Ilmiy ishni rasmiylashtirish 213-guruh xolbo'tayev xudoyberdi


Download 53.5 Kb.
bet8/11
Sana11.11.2021
Hajmi53.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilovalar bu qo`shimcha izoh bo`lib, asosiy materialni to`ldirishga yoki uni tasvirlashga xizmat qiladi. Ilovalar tarkibiga jadvallar, sxemalar, rasmlar, xaritalar, ko`shimchalar, lug`atlar, ro`yxatlar, tasvirlar va boshqalar kiradi. Alohida masalalar bo`yicha ilovalar matnning tegishli qismlarida, ishning umumiy mazmuniga yoki uning alohida bo`limlariga oid ilovalar ish oxirida joylashtiriladi. Barcha ilovalar jamlangan va raqamlangan bo`ladi.

Shartli belgilar ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, strelka, biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi yo`nalishini bildirish uchun muayyan asar tuzilmasidagina qo`llanadigan shartli belgilardir. Masalan, maktab darsliklarida qoida-tahriflar, mashq-topshiriqlar, savol-javoblar, uy vazifalari, adabiy o`qish materiallari uchun alohida shartli belgilar qabul qilingan bo`ladi. Ular haqida darslik rubrikasida mahlumot berilgan bo`ladi.

Qisqartmalar – so`zning qismini yoki o`zini to`liqligicha qisqartirib berish shaklidir. Qisqartmalarning 2 xil turi bor: me’yoriy hujjatlarda keltirilgan ommalashgan qisqartmalar va mazkur tadqiqot ishida muallif tomonidan qo`llanib, tavsiya etilgan qisqartmalar. Mualliflik qisqartmalari dastlab ishda to`liq shaklda beriladi va qavs ichida keyingi o`rinlarda qisqartirib berilish shakli qayd qilib o`tilgandan so`nggina qo`llanilishi mumkin.


Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling