Ilmiy ish asoslari fanidan oraliq nazorat savollariga javoblar


Download 14.47 Kb.
Sana18.10.2020
Hajmi14.47 Kb.

Ilmiy ish asoslari fanidan oraliq nazorat savollariga javoblar:

  1. Ilm fanning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni xaqida so'zlab bering?

Har qanday ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi obyektni o`rganish, yangi natijalarni oldindan ko`ra bilib, hodisalarning kelgusidagi rivojini bashorat qilish, dalillarni aniqlash va tahlil qilish, tasniflash va umumlashtirish, kashf qilingan ilmiy yangiliklarni aniqlab, amaliy tavsiyalar berishdan iborat. Aniq maqsad va qat’iy reja asosida olib borilgan, zamonaviy usul va vositalar bilan ta’minlangan, aniq hisob-kitoblar asosida olib borilgan tadqiqotgina tabiat va jamiyatdagi obyektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon yaratadi.

Aytilganlardan quyidagi xulosaviy fikrlarga kelish mumkin: ilmni egallash tabiat, inson va jamiyat haqidagi juda aniq maksimal ob’ektivlashtirilgan bilimni olishga qaratilgan ilmiy izlanish jarayonidan iborat; mazkur jarayon mobaynida to`plangan bilim ilmiy axborot deb nomlanadi; ilmiy faoliyati ilmiy bilim olish, qayta ishlash va saqlashdan iborat bo`lgan faoliyat turidir. Demak, ilm-fan - bu kishilik jamiyatining o`z-o`zini va atrof-olamni anglashga urinishi jarayonida qo`lga kiritgan jamiki aniq, obhektiv, barcha uchun teng darajada muhim bo`lgan bilimlari jamlanmasidir.

Ilm-fanni egallashning bosh maqsadlardan biri bilim olishdir. Inson faoliyatining barcha sohalarida bilim maqsadga erishishning alohida vositasi hisoblanadi. Ilmiy bilim nazariy, kontseptual xususiyatga ega bo`lib, u ratsional va isbotlangan, yahni verifikatsiyalangan bo`ladi. Ilmiy bilimning o`ziga xosligi maxsus sohasi sifatidagi fanning shakllanishi va uni o`rganish yo`llarining o`ziga xosligida namoyon bo`ladi. Bilishning kumulyativ, to`plash xarakteriga egaligi ilm-fan rivojining eng muhim omillaridan biridir. Aynan shu o`ziga xoslik jihati har bir tarixiy bosqichda ilm-fanning o`tmishdagi yutuqlarini jamlashga va har bir natijasini “...umumiy fondga ajralmas qism sifatida olib kiradi, ularni keyingi muvaffaqiyatlari bilan yo`q qilmaydi, faqatgina ularga aniqlik kiritadi”.


  1. Ilmiy ishlarning turlari haqida ma`lumot bering.?

Ilmiy ishlarning turlari: ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va

ilmiy-uslubiy ishlar.



Ilmiy ishlar o`rganiladigan ob’ektidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va ilmiy-uslubiy turlarga bo`linadi. Ular hajmi jihatidan kichik (annotatsiya, maqola kabi) yoki katta (dissertatsiya, monogrfiya kabi) bo`lishi, tuzilmaviy tarkibi ham turlicha bo`lishi mumkin. Biroq ularning barchasiga xos umumiy xususiyat bu ularning ilmiy uslubda yozilishi, ularda ilmiy-tadqiqiy faoliyat natijasi bayon etilishidir.

  1. Annotatsiya va tezis nima? Ular qanday yoziladi?

Annotatsiya (sharh) - ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6ta gapdan iborat) bayonidir. Odatda, bu umumlashtirish, kontseptual emas, sanab o`tish xarakteriga ega. Barcha axborot janrlari ichida annotatsiya eng obhektividir. Annotatsiyada odatda, ish qanday mavzuga bag`ishlanganligi tadqiqotning qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qanday til materiallari jalb etilganligi va tadqiqotning adresati kim ekanligi ko`rsatiladi. Ayrim hollarda annotatsiya bir necha tilda bayon etilishi ham mumkin.

Tezis - ilmiy maqola yoki konferentsiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy ma`ruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan ilmiy ish turi bo`lib, uning hajmi annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik bo`ladi (taxminan 1 betdan 3-4 betgacha). Tezislar, odatda, nashr va konferentsiya talablariga asosida bir necha tillarda beriladi. Uni ilmiy asarga beriladigan tanqidiy baho, tanqidiy talqin aks etgan taqriz bilan chalkashtirmaslik kerak.
Download 14.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling