Immunologiyasi organizm himoyasining nospetsifik omillari


Download 54 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi54 Kb.
#438717
Bog'liq
Immunologiyasi organizm himoyasining nospetsifik omillari
ИШОНЧНОМА, мухаммадхон, обложка русский, oblojka bog`cha-3, зухрапа, Organika-uglevodorodlar, Pedagogik amaliyot kundaligi, Pedagogik amaliyot kundaligi, 5-sinf-matematika-test-1, aaaazz, O, O, SOBIROV SARDORBEK AMINJONOVICH, SOBIROV SARDORBEK AMINJONOVICH, SOBIROV SARDORBEK AMINJONOVICH

IMMUNOLOGIYASI ORGANIZM HIMOYASINING NOSPETSIFIK OMILLARI

Reja:

1. Immunologiyasi organizm himoyasi

2. Immunologiyasi organizmi

3. Immunologiyasi organizm himoyasining nospetsifik omillari

Immunitet deb organizmning barcha begona agentlar, shuningdek kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va ularning toksinlarini yuqtirmaslik xossasiga aytiladi (lotincha immunitas — biror nimadan qutulish).Organizmga genetik jihatdan begona agentlar — antigen tushganda qator mexanizm va omillar ta'sirga o'tib, begona agenlarni saqlaydi va zararsizlantiriladi. Organizm himoya reaksiyalari ichki muhitning gomeostaz doimiyligi buzilishiga qarshi kurashuvchi a’zo va to'qima sistemasi immunosistema deyiladi. Immunologiya — immunitet haqidagi ta'limot bo'lib, begona moddalarga va mikroor- ganizmlarga, begona to'qima va xavfli o'smalarga nisbatan organizmning reaksiyasini o'rganadi. Immunologiya asosida tabiat kuchi bilan bo'ladigan kuzatishlardan odam o'zini yuqumli kasalliklardan sun'iy ravishda himoya qilish imkoni yotadi. Epidemiya o'chog'ida odamlarni kuzatish natijasida hamma ham kasallanavermaydi, degan xulosaga kelindi. Toun kasalligi bilan kasallanib tuzalgan bemor bu kasallik bilan qayta kasallanmaydi, qizamiq bilan faqat bit marotaba kasallanadi, sigir chechagi bilan kasal- langanlar chinchech bilan kasallanmaydi.

Ma'lumki, qadimgi xalqlar ilon chaqishidan himoyalanish uchun kesilgan teriga ilon zahari surtilgan o'simliklarni bog'laganlar, podadagi mollarni yirtqich hayvon hamlasidan himoya qilish uchun kesilgan teriga shu kasallik bilan og'rib o'lgan hayvon o'pkasi bog'langan.

Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida sun'iy emlashni birinchi bo'lib E. Jenner 1876-yil kashf etgan. L. Paster esa yuqumli kasalliklarni sun'iy himoyalash qoidalarini ilmiy asoslab bergan. U kuchsizlantirilgan qo'zg'atuvchilar bilan zarariash organizmni shu qo'zg'atuvchi bilan qayta to'qnashganda yuqmasligini isbotlab bergan. L. Paster quturish va kuydirgi kasalliklaridan himoyalovchi preparatlarni ishlab chiqqan. Keyinchalik 1.1. Mechnikovning hujayra immuniteti (fagotsitoz) va P. Erlixning (kasallik yuqmasligidagi) gumoral omillarining ahamiyati haqidagi ishlari immunologiyaning rivojlanishiga olib keldi

IMMUNITET TURLARI 1.Tug'ma immunitet 2.Orttirilgan

Tug'ma immunitet — bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo'lib, chidamlilik omillari bilan nasldan-naslga o’tishga asoslangan. Ma'lumki, odam yirik shoxli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo'g'ma bilan kasallanmaydi.Lekin tug’ma immunitet mutlaq emas, ya'ni mikroorganizm uchun qulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xosasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ortiqcha issiqlash, sovqotish, avitaminoz,garmonlarning ta'siri odam yoki hayvon uchun tegishli bo'lmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlarni sovqottirish yo'li bilan sun'iy ravishda kuyidirgi qo'zg'atuvchisini yuborgan va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi.

Orttirilgan immunitet odamda hayoti davomida orttiriladi, nasldan-naslga o'tmaydi.

Tabiiy immunitet. Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og'rib o'tgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya deyiladi). Ko'pgina hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak, toun va boshqa kasalliklardan so'ng yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda immunitetning muddati 1 yildan oshmaydi (gripp, dizenteriya va boshqalar). Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari hosil bo'ladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qo'zg'atuvchining kichik dozada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil bo'ladi (maishiy, turmish immunizatsiyasi).

Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6—8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta'minlaydi.

Sun'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) fctijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgaridan so'ng hosil bo'ladi. Masalan, ko'kyo'tal, bo'g'ma,chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi.Qo’zg’atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmiar va ular ishiab chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3—4 hafta ichida hosil bo'ladi va 1 yildan 3 oygacha saqlanadi.

Sun'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborisi, natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil bo'ladi va faqat 15—20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib ketadi. Mahailiy immunitet tushunchasini fanga A.M. Bezredko kiritgan. U organizm to'qimalari va alohida hujayralar ma'lum moyillika ega deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya qo'zg'atuvchilari kiritish uchun to'siq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy immunitetning birligi isbotlangan. Lekin alohida to'qima va a'zolarning mikroorganizmlarni yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmiar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so'ng yoki vaksinat (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi.

Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi.

Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi. Bundan tashqari organizmni kasallik qo'zg'atuvchisidan tozalanish davriga ko'ra ham bo'lishimiz mumkin.

Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).

Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.

Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z aksini topadi. Nospetsifiklik deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi yuzasidagi va organize ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi.

Spetsifik himoya omili organizm qo'zg'atuvchisi yoki toksinlaf bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu omillarning ta'siri faqat qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi . Organizmning nospetsifik himoya omili. Organizmni turli xil mikroorganizmlarning zaharlari ta'siridan himoya qiluvchi mexanik, kimyoviy va biologik omillari mavjud.

Teri. Jarohatlanmagan teri mikroorganizmlarning kirishi uchun to’siq bo'lib hisoblanadi. Bunda mexanik omillardan teri va yog' bezlari ajratmalari teridagi mikroorganizmni yo'qotishga yordam beradi. Kimyoviy omillarda ham ter (yog' va ter) bezlari ajratmalari himoya rolini bajaradi. Ular o'zida bakteriotsid (bakteriyalarni o'ldirish) xossasiga ega bo'lgan yog' va sut kislotalarini saqlaydi. Biologik himoya omillari teri normal mikroflorasining patogen mikroorganizmlarga o'ldiruvchan ta'siriga asoslangan.

Shilliq qavatlari. Turli a'zolarning shilliq qavatlari mikroorganizm kirishi uchun to'siq boiib hisoblanadi. Nafas yo'lining mexanik himoyasi tebranuvchi kiprikchalari bor epiteliylar yordamida amalga oshiriladi. Yuqori nafas yoii epiteliy kiprikchalarining harakati og'iz va burun bo'shlig'i yo'nalishi bo'yicha mikroorganizmlarni harakatla-nishiga to'sqinlik qiladi. Burun bo'shlig'idagi tukchalar ham bakte-riyalarga shunday ta'sir ko'rsatadi. Aksirish va yo'talish mikroor¬ganizmlarning chiqib ketishiga yordam beradi va aspiratsiya (nafas orqali organizmga kirishi)ning oldini oladi. Ko'z yoshi, so'lak, ona suti va organizmdagi boshqa suyuqliklar o'zida lizotsim moddasini saqlaydi. U mikroorganizmlarga o'ldiruvchi (kimyoviy) ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, shilliq qavatlarning normal mikrofiorasi biologik himoya omili sifatida patogen mikroorganizmlarga antagonist bo'lib hisoblanadi.

Yallig'lanish — mikroorganimning begona zarrachalarga nisbatan reaksiyasidir. Yallig'lanishning sabablaridan biri organizmga infeksiya qo'zg'atuvchilarining kirishidir. Yallig'lanishning yuzaga kelishi mikroorganizmni o'ldirishga yoki ulardan ozod bo'lishga olib keladi. Yallig'lanish shikastlanish o'chog'ida qon va limfa bezlarining buzilishi bilan ifodalanadi. Bu haroratning ko'tarilishi, shish, qizarish vaog'riq bilan kechadi.

Nospetsifik himoyaniag hujayraviy omillari — fagotsitoz. Yallig'lanish mexanizmining asoslaridan biri fagotsitoz — bak¬teriyalarni yutish jarayoni hisoblanadi. Fagotsitoz jarayonini birinchi bo'lib, 1.1. Mechnikov ta'riflagan. U fagotsitozni bir hujayrali amyoba-terda o'rganishdan boshlagan, amyobalar uchun fagotsitoz jarayoni oziq-ovqatlarni hazm qilish tarzi hisoblanadi. Hayvonot dunyosi nvojlanishida bu jarayonning turli bosqichi kuzatilgan. I. I. Mechnikov odamda fagotsitozni maxsus hujayralarini aniqlagan. Ular yordamida bakteriyalar yo'qotiladi, qon quyilish o'chog'ida o'luk hujayralar shimiladi va hokazo.

Organizmdagi turli xil hujayralar (leykotsitlar, qon tomirlanv,endoteliy hujayralari) fagotsitar faollikka ega. Bunday faollik harakatchan pohmorf yadroli leykotsitlarda, qondagi monotsitlar va makrofag to’qimalarda, suyak ko'migida namoyon bo'ladi. Barcha bitta yadroli fagotsit hujayralar monokular fagotsit sistemasiga kiritildi.

Fagotsitoz hujayra lizosomalarida 25 dan ortiq gidrolitik fermentlar va oqsillar mavjud. Ular antibakterial xususiyatga ega.

Fagotsitoz bosqichlari

1-bosqich. Yaqinlashish bosqichi. Fagotsit obyektiga (begona moddaga) oxirgi kimyoviy ta'sirot hisobiga yaqinlashadi. Bunda harakat musbat xemotaksis deb ataladi. 2-bosqich- yopishish bosqichi mikroorganizmlar fagotsitga yopishadi.

3-bosqich.Yutish bosqichi. Mikroorganizmlar hujayrasi begona moddalarni yutadi, fagosomalarni hosil qiladi

4-bosqich. Nobud bo'lisfi bosqichi. Fagolizosomalar hosil bo'lishi ,fermentlar va bakteriotsid oqsillar ularga tushishi natijasida qo'zg'afuvchilar nobud bo'iadi va hazm qilinadi

Mikroorganizmlaning nobud bo’lishi bilan tugallanadigan jarayon tugallangan fagasitoz deyiladi.Lekin ayrim mikroorganizmlar fagosit ichida nobud bo'lmaydi, balki ular bo'linib ko'payadi . Bularga gonokokklar, sil mikobakteriyalari, brutsellalar kiradi. Bunday jarayon tugallanmagan fegotsitoz deyiladi. Fagotsitoz ning faolligi organizmning u yoki bu qo'zg'atuvchiga irnaslik darajasi bilan aniqlanadi. Ayrim kasalliklarda fagotsitoz asosiy omil, boshqa kasalliklarda esa yordamchi bo'lib hisoblanadi,barcha hollarda hujayraning fagotsitoz xossasi yo'qligi kasallikning kechishi va oqibatini keskin yomonlashtiradi. Infeksion jarayonning rivojlanishi va immunitetning shakllanishi hujayraning qo'zg'atuvchiga birlamchi sezuvchanligiga bog'liq. Tug'ma turi bir turdagi hayvon hujayrasining boshqa patogen mikroorga-nizmlarga sezuvchanligi yo'qolishidir. Bu hodisaning mexanizmi to'liq o'rganilmagan. Ma'lumki, hujayra reaktivligi turli xil omillar ta'siriga (fizikaviy, kimyoviy, biologik) va yoshga qarab o'zgaradi.

Nospetsifik himoyaning gumoral omillari Fagotsitlardan tashqari, qonda eruvchi nospetsifik moddalar ham mavjud, ular mikroorganizmlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ularga komplement properdin, B-lizinlar, X-lizinlar, eritrin leykinlar, plakinlar, lizotsim va boshqalar kiradi.

Komplement (lotincha complemantum — qo'shimcha) mikroor¬ganizmlar va boshqa begona hujayralarni eritish xossasiga ega bo'lgan murakkab oqsil fraksiyali sistemadir. Masalan, eritrotsitlar. Komple-mentlarning bir qancha komponentlari tafovut etiladi. C,, C2, C3 va boshqalar. Komplementlar 55°C haroratda 30 daqiqa davomida parchalanadi. Uning bunday xossasi termolabillik deyiladi. Shuningdek, u chayqat- ganda, ultrabinafsha nurlar va boshqalar ta'sirida parcha¬lanadi. Komplementlar qon zardobidan tashqari organizmdagi turli xil suqyuliklarda va yallig'Ianish suyuqligida ham aniqlangan, lekin 0rqa miya suyuqligida va ko'zning oldingi kamerasida uchramaydi.

Properdin (lotincha properdi — tayyorlash) magniy ioni ishtirokida komplementni faollashtiruvchi normal qon zardobi komponentlari guruhidir. U fermentlarga o'xshash va organizmni infeksiyaga chidamliligida katta rol o'ynaydi. Qon zardobida properdin miqdorining kamayishi immunitet jarayoni faol emasligidan dalolat beradi.

B-lizinlar — odam qon zardobidagi termostabil (harorat ta'siriga chidamli) modda bo'lib, mikroblarga, asosan Gram musbat bakteriyalarga antogonistik (o'ldiruvchi) ta'sir ko'rsatadi. 63°C va UBI (ultrabinafsha nurlar) ta'sirida parchalanadi . X-lizin — harorati ko'tarilgan bemorlarning qonidan ajratib olingan termostabil modda. Komplement ishtirokisiz bakteriyaW asosan Gram manfiy bakteriyalarni lizislash xossasiga ega. 70— 100°C harorat ta'siriga chidamli.

Eritrin — hayvon eritrotsitlaridan ajratib olingan, bo'g'ma qo'zqatuvchisi va boshqa mikroorganizmlarga bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi.

Leykinlar —leykotsitlardan ajratib olingan bakteriotsid modda Issiqqa chidamli. 75—80°C harorat ta'sirida parchalanadi. Qondajud, oz miqdorda uchraydi.

Plakinlar — leykinlarga o'xshash modda, trombotsitlardan ajratib olinadi.

Lizotsim — ferment, mikrob hujayrasi qobig'ini parchalaydi,u ko'z yoshida, so'lak, qon suyuqligida uchraydi. Ko'z konyunktiyj (ko'z jildi), og'iz, burun shilliq pardalarida lizotsim modda bo'lganligj sababli ulardagi jarohatlar ma'lum darajada tez tuzaladi. Shuningdek siydik, prostata suyuqligi, turli xil to'qimalarning suyuqliklari ham bakteriotsid xossaga ega. Yuqorida aytib o'tilgan komponentlar himoya omillarining barchasi emas. Ular orasida asosiysi antiteio — immunoglobullin hisoblanadi.



Antigenlar — genetik jihatdan organizm uchun begona modda (oqsillar, nukleoproteidlar), polisaxaridlar va boshqalar, antigen ta'sirida hosil bo'ladi. Ular organizmga kirganda maxsus immunologic reaksiya bilan javob qaytaradi. Shunday reaksiyalardan biri antiteio hosil bo'lishidir. Antigenlar ikkita asosiy xossaga ega: 1) immunogenlik, ya'ni antiteio va immunologik limfotsitlarni hosil qilish xossasi, 2) maxsus antiteio va immunologik limfotsitlar bilan o'zaro ta'sirotga o'tisf xossasi. Bu immunologik reaksiyalar ta'sirida (neytralizatsiya, lizis vi boshqa) namoyon bo'ladi. Bu ikki xossaga ega bo'lgan antigenlar tola qimmatli antigenlar deyiladi. Ularga begona oqsillar, zardoblar, hujayra elementlari, toksinlar, bakteriyalar, viruslar va boshqalar kiradi. Immunologik reaksiyalar antiteio hosil qilmaydigan moddalarga boy bo'lmagan antigenlar deyiladi, ular organizmdagi tayyor anti-telolar bilan o'zaro reaksiyaga kirishadi, ular gaptenlar deb ham ataladi. Gaptenlar yirik molekular — oqsil, polisaxaridlar bilan to'la qimmatli antigenlarga aylanadi.
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling