Immun tizimi xastaliklaridan biri sanaladigan birinchi tur qandli diabet bilan Buyuk Britaniya aholisining, tahminan, 10 foizga yaqini og'rigani aytiladi


Download 9.79 Kb.
Sana03.08.2022
Hajmi9.79 Kb.
#790154
Bog'liq
Qandli diabet WPS
Современная литература для детей темы и жанры, Иттифоқининг ташкил топиши, ривожланиш босқичлари., Fizika fanidan ochiq dars.(1), A Practical Introduction to Python Programming Heinold, 1- hisob loyiha ishi, ЯДА-Ўзб.тарихи (ўзбек), sdfasdfasdfasdf, sdfasdfasdfasdf, sdfasdfasdfasdf, innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xususiyatlari, Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialekti, Hayvon yog‘lari, ularning assortimenti va sifat ko‘rsatkichlari, 14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarb, 2- mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsa, 2- mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsa

Immun tizimi xastaliklaridan biri sanaladigan birinchi tur qandli diabet bilan Buyuk Britaniya aholisining, tahminan, 10 foizga yaqini og'rigani aytiladi. Ushbu turda organizmning insulin ishlab chiqarishga mas'ul beta hujayralar hujumga uchraydi va, oqibatda, nazorat qiluvchi gormonlar yetishmasligi tufayli qondagi shakar miqdori izdan chiqib ketadi.

Ikkinchi tur qandli diabet esa noto'g'ri turmush tarzi va ovqatlanish tartibi tufayli yuzaga keladi. Tanada ortiqcha yog' to'planishi insulin ishlab chiqarilish jarayoniga salbiy ta'sir qiladi.


Yuqorida tilga olingan tadqiqot Shvetsiyadagi Lund nomli Diabet Markazi universiteti va Findlandiyaning Molekulyar Tibbiyot instituti olimlari tomonidan amalga oshirilib, unda 14,775 nafar bemorning holati va ularning qon tahlili chuqur o'rganib chiqildi.
Tadqiqot natijalari "The Lancet Diabetes and Endocrinology" jurnalida e'lon qilindi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, qandli diabetni beshta turli klasterga ajratib chiqish mumkin.

•1-klaster - og'ir ko'rinishdagi otoimmun qandli diabet birinchi tur bilan deyarli bir xil xarakterga ega - u ham bemorlar yoshligida rivojlana boshlaydi va vaqt o'tishi bilan tanada insulin ishlab chiqarish jarayoni izdan chiqadi, lekin xastalik kuchayib ketmaguncha bemor sog'lom ko'rinadi;

•2-klaster -insulin yetishmasligi bilan bog'liq og'ir ko'rinishdagi qandli diabetga chalingan bemorlar birinchi klasterdagilar kabi avvaliga sog'lom ko'rinadi - ularda tana vazni normal holatda, tashqi tomondan kasallikka chalinganini aniqlash mushkul bo'ladi. Insulin ishlab chiqarilishi buzilgan bo'lsada, immun tizimi to'la ishdan chiqmaydi;

•3-klaster - insulinga chidamli og'ir ko'rinishdagi qandli diabet ortiqcha vazn muammosi bor odamlarda paydo bo'ladi. Bunday kasallikka chalinganlar organizmida insulin ishlab chiqarish normal holatda bo'ladi, lekin tanadagi jarayonlar ortiq insulin nazoratiga bo'ysunmay qo'yadi;

•4-klaster -semizlik bilan bog'liq yengil shakldagi qandli diabet ko'proq ortiqcha vaznga ega odamlarda uchraydi, lekin bunday bemorlarning ahvoli, metabolik jihatdan, 3-klasterdagilardan ko'ra yaxshiroq bo'ladi;

•5-klaster - yosh bilan bog'liq yengil shakldagi qandli diabet simptomlari, asosan, yoshi o'tgan odamlarda paydo bo'ladi, lekin ularning ahvoli boshqa klasterdagi bemorlardan ko'ra yaxshiroq bo'ladi



REJA:

  1. MAVZUNING DOLZARBLIGI.

  2. NAZARIY QISM:

  1. ETIOLOGIYA VA PATOGENEZ.

  2. QANDLI DIABET KLINIKASI.

  3. KLASSIFIKATSIYA

  4. DIAGNOSTIKA

  5. DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKA

  6. QANDLI DIABETNI DAVOLASH

  7. QANDLI DIABETNING DISPANSER KUZATUVI

lll.AMALIY QISM

  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Download 9.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling