Imf. 3-kurs kamolova m


Download 0.93 Mb.
Sana05.12.2020
Hajmi0.93 Mb.
#160047
Bog'liq
ozbek musiqiy cholgulari


O’zbek musiqiy cholg’ulari

IMF. 3-KURS

KAMOLOVA M.

O'zbek madaniy merosi musiqiy cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruhga XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashgan, ya'ni qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholg'ular kiradi.

  • O'zbek madaniy merosi musiqiy cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruhga XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashgan, ya'ni qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholg'ular kiradi.

An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doyra, nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llaniladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'i, safoil kiradi.

  • An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doyra, nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llaniladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'i, safoil kiradi.
  • Avvalo an'anaviy cholg'ularning har biri yuqori professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlari, sharoitlar va ijro uslublari yuzaga kelgan. Ko'p asrlik ijrochilik amaliyoti esa (xalq va an'anaviy) cholg'ularni guruh bo'lib ijro etilishini ham taqozo etgan. Shunga binoan cholg'ular sozandalar tomonidan bir-birlariga mos o'z turlari va ovoz imkoniyatlari doirasida guruhiy tarkiblar tuzilib amaliyotda qo'llanilib kelingan.

TANBUR

  • Ijrochilik amaliyotida shakllangan barcha cholg'u asboblari o'z xususiyatlari doirasida uch turga bo'linadi. Torli, puflama va zarbli cholg'ular.
  • Manbaalarda yozilishicha “Tanbur” so`zi - forscha “yurakni tirnovchi”, ya`ni “tan” - “yurak”, “bur” - “tirnash” degan ma'noni anglatadi yoki tanbur so`zi yunoncha “tanbura” so`zidan paydo bo`lgan deb yoziladi.

Tanbur bizning milliy cholg`ularimizning eng asosiysi hisoblanadi. Chunki qadimda bizning maqomlarimiz aynan tanbur cholg`usida ijro etilgan.

  • Tanbur bizning milliy cholg`ularimizning eng asosiysi hisoblanadi. Chunki qadimda bizning maqomlarimiz aynan tanbur cholg`usida ijro etilgan.
  • Tanbur pardalarining joylashuvi maqom asarlarimizning asosiy, ya'ni tovush qatorini mezoni hisoblanib, uning ijro imkoniyati esa ohanglarimiz talqinida betakror o`rin egallaydi.
  • Tanbur o`ng qo`lning ko`rsatgich barmog`iga maxsus temir nohun kiyib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun hizmat qiladi.

DUTOR

  • Dutor - forscha "ikkita tor" degan ma`noni anglatadi. Dutor eng qadimiy cholgu`lardan hisoblanib, hatto tanburning ibtidoiy ko` rinishidan darak beruvchi cholg`u degan tahminlar ham uchraydi.
  • Dutor tanburga nisbatan yengil ijro etilganligi sababli xalq ichida eng ommaviy cholg`u bo`lib kelgan. Pardalarining pastligi, soni jihatidan kamligi tufayli uni ko`pincha ayollar qo`llab kelganlar va xonaki, yengil kuy qo`shiq ijrosida,folklor yo`llarida foydalanganlar.

Dutor bizning cholg`ularimiz ichida ikkala torini barmoqlar bilan barobar bosib, birinchi torga ikkinchi torni jo`r qilib chalinadigan yagona qo`sh ovozli cholg`u hisoblanadi. Past ,ammo o`ta mayin yoqimli ovozi bor, dutor xalq yo`lidagi kichik hajmli kuy qo`shiqlar ijrosiga mo`ljallangan. Xalq musiqalarini ichida dutor uchun mahsus kuylar ko`plab uchraydi. "Qo`shtor", "Dutor navosi", "Dutor bayoti"

  • Dutor bizning cholg`ularimiz ichida ikkala torini barmoqlar bilan barobar bosib, birinchi torga ikkinchi torni jo`r qilib chalinadigan yagona qo`sh ovozli cholg`u hisoblanadi. Past ,ammo o`ta mayin yoqimli ovozi bor, dutor xalq yo`lidagi kichik hajmli kuy qo`shiqlar ijrosiga mo`ljallangan. Xalq musiqalarini ichida dutor uchun mahsus kuylar ko`plab uchraydi. "Qo`shtor", "Dutor navosi", "Dutor bayoti"

G’IJJAK

  • G’ijjakda ijro etiladigan asarlar o’zining jozibadorligi bilan ajralib turadi.
  • G’ijjak cholg’usida ijro etiladigan san’atkor juda ham mohir sozanda bo’lishi kerak. G’ijjakning ovozi mayinligi bilan inson yuragini jalb etadi.U IX-XVI asrlarda yashab ijod etgan bobokalonlarimiz tomonidan yaratilgan, ammo keyinchalik unutilib ketgan tarixiy mumtoz musiqa asboblari nusxalari hozirga kelib qayta tiklanmoqda, shulardan biri G’ichchagi Boburiy deb nomlanadi.

RUBOB

  • Osiyoning ayrim xalqlari (hususan, o`zbeklar, tojiklar) o`rtasida qadimdan keng tarqalgan torli tirnama cholg`u asbobi. O`rta osiyo xalqlariga nisbatan janubiy Xitoyning Sintzyan viloyatida yashovchi uyg`urlar o`rtasida keng tarqalgan turi Qashqar Rubobi deyiladi.
  • Buxoro, Tojikiston va Afg`onistonda tarqalgan rubobning yana bir turi – afg`on rubobi, tojik rubobi yoki buxoro rubobi deb ham ataladi. Bunda asosiy tordan tashqari rezonans beruvchi qo`shimcha torlar ham bor.

DOIRA

  • Doira (childirma, chirmanda) – o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlari orasida keng tarqalgan. Doira ansambl va yakka holda ham ijro etiladi. Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan yuritiladi. Masalan: “Usuli Muhammas” (Muhammas usuli), “Usuli Talqin”, ”Usuli Tasnif” va boshqalar.

E’ TiBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E’ TiBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling