Infommunikatsiya qurilmalari elektr ta’minoti” fandan №3


O‘zgarmas tok uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash va loyihalash tamoyillari


Download 135.5 Kb.
bet2/3
Sana11.06.2022
Hajmi135.5 Kb.
#750335
1   2   3
Bog'liq
3topshiriwq (2)
4-практика№4, Algebra va matematik analiz fanidan lug at (R.Yarqulov, M.Barakayeva), Маъмуралиев Авазбек 1, Мустакил иш, Мустакил иш, Амалиёт-15, fulltext, sss, civil proj advt, civil proj advt, problem, integral tenglamalarni yechish metodlari — копия, VLSI Implementation of Cellular Neural N, Sayt nomi, Sayt nomi
2.2 O‘zgarmas tok uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash va loyihalash tamoyillari
2.2.1 O‘zgarmas tok uzluksiz elektr ta’minoti tizimini tanlash va hisoblash usuli

Hisoblash va loyihalashda uzluksiz elektr ta’minot tizimi (UETT) markazlashtirilgan tamoyil (2.1-rasm, a ga qarang) asosida (bitta to‘g‘rilash qurilmasi (TQ) va ikki guruhli akkumulyator batareyasi (AB)) qurilgan deb faraz qilinadi.


Loyihalashda tarmoqdan iste’mol qilinadigan maksimal quvvatni hisoblash, AB va TQsini tanlash lozim bo‘ladi. Ushbu usul UETTning xar bir AB va TQsini tanlash uchun taqsimlangan va aralash tizimlar ham o‘rinli hisoblanadi.
Hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar:
– o‘zgarmas tok qurilmasining ta’minot kuchlanishi, ;
– o‘zgarmas tok qurilmasining maksimal toki, ;
– akkumulyator batareyalari orqali ishlash davomiyligi, ;
atrof-muhit harorati, ;
– avariyaviy yoritish tizim turi (o‘zgarmas ( ) yoki o‘zgaruvchan ( ) tokda);
– avariyaviy yoritish tizimining ta’minot kuchlanishi, ;
– avariyaviy yoritish tizimining maksimal toki, .
Hisoblash natijalari:
ABsining modeli;
– kerak bo‘ladigan ABlar soni;
– TQsining modeli;
– TQning birliklari soni (modullar, bloklar);
– tizim tomonidan tarmoqdan iste’mol qilinadigan maksimal quvvat (to‘liq quvvat - , aktiv quvvat - va reaktiv quvvat - ).
Hisoblashning birinchi bosqichida talab qilinadigan akkumulyator batareyalarining elementlar sonini aniqlashdan iborat.
ning taqribiy qiymati qo‘yidagi formula bilan aniqlanadi:


, (2.16)

bu erda – qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyator batareyasi elementidagi nominal kuchlanish.


Shundan so‘ng, tok taqsimlash tarmog‘idagi (TTT) kuchlanish yo‘qotishlarining umumiy darajasi o‘rnatiladi, bu 4% dan oshmasligi kerak va TTTdagi kuchlanishning maksimal pasayishi aniqlanadi:


. (2.17)

AB elementidagi kuchlanish gacha pasaysa, ABning razryadi oxirida uning klemmalaridagi kuchlanishning qiymati aniqlanadi:




(2.18)

AB elementidagi kuchlanish maksimal bo‘lsa , turg‘un zaryad rejimi qo‘yidagicha hisoblanadi:




(2.19)


va kuchlanishlar infokommunikasiya korxonalarining elektr ta’minoti qurilmalari talabidan kelib chiqqan holda aniqlanga ushbu uchun maqbul qiymatlar oralig‘ida bo‘lishi kerak.


,
. (2.20)

Agar (2.20) shart bajarilmasa ABdagi elementlar soni ko‘paytiriladi yoki tok taqsimlash tarmog‘idagi kuchlanish pasayishini kamaytirish kerak.


(2.17) - (2.19) formulalar uchun hisoblashlar (2.20) shart bajarilguncha takrorlanishi kerak.
ABdagi elementlar soni tanlangandan so‘ng, nominal razryad toki ni aniqlaymiz.
Agar korxona avariyaviy yoritish tizimida o‘zgaruvchan tokdan foydalansa, razryad toki qurilmaning maksimal tokiga teng bo‘ladi:


(2.21)

Aks holda, akkumulyator batareyasi qo‘shimcha ravishda elektr ta’minoti va avariyaviy yoritish tizimlarini ta’minlashi kerak:




(2.22)

ABining minimal umumiy sig‘imi:




(2.23)

bu erda – ABning samaradorlik koeffitsienti bo‘lib, zaryadsizlanish tezligi oshishi bilan ABsig‘imining pasayishini hisobga oladi.


ning taxminiy qiymatini berilgan ish vaqti davomida 2.5-jadvaldan aniqlashimiz mumkin:
2.5-jadval
Akkumulyator batareyalarinig sig‘imi bo‘yicha samaradorlik koeffitsientining tavsiya etilgan qiymatlari



, soat

≥10

9

8

7

6

5

4

3

2

≤1



1

0,97

0,94

0,91

0,89

0,83

0,8

0,75

0,61

0,51

Infokommunikasi korxonalari ikki gruhli ABlardan foydalanganligi sababli, bitta guruhning talab qilinadigan batareya sig‘imi sig‘imning yarimiga teng bo‘lishi kerak:




(2.24)

Olingan AB qiymati butun bo‘lishi kerak (toq sondagi ABlarni o‘rnatib bo‘lmaydi), aks holda boshqa AB modulini tanlash lozim bo‘ladi.


ABlarning umumiy soni, :


(2.26)

ABlarning umumiy sig‘imi, :




(2.27)

ABlar tanlanganidan keyin to‘g‘rilash qurilmasini (TQ) tanlanadi. TQdagi maksimal tok ABlar zaryadsizlangada avariya rejimidan keyingi rejimda iste’mol qilinadi, ABdagi zaryad toki esasig‘imning 25% ga etishi mumkin.




(2.28)

Bunday holda tizimning TQsining umumiy maksimal toki qiymatga erishadi:




(2.29)

Maksimal tokning va nominal kuchlanishning qiymatlari qurilmalarni etkazib beruvchi kompaniyalarning kataloglaridan to‘g‘rilagichga kerakli tokni ta’minla bera oladigan TQ tanlanadi. 2.7-jadvalda keltirilgan texnik xarakteristikalardan kerakli to‘g‘rilagich qurilmasi tanlab olinadi.


2.7-jadval
To‘g‘rilagich qurilmalarning texnik xarakteristikalari



Ishlab chiqaruvchi, turi

Modeli

Bitta to‘g‘rilagichdagi parallel modullar soni

Kuchlanish, V

Maksimal chiqish toki, A (bitta moduldagi tok)

,
,
,


, raqamli nazorat
( , sifrovoy kontrol)


1…4

24

148 (37)

45

83 (21)

60

66 (17)

,
,


, raqamli nazorat (sifrovoy kontrol)

1…7

24

260 (37)

48

144 (21)

60

116 (17)

, raqamli nazorat (sifrovoy kontrol)

1…14

24

520 (37)

48

288 (21)

60

232 (17)

, raqamli nazorat (sifrovoy kontrol)

1…21

24

780 (37)

48

432 (21)

60

348 (17)

IBP «Svyaz injiniring»,

, analogli nazorat qurilmasi (analogovaya apparatura kontrolya)

3, 4, 6, 7

24

308 (44)

2, 3, 4, 8, 9, 12

48

264 (22)

2, 3, 4, 6, 8, 9

60

171 (19)

IBP «Svyaz injiniring»,

, raqamli nazorat (sifrovoy kontrol),
,

3, 4, 9

24

396 (44)

2, 3, 4, 9, 12, 18, 24

48

528 (22)

3, 4, 7, 9

60

171 (19)

, raqamli nazorat (sifrovoy kontrol),
,

3, 6, 9, 12

24

1200 (100)

3, 6, 9, 12

48

600 (50)

3, 6, 9, 12

60

480 (40)

, raqamli nazorat (sifrovoy kontrol),
,

4, 6

24

132 (22)

4, 6

48

66 (11)

4, 6

60

54 (9)

,
,





1…4

60

60 (15)

1…4

48

80 (20)

1…6

48

120 (20)

1…3

24

60 (20)

1…3

24

120 (40)

1…5

24

200 (40)

1…10

24

400 (40)




1…12

60

300 (25)

1…8

60

200 (25)

1…12

48

360 (30)

1…8

48

240 (30)

1…4

48

120 (30)

Eslatma: Sanoat tug‘rilagich qurilmalarining chiqish kuchlanishining nominal qiymati kamida ±10 % atrofida boshqarish mumkin.

O‘zgaruvchan tok UETMni tanlashga o‘xshab, TQni tanlashda undagi modullar sonini zaxirasi bilan aniqlash kerak:




(2.30)

bu erda – modulning maksimal toki; – parallel ulanishni hisobga olish koeffitsienti. Bu koeffitsient TQ modullari orasida mumkin bo‘lgan yuklamalarni notekis taqsimlanishini hisobga oladi.


Olingan ning qiymatini katta tomonga yaxlitlash kerak. Biroq, kerakli modullar soni ushbu qurilmaning maksimal modullar sonidan oshmasligini ta’minlash kerak, :


(2.31)

Modullar sonini aniqlashda shuni e’tiborga olish kerakki, ayrim TQ modellari faqat belgilangan miqdordagi modullar bilan ishlay oladi, masalan, 3, 6, 9. (2.7-jadvalga e’tibor qarating).


Modullar sonini ga teng qilib tanlash xatolikka olib keladi, chunki bu TQ modullari 7 ta modullar (yoki 6, 9 modullar) bilan ishlay olmaydi.
Akkumulyator batareyasi elementidagi kuchlanish minimal ( ), tok esa maksimal bo‘lganda UETT ning maksimal aktiv quvvati avariyaviy rejimdan kiyingi rejimda tarmoqdan iste’mol qiladi:


(2.32)

bu erda –tanlangan TQining foydali ish koeffitsienti.


O‘zgarmas tok UETTninig iste’mol qiladigan to‘liq quvvati, :


(2.33)

bu erda - tanlangan TQining quvvat koeffitsienti.


O‘zgarmas tok UETTning reaktiv quvvati:


(2.34)



Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling