qolgan Buxoroda ibn Sino turolmadi. Bu vaqtga kelib uning otasi ham vafot etdi. Bularning hammasi uning Buxorodan siyosiy va madaniy vaziyat boshqacha bo`lgan Xorazmga (Urganchga) ketishiga sabab bo`ldi.

Xorazmshoh saroyida O’rta Osiyo fanining atoqli olimlari to`plangan edilar. Qoraxoniylar sultoni Mahmud Xorazmshohdan ibn Sino singari olimlarni Buxoroga qaytarishni talab qiladi. Shundan so`ng ibn Sino G`arbga — Kaspiy dengizi sohillari tomon qochadi. Bu kabi og`ir sinovlar buyuk mutafakkirning irodasini sindirolmadi, u 35 yil ijod qilib, jahon fani taraqqiyotiga juda katta hissa qo`shdi. To`la bo`lmagan ma’lumotlarga ko`ra uning hammasi bo`lib 280 ta asaridan 185 tasi falsafaga, qolganlari esa meditsina, matematika, fizika, astronomiya, ximiya, botanika, geografiya, mantiq, davlatni idora kilish usullari, harbiy fan va boshqalarga bag`ishlangan.

Ibi Sino fors tilida yozgan (1031 yoki 1035 yil) «Donishnoma» (ilm kitobi) asari 1955 yilgacha Yevropa tillaridan birortasiga tarjima qilinmagan. Uning bu asari uch qismdan iborat bo`lib, mantiq, metafizika, fizika masalalariga bag`ishlangandir.

Ibn Sino o`z fizikasida mexanika, harakat va uning shakllari, fazo, jismlar holati, Aristotelning ko`rish nazariyasi va boshqalarga doir masalalarni ko`rib chiqadi.

Ibn Sino «Past fan boshi» (fizika) nomli asarining «Tabiat haqidagi fan» deb atalgan bo`limida fizikaga ta’rif berib, «fizika shunday fanki, u materiyadan ajratib bo`lmaydigan holat va qarashlarni o`rganadi» deydi. Ibn Sino ko`rish masalalarini tahlil qilib chiqar ekan, ko`z borliqni ko`rishi sabablari haqidagi o`z zamonasida tarqalgan fikrlarning noto`g`riligini isbot qiladi.

Ibn Sino Beruniy bilan xat orqali qilgan munozaralarida issiqlikdan kengayish va sovuqlikdan torayish sabablariga o`z qarashlarini bayon etib, geometrik optika masalalari, umuman akustika, elektr, magnetizm masalalari bilan ham yetarli darajada shug`ullanganligini ko`rsatadi. Ibn Sino 1037 yilda Hamadonda (Eron) vafot etgan.



LEONARDO DA VINCHI

Universal bilim sohibi

Universal bilim sohibi, serqirra ijodkor va kashfiyotchi, Leonardo da vinchi (1452-1519) Italiyadagi uyg’onish davrining eng buyuk arboblaridan edi. Uning otasi badavlat shaharlik bo’lib, onasi oddiy dehqon qizi edi. Leonardo da vinchi har tomonlama qobiliyatli kishi edi – u daho rassom va olim, muhandis – ixtirochi, arxitektor va haykaltarosh, musiqachi va shoir edi.

Leonardo da vinchi bolalik chog’idan boshlab o’zini hamisha ishtiyoq bilan mehnat qilishga, mehnatni sevishga odatlantirdi. Qiyinchiliklar uning irodasini buka olmasdi – uchragan qiyinchiliklarni yengish uchun u o’zida kuch-quvvat topardi. U o’z shogirdlariga: “Baxt qunt bilan ko’p mehnat qilgan kishiga keladi” – deb aytardi.

Rassomlik san’atini Leonardo da Vinchi san’atning asosiy turi deb hisoblar edi. U rassomlik san’ati yordamida odamlar dunyoni bilib oladi deb, bu san’atga tadqiqotchi sifatida yondashar edi. Buyuk olim inkivizitsiyaning g’azabiga uchrashidan qo’rqmay, yashirin ravishda murdalarni yorib ko’rardi; u rasmlarda odamning gavdasini to’g’ri tasvirlash uchun uning tana tuzilishini bilib olishga harakat qilardi. Leonardo da Vinchi chizgan rasmlarida uning o’zi sevgan va kuzatgan hayot tasvirlangan. U uzoq- uzoq vaqt ko’cha va chorrahalarda yurib odamlarni diqqat bilan kuzatar va ularning rasmini naturadan (o’ziga qarab) chizardi. Bu rasmlarda odamning tana harakati, ularning xafalik yoki shodlik alomatlarini juda ustalik bilan tasvirlardi va bu rasmlar odamni o’ziga jalb etardi.

Leonardo da Vinchi yorug’likning soyaga aylanishini eng nozik, sezilar –sezilmas farqlarini g’oyat yuksak mahorat bilan aks ettirardi. Uning chizgan chizgan rasmlarida narsalarning tashqi ko’rinishi xiraroq rang bilan yumshatilgan. U tasvirlagan narsalarining hajmi haqidagi taassurotga ularning yorug’ va soya joylarini muvofiq rangda aks ettirish bilan erishardi. Buning natijasida rasm xuddi asl qiyofasidek ko’rinardi.

Leonardo da Vinchi rassom sifatida hamma narsadan ko’ra ko’proq kishilarga va ularning ruhiy kechinmalariga ko’proq e’tibor berardi. Leonardoning chizgan rasmli “Mona Liza” (yoki“Jokonda”) – shaharlik yosh juvon portreti butun jahonga mashhurdir. Rassom bu rasmda yosh juvonning faqat tashqi qiyofasinigina emas, balki xarakterini, kayfiyatini ham juda yaxshi aks ettirgan. Leonardo da Vinchi o’z ilmiy kashfiyotlari va farazlari bilan o’z zamondoshlarida ancha oldinga o’tib ketdi. U kuzatishlar asosida ilmiy xulosalar chiqardi. U ko’proq “Donishmandlik – tajriba mahsuli” deb o’z shogirdlariga uqtirardi. U shunday der edi: “Hayotda mehnat qilgan insonga samarali o’lim nasib etadi, xuddi kun bo’yi ishlab samarali uyquga ketgan kishidek”. “Matematikaga asoslanmagan har qanday ilm safsatadir”

U dengiz suvining ko’tarilishi va pasayishini, qushlarning uchishini kuzatardi, ko’zning tuzilishini o’rganardi. U asosan, tabiat o’ta murakkab biror qonun asosida yartilgan va uni boshqarayotgan qandaydir kuch mavjud deb bilardi.

Leonardo da Vinchi fan yordami bilan kishilarning mehnatini yengillatishni orzu qilardi va bu borada ko’p ishlarni amalgam oshirdi. Zamondoshlari unga muhandisligi uchun ham yuksak baho berardilar: uning loyihasiga binoan Milan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan kanal qurildi, ko’priklar qurildi.

Leonardoning yozuv daftari turli rasmlar va chizmalar bilan to’la edi. Bu daftarlarda: tokarlik va to’qimachilik dastgohlari ham, ip yigirish charxi ham, yer kovlagich mashinalarini ham, turbinalar va yuk ko’targich asboblarni ham ko’rish mumkin. Leonardo da vinchi parashyut va vertolyot, suv osti kemasi va g’avvoslar kiyimi loyihasini tuzgan.

Leonardo da Vinchi oriyatli zo’r va mustaqil fikrli kishi bo’lgan. O’z davridagi amaldorlarning va rahbarlarning adolatsizligi Leonardoga yoqmagan. Chunki u haqqoniylikni sevardi, haqiqatparvar edi. Shu sababdan bo’lsa kerak, U butun umr bo’yi sarson –sargardonlikda yurib, begona yurtda, Fransiyada vafot etdi.

Da Vinchining yangi sirlari yoki 500 yildan so‘ng amalga oshgan kashfiyotlar

Italiyalik buyuk rassom va haykaltarosh Leonardo da Vinchiga dunyoni hayratda qoldirish uchun birgina "Mona Liza"ning o‘zi kifoya qilgan edi. Lekin Leonardoning olamni anglashga bo‘lgan qiziqishi uning o‘z davridan ancha ilgarilab ketishiga sabab bo‘ldi. Uning mexanika va boshqa bir qator sohalarda amalga oshirgan kashfiyotlari xuddi betakror asarlari kabi yuksak e'tirofga loyiqdir. Qizig‘i shundaki, uning faqat bir kashfiyotigina hayotlik chog‘ida to‘la ma'noda tan olingan va amaliyotga tatbiq etilgan ekan. Leonardoning hayot yo‘li qiyinchiliklar, inqirozlarga to‘liq. Uning o‘nlab kashfiyotlaridan olimning tavallud sanasidan 555 yil o‘tib ham foydalanib kelinayotgani esa ana shu zahmatlarning mevasidir.

Tan olingan yagona kashfiyot

Yuqorida aytilganidek, olimning faqat birgina kashfiyoti uning hayotlik chog‘ida tan olingan. Bu - to‘pponcha uchun chaqmoq zatvor. Avvaliga bu mexanizmning qo‘llanish doirasi juda tor edi, lekin XVI asr o‘rtalariga kelib, u zodagonlar, ayniqsa, suvoriylar orasida juda ommalashib ketdi. To‘pponcha uchun mo‘ljallangan chaqmoq zatvor shu darajada mukammal ediki, hatto uni XIX asrda ham uchratish mumkin bo‘lgan.

Lekin ulug‘larning buyuk ishlari ba'zan ular vafotidan so‘ng o‘z e'tirofini topadi. Da Vinchining ko‘plab kashfiyotlariga qo‘shimchalar kiritilib, takomillashtirildi. Hozir esa ularning aksariyatidan kundalik hayotimizda, bunga Leonardo da Vinchi chizmalari asos bo‘lganligini xayolimizga ham keltirmay, foydalanamiz.

Konditsioner besh asrlik tarixga ega

Masalan, Leonardo da Vinchi havoni siqib, uni quvurlarga haydovchi qurilma yaratgan. Mazkur kashfiyotning qo‘llanish doirasi juda katta: pechlarni qizdirishdan tortib, xona ventilyatsiyasigacha.

Leonardo - insonning suv ostida uzoq muddat qolishi imkoniyatlarini o‘rgangan birinchi olim emasdi. Masalan, Leon Battista Alberti Nemi ko‘li tubidagi ayrim Rim kemalarini yuzaga olib chiqishni rejalashtirgan. Leonardo esa quruq rejalardan ancha o‘zib ketdi. U suv o‘tmaydigan teridan tayyorlanuvchi g‘avvoslik kiyimi loyihasini yaratgan. Mazkur kiyimda g‘avvosning suv yuzasiga chiqishini osonlashtiradigan, ichi havo bilan to‘ldirilgan katta ko‘krak cho‘ntagi bo‘lishi kerak edi. Leonardoning g‘avvosi nafas olish uchun egiluvchan naycha bilan ta'minlangandi. Mazkur naycha uning shlemini suv yuzasidagi suzuvchi qubba bilan bog‘lab turgan.

Vertolyotning "bobokalon"i

Ma'lumki, Leonardo da Vinchi, shuningdek, hozirgi vertolyotlarning "bobokalon"i chizmalarini ham ishlab chiqqan. Uning loyi¬hasiga ko‘ra, parrak radiusi 4,8 metrni tashkil etishi kerak edi. U metall hoshiya va kanop surpdan qilingan qoplamaga ega bo‘ladi. Parrak o‘q atrofida aylangan va odamlar tomonidan harakatga keltiriladi.

«O‘ylashimcha, agar bu parrakli mexanizm puxta tayyorlansa, ya'ni mato kraxmallangan (yirtilib ketmasligi uchun) bo‘lsa va tez aylantirilsa, u holda mashina havoda bemalol turib, balandlikka uchib chiqa oladi», - deb yozadi da Vinchi.

O‘zi harakatlanadigan arava

Leonardoning mashhur suratlaridan birida avtomobilning qadimgi ishlanmalari aks etgan. O‘zi harakatlanadigan arava murakkab arbalet mexanizmi yordamida oldinga siljishi lozim bo‘lgan. Bu mexanizm rulga birlashtirilgan qurilmalarga energiya yetkazib berishi ko‘zda tutilgan. Orqa g‘ildiraklar differentsiyalangan uzatmalarga ega bo‘lib, ular mustaqil ravishda harakatlana olgan. To‘rtinchi g‘ildirak rul bilan birlashtirilgan bo‘lib, uning yordamida aravani boshqarish mumkin edi. Dastlab mazkur transport vositasi qirollik saroyi ahlining vaqti chog‘ligi uchun mo‘ljallangan va o‘rta asrlar hamda Uyg‘onish davri muhandislari tomonidan yaratilgan o‘zi harakatlanuvchi boshqa mashinalar jumlasiga kiritilgan.

500 yil avval o‘ylangan ko‘prik

Olimning ayrim kashfiyotlarini insoniyat endi-endi sinab ko‘rishga kirishdi: masalan, Norvegiyaning As shaharchasida 2001 yilda Leonardo da Vinchi loyihasi bo‘yicha 100 metrli piyodalar ko‘prigi bunyod etildi. Bu olim tomonidan yaratilgan so‘nggi besh yuz yil ichida amalga oshirilgan birinchi arxitektura loyi¬hasi bo‘ldi. Leonardo da Vinchi bu inshootni turk sultoni uchun loyihalashtirgan edi. Ko‘prik Istanbuldagi Oltin Shox qo‘ltig‘idan o‘tishi ko‘zda tutilgan. Agar mazkur loyiha amalga oshganda u o‘z davrining eng uzun ko‘prigi bo‘lardi. Biroq Leonardo o‘z loyihasini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lmadi. Sulton Boyazid II florentsiyalik rassomning taklifidan voz kechdi.

Bu ko‘prik 8 metr balandlikda "Ye-18" avtotrassasi ustidan o‘tkazilgan bo‘lib, piyodalar o‘tish joyi sifatida xizmat qiladi. Uning qurilishida Leonardoning faqat bir talabi buzildi - ko‘prik 500 yil avvalgi loyihada ko‘rsatilganidek, toshdan emas, yog‘ochdan bunyod etildi.

12 qo‘l uzunligiga teng parashyut

Leonardo da Vinchining fikricha, «agar odamda pishiq matodan tayyorlangan, har bir tomoni 12 qo‘l uzunligiga teng, balandligi ham xuddi shunday soyabon bo‘lsa, u har qanday balandlikdan sakrashi va sog‘-omon qolishi mumkin». Uning o‘zi mazkur qurilmani sinovdan o‘tkazishga ulgurmadi. Lekin 2000 yil dekabr oyida Buyuk britaniyalik parashyutchi Adrian Nikolas Janubiy Afrikada Leonardo da Vinchi chizmalari asosida tayyorlangan xuddi o‘sha parashyut bilan havo sharidan sakrab ko‘rdi. 3 ming metr balandlikdan sakragan shovvoz barchasini muvaffaqiyatli amalga oshira oldi.

Qutqaruv chambaragi

Suzishni o‘rganishda eng muhim narsa - qutqaruv chambaragidir. Leonardoning bu kashfiyoti deyarli o‘zgarishsiz qo‘llanilmoqda.

Suzishni tezlashtiruvchi pardali qo‘lqoplar loyihasi olimning yana bir ajoyib topilmalaridan biridir. Ular bugungi kunda hammaga ma'lum lastlarga aylangan.

Ekskovatorni ham-a?

Ishonish qiyin, biroq ishchilar mehnatini yengillashtirish uchun Leonardo ekskovatorni o‘ylab topgan. Ular qazib olingan materialni tepaga ko‘tarish va tashish vazifasini bajargan. Olimlarning fikricha, ekskovatorlar Arno daryosini ajratish loyihasi uchun kerak bo‘lgan.

O‘shanda kengligi 18 metr, uzunligi 6 metr bo‘lgan handaq qazilishi kerak edi. Kashfiyotchining shu ish uchun ishlagan rasmlaridan ko‘rish mumkinki, ko‘tarma kran o‘qlari 180 darajaga aylana olgan va kanalning butun kengligini egallagan. Ekskovator relslarga o‘rnatilgan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan oldinga surib turilgan.

Boshqarish mumkin bo‘lmagan kashfiyot

2002 yilda Buyuk Britaniyada buyuk Leonardo da Vinchining yana bir kashfiyoti amalga oshirildi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, rassomning asl chizmalariga muvofiq yaratilgan deltaplanning sinovlari amalga oshirildi.

Deltaplanerizm bo‘yicha jahon chempioni Judi Liden sinovlarda da Vinchining «protodeltaplan»ini 10 metr balandlikka ko‘tarishga va bu balandlikni 17 soniya ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi. Apparatning chindan ham ishlayotganini ko‘rsatish uchun shuning o‘zi kifoya edi.

O‘rta asr deltaplani yuqoridan qush skeletini eslatadi. Ammo tan olish kerak, u hali mukammallikdan yiroq. «Uni boshqarishning deyarli iloji yo‘q edi. Men shamol qaysi tomonga essa, o‘sha tomonga uchardim va uni umuman boshqarolmasdim. Ehtimol, tarixda birinchi avtomobil sinovchisi ham o‘zini shunday his qilgandir», - deydi Judi. Insoniyat bugungi bilimlarini asrlar davomida quduqni igna bilan qazigandek to‘plagan. Har bir tsivilizatsiya binosining o‘z bun¬yodkorlari bo‘lishi, tabiiy. Agar xuddi kinolarda bo‘lganidek, zamonlararo harakatlanishning imkoni bo‘lganda, Leonardo da Vinchi hayotidagi har bir kuzatish, u amalga oshirish uchun mashaqqat chekkan har bir kashfiyot, loyiha bugun insonlar hayotini qay darajada yengillashtirganini ko‘rib, bizga o‘sha tanish nim tabassumni hadya etgan bo‘lardi, balki.

Mona Liza (Jokonda)

Jokonda. Rasmdan bizga yosh ayol miyig’ida kulib, sokin va o’ychan boqib turibdi. Ko’z oldingizda yuz qiyofasi o’zgarayotgandek bo’lib ko’rinadi: unda goho xayolchanlik, goh sirli istehzo, goho esa yashirin g’amginlik namoyon bo’ladi. Keng ochiq peshonasi, salgina qisiq ko’zlari, yelkasidan pastga tushib turgan silliq sochlari, tanasining hayron qolarli ravishda bir tekistaligi va tabiiy ko’rinadi.



ALBERT EYNSHTEYN kim bo'lgan?

Albert 1879-yil bahorida Germaniyaning Ulm shahrida tavallud topdi. Ko’p o’tmay ularning oilasi Myunxenga ko’chib ketishdi. U yerda Albert boshlang’ich maktabni tugatgach gimnaziyaga o’qishga kirdi. Uning skripka chalishga ishtiyoqi zo’r edi. 1894-yilda Albert ota-onasi bilan birga Italiyaga ketadi va Syurix politexnika institutiga hujjat topshiradi. Matematikadan “a’lo” bahoda imtixondan o’tadi, biroq chet tili, botanika, zoologiyadan yaxshi o’ta olmaydi. Buning ustiga gimnaziyani bitirganligi haqidagi guvohnomasi yo’qligi uchun uni institutga qabul qilishmaydi. U o’rta maktabni oxirgi sinfiga kirib shahodatnoma olgach qabul qilinadi. 1901-yil institutni muvofaqiyatli tugatadi, lekin Eynshteynni mustaqil ekanligi uchun yomon ko’rib qolgan professor G. Veber uni fizika kafedrasiga olib qolishni istamaydi. Buni eshitgan Eynshteyn buyrak kasalligiga mubtalo bo’ladi, lekin umidsizlikka tushmaydi. U 1914-yildan boshlab Pragadagi olmon universitetining nazariy fizika kafedrasiga rahbarlik qiladi.

1913-yili Gruziya fanlar akademiyasiga saylashadi, bir yildan so’ng Berlinga ko’chib ketadi. Va u yerda fanlar akademiyasi fizika instututiga drektorlik va Berlin universitetining professori lavozimida ishlaydi. U 1921-yilda xalqaro “Nobel” mukofotini oladi.

Eynshteyn boylikka qiziqishi bo’lmagan. Germaniya elchisi uni uyiga taklif qilganida uning poyavzalini xizmatkor tozalashga olib ketadi. U esa zalga paypoqda chiqadi. Chunki uning boshqa poyavzali yo’q edi. Kema kapitani unga barcha qulayliklarga ega kayuta taklif qiladi, lekin Eynshteyn rad etadi. Albertga ish haqi yillik maoshi 15000 dollor qilib belgilanadi. Bu narx Eynshteyn aytgan ish haqidan 4-barobar ko’p edi. AQSh, Ispan Respublikachilari uchun mablag’ yig’ish kompaniyasida o’tkazilgan yordam fondiga u o’zining Nisbiylik nazariyasini taqdim etadi. Bu nazariyani ular 6 mln.$ deb baholashadi.

Eynshteyn Germaniyada 20 yil yashadi. Gitler hokimiyat tepasiga keldi. 1933-yilda Berlin gazetasida muhbirning “agar mamalakatimizga nemislar bostirib kelsa, yoshlar nima qiladi” degan savoliga Eynshteyn “qo’lga qurol olib so’nggi tomchi qoni qolguncha jang qilishi kerak” degan javobni beradi. Gitlerchilar bu gapni ko’ngillarga tugib qo’yishadi. 1933-1934-yillarda Germaniyada Eynshteyn kallasi uchun 50 ming marka va’da etiladi. Lekin bu payt olim AQShning Pristan shahridagi oliy tadqiqot institutida professor bo’lib ishlayotgan edi.

NISBIYLIK NAZARIYASI nima degani

Fizika faniga nisbiylik nazariyasining kirib kelishi bu fanni yanada chuqurlashtirdi. XX-asr boshlarida yaratilgan bu nazariya fizika tarixida alohida o’rin tutadi. Nisbiylik nazariyasining asoschisi Albert Eynshteyn bo’lib, uning nazariyasini o’z davrida davrida atigi bir necha kishi tushuna olgan ekan. Eynshteyn umrining ko’p qismini shu nazariyani ochish va uni tushuntira olish uchun bag’ishlagan edi. Xo’sh, “bu nazariyaning mazmun- mohiyati nima” degan savol tug’ilishi tabiiy. Gap shundaki, Eynshteyn chuqur mulohaza va tajribalaridan kelib chiqib, -“har qanday harakat nisbiydir, ya’ni kosmik kenglikda biror jismning harakatlanishi boshqa bir jismga nisbatan qayd etiladi.” degan xulosaga keldi. Demak , harakatning mavjudligini harakatsiz biror narsaga nisbatan aniqlash mumkin. Masalan: soatiga 100 km tezlikda ketayotgan avtomobilning tezligi undan tashqarida harakatsiz turgan jismga nisbatan 100 km/soat ekanligini bildiradi. Agar o’sha avtomobil 60 km/soat tezlikda ketayotgan ikkinchi avtomobilni quvib o’tsa, uning ikkinchi avtomobilga nisbatan tezligi 40 km/soat ni tashkil etadi. Bu, Eynshteyn nazariyasining birinchi qismi edi.

Eynshteyn nazariyasining ikkinchi qismi shuki, yorug’lik tezligini Eynshteyn koinotdagi yagona o’zgarmas tezlik deb biladi va bu tezlik biror narsaning harakatiga nisbatan aniqlanmaydi. Yorug’likning tezligi 300000 km/sekund atrofida ekanligini bilamiz. Lekin uning o’zgarmas tezlik ekanligini tafakkur etish qiyin. Bunga ushbu misolni keltiramiz: 30m/sekund tezlikda ketayotgan avtomobilning old chiroqlari yondi. Bu holda avtomobilda chiqayotgan yorug’likning teligi har ikkala tezlikning ya’ni avtomobil va yorug’lik tezligining yig’indisiga teng deb xulosa chiqarish xato bo’lar ekan. Shuning uchun yorug’likning tezligi o’zgarmasdan 300000 km/s ligicha qolaveradi. Yorug’lik tezligini hech narsa bilan solishtirib bo’lmasligi uchun uning tezligi o’zgarmasdir.

Eynshteyn bu nazariyani quyidagi fikr bilan bayon etadi: yorug’likning vakuumdagi tezligi chegaraviydir, ya’ni tabiatda uchraydiga tezliklarning eng kattasidir va manbaning harakat tezligiga ham, kuzatuvchining harakat tezligiga ham bog’liq emas. Bunday tezlikdagi harakat,- tezliklarning qo’shish va ayrish qonunlariga bo’sunmaydi.



Bundan tashqari, Eynshteyn shu nazariya asosida massa bilan enargiyani o’zaro bog’lovchi qonunini ochib berdi. Massaning energiya bilan bog’liq muammolarini ularning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi nuqtai nazaridan o’rgandi.

Bu formulada: jism energiyasi massaning yorug’lik tezligi kvadratiga ko’paytmasiga teng. Bu qonun yordamida har qanday elementning massasi yoki energiyasini topish mumkin, bu formula, hattoki, butun borliq koinotning quvvat ustida bino etilganiligini ko’rsatish bilan birga, borliq tabiat ilmlarini ham tushunishda muhim ahamiya kasb etadi. Formulada, massa energiyaning bir shakli ekanligini, ya’ni moddaning energiyaga aylanish ehtimolligi mavjudligini bildiradi. Shu tariqa modda va quvvat alohida narsalar emas. Balki ular birbutun borliq ekanligi haqiqatga aylanmoqda. Bundan tashqari formulada ko’rib turganingizdek yorug’lik tezligi ham qayd etilgan. Bu esa, massa (modda) , quvvat va tezlik orasida bog’lanish borligini ko’rsatadi. Albert Eynshteyn zamon ya’ni vaqt tushunchasiga ham alohida e’tibor bilan qarardi. U o’zining nazariyasi bilan fanga ajoyib yangiliklar kiritdi, zamon va vaqt haqiqatini o’lchov sifatida tanitdi. Buning ma’nosi shuki: vaqtning ham o’lchovi bor, u hamisha ham bir xilda o’tmaydi.

Eynshteynning aytishicha,- massa va vaqt o’rtasida qandaydir bog’lanish bor. Massasi bor bo’lgan jismning tezligi 300 000 km/sekunddan oshishi mumkin emas. Agarda massaga ega bo’lgan jism yorug’lik tezligidan ya’ni 300 000 km/sekunddan oshsa, u holda jism vaqtdan chetga chiqadi. Ya’ni biz biladiga vaqt tushunchasiga bo’ysunmaydi. Buni tushunarli bo’lishi uchun quyidagi misolni keltiramiz: musobaqada ikkita poygachi (sportchi) avtomobilda harakatlanishyapti. Ulardan biri avtomobilning maksimal tezligida harakatlanyapti, ikkinchi poygachi esa yorug’lik tezligidan katta tezlikda ketyapti. Ikkinchi poygachi uchun vaqt to’xtab qolgandek bo’ladi. Agar har ikkala poygachining qolida soat bo’lsa, va bu soatlar poyga boshlanishidan avval bir xil vaqtni ko’rsatgan bo’lsa, Ammo, musobaqa davomida yorug’lik tezligidan yuqori tezlikda ketayotgan poygachining soati bo’yicha vaqt ancha oldinga ketib qolgandek ko’rinadi. Bunga sabab: ikkinchi poygachi 300 000 km/s tezlikdan yuqori telikda harakat qilgani uchun unga vaqt o’tishi sekinlashadi. Ammo soat esa yuraveradi. Shuning uchun o’rtada farq yuzaga keladi va uning soati oldinga yurgan bo’ladi.

Shunday qilib, Eynshteyn o’zining nazariyasi bilan fanga ajoyib yangiliklar kiritdi, uning bu nazariyasi islom dini nuqtai nazaridan ham o’rinlidir. Masalan:Payg’ambarimiz (s.a.v) meroj (yettinchi qavat osmoni)ga chiqqanlarida, u yerda ancha yil qolib ketgan edilar, qaytib kelganlaridan keyin bilsalar dunyo vaqti bo’yicha bir necha daqiqada borib kelgan ekanlar. Bu voqeadan ma’lum bo’ladiki bizning dunyomizdagi vaqt bilan koinotning boshqa qismidagi vaqt bir birida farqli ravishda o’tar ekan. Biz insonlar zamon (modda) va makon (vaqt) chegarasi ichidamiz. Alloh taolo va uning yaratgan ba’zi maxluqotlari (farishtalar, shaytonlar,….) zamon va makon chegarasidan tashqarida. Demak, shunday xulosa chiqarish mumkinki: vaqt ham Xudoning yaratgan narsasidir. Bunday hodisalarni to’la anglashda insonning aql doirasi torlik qiladi. Chunki insonning aqli chegaralangan. Qanday qilib u cheksiz narsani o’ziga sig’dirishi mumkin?

Nisbiylik nazariyasi haqida qo'shimcha

Albert Eynshteynning 1905-yilda yaratgan Nisbiylik nazariyasi haqida gapirishdan oldin uning dastlabki ilmiy asari shu yilda nashr etilganini aytish o’rinli. U 1905-yilda yorug’likni tashkil etuvchi zarralar-fotonlar nazariyasi maqolasini e’lon qildi. Olim o’z hayotini 35 yil nisbiylik nazariyasiga baxshida qildi. XIX-asrning fiziklari ixtiyoriy fizik hodisasi Nyuton qonunlariga bo’ysunishi mexanik jarayonlarga kelib tekshirish mumkin deb hisoblashar edilar. Biroq fanning rivojlanishi klassik mexanika qonunlari tasavvuri bilan mos kelmaydigan bir qancha hodisalarni kashf qilishga olib keldi. Klassik mexanikada asosan olam fazosiga yer absolyut qo’zg’almas hisoblanadi. Binobarin klassik bexanikada tezliklarni qo’shisah qonuniga binoan yorug’likning tarqalish tezligi (C=3*108m/s) sistemasida yorug’likning tezligi C hamma yo’nalishlarda bir xil va o’zgarmasligi ma’lum. Eynshteyn klassik mexanikada fazo va vaqt tushunchalarini qayta ko’rib chiqdi hamda 1905-yilda Nisbiylik nazariyasini yaratdi. Nisbiylik nazariyasi asosan tabiatda yuz beradigan o’zaro ta’sir uzatilishining maksimal tezligi yorug’likning vakumdagi tarqalish tezligiga teng ekan. U nazariyani juda sodda misollar bilan ifodalaydi. Masalan, “agar siz go’zal qiz bilan 1 soat vaqtingizni o’tkazsangiz siz uchun 1 soat 1 daqiqadek tuyuladi. Agar 1 daqiqa qizigan tosh ustiga o’tirsangiz 1 daqiqa siz uchun 1 soatdek tuyuladi. Mana shuni Nisbiylik deyishadi.” Bu nazariya hayotiy misollarga, hodisalarga boy va bu misollani inkor etib bo’lmaydi.



Yaqinda Albert Eynshteynning 100 yoshli yubileyi nishonlandi. Bu kechada uning qilgan ishlari qayta chuqurroq o’rganildi.

Albert Eynshteynning qilgan ishlari klassik mexanikada katta burulish yasadi. Uning nomi asrlar osha fizika manbalarida qolgay. Biz esa uni yanada yaxshiroq bilishga, uning ishlarini o’rganishga harakat qilaveramiz!
Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling