Ilmiy tadqiqot asoslari


Download 364.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2020
Hajmi364.18 Kb.
#119193
  1   2   3
Bog'liq
l-mavzu


I-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlari va uning    mazmun-mohiyati

 

 



1. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining    maqsad va vazifalari

 

2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida



 

3. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi

 

4. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari



 

5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi

 

6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari



 

 

1.1. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining    maqsad va vazifalari

 

 

  Tayanch  iboralar  va  atamalar:  “Uchar  gilam”,  “Oynai  jahon”,  fan,  texnika, 



texnologiya, ilm-fan, axborotlashtirilgan asr, ta’lim, tarbiya, aqliy faoliyat, ilmiy tadqiqot, muammo, 

maqsad,  vazifa,  bo’lajak  mutaxassislar,  zamonaviy  axborot  tizimlari,  ratsional  usullar,  interaktiv, 

avtomatlashtirish, kompьyuterda modellashtirish, dissertatsiya, optimal yechimlar.

 

 



 

 

  Mavzuning matniIlmiy tadqiqot asoslari fanining maqsad va 

 

vazifalari.

 

 



Kishilik  jamiyati  taraqqiyoti  bosqichlariga  bir  nazar  tashlaylik.  Dastlab  olovning  paydo 

bo’lishi, toshlardan ish qurollarining yasalishi, metallarning paydo qilinishi orqali metallarga ishlov 

berish texnologiyasining yaratilishi, yozuvning paydo bo’lishi orqali kitobning vujudga kelishini, bu 

orqali  esa  ma’lumotlarni  axborotlarga  aylantirish  muammosining  hal  bo’lishi,  shuningdek, 

elektrning  bir  turdan  ikkinchi  turga  aylanish  muammosining  ilmiy  asoslanishi,  “Uchar  gilam” 

(aviatsiya)  va  “Oynai  jahon”  (televidenie)  larning  kishilarning  turmush  zaruriyati  uchun 

foydalanishga  keng  yo’l  ochilishi,  nisbiylik  nazariyasining  yaratilishi  va  h.k.  Umuman  olganda 

“XXI asr – intellektual asr” ya’ni “Aql – zakovat asri” yoki “Axborotlashgan jamiyat sari asri” ning 

yuzaga  kelishlarining  barchasi,  kishilik  jamiyati  taraqqiyotiga  mos,  unda  yashovchi  ilg’or  ijodkor 

insonlar aqliy – ijodiy faoliyati natijasi tufayli yuzaga chiqqanligi guvohi bo’lamiz.

 

    Bugungi  kunda  jamiyatimizda  har  bir  odam,  alohida  olinganda  fan  va  texnika 



yutuqlarining  tobora  rivojlanib  borayotgani  ta’siri  ostida  yashamoqda.  Bu  yana  shunisi  bilan  ham 

xarakterliki,  unda  texnika  va  texnologiyalar  kun  sayin,  soat  sayin  takomillashib,  rivojlanib 

bormoqda va natijada shunga mos yetuk mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda.

 

Bunda  ilm-fan,  umuman  olganda  ijodiyot,  ilmiy  tadqiqot  ishlarining  tadqiqiy  va  texnikaviy 



yechimlaridan  boshlab,  olingan  natijalarni  amaliyotda  (ishlab  chiqarishda,  ta’limda,  tarbiyada, 

san’atda va h.k.) qo’llashgacha bo’lgan barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, o’z 



vazifasini muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi.

 

Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi  muntazam ravishda ortib boradi va  tabiiy ularga 



mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez o’zgarib boradi. Demak, ushbu jamiyatga mos va 

unda  faol  qatnashuvchi  bo’laman  degan,  xodim  (a’zo,  shaxs)  ya’ni  mutaxassis  ham  ilmiy 

axborotlarni  izlash,  to’plash  va  undan  foydalanish  uchun  olingan  axborotlarni  tizimlarga  ajratish, 

muammoga  xos  fikr  va  texnikaviy  (texnologik)  yechimlarning  optimal  variantlarini  tanlash 

usullarini bilishlari zarur.

 

Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bog’liq bo’lib, u insonning yangi moddiy 



va  ma’naviy  ne’matlar  yaratish  faoliyatidir.  O’z  navbatida  tadqiqot  va  ijodiy  mulohazalar  ham 

zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni 

mustaqil  qo’yish,  uni  optimal  yechimini  tanlay  bilish  va  o’zining  amaliy  faoliyatida  turli 

ko’rinishlardagi  tadqiqotlar  va  tajriba  –  sinov  ishlarini  o’tkazishini  talab  qiladi.  Ana  shunday 

zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga olib “Ilmiy tadqiqot asoslari” 

fanini o’rganishga quyidagi maqsadni qo’ydik:

 


MAQSAD: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy 

pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana 

oladigan  qilib  hamda  o’zidagi  pedagogik  faoliyat  mahoratini  va  ko’nikmalarini  yanada 

takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib shuningdek, ularni 

mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash.

 

Bunday  muhim  muammoni  (maqsadni)  –  amalga  oshirish  uchun  mazkur  fanni  o’qitish 



davomida quyidagi VAZIFALAR yechimlari izlanadi: 

 

bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning jamiyatdagi o’rni 



bilan tanishtirish;

 

bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning mazmun  – mohiyati 



haqida tushuncha berish;

 

ilmiy  tadqiqot  ishlarini  rivojlantirish,  o’tkazish  va  ularning  tajriba  –  sinov  ishlari  hamda 



ularning tahlili haqida tushuncha berish;

 

bo’lajak  mutaxassislarni  tanlangan  mutaxassisligi  bo’yicha  ilmiy  tadqiqot  ishlarnini 



bajarishga,  shuningdek,  fan  –  texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlarini  amaliyotda  joriy 

etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish;

 

bo’lajak  mutaxassislarning  kasb  vazifalarini  avtomatlashtirish  va  kompьyuterda 



modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish;

 

ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borishda  zamonaviy  axborot  tizimlaridan  foydalanadigan 



innovatsion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishni o’rgatish;

 

dissertatsiya  tayyorlash  va  uni  rasmiylashtirish  hamda  himoya  qilish  haqidagi  ma’lumotlarni 



yetkazish.

 

 



 

 

  Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:



 

kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida nimani bilasiz?

 

taraqqiyot  bosqichlarida  ilm-fan  va  texnika-texnologiyalarning  ahamiyati  nimada  deb 



o’ylaysiz?

 

aqliy faoliyat deganda qanday jarayonni tushunasiz?



 

“Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining asosiy maqsadini aytib bering.

 

“Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining vazifalarini sanab o’ting.



 

 

  Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar:



 

“Ilmiy  tadqiqot  asoslari”  fanining  maqsadi:  Oliy  o’quv  yurtlarida  magistraturani  bitirib 

chiqayotgan  mutaxassisni  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan,  o’quv  –  tarbiya 

ishlarining  interaktiv  usullaridan  foydalana  oladigan  qilib  hamda  o’zidagi  pedagogik  faoliyat 

mahoratini  va  ko’nikmalarini  yanada  takomillashtirish,  rivojlantirish  ustidagi  faoliyatini  ilmiy 

tashkil qila oladigan, shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir 

boshqaruv faoliyatiga tayyorlash;

 

“Ilmiy  tadqiqot  asoslari”  fanining  vazifalari:  bo’lajak  mutaxassislarni  ilm-fanning  mohiyati, 



uni  tashkil  etish  asoslari  va  ularning  jamiyat  taraqqiyotidagi  ahamiyati  bilan  qurollantirish  asosida 

ularga  ilmiy  xodim,  ilmiy  tadqiqot  va  ular  faoliyati  mazmun  –  mohiyati  haqida  tushuncha  berish; 

Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI)ni rivojlantirish, tashkil etish, uyushtirish va ularning tajriba-sinov ishlari 

hamda  ularning  tahlili  haqida  tushuncha  berish;  bo’lajak  mutaxassislarni  tanlangan  mutaxassisligi 

bo’yicha  ITI  ni  bajarishga,  shuningdek,  ilm-fan  va  texnika-texnologiyalarning  zamonaviy 

yutuqlarini  amaliyotda  joriy  etishga  yo’naltirilgan  kasb  tayyorgarligiga  ega  qilish;  bo’lajak 

mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, 

optimal  yechimlar  topishning  ratsional  usullarini  topishni  o’rgatish;  ITI  olib  borishda  zamonaviy 

axborot  tizimlaridan  foydalaniladigan  innovatsion  ta’lim  texnologiyalari  va  interaktiv  ta’lim 


usullaridan foydalanishga o’rgatish; dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya 

qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.

 

 

 



                  Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:

 

 



 

 

    “Axborot inqiloblari”, deganda nimani tushunasiz?



 

    “TSivilizatsiya” ning mazmun – mohiyatini o’z intellektual salohiyatingiz doirasida ta’riflab 

bering?

 

    “Axborotlashtirilgan asr”, degan terminga ta’rif bering?



 

    Sizningcha ITI kerakmi? Kerak bo’lsa nima uchun?

 

    ITI  natijasining  ayrim  kishiga,  jamoaga,  jamiyatga  va  davlatga  ijobiy  ta’sirini  qanday 



tushunasiz? Ularning salbiy ta’sirini – chi?

 

 



  Tadqiqotchiga 

mavzu 

materiallaridan 

ijodiy 

faoliyatda                     

 

foydalanishga tavsiyalar:

 

tadqiqotchi  ITI  ni  boshlash  va  uni  olib  borish  davomida  yuqoridagi  ifoda  qilingan  kurs 



maqsadidan  foydalanish  mumkin.  Bu  yerda  umumiy  maqsad  qo’yilgan.  Bunda  tadqiqotchi  o’z 

oldiga qo’yilgan muammoga qarab uning ma’lum (kerakli) qismidan foydalanish mumkin;

 

tadqiqotchi  qo’yilgan  muammo  bo’yicha  bajariladigan  ishlar  ketma-ketligi,  algortmik  tizimi, 



ya’ni  ITI  vazifalarini  belgilab  olishda  yuqorida  keltirilgan  fanning  vazifalarini  asos  qilib  olishi 

mumkin  va  hattoki  ushbu  qismga  tegishli  innovatsion  yondashuv  qilishga  ham  harakat  qilinsa 

yaxshi bo’lar edi.

 

 



 

 

  Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar 



 

ro’yxati:

 

To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.



 

To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006. 

– 248 b.

 

 



1.2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida

 

 



  Tayanch  iboralar  va  atamalar:  Ijod,  ilmiy  ishlanmalar,  izlanishlar,  qurilma, 

mexanizm,  mashina,  metod,  metodologiya,  texnologiya,  algoritm,  model,  ilmiy  ijod,  badiiy  ijod, 

kontseptsiya, dissertatsiya, avtoreferat, refarat, tezis, maqola, kitob, aql, fikr, ong, ilm, bilim, xotira, 

reproduktiv  va  produktiv,  verbal  va  noverbal,  mantiqiy,  mexanik,  tasavvur,  diqqat,  iroda,  idrok, 

iste’dod, tajriba, eksperiment, tabiiy usul, dunyoqarash, fundamental, raqobatbardosh, kompьyuterli 

savodxonlik, intellektual.

 

 

 



  Mavzuning matni : Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida.

 

 



  «Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati» [3].

 

«Ijod  (arabcha)  –  kishining  yaratuvchilik  mahorati:  badiiy,  ilmiy  asar  yoki  moddiy  boylik 



yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, ijodiyot» [1].

 

Demak,  ijod  –  aqliy  faoliyat  bo’lib,  u  insonni    fikri,  bilimi,  g’oyasi,  qarashlari,  ya’ni 



tafakkurini  ishga  solib  yaratuvchilik  faoliyatini  shakllantiradi.  Bunda  insonning  tafakkuri,  xotirasi, 

tasavvuri,  diqqat–e’tibori,  irodasi  muhim  rol  o’ynaydi  va  bu  jarayonda  insonni  bilimliligi, 

tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas ijodkorligi namoyon bo’ladi.

 

Ijod  dastavval  inson  tasavvurida  fikr  shaklida  yuzaga  keladi,  keyin  ular  rivojlanib, 

takomillashib  g’oya,  qarash  ko’rinishiga  o’tadi  va  ularga  taalluqli  masalalar  yuzasidan  izlanishlar 

boshlanadi.

 

Izlanishlar  olib  borishda  o’rganilayotgan  tadqiqot  ishigacha  bo’lgan  ishlanmalar  (predmet, 



buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, modelь va h.k.) 

tahliliy  ko’rib  chiqiladi,  ya’ni  tahlil    va  sintez,  umumlashtirish  va  xulosalash,    tajribada  sinab 

ko’rish,  kuzatishlar  o’tkazish,  mantiqiy  xulosalar  chiqarish,  ichki  farazlarni  ifodalab  olish  kabi 

ishlarni amalga oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo 

maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi. 

 

Ma’lumki,  izlanish,  ijodiy  faoliyat  yuritish  natijasida  biror  yangilikka  erishish  demakdir. 



Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, 

avtoreferat,  dissertatsiya,  monografiya  yoki  shakllangan  fikr,  g’oya,  qarashlar  (kontseptsiya), 

ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki modelь, algoritm, tamoyil, 

mezon va h.k.

 

Demak,  ijod,  ilm  -fan,  texnika  –  texnologiya,  madaniyat  va  shu  kabilarni  rivojlantirib, 



ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi. 

 

«Ijodni  shartli  ravishda  2ga:  ilmiy  ijod  va  badiiy  ijodga  bo’lish  mumkin.  Olimlar  faoliyati 



ilmiy  ijodga,  san’atkorlar,  yozuvchilar  faoliyati  badiiy  ijodga  qaratilgan.  Ba’zi  kishilarda  har  ikki 

ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari 

aks  etsa,  badiiy  ijodda  ma’naviy  hayot  muammolariga  san’atkorning  sub’ektiv,  o’ziga  xos 

qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi» [4].

 

Yuqoridagi  ijod  tushunchasiga  berilgan  ikkala  ta’rifda  ham  yaratuvchilik  faoliyati,  ya’ni 



yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, ushbu faoliyatning (jarayonning) 

muammo  yechimlarini  izlashlik  xususiyati  bilan  chambarchas  bog’liqligini  ko’rsatadi.  Demak, 

ijodning o’zi ham qator muammolar yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan. 

 

Kishi  ijod  qilishi  uchun,  unda  quyidagi  ko’rsatkichlar  (omillar)  shakllangan  bo’lishi  kerak: 



aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, 

idrok, iste’dod va h.k.

 

Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz. 



 

AQL  –  inson  miyasining  dunyoni  aks  ettirish  va  shaxsning  voqeylikka  bo’lgan 

munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati.

 

ONG  –  kishining  fikrlash  qobiliyati  yoki  insonning  ijtimoiy  hayotni  tushunishi,  sezishi  va 

unga  bo’lgan  shaxsiy  munosabati.  Ong–  tafakkur  markazi,  unda  fikr  va  ma’lumotlar  jamlanadi. 

Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash shakllanadi.

 

FIKR – bu narsa, hodisa    yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki xayoli. 

 

ILM  –  insonning  o’qish,  o’rganish  va  shaxsiy  hayotidagi  tajribalar,  kuzatishlar  natijasida 

shakllangan  bilim  va  malakalar  majmuasi.  Inson  kamolatidagi  ilm  egallash  qobiliyati,  uning  ulkan 

fazilatlardan biri hisoblanadi. CHunki, inson ilm bilan shon- sharafga erishadi –shuhrat qozonadi.

 

BILIM – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan axborotlari majmui.

 

XOTIRA – atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, 

passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va 

mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish,  esga tushirish, unitish hamda  tanish,  eslashdan 

iborat  ruhiy  jarayon,  alohida  va  umumiylik  namoyon  qiluvchi  ijtimoiy  hodisa,  barcha  ta’sirlarni 

ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik xotira, faoliyat. Xotirani 5 ta muhim mezonga muvofiq 

ravishda turlarga (ko’rinishlarga) ajratish mumkin: 

 

  Ruhiy  faoliyatning  faolligiga  ko’ra  xotira  quyidagi  tarlarga  bo’linadi:  a)harakat  va  motor 

harakatli xotira; b) obrazli xotira; v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi; g) so’z-mantiq xotirasi. 

 

  Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ixtiyorsiz, ixtiyoriy, mexanik. 

 

  Ruhiy faoliyatning davomiy-ligiga ko’ra: a) qisqa muddatli; b) uzoq muddatli; v) operativ. 

 

  Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga qarab: musiqiy eshitish. 

 

 

  Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga e’tiboran: fenomenal kasbiy [3].



 

TASAVVUR  –  idrok  qilingan,  his  etilgan  narsa,  hodisa  va  jarayonning  kishi  ongida  paydo 

bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi. 

 


DIQQAT–falsafa,  ruhshunoslik  tushunchasi;  inson  faoliyatining  barcha  turlarini 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  va  samaradorligini  ta’minlovchi  muhim  omillardan  biri.  SHaxs 

faoliyati  qanchalik  murakkab,  mashaqqatli,  mas’uliyatli  bo’lsa,  u  diqqatga  shunchalik  yuksak 

talablar  qo’yadi.  Insonning  ziyrakligi,  sezgirligi,  farosatliligi,  sinchkovligi,  dilkash-ligi, 

hozirjavobligi  uchun  turmush  sharoiti  va  shaxslararo  munosabatida  muhim  omil  bo’lib  xizmat 

qiladi.

 

Diqqat  aqliy  faoliyatning  barcha  turlarida  ishtirok  etadi,  insonning  hatti  -  harakatlari  ham 



uning  ishtirokida  sodir  bo’ladi.  Ongni  muayyan  bir  nuqtaga  to’plab,  muayyan  bir  ob’ektga  faol 

qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga diqqat deyiladi [3].

 

IRODA  –  insonning  bir  maqsad  sari  ongli  intilishi,  boshlangan  ishni  oxiriga  yetkazish 

qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir.   

 

IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati.

 

ISTE’DOD  -  insonning  ma’naviy-marifiy,  madaniy  va  shu  kabi  jihatlar  asosidagi  kamol 

topishidagi darajasi.

 

TAJRIBA – voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda 

–  o’quv,  malaka  va  bilimning  birligidan  iborat.  SHuningdek,  falsafada  bilishning  empirik 

usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim 

tadqiqot  ob’ekti  bo’lib  kelgan.  SHarq  falsafasida  biror  narsadagi  muayyan  xossa  yoki  xususiyatni 

tekshirib  ko’rish  maqsadida  o’tkaziladigan  sinov  ham  tajriba  deb  ataladi.  Abu  Rayhon  Beruniy 

tajribani  eksperiment  va  kuzatish  bilan  bog’lab  tushuntirish  tarafdori  bo’lgan.  U  Ibn  Sino  bilan 

munozarada  fikran  faraz  qilib  ko’rishga  nisbatan  amaliy  eksperiment  ishonchliroq  ma’lumot 

berishini  ta’kidlab,  fikriy  mulohazalar  og’izdan-og’izga  o’tish  bilan  o’zgarib  borishi  va  asl 

ma’nosini yuqotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5].

 

EKSPEREMENT  –  fan  va  bilish  sohasida  favqulodda  holatdan  chiqish,  muammoli 

vaziyatni  hal  qilish  jarayonlari,  shaxsning  his-tuyg’ulari,  xarakteri,  qobiliyati,  aql  zakovatini 

o’rganishda  qo’llaniladigan  usul.  Eksperiment  tabiiy  va  laboratoriya  usullariga  ajratiladi.  Tabiiy 

usul  psixologik-pedagogik  masalalarni  hal  qilishda  qo’llaniladi.  Bu  usulning  ilmiy  asoslarini 

A.F.Lazurskiy  ta’riflab  bergan.  Tabiiy  sharoitda  inson  psixikasini  o’rganishda  sinaluvchilarning 

o’zlari  bexabar  bo’lishi,  ta’lim  jarayonida  berilayotgan  bilimlar  tadqiqot  maqsadiga 

muvofiqlashtirilishi,  katta  yoshdagi  odamlarga  tarbiyaviy  ta’sir  o’tkazish  kundalik  mehnat  tarzi 

doirasida  amalga  oshirilishi,  zavod  va  fabrikada  esa  moddiy  mahsulot  ishlab  chiqarish 

samaradorligini oshirishga qaratilishi  lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan  diqqatning sifatlari, 



sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari 

psixik  holatlar  tekshiriladi.  Ko’pincha  laboratoriya  sharoitida  kishilar  (o’quvchi,  haydovchi, 

operator,  elektronchilar)  va  kutilmagan  tasodifiy  vaziyatlar  (halokat,  portlash,  izdan  chiqishi, 

shovqin  ko’tarilishi)ning  modellari  yaratiladi.  Eksperiment  aniqlovchi,  tarkib  toptiruvchi 

(tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga bo’linadi [3].

 

DUNYOQARASH – falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. Falsafaning asosini 

tashkil  qiladi,  olam  va  odam  haqida  bir  butun  qarashlar,  g’oyalar  tizimini  yaratadi.  Eng  muhimi 

insonning olamga munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi 

savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos 

keladigan  dunyoqarashni  yaratishdir.  Buning  uchun  inson,  eng  avvalo,    mukammal  bilimga  ega 

bo’lishi lozim [3].

 

Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod o’z navbatida 



qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular: 

 

- insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi;



 

- kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi;

 

-  ilmiy  daraja  va  unvonlarni  qo’lga  kiritishga  sharoit  yaratish,  shuningdek,  ilmiy  xodim 



bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi;

 


- ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi;

 

-tabiat  va  jamiyatdagi  hodisa    va  jarayonlarni  o’rganish,  rivojlantirishga  shart-sharoitlar 



yaratadi va h.k.

 

Demak, ilmiy ijodiyotning    MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, jamoa, oila va 



insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish borasidagi yangi moddiy va ma’naviy 

ne’matlarni muntazam ravishda yaratib borishdan iborat.

 

Ushbu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  quyidagi  vazifalarga  doimo  e’tibor  berib  borish 



kerak.

 

1.  Insoniyat  hayotiy  ehtiyoji  uchun  zarur  narsa  yoki  predmetlarni  (amaliy  faoliyatda 



foydalanishga qulayligini o’ylagan holda) takomillashtirib, ular qatoriga yangilarini qo’shib borish. 

 

2.  Insonlar  turmush  tarzini  yuksaltirib  borish  borasidagi  zamonaviy  ijodiy  ishlar  ko’lamini 



kengaytirib  borib,  jismoniy  ishlarni  ko’proq  aqliy  mehnat  faoliyati  jarayoni  bilan    almashtirishga 

erishish.

 

3.  Jamiyat  intellektual  salohiyatini  yuksaltiruvchi  ijodiy  ishlar  ko’lamini  kengaytirib  borib 



«XXI  asr  –  intelektual  asr»ning  faol  ishtirokchilarini  tayyorlashga  erisha  borish,  ya’ni  har  qanday 

zamonaviy texnika va texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish. 

 

4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, maorif va h.k.) ijodiy 



ishlarni  samarali  yo’llarini  izlash  va  ularga  mos  ilmiy  xodimlar  hamda  yuqori  malakali 

mutaxassislar tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish.

 

5.  Fundamental  tadqiqotlarga  keng  o’rin  berish  va  ularning  amaliy  ahamiyatiga  e’tibor 



berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash. 

 

6.  Raqobatbardosh  zamonaviy  ilmiy-pedagogik  xodimlar  tayyorlashning  istiqbolli 



texnologiyalarini yaratish.

 

7.  Yoshlarimizni  milliy  istiqlol  mafkurasi  ruhida  tarbiyalashning  istiqbolli  va  axborot 



texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish.

 

8. Jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda mutaxassislarimizning kompьyuterli 



savodxonligini  oshirishni  ta’minlashning  optimal  yo’llarini  yaratish  va  ulardan  amaliy  faoliyatda 

muntazam foydalanishga erishish.

 

 

 



  Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:

 

ijod qanday faoliyat va uning ta’rifini ayting?



 

izlanish qanday jarayon?

 

aqliy faoliyat kategoriyalari deganda nimalarni tushunasiz?



 

ilm bilan bilimning farqi nimada?

 

tajriba bilan eksperimentning farqi nimada?



 

ilmiy ijodiyot muammolari haqidagi fikringiz.

 

ilmiy ijodiyotning vazifalari nimalardan iborat?



 

dunyoqarash va uning tadqiqotchining ITI dagi ahamiyat nimada deb o’ylaysiz?

 

 

  Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar:



 


Download 364.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling