Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi Reja: Bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti Bashoratning turlari


Download 39.45 Kb.
Sana26.04.2020
Hajmi39.45 Kb.
#101520
Bog'liq
Ijtimoiy bashorat


Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi

Reja:
1. Bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti

2. Bashoratning turlari.

3. Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e’tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.

Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.



Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin: 1) mifologik bashorat,1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat, 4)ijtimoiy basho-

rat. Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat qilishdi. Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat qilishicha, 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p o‘ynayotgan navkarlar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi doira Somon yo‘li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to‘pni kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar, to‘pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil qilmoqdalar. Shuningdek, Mayya qabilalari qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy



ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin, deb ayyohannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni kelajada nima kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va natijalariga ko‘ra javob berishi lozim.

Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak, kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi. Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini kuzatishlarga asoslanadi. Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, keyinchalik unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bilimlarning asosli ekanligini tan olmoqda.

Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan dalillar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida, u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek, de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan. O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoirAleksandr Pushkinga, uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsus ki, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan. Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi o‘ziga qabr qazgan, o‘z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot etgan. G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida «futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» – «ta’limot») degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e’tirof etilgani yo‘q. Misol uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga «fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak», degan ma’noni anglatadi. Bunda, kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi.

Prognozlashtirishning metodlari:

1. Ekstrapolyasiya metodlari.

2. Tarixiy analogiya.

3. Modellashtirish.

4. Ekspertiza usulida baholash.

5. Kelajak ssenariylari.



Ekstrapolyatsiya metodlari – qonuniyatlari o‘tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo‘lgan tendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi. Masalan, biron-bir tizimga o‘tmishda muayyan o‘zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblash uchun asoslar bor. SHunday qilib, o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom ettirish va prognoz ob’ekti bo‘lg‘usi holatining miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqarish mumkin. SHunga qaramay, agar o‘rganilayotgan tendensiya boshqa tendensiyalar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta’sirni lozim darajada o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ekstrapolyasiya metodi uncha samarali bo‘lmasligi mumkin.

Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo‘li bilan bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o‘rtasida farq ham, o‘xshashlik ham mavjud bo‘lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo‘luvchi omillar taqqoslanishi lozim bo‘lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo‘lishi lozim. Tarixiy analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo‘ldosh. Tarixiy analogiya ko‘proq tarixiy faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko‘maklashadi.

Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o‘zini emas, balki ular ning modellarini o‘rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni prognostik xususiyatga ega bo‘lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo‘lgan sodda, sxematik ko‘rinishda gavdalantirish demak. Tadqiqot natijalari, modeldan ob’ektga ko‘chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.

Ekspertiza usulida baholash – bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so‘ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo‘lgan eng maqbul echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar umumiy bir to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni echish vositasi va prognoz qilish usuli, ayniqsa, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni ko‘rib chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, hatto «g‘alati» g‘oyalar ilgari suriladi; bu g‘oyalar rivojlantiriladi, o‘z g‘oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi YUnonistonning mashhur Orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Bunda oldinma-ketin so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana bir o‘ziga xos metodi – sotsiologik so‘rov mavjud bo‘lib, u so‘nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo‘llanilmoqda.

Kelajak ssenariylari – bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u yoki bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig‘indisi. Ssenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o‘tish uchun voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini aniqlaydi.

Shunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va tarixiy yondashuvlarni birlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda u tavsifiy xususiyat kasb etadi va kompleks prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi. SHuni qayd etib o‘tish lozimki, ko‘rib chiqilgan metodlarning birortasi ham alohida holda prognozning yuksak darajada ishonchliligini ta’minlay olmaydi. SHu sababli amalda, odatda, murakkab, kompleks metodlardan foydalaniladi. Mazkur yondashuv ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish va prognozlarning ko‘proq darajada aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi. Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni echishning mumkin bo‘lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash mumkin.

Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – kelajakdan hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga erishish yoki qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi.
ILMIY BASHORATNING GLOBALLASHUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Jahon tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichi insoniyat hayotining barcha jabhalarida globallashuvning vujudga kelishi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv XX asrda insoniyat faoliyati natijasida hamda taraqqiyot yuksalishi tufayli paydo bo'lib butun dunyo mamlakatlarini o'zaro bog'lab qo'ydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda shunday fikr bildirganlar: «Totalitar tuzum yemirilgandan keyin dunyoning qutblarga bo'linishi barham topdi. Xo'sh, XXI asrda u qanday bo'ladi? Biz qayoqqa qarab ketayapmiz? Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So'ngi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jo'g'rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o'zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga to'g'ri baho berish juda muhim» .

«Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch» asarida esa globallashuv jarayonining mohiyati va ahamiyati haqida to'xtalib uni faqat ijobiy voqelik sifatida qarashga hali erta, u ziddiyatlarga to'la, goho esa milliy taraqqiyotga, milliy madaniyatga, ma'naviyatga salbiy ta'sir etuvchi belgilarining mavjudligini e'tirof etadilar. «Bugun biz tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta'riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Dunyoda yuz berayotgan globallashuv kelajakda qanday natijalarga olib kelishini barcha siyosatshunoslar va olimlar ilmiy bashorat qilib bermoqdalar. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang — barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda» . Darhaqiqat, bugungi kunda globallashuv insoniyat taraqqiyotining tarixiy-tadrijiy davomi, yangi bosqichi sifatida yuzaga kelgan real voqelik bo'lib, u turli ko'rinishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, informatsion mafkuraviy sohalarda namoyon bo'lmoqda.Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek globallashuv jarayonlarining ijobiy xususiyatlari juda ham ko'p bo'lib, davlatlar va xalqlar o'rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, ilm fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi va turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg'unlashuviga olib kelsada, uning salbiy jihatlari ham mavjud bo'lib, ekologik va ijtimoiy hayotning ko'p sohalariga salbiy ta'sirini o'tkazishi mumkin.

Ekologik muammolarning globallashuvi insoniyat sivilizatsiyasining hozirgi tarixiy rivojlanish bosqichida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ya'ni ekologiya bilan bog'liq masalalar: tabiat ekotizimi yemirilishining kuchayishi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, global iqlim o'zgarishi, turli sanoat ob'ektlardagi halokatlar, moddiy ishlab chiqarish, maishiy turmush faoliyatining biosfera ekologik muvozanatiga, aholi salomatligiga salbiy ta'siri dunyo hamjami- yatini tashvishga solmoqda. Insonning tabiatni noratsional texnogen o'zgartirishi natijasida, tabiatning insoniyatga aks ta'siri kuchayib, ijtimoiy siyosiy muammolar keskinlashmoqda. Orol dengizining qurib, yerlarimizning sho'rlanishi bizning mamlakatda ham shunday muammolarni yuzaga keltirmoqda. Hozirgi kunda dunyo bo'ylab globallashuv jarayoni keng quloch yoyib, tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan bir davrda unda kechayotgan har bir jarayonning mazmun-mohiyatini anglab yetish uning mamlakat, qolaversa, butun jamiyat va kelajak uchun salbiy ta'sir ko'rsatuvchi

jihatlarini aniqlash uni oldindan ko'ra bilish bugunning talabidir. Jumladan, bir qancha salbiy illatlarni o'z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi ma'naviy tahdidlarning kirib kelishi bugungi davrda mamlakat milliy madaniyati va ma'naviyati uchun xavf soluvchi jarayondir. «Ommaviy madaniyat» niqobi ostida tarqalayotgan ahloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm, egotsentrizmni targ'ib qiluvchi g'oyalar o'sib kelayotgan yoshlar ongiga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Mazkur jarayon milliy ma'naviyat, milliy qadriyatlar tizimi va yosh avlod ahloqiy tarbiyasi masalalari jiddiy xavf ostida qolayotganligini anglatadi. Milliy ma'naviyatini yo'qotgan xalq esa «ommaviy madaniyat» ummoniga singib ketadi va tiklab bo'lmas natijalar girdobida qoladi.Globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan yana bir xavf mavjudki, hozirgi kunda minglab odamlar va butun dunyo bundan aziyat chekmoqda. desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bu turli informatsion xurujlar shaklida ta'sir etayotgan go'yoki demokratiya, erkinlikni va farovonlikni ilgari surish va targ'ib qilish orqali ko'proq hali hayotiy tajribaga ega bo'lmagan yoshlar va o'z nafsining quliga aylangan odamlarni turli aldovlar orqali o'z mafkuralariga ishontirib tinch hayotni izdan chiqarishga intilayotgan tashkilot va turli ekstremistik kuchlarning siyosiy harakatini ko'rsatish mumkin. Hozirda davom etayotgan Suriyada, Misrda, Liviyada, Afg'onistonda kechayotgan siyosiy ahvol bunga misol bo'la oladi, bularning barchasi bizni yana bir bor sergaklikka undaydi.Barchaga ma'lumki, jamiyat taraqqiyoti eng avvalo, fan, ilmiy bilimlarni rivojlantirish orqali erishiladi. Zero, fan, ilmiy bilimlarsiz kelajakka yo'l ochish mumkin emas. Globallashuv jarayonida ijtimoiy hayotning boshqa sohalari singari fan va ilmiy bilimlar keng taraqqiy etmoqda. Olamni bilish va uning mohiyatini chuqur o'rganishning bir qancha usullari bo'lib, ilmiy bashorat ham bilishning usuli sifatida alohida o'rin tutadi. Hozirda ilmiy bashoratning negizini izchil ilmiy nazariya tashkil etadi. Ushbu nazariya bilishning mantiqan bog'langan, bir-birini taqozo etuvchi qonunlar zanjiridan tashkil topgan bo'lib, ulardan muayyan hodisalarning xossalari, munosabatlari va boshqa xususiyatlari haqida axborotni ifodalovchi oqibatlar keltirilib chiqariladi. Kelajakka nisbatan olganda ular ilmiy bashorat tarzida

amal qiladi. Ilmiy bashorat o'z tabiatiga ko'ra noma'lum narsalarni aniqlash bilan bog'liq ob'ektiv jarayon, ya'ni kelajakka nazar tashlaydigan va uning rivojlanish qonunlarini bilish asosida ularni o'z ehtiyojlariga moslashtiradigan kuchdir.Demak, biz globallashuvning kelajakda keltirib chiqaradigan ijobiy va salbiy oqibatlarini ilmiy bashorat qilish orqali ko'ra olishimiz, ular haqidagi nazariyalarni yaratishimiz va kelajak avlodga yetkazib berishimiz, shu bilan bir qatorda salbiy oqibatlarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishimiz lozim.

Xulosa qilib aytganimizda, jamiyatimizda ro'y berayotgan globallashuv jarayonlarida tabiat ongli ravishda munosabatda bo'lish, ulardan oqilona foydalanish, ma'naviy xurujlardan saqlanish uchun milliy g'oya targ'ibotini takomillashtirish, ilm fan yutuqlaridan maqsadli xalq manfaati yo'lida foydalanish orqali globallashuvning salbiy oqibatlarini oldini olish mumkin.

Futurologiya: tarix, bugun va kelajak

Insoniyat uni ertaga nima kutayotganini bilishni xohlaydi. Bu qiziqish tafakkur paydo bo'lgandan beri mavjud. Shu yo'lda ular yulduzlarni kuzatib ertangi ob-havoni, kuzning qanday kelishiga qarab qishning qanday bo'lishini bilishga, jonivorlar harakatlariga qarab falokatlardan ogoh bo'lishga uringanlar. Kelajakka bo'lgan intilish nafaqat tabiatga nisbatan, balki insonlar taqdirini bilishga ham qaratilgan edi. Bu yo'lda folbinlar, munajjimlar faoliyat ko'rsatgan. Antik adabiyotni kuzatadigan bo'lsak ham voqealarni oldindan bilishga bo'lgan harakatlarni yaqqol ko'ramiz. Sofoklning «Shoh Edip» asarini olib ko'raylik. Unda yangi tug'ilgan chaqaloqning taqdiri aytib beriladi va bu bashorat oxir-oqibat yuzaga chiqadi.Bugungi kun odamini ham kelajak qiziqtiradi. Lekin bu jarayon anchagina ilmiy tus olib, fan sifatida shakllangan. Ilmiy bashorat qilishni yaqin o'tmishning mevasi desak, xato qilamiz. Uning ildizlari ancha chuqur tomir otgan. Bir xitoy mutafakkiridan shogirdi so'ragan ekan:

— Kelajakni oldindan bilib bo'ladimi? Men bunga shub¬ha qilaman.

Shunda ustoz javob beribdi:

— Tasavvur qil, sening uzoqdagi bir do'sting kasal. Ikkita ot turibdi. Biri ozg'in, uzoq

yo'lga chidamaydi. Ikkinchisi baquvvat, yaxshi yem yegan, uzoq yo'lga yaroqli. Qay birini minasan?

— Albatta, ikkinchisini.

— Unda nega kelajakni oldindan bilib bo'lmaydi deyapsan?!



Darhaqiqat, kelajak bugunning davomi, bugunning mahsulidir. Uni o'zimiz yaratamiz. Bugun nafaqat oddiy odamlar hayotida, balki davlatlarning uzoq vaqtga mo'ljallangan siyosati, uzoq vaqtlik dasturlarida ilmiy prognozlash (asoslash) juda ahamiyatli ekanidan xabaringiz bor.«Futurologiya» termini lotincha «futurum» — «kelajak» va yunoncha «logos» — «fan» so'zlaridan olingan bo'lib, kelajakni ekstra¬polyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan, xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish) yo'li bilan mavjud texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy holatni tahlil qilgan holda oldindan aytib berishga harakat qiladi.O'zbekiston milliy entsiklopediyasida yozilishicha, futurologiya ikki yo'nalishda shakl-langan. Birinchi yo'nalish — ekologik pessimizm tarafdorlari insoniyat rivojining salbiy oqibatlarini bashorat qilsalar, ikkinchi yo'nalish — ilmiy-texnikaviy optimizm namoyandalari texnologiya taraqqiyotining ijobiy imkoniyatlari asosida insoniyat tsiviliza¬tsiyasini saqlab qolish mumkin, deb hisoblaydilar.«Futurologiya» terminini sotsiolog Osip Flektxaym fanga kiritgan. U 1943 yili do'sti, olimlardan biri Oldosu ¬Xaksliga yozgan xatida ushbu terminni ishlatish tashabbusi bilan chiqadi va Xaksli buni ma'qullaydi.Birinchi ilmiy bashorat qilishga urinishlar XIX asr oxirida paydo bo'lib, Geogr Ermanning «Germaniya 2000da» (1891), Ivan Blionning «Kelajakdagi urush va ularning iqtisodiy oqibatlari» (1897), Gyustav de Molinarining «Kelajakdagi jamiyatni siyosiy va iqtisodiy tashkil qilishning xomaki chizmasi» (1899), «Gerbert Uellsning «Oldindan ¬zavqlanish» (1901) kabi asarlar yaratilgan.«Futurolog» atamasi mo'jizaviy tarzda bashorat qilishni bildirmaydi, balki mavjud voqelikning taraqqiy qilish darajasi, tezligi, o'zgarishlarning oqibatlarini tahlil qilib o'rganadi. Hozirda futurolog sifatida tan olingan olimlar bor. Ular asosan texnologik an'analarni o'zlashtirgan va o'z kitoblarida kuzatish natijalari, fikr va xulosalari, bashoratlarini keltirib o'tishgan. Shunday mutaxassislardan biri Olvin Tofflerdir. Uning «Madaniyat iste'molchilari», «Uchinchi to'lqin nazariyasi», «Kelajak bilan to'qnashuv» kabi asarlari mashhur. O.Tofflerning «Kelajak bilan to'qnashuv» kitobi 1970 yillarda yozilgan bo'lishiga qaramay haligacha o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Bu asarda yaqin kelajakda insoniyat hayotida kechadigan o'zgarishlar va ularning oqibatlari haqida so'z boradi. Mavjud voqelik asosida xulosa chiqarilgan. «Evrilishlar ayni hayotning o'zi demakdir. Ammo quyushqonni tark etib erkinlikka chiqib olgan o'zgarishlar jilovlab bo'lmaydigan va boshqarishga ko'nmaydigan, borgan sari tezlashib boruvchi va insonning nafaqat jismoniy, balki qaror qabul qilishdagi psixologik mexanizmlarini ham barbod qiluvchi, hayotga yot, insonga dushman hodisalardir».Jamiyatimizda yuz berayotgan va yuz bermoqchi bo'layotgan yangiliklar, biz ko'rib turgan -dunyoni butunlay ostin-ustun qilib tashlaydi. Toffler yashash sur'atining tezlashishini bashorat qilar ekan, ma'lum bo'lgan, butundunyo shaharlashuv jarayoni, ishlab chiqarishning o'sishi, yangidan-yangi iste'mol buyumlarining ko'pa¬yishi kabi ma'lum faktlarga tayanadi.Olim Kurt Karem «Biz yigirmanchi asr odamlari insoniyat tarixida besh ming yil davom etgan bir davrni xotimalaymiz» deydi. Kennet Boulding esa XX asr tarixdagi eng muhim burilish nuqtasi ekanini isbot qilar ekan, shunday deydi: «Bugungi dunyo… men tug'ilib ko'z ochgan dunyodan tubdan farq qiladi. Bu farq men tug'ilgan dunyo bilan Yuliy Sezar dunyosi o'rtasidagi farqdan kam emas. Agar insoniyat tarixiga bugungi kun nuqtai nazaridan qarasak, men bu tarixning qoq o'rtasida tug'ilganman, desak bo'ladi. Dunyoga kelmasimdan oldin qancha hodisotlar sodir bo'lgan bo'lsa, men tug'ilgandan beri shuncha hodisot o'tdi».XXI asrga kelib esa hodisalarning ro'y berish sur'ati, jarayonlarning uzluksiz ravishda kechishini kuzatayapmiz. Axborot olish va axborot uzatishning yanada osonlashishi, internetning kirib kelishi, uyali aloqaning keng tarqalishi, masofalarni pisand qilmayapti. Olvin Toffler «Oson almashtirsa bo'ladigan inson» iborasini ishlatadi. Bu borada psixolog Kortni Tolning fikri e'tiborga loyiq: «Uncha ko'p bo'lmagan odamlar bilan yaqin munosabatlarga asoslanadigan barqarorlik samarasiz bo'lib chiqadi… Harakatchanlikning bundan keyingi kuchayishi va odamlarning o'zaro juda tez do'stlik o'rnatish qobiliyati hamda shu qadar tez uni to'xtatib qo'yish yoki shunchaki unutish shunga olib keladiki, kelajakda o'tmish uchun xarakterli bo'lgan bir nechta ko'p yillik do'stona munosabatlar o'rnini ko'pgina qisqa muddatli do'stlik aloqalari egallaydi».Bu bashorat bugungi kunda ro'yobga chiqdi. Internet saytlarida siz o'zingizga osongina do'st topasiz, bugun u bilan virtual olamda dildan gaplashasiz, do'st tutinasiz, lekin ertaga u bilan gaplashishning imkoni yo'q. Shu bois insonning inson oldidagi qadri yo'q, munosabatlar mo'rt.Insonning inson oldidagi qadri yo'qolishini buyumlarning qadrsizligi bilan izohlash mumkin.

Masalan, har bir inson oxirgi chiqqan telefonni sotib olgisi keladi. Chunki bunisi oldingidan yaxshi, uning funktsiyalarida ko'proq qulayliklar mavjud. Shunday qilib, eski telefonning qadri yo'qoladi (garchi uni biror yaqin odamimiz sovg'a qilgan bo'lsa ham).

Kelajakda insonning boylikka, moddiylikka bo'lgan munosabati ham o'zgarishi kutilmoqda. «Intellektual mulk hamma moddiy boyliklardan ustun bo'ladi. Inson qandaydir moddiy manbaga ega bo'lmagan holda jahd qilib boylik yaratadi», deydi Toffler.Insoniyat yaqin kelajakda axborot oqimining kuchaygan to'lqinlari orasida qolishi kutilmoqda. Mutaxassis Robert Xilyard quyidagi hisob-kitobni keltiradi: «Hozirgi sur'atlar saqlanib qoladigan bo'lsa, bugun tug'ilgan go'dak kollejni tugatayotgan paytda mavjud axborotning hajmi to'rt baravar ko'payadi, u ellik yoshga to'lganda esa bilimlar miqdori 32 martaga oshadi. Buning ma'nosi shuki, jamiki inson bilimlarining 97 foizi go'dak tug'ilgandan ke¬yin dunyoga keladi».Bugun axborot omili va uzatish shu qadar osonlashganki, kompyuter qarshisida o'tirib, dunyoning qay burchagida qanday voqea sodir bo'layotganini bilish mumkin. Qadimda ham voqealar yuz bergan, lekin uni bilish imkoni mavjud bo'lmagan. Masalan, Misr ehromlarining borligini Gerodot o'z «Tarix» kitobida yozmaguncha, qariyb 2000 yil davomida dunyo bilmagan. Bir so'z bilan aytganda, kelajak insonga juda ko'p imkoniyatlarni beradi.

Bashoratning  turlari:  1.  Oddiy,  2.  Induktiv,  3.  Diniy,  4.  Ilmiy  


bashoratlardir. 
Oddiy  bashorat  bu  kundaiik  hayotda  uchrab  turadigan,  turmush  
tarzidan  kelib  chiqadigan  bashoratdir.  O ddiy  bashoratlarda  tafakkur  
orqali  isbot  talab  qilm aydigan  oddiy jarayonlar  haqida  fikr yuritiladi.  
M asalan,  b a h o rn in g   kelishi,  kelajakda  m ev a-ch ev alarn in g   m o ‘1  
b o ‘lishidan  dalolatdir.  D em ak,  inson  o ‘z  tafakkuri  orqali  kelajakni  
o ‘z zamoni bilan b o giab  xulosa qiladi.  Bu xulosa to ‘g‘ri chiqadi.  Bashorat  
turlari  ehtiyojga bog'liq. 
Induktiv  bashorat  ko‘proq  faraz  qilish  bilan  bogiiqdir.  A m m o  
faraz  ham   insonning aql-zakovati,  idrok qilishi  bilan  b o g iiq .  Aql  esa,  
inson  ruhining  yuksak  darajada  takom illashuvi  va  uning  nam oyon  
b o ‘lishidir. Aql  inson  miyasining mahsuli.  Ana shu aql barchada b o is a -  
da,  a m m o   b ir-b irid a n   farq  qiladi.  B a’zilar  aqllarini  am aliy o td a  
charxlasalar,  bo shqalar fan  orqali  rivojlantiradilar.  A yrim lar turm ush  
tarzidan  foydalanadilar.  Aql  ham  ob‘ektiv  olam  to ‘g ‘risidagi bilimdir.  
D em ak,  intuitsiyada aql va farosat yetakchi o'ringa ega. 
Diniy bashorat esa insonlar va butun  olam  faoliyatiga bag‘ishlangan.  
U  kelajakni aytib berishga qaratilgandir.  Diniy bashorat payg‘am barlar  
va  Alloh  nom i  bilan  bog‘langan.  T o ‘g ‘ri,  payg‘am barlar  A llohdan  
kelgan  vahiylar  orqali  bashorat  qilsalar-da,  ular  ham   b ashoratlam i  
voqelik bilan b og iag an lar.  M asalan,  Im om   Ismoil  Buxoriyning hadisi  
shariflarida  shunday  voqea  haqida  fikr  yuritiladi:  «Anas  Ibn  M olik  
raziyallohu anhu  rivoyat  qiladilar:  «M akka ahli  Rasulullohu  alayhi va  
sa lla m d a n   (p a y g ‘a m b a r  ek an lik la rin in g   isbo ti  u c h u n )  m o ‘jiz a   
ko‘rsatm oqliklarini  talab   qildi.  Shunda  ul  zot  oyni  ikkiga  b o iib   
ko‘rsatdilar,  h atto   od am lar  H iro‘  to g in i  oyning  ikki  b o ia g i  orasida  
ko‘rishdi  (ya’ni,  b ir  b o ‘lagi  tog‘ning  u  tom onida  va  ikkinchi  b o ia g i  
tog'ning  bu  to m o n id a  turdi)  ».  Ko‘rib  turibm izki,  bu  diniy  bashorat  
talab  asosida  zaruriyatdan  kelib  chiqqan  holda  am alga  oshirilgan.  
Qiyom at  kunlari  haqidagi  fikrlar  ham  diniy  bashoratdir. 
Ilmiy  bashorat  ijod  shakli  sifatida 
Oldindan ko'rishda obyektiv zaruriy shart-sharoitlar kifoya qilmaydi.  
Yuqorida  t a ’kidlaganim izdek,  ijodkor  oldindan  obyekt  rivojini  aytib  
berish  qonuniyatlariga  asoslangan  nazariyani  ham   e ’tibordan  chetda  
qoldirm asligi  kerak.  Shu  sababli  ham ,  ilmiy  bashorat  deganda,  
kelajakdagi  hodisalar,  narsalar  rivojini,  oqibatlarini,  xususiyatlarini 
oldindan  aytib  berish  imkoniyatini  lushunish  kerak.  Ayniqsa,  ijod  
jarayonida ilmiy bashorat  ilmiy dalillarga ichki va tashqi shart-sharoitlaiga  
q a t’iy rioya qilingan  holda am alga oshiriladi.  Aks holda  ilmiy bashorat  
quruq  gap  b o 'lib   qolaveradi.  C h u n o n ch i,  nazariya  ham   obyektiv  
realUkni to ‘g ‘ri aks ettirgan b o ‘lishi  lozim.  Shundagina  ilmiy bashorat  
ijod  shakli  sifatida  shakllanadi.  Ijodda  ilmiy bashorat  ham   bilishning  
o ‘ziga  xos  shaklidir.  Sababi,  unda  ham   turli  m anbalar,  axborotlar  
haqida fikr yuritiladi. T a ’kidlash kerakki,  ilmiy bashorat  ijod jarayonida  
ehtim ollikni  inkor  etm asdan  balki  unga  yaqin  turadi.  Z ero,  bilish  
jarayoni hali  rivojlanm agan  holatni bilishga chorlaydi.  Ilmiy bashorat  
tabiat, jam iyat  to ‘g‘risidagi  ilmiy bilim ni  har tom onlam a  tahlil  qilib,  
insonni  bilim   bilan  boyitadi.  U nutm aslik  kerakki,  ilmiy  ijodda  ilmiy  
bashorat  m a ’lum dan  n o m a ’lum ni  ham   keltirib  chiqaradi.  D em ak,  
unda,  ilm iy  ijod  jaray o n id a  ilm iy  bashorat  am alga  oshiriladigan  
ta d q iq o tla rn in g   x ilm a -x illig id a n   kelib  ch iq ib   ish  tu tish   kerak.  
Binobarin, bashorat o‘ta aniqlikni talab qilmasa-da, shu  aniqlik atrofida  
fikr yuritadi va ilmiy ijodga o ‘z hissasini qo‘shadi.  Ilmiy bashorat evristik  
xarakterga ega.  Shu sababli ham  ilmiy bashoratni e ’tirof etadilar.  Olam  
cheksiz  b o ig a n id ek ,  bashorat  chegarasi  ham   cheksizdir. 
Yana shunday bashoratlar borki,  m asalan,  fazodagi sayyoralaming  
joylashuvi,  holati,  taassurotini  o ‘rganib  ham   fikr  bildirganlar.  Xoja  
Ali Term iziy o ‘zining  “N av ro ‘zn o m a”  risolasida  N avro‘zni haftaning  
qaysi  kuni  kirsa,  o ‘sha  yili  qanday  voqealar  sodir  b o ‘lishini  bayon  
qilgan  b o ‘lsa,  “ S oln om a”  asarida  esa  N avro‘zning  qaysi  m uchal  yili  
kirsa,  qanday  hodisalar  ro‘y  berishini  bayon  qilgan.  
Download 39.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling