Ilmiy izlanish ishi


Download 1.37 Mb.
Sana07.11.2020
Hajmi1.37 Mb.
#142241
Bog'liq
12. Yuldashev J Janubiy Koreya respublikasi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus t’alim vazirligi Farg’ona Politexnika instituti Ishlab Chiqarishda Boshqaruv fakulteti “Menejment’’ kafedrasi Bojxona ishi fani

ILMIY IZLANISH ISHi.

Bajardi: Yuldashev J. Qabul qildi: dots. Kurpayanidi K. as. Ilyosov A.

Mavzu:Janubiy Koreya davlatinig bojxona siyosati va O’zbekiston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari tahlili.

Reja:

1.Janubiy Koreya haqida ma’lumot.



2.Janubiy Koreya iqtisodiyoti.

3.Janubiy Koreya Bojxona xizmati.



4.Janubiy Koreya va O’zbekiston iqtisodiy aloqalari.

Janubiy Koreya respublikasi(Republic of South Korea)

  • Janubiy Koreya maydoni 98190km². Axolisi-48 mln kishidan ortiq.
  •  Poytaxti Seul shaxri. 9ta ma’muriy provintsiyaga bo`linadi. Yirik shaharlari Seul va Pusan. Mamlakat iqtisodi chet el kapitaliga bog`liq (Yaponiya va Amerika). Iqtisodi militarizatsiya va industrializatsiyalashtirilgan. Eksport tarmog`i va og`ir sanoat tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yoqilg`i sanoatida elektr energiya va ko`mir qazib olish rivojlangan. Metallurgiya, mashinasozlik, neftni qayta ishlovchi va kimyo sanoati, to`qimachilik va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan. Temir yo`llarning uzunligi 6,24ming km, shundan 525km elektrlashtirilgan. Avtomobil yo’llari 87534km. Dengiz portlari: Pusan, Ulsan, Inchxon.

Pak Kin Xe-Janubiy Koreya tarixidagi birinchi ayol prezident.

Pak Kin Xe-Janubiy Koreya tarixidagi birinchi ayol prezident.

2004-2006 va 2011-2012 yillarda “buyuk mamlakat’’ partiyasi yetakchisi.

Janubiy Koreyaning 1963-1979 yillardagi prezidenti Pak Chon Xining qizi.

2013 yilning fevral oyida bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida 51,5% ovoz bilan g’olib chiqdi va Janubiy Koreyaning 1-ayol prezidenti etib saylandi.

PAK KIN XE-Janubiy Koreyaning 11-prezidenti.

Aholi soni - 49 044 790 nafar. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqomat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar oʻrtacha 79,05 yil umr koʻrishadi.

Aholi soni - 49 044 790 nafar. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqomat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar oʻrtacha 79,05 yil umr koʻrishadi.

Deyarli hamma koreys tilida soʻzlashadi, maktablarda ikkinchi til o’laroq ingliz, yapon, xitoy, olmon va boshqa tillar o’rgatiladi.

2005-yil maʼlumotlariga koʻra Janubiy Koreya aholisining 46,5%i dinsizdir.Qolgan aholi oʻzini yo xristian, yoki buddist, deb koʻrsatgan; boshqa dinlar nihoyatda kam tarqalgan.

Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh.

Poytaxti — Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinda turadi.


Janubiy Koreyada din

Xristianlik

  

29.3%

Buddizm

  

22.8%

Von Buddizmi

  

0.3%

Konfutsiylik

  

0.2%

Cheondoizm

  

0.1%

Dinsiz

  

46.5%

Koreys Urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli o'sishni boshidan kechirib, mamlakat Katta Yigirmatalik safiga kirdi. Bugungi kunda Janubiy Koreya Toʻrt Osiyo Barslaridan biri, deb hisoblanadi. Janubiy Koreya BMT, WTO, OECD, APEC kabi tashkilotlar aʼzosi, AQShning yaqin hamkorlaridan biri boʻlib, xalqaro siyosatda faol qatnashadi.

Janubiy Koreyi bayrog’i

  • Janubiy Koreya pul birligi-WON(KRW,KOD-410).
  • WON-1962 yil 9-iyunda XWAN o’rniga muomalaga chiqarilgan(1won=10xwan).Birinchi WON tangalari 1966 yilning 16 avgustida ishlatila boshlangan,ya’ni 1won,5won,10won(10xwan,50xwan,100xwan).
  • Muomalaga CHON tangasi ham chiqarilgan(1 won=100 chon),ammo qadri past bo’lganligi sababli u hozir muomalada emas.

  • Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha boʻlgan ildam iqtisodiy rivoji "Sharqiy Osiyo Moʻjizasi" deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambagʻal agrar mamlakatni dunyodagi oʻn ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi. 1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti boʻldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamgʻarma va sarmoyaga katta yordam berdi, shuningdek milliy taʼlimning taraqqiy topishiga ragʻbat boʻldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh oʻgʻil-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olishmoqda.

Janubiy Koreya bojxona xizmati 1878-yilda tashkil etilgan

JANUBIY KOREYA BOJXONA ORGANI.

Janubiy Koreya bojxona soxasida xalqaro tan olingan yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Bojxona protseduralarining kompyuterlashishi tufayli Koreya Bojxona Xizmati doim import va eksport logistikasini o’zgartirib turadi.

Buning natijasi o’laroq, oxirgi 10 yil ichida eksport va import trafigi 50% ga oshdi.

Quyidagi tovarlar olib kirilayotganda majburiy deklaratsiyalash amalga oshiriladi:

  • Zargarlik buyumlari,qimmatbaho soatlar,fotoapparat,teri,o’qotar va sovuq qurollar va boshqa xorijiy korxonalarning qimmatbaho maxsulotlari(aksincha holatda davlatdan chiqayotganda jarima solishlari yoki musodara qilishlari mumkin.
  • O’qotar qorollarni faqatgina mamlakat politsiya boshqarmasining oldindan ruxsati bilan olib kirish va deklaratsiyalash mumkin.

Pulni olib kirish va olib chiqish.

  • Janubiy Koreya bojxona qoidalari har qanday summadagi chet el valyutasini olib kirishga ruxsat beradi.Davlatga olib kirilgan 10 000$dan oshiq miqdordagi valyutaga nisbatan deklaratsiya tuziladi.Chiqqan mamlakatda tuzilgan deklaratsiyada ko’rsatilmagan 10 000$dan oshiq chek yoki valyuta musodara qilinadi,jinoyatchiga esa jarima solinadi.Chet el valyutasini olib chiqish chet el mamlakati deklaratsiyasida ko’rsatilgan miqdorgacha ruxsat etiladi.Milliy valyutani olib kirish va olib chiqish 8 mln won gacha mumkin.

1)250gr gacha tamaki yoki 20tagacha sigara yoki 200 tagacha sigareta. 2)1litrgacha kuchli alkogol ichimliklari- 3)2 untsiya og’irlikdagi parfyumeriyalar. 4)umumiy qiymati 40 000 won gacha bo’lgan suvenirlar va sovg’alar

19-YOSHGA TO’LGAN SHAXSLAR BOJSIZ QUYIDAGI TOVARLARNI OLIB KIRISHLARI MUMKIN:


County

Currency Code

Exchange Rate (KRW)

United States

USD

1 090,4300

United Kingdom

GBP

1 677,0900

Germany

DEM

609,3500

Canada

CAD

878,9500

France

FRF

181,6900

Italy

ITL

0,6156

Switzerland

CHF

1 150,5100

Hong Kong

HKD

140,6000

Sweden

SEK

128,8300

Australia

AUD

843,6100

Janubiy Koreyaga quyidagi tovarlarni olib kirish taqiqlanadi:

1)Video,audio yoki kommunistik davlatlarning pechatlarini

2)Pornografiya

3)Tanga

4)Yunon yong’og’ining mevasini

5)Tuproq

6)Mevali daraxtning urug’I,ko’chati va qalamchasini

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 2015-yilning 27 may kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi. 

  • Islom Karimov bilan Pak Kin Xening tor doiradagi muzokarasida o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning uzoq istiqbolga mo’ljallangan ustuvor yo’nalishlari, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Prezidentlar muloqoti ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom etdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi xamkorlikni kengaytirishga oid masalalarni muxokama qildilar. 

  • O’zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi aloqalari 2006 yilda imzolangan strategik hamkorlik to’g’risidagi qo’shma deklaratsiya, 2014 yilda qabul qilingan strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi qo’shma deklaratsiya asosida izchil rivojlanmoqda. Ikki davlat rahbarlari o’rtasidagi muntazam muloqotlar va xalqlarimizning mushtarak intilishlari samarasida bu munosabatlar tobora mustahkamlanib, mazmunan boyib bormoqda. 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.WWW.CUSTOMS.GO.KR

2.GOOGLE.SOUTH KOREA WIKI

3.WWW.DARYO.UZ

4.WWW.WORLDATLAS.COM.KR

E’TIBORINGIZ UCHUN



RAXMAT!
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling