Ilmiy ishni rasmiylashtirish 213-guruh xolbo'tayev xudoyberdi


Ilmiy matnga reja tuzish, uni tahrir qilish


Download 53.5 Kb.
bet10/11
Sana11.11.2021
Hajmi53.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4. Ilmiy matnga reja tuzish, uni tahrir qilish

Ilmiy matn o`zaro mantiqan bog`liq gaplardan tashkil topadi. Matndagi har bir yangi fikr yangi satrdan boshlanadi, shuning uchun satrboshi deb ataladi. Matnni tashkil qiluvchi har bir qism o`zining asosiy g`oyalariga ko`ra ma’lum bir yetakchi fikrga ega bo`ladi. Bog`lanishli matn tuzishda, odatda, rejadan foydalaniladi.



Reja – eng qisqa yozma matn bo`lib, u orqali:

Nashr etilishdan oldin qo`lyozma, albatta, muharrir tomonidan ko`rib chiqiladi va tahrir qilinadi. Biroq avval o`zini-o`zi tahrir qilish jarayoni matn nashr etilishi bilan bog`liq bo`lmagan holda ham amalga oshiriladi. Muallifning muharrir bilan ishlashi qo`lyozmani nashrga tayyorlashning muayyan bosqichi bo`lib, mazkur bosqichning tuzilmasi qachon, qayerda, qanday sharoit va qanday uslublarda nashr etilishiga bog`liq holda o`zgaradi. Muallif nashr etishning qanday uslubini tanlamasin, tayyorlash bosqichi, albatta, o`z ichiga ikki yuridik va texnik. jabhani qamrab oladi.

Yuridik jabha deganda, nashriyot, bosmaxona yoki nashrni o`z zimmasiga olayotgan muassasa yoki homiy bilan o`zaro shartnoma imzolash tushuniladi. Bundan asosiy maqsad muallif huquqlarini himoya qilishdan iborat.

Texnik jabha deganda qo`lyozma matnining nashr qoidalariga to`la muvofiqligiga erishish tushuniladi: matnni ma’lum parametrlarga rioya qilgan holda terish (satrdagi belgilar soni, betdagi satrlar soni, matnning kengligi, abzaslar mavjudligi va joylashuvi), mavzu nomlarini to`g`ri yozish, sxema, jadval, illyustratsiyalarni to`g`ri qo`yish, havola tizimini to`g`irlash, bibliografiya ro`yxatini bir xil shaklda berish. Agarda ish tipograf terish yo`li bilan amalga oshirilsa, korrekturaning mualliflik tekshiruvi ham qo`shiladi.


Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling