Industrial va innovatsion iqtisodiyot


Download 162.03 Kb.
bet1/2
Sana25.07.2020
Hajmi162.03 Kb.
#124813
  1   2
Bog'liq
Sultonova Noila.Kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI




5111017- KASB TA’LIM (IQTISODIYOT) YO’NALISHI

171-KT(IQT) GURUHI TALABASI

SULTONOVA NOILANING

INDUSTRIAL VA INNOVATSION IQTISODIYOT” FANIDAN

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda hisobga olinadigan omillar”

Mavzusidagi



KURS ISHI

Topshirdi: Sultonova Noila

Qabul qildi: Aminova Maqsuda

Urganch -2020



MUNDARIJA

KIRISH.................................................................................................................... 3

I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA INVESTITSION FAOLIYAT VA INVESTITSIYALARNI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI

1.1. Investitsiya tushunchasi va uning mazmun mohiyati....................................... 5

1.2. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi……..………….....6

1.3. Investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati........................... 8

II BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONA INVESTITSION FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNI ASOSIY YO’NALISHLARI

2.1. Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida korxona investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish……………………………………………………..…………….. 13

2.2. Korxonalarda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari…………………………………………………….……………………... 17

2.3. O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati………………………...…… 19

XULOSA …………………...………...……………………………………..…. 23

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………..………….……. 25

KIRISH

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan katta iqtisodiy islohatlar olib borilmoqda. Bu islohatlarni amalga oshirish, o’z navbatida, katta miqdorda moddiy, moliyaviy, intellektual investitsiyalar manbalarini izlash, shakllantirish va umuman, O’zbekiston uchun yangi va qulay bo’lgan investitsiyaviy faoliyatni yo’lga qo’yishni taqozo etadi. Davlatimiz hozirgi sharoitda ushbu jarayonni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda, xususan, investitsiya faoliyatini huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Xorijdan jalb qilinadigan investorlar uchun turli kafolatlar beruvchi qonun va me‘yoriy hujjatlar yaratildi va ular bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan takomillashtirilib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi mustaqil O’zbekiston tarixiga jamiyatni tanada demokratlashtirish, Vatanimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, qadimiy va dono xalqimizga xos bo’lgan ijtimoiy himoyani kuchaytirishga yo’naltirilgan chuqur o’ylangan islohotlar dasturi sifatida kirishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbari “Faol investitsiya siyosati yuritayotgan mamlakatdagina milliy iqtisodiyot barqarorligi va raqobatbardoshligiga erishadi1”, degan odil fikrni ilgari surdi.

Shu bois, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha belgilangan strategik ustuvor yo’nalishlar mamlakatni 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini yaratish, “Raqamli O’zbekiston – 2030” dasturi, bank-moliya tizimini rivojlantirishga oid uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, BMT va XVF metodologiyasi bo’yicha Milliy hisoblar tizimini joriy etish, ilg’or davlat menejmenti va “aqlli boshqaruv” tamoyillariga o’tishga qaratilgan qator dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi2.

Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqidagi xabar keng islohotlar dasturi doirasida qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish mamlakatimizning investitsiya yo’nalishida ishonchli mamlakat ekanining asosiy kafolati hisoblangan xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qabul qilindi.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi iqtisodiy o’sishining bir qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo etadi. Bu sohada ro`y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan izohlanadi. Mamlakatning iqtisodiy o’sishini qo’llab-quvvatlash va jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari o’ynashi kerak.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya‘ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo’q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi3» deb ta‘kidlaganlar.



I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA INVESTITSION FAOLIYAT VA INVESTITSIYALARNI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Investitsiya tushunchasi va uning mazmun-mohiyati

Korxonalar xo’jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo’nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to’g’risida”gi qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Investitsiyalarni takomillashtirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo’yilmalarning ustuvor yo’nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonunining 3-moddasida investitsiyaning asosiy tushunchalari sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:

Investitsiyalar - qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;

investor - investitsiya faoliyati ob‘ektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub‘ekti; investitsiya majburiyati — investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning o‘zi qabul qiladigan majburiyati;

investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;

investitsiya faoliyati ishtirokchisi - investorning buyurtmalari bajarilishini ta‘minlovchi investitsiya faoliyati sub‘ekti;

reinvestitsiyalar - investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar4.


    1. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi

Mamlakatimizda investitsiya siyosatini tubdan takomillashtirish va isloh qilish, uni amalga oshirish yuzasidan zamonaviy, samarali yondashuv va mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va umuman ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilishni, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Faol investitsiya siyosatini davom ettirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha strategik va muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda samarali oʻzlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda saʼy-harakatlarni jamlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, buning asosida aholi bandligini, ularning turmush darajasi va sifati oshirilishini taʼminlanmoqda5.

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.

Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor - 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda to’gridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog’lom raqobat muhitini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga investorlar bilan ishlashda, ayniqsa, joylarda investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo’llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog’liq byurokratik to’siq va g’ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo’yicha davlat siyosatining izchilligiga bo’lgan ishonchning mustahkamligiga to’sqinlik qilmoqda6.


    1. Investitsiyalarning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati

Bozor iqtisodiyoti sharoitida qulay investitsion faoliyatni shakllantirish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. U kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ilmiy-texnika taraqqiyotining o’sish sur‘atlari va ko’lamiga faol ta‘sir ko’rsatadi, aholi salmoqli qismining bandligini ta‘minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining oqilona joylashtirilishi va rivojlanishi ko’p hollarda investitsiya faoliyatining darajasiga bog’liq bo’ladi.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va asosiy kapitallarni yaratish hamda amalda faoliyat yurituvchilarini qo’llash uchun yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarining ancha qismi investitsiya sohasi orqali o’tishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlab o’tganidek: «Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlarimiz strategiyasining juda muhim shartidir. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi7».

Ivestitsiya siyosati – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasiin ta’minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo’naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o’zaro bog’liq tadbirlar majmuidir8.

Investitsiya siyosati har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki shu siyosat orqali mamlakat ishlab chiqarish quvvatining yuqori darajada o’sishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va sifatining ortishi, moddiy va ma‘naviy ehtiyoj qondirilishi, butun davlat infratuzilmasining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Hozirgi zamon investitsiya siyosati iqtisodiy tuzilmani o’zgartirishni amalga oshiruvchi asosiy dastak bo’lib, qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish, tabiiy resurs va hududlarni o’zlashtirish, aholini ish bilan ta‘minlash, fan-texnikani rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish kabilarni hal etishga qaratilishi kerak.

Investitsiya sohasi hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyotining milliy va jahon darajasisiz mavjud bo’lishi mumkin emas. Horijiy investitsiyalardan foydalanish mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va tadbirkorlikning erkin tarmoqlariga kapitalning oqib o’tishi tizimi bilan shartlashgan ob‘ektiv zarurat hisoblanadi9. Yana shuni alohida qayd etish muhimki, investitsiya siyosiy, iqtisodiy huquqiy kafolatlangan sharoitdagina samarali natija berishi mumkin. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda davlat investitsiya jarayonining bosh tashkilotchisi bo’lish va uning asosiy vazifasi bo’lgan ijtimoiy siyosat nuqtainazaridan bosh investor bo’lishi zarur.

B.Tursunov tomonidan «Investitsiyalar (nem. Investition, lot. investio) – bu sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish va xo’jalikning boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli qo’yilma shaklida amalga oshiriluvchi sarf-xarajatlarning yig’indisidir10»deb, investitsiya mablag’lari kiritiluvchi sohalar tarmoq nuqtai nazaridan alohida ta‘kidlab o’tiladi.

D.Tojiboeva investitsiyalarni quyidagicha ta‘riflaydi: «Investitsiya deganda kelajakdagi natija uchun: ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, mahsulot va xizmatlarni sifatini yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga mo’ljallangan moliyaviy resurslar tushuniladi11». Bundan ko’rinadiki, muallif mazkur ta‘rifda investitsion faoliyat yo’nalishlariga urg’u berib o’tadi.

Shuningdek, ba‘zi manbalarda «Investitsiyalar – xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichida va uning chegarasidan tashqrida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va qimmatli qog’ozlarga kapitalning uzoq muddatli qo’yilmasi12» sifatida qaralib, oldingi ta‘riflardan farqli o’laroq, portfelli (ya‘ni, qimmatli qog’ozlarga joylashtirilgan) investitsiyalar ham ko’rsatib o’tiladi.

Ba‘zi manbalarda investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy maqsadini ochib berishga harakat qilingan ta‘riflar ham uchraydi. Jumladan, «Investitsiyalar (lot.Investire kiyintirmoq; ingl.investment) – qo’shimcha foyda olish yoki obro’- e‘tiborga ega bo’lish maqsadida, yoki mablag’larni bunday tarzda qo’yish bu sohada o’z operatsiyalarini olib borishga qaraganda ancha foydaliligi sababli kapitalni qandaydir huquqiy jihatdan mustaqil bo’lgan korxonalarga uzoq (bir yildan kam bo’lmagan) muddatga joylashtirish13» deb qaralishi bunga yaqqol misoldir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faoliyatining maqsadi bo’lib tadbirkorlik daromadi yoki foizni olish hisoblanadi. Investitsiyalar ularning qaysi soha yoki ob‘ektga qo’yilishi hamda kapitalning ishlab chiqarishdagi ishtirokidan kelib chiqqan holda moliyaviy va real investitsiyalarga bo’linadi.

Moliyaviy investitsiyalar davlat va xususiy kompaniyalar tomonidan chiqarilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, shuningdek, tezevratsiya ob‘ektlari, bank depozitlariga uzoq muddatli qo’yilmalarni ifodalaydi. Shuningdek, ba‘zi manbalarda moliyaviy investitsiyani qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro moliya-kredit faoliyati sifatida ko‗rsatiladi. Fikrimizcha, bu jarayonga faqat xalqaro darajadagi faoliyat sifatida qaralishi noto’g’ri hisoblanadi.

Moliyaviy investitsiyadan farqli o’laroq, real investitsiyalar asosiy kapital hamda material ishlab chiqarish zahiralarining o’sishiga qo’yilmani aks ettiradi.

Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning aksariyat qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi. Iqtisodiyotning davlat sektorida kapital real investitsiyalar orqali, shuningdek, kredit, subsidiyalar berish yo’li bilan iqtisodiy tartibga solish siyosati asosida qo’yiladi. Davlat investitsiyalari eng avval infratuzilma tarmoqlariga yo’naltiriladi. Investitsiyalarning samaradorligi, odatda, faol elementlarning ulushi o’sishi bilan oshib boradi.

Keng ma‘nodagi tushuncha sifatida tadbirkorlik ob‘ektlariga va faoliyatning boshqa ko’rinishlariga qo’yiluvchi mol-mulk va intellektual qiymatliklarning barcha turlari investitsiya bo’lib hisoblanib, ularning natijasida foyda olinadi yoki ijtimoiy samara qo’lga kiritiladi. «Investitsiya» so’zining bunday talqin etilishida, samara keltiruvchi qiymatliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

- pul mablag’lari, maqsadli bank omonatlari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar;

- harakatlanuvchi va ko’chmas mulklar (bino, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy qiymatliklar);

- mualliflik huquqidan kelib chiquvchi mulkiy huquq, «nou-xou» va boshqa intellektual boyliklar;

- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulkiy huquqlar va boshqalar14.

Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha barcha amaliy hatti-harakatlarining yig’indisi investitsiya faoliyatini tashkil etadi. Xususan, qarzga olingan va jalb etilgan mulkiy va intellektual boyliklarni investitsiyalashning u yoki bu ob‘ektlariga qo’yish to’g’risidagi qarorini investitsiya faoliyatining sub‘ektlari (investorlar) qabul qiladilar. Investitsiya faoliyatining sub‘ekti bo’lib investor yoki bir necha investorlar – tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat ishtirokchilari hisoblanishi mumkin15 .



II BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONA INVESTITSION FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI

2.1. Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida korxona investitsiya faoliyatini rag’batlantirish

Mamlakat iqtisodiyotidagi investitsiya faoliyatining rivojlanish darajasi shu mamlakatda olib borilayotgan investitsiya siyosati va uning natijasi qanday samara berayotganligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya siyosatining maqsadi mavjud investitsiya faoliyatining rivojlanish istiqboliga qaratilishi tabiiydir. Bu maqsad o`zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda tartibga solishdan iborat bo`lgan vazifasini xam mujassam etadi.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida qulay investitsiya faoliyati yo`lga qo’yildi. Bu Prezidentimiz tashabbusi va rahbarligida sohada olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir. Shu o`rinda yurtboshimiz tomonidan ta‘kidlangan quyidagi fikrlarni keltirib o`tish joiz: "Iqtisodiyotni tarkibiy jixatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish soxasida belgilangan yo`nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o`tkazish bilangina ro`yobga chiqadi. Uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning saloxiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda xal qiluvchi axamiyat kasb etadigan navbatdagi muxim ustuvor yo `nalish bu asosiy yetakchi soxalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratgan strategik axamiyatga molik loyixalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat".

Agar tarixga nazar tashlasak, sobiq sho`rolar davridagi markazlashgan rejali tizimda "kapital qo`yilma" tushunchasi qo`llanilgan. Ayni paytda ishlatilayotgan "investitsiya" so`zi ilgarigi "kapital qo`yilma" iborasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Zero, "investitsiya" o`zida aniq va shu bilan birga portfel investitsiyalarini hamda boshqa korxona va tashkilotlarga tegishli bo`lgan qimmatli qog`ozlar va aktivlar (pay, ulush, xissa kabilar)ni qamrab oladi16.

Demak, "investitsiya" tushunchasining mohiyati haqida so`zlaganda, uni jamg’arish, qo`yish va daromad olishdan iborat tadrijiy jarayon sifatida qarash lozim. Zero, O`zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi qonuniga ko`ra "Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog`liq xarakatlar majmui" sifatida tushuniladi. Darhaqiqat, investitsiya faoliyati yuridik shaxslar, davlat va fuqarolarning investitsiyalarni amalga oshirish buyicha jami amaliy xarakatlar yig`indisidir.

Ushbu qonun me‘yorlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, investitsiya faoliyatini resurslarni jamg’arish jarayoni bilan birga olib qaramoq lozim. Bu uning mohiyatini to`liqroq namoyon etadi. Chunki zahiralarni investitsiya qilishdan oldin ularni jamg`arish zarur. Shuningdek, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo`jalik sub‘ektlari o`rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo`jalik sub‘ektining resurslarni jamgarishi boshqalari uchun investitsiya qo`yishdan iborat bo`ladi. Masalan, xo`jaliklar ko`p xollarda investitsiya qo`yish uchun o`z mablag`lari yetmaganda qimmat baho qog`ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmat baho qog`ozlarni sotib oluvchilar uchun esa investitsiya qo`yishdir. Bu holat investitsiya faoliyatiga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo`yish bilan bog`liq harakatlari majmuasi deb qarashga asos bo’ladi.

Ma‘lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste‘mol va boshqa investitsiyalarning xamma turlari bilan bog`liq bulib, odatda, soliqlarning fiskal va tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi.

Mamlakat eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta‘minlashda investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng ko`lamda jalb qilish va investitsiya faoliyatini rag`batlantirish orqali qo`shma korxonalarni barpo etish xamda ular faoliyatini rivojlantirishga iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaralishi kerak.

Investitsiyalarning jalb etilishi milliy iqtisodiyotdagi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishda o`z samarasini beradi.

Jumladan:

• ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi ilgor texnologiyalar bilan jizohlash asosida ishlab chiqarish darajasini oshirish;

• ishlab chiqarilgan maxsulot (bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat)larning sifatini takomillashtirish va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta‘minlash;

• aholining mehnatga layoqatli qismini ish bilan ta‘minlash, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda iqtisodiy daromadlarini ko`paytirish;

• eksport hajmini oshirish orqali valyuta tushumlarini ko`paytirish;

• byudjetga to`laydigan soliqlar, ijara majburiyatlari va boshqa to`lovlar hisobiga byudjet daromadlarini shakllantirish va hokazolar.

Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilishda, albatta, ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi ham muhim o`rin tutadi.

Shu boisdan ham bunday faoliyatni va tashkil etiladigan korxonalarni rag`batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Chunki xar bir investor o`z sarmoyasini biror hududga kiritar ekan, uni befarq qoldirmaydigan va e‘tiborini tortadigan asosiy masala u yerda amal qilayotgan soliq qonunchiligi xamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir.

Bu tadbirlarni to`laqonli amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy etishda quyidagi masalalarga aloxida e‘tibor qaratilganligini ta‘kidlash lozim:

• soliq imtiyozlari samarali qo`llanilishiga aks ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olish;

• investitsiya faolligini kuchaytirish maqsadida berilayotgan barcha imtiyozlarni bir paytda taqdim etish;

• qo`shma korxonalarni rag`batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini cheklab qo`yishning va raqobat muhiti buzilishining oldini olish;

• qo`shma korxonalar ishlab chiqargan tayyor mahsulot tarkibida mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanganlik darajasiga qarab ularga soliqlardan ma‘lum yengilliklar berish;

• soliq imtiyozlarining joriy etilishi byudjet daromadlariga va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar yetkazmasligi lozim.

Qo`shma korxonalarga berilayotgan imtiyozlar davlat byudjetining daromadlar xajmiga sezilarli ta‘sir qilishi tabiiy. Ammo bunday imtiyozlar evaziga korxonalar ixtiyorida qolgan mablaglardan samarali foydalanish, qayta investitsiya qilish va faoliyatni rivojlantirish orqali kelajakda byudjet daromadlarining barqarorligini ta‘minlash ko`zda tutiladi.

Iqtisodiy o`sishga erishish uchun nafaqat investitsiya hajmini ko`paytirish, balki ular yo`nalishini va tuzilmasini to`g`ri tanlash xam muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun shunday ishlab chikarish turlari va korxonalarni tanlash zarurki, ular tezda o`zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy va texnologik samara bera olsinlar. Bunday holatda investitsiyaning tezda qaytarilishi va qanchalik samaradorligi muxim axamiyat kasb etadi. Bu investitsiya jarayonini jonlantirish uchun turtki berish, keyinchalik esa investitsiyalash uchun afzal tarmoqlar va xo`jalik yuritish sub‘ektlarini tanlashga imkoniyat yaratishi mumkin. Sarmoya kiritishni rag`batlantirish odatda soliq stavkalari miqdorini o`zgartirish, imtiyozlar va sanksiyalar qo`llash, soliq kreditlari berish, to`lov muddatlarini kechiktirish va boshqa yo`llar bilan amalga oshiriladi.

Jahondagi ko`pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasidan samarali foydalanadi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini boshqarish soliq tizimini soddalashtirish, amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, kredit siyosatini yuritish, yer xamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash va boshqalarni xam o`z ichiga oladi.

O`zbekistonda bugungi kunda davlat investitsiya siyosati quyidagi o`ziga xos ikki yo`nalishga tayanadi:

• soliq yukini yengillashtirish, mablag`larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratish;

• mablag`larni davlat byudjeti orqali to`plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish.

O`zbekistonda investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo`lgan tashkilot O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidir. Aynan ushbu vazirlik boshqa davlat tashkilotlari, organlari, banklar va kompaniyalar bilan hamkorlikda davlat investitsiya siyosatini amalga oshiradi va boshqarib boradi.


Download 162.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling