Inflyatsiyaga qarshi siyosat va inflyatsion targetlashning ahamiyati


Download 45.03 Kb.
bet1/5
Sana14.10.2023
Hajmi45.03 Kb.
#1703365
  1   2   3   4   5
Bog'liq
INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT VA INFLYATSION TARGETLASHNING AHAMIYATI


INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT VA INFLYATSION TARGETLASHNING AHAMIYATI
Reja:

KIRISH


  1. Inflyatsiyaning paydo bo’lish sabablari.

  2. Inflyatsiya va uning ko'rsatkichlari

  3. Inflyatsiyaning iqtisodiyuotdagi tasiri

  4. Inflyatsiyaga qarshi kurashish bo’yicha targetlash siyosati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’ysati

KIRISH
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, chora tadbirlari ishlab chiqiladi.
Tarix haqiqatda ham bu so’zning har tomonlama havfli ekanligini ko’rsatadi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o’sishidagina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so’zining iqtisodiy ma’nosi muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi.
Oxirigi yillarda inflyatsiya tez-tez turadigan jarayon bo’lib sifati ham uzgarib bormoqda. Buning sababi shundaki hozirgi kundagi inflyatsiya : birinchidan uzluksiz baholarning oshishiga, ikkinchidan pul muomalasining qonunning buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi bu xalq xo’jaligining turli sohalari ustida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamg’arma va iste’mol o’rtasidagi ta’lab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardan iborat. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetary pul siyosati bilan va xo’jalik faoliyati bilan bog’liq turlariga bo’linadi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo’lgan krizislar , (xomashyo yo’qligi valyuta bo’yicha ) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati oltin va valyuta zaxiralari bilan bo’ladigan noqonuniy operatsiylar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Inflyatsiya pul muomalasi sohasida AQSH ning shimoliy va janubiy shtatlari o’rtasida fuqarolar urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln. Grin bek) qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qollanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50% gacha tushib ketgan. Agar tarixga etibor beradigan bo’lsak urush va boshqa ofatlar sabablidavlat harajatlarining oshib ketishi inflyatsiya bilan uzviy bog’liq.

Download 45.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling