Informatika bobobekov sh. R., 2020 y


Download 384 Kb.
Sana17.09.2020
Hajmi384 Kb.
#129983
Bog'liq
2-MA'RUZA

  • INFORMATIKA
  • BOBOBEKOV SH.R., 2020 y.
  • Mavzu: Kompyuterda axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari
  • Reja:
  • Sanoq sistemalari haqida.
  • Tarixiy ma’lumotlar.
  • Sanoq sistemalari turlari.
  • Tayanch tushunchalar: Sanoq sistema, turlari, tarixi, qo’llanilishi, misollar.
  • Darsning maqsadi:
  • Kompyutering asosi bo’lgan sanoq sistemalari, tarixi va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo’lishi
  • INFORMATIKA KURSI
  • Sanoq sistemalari haqida
  • Hozirgi kunda sanoq sistemasi informatika fanida juda muhim roʻl oʻynaydi. Bizning kundalik hayotimizda qoʻllanilayotgan oʻnlik sanoq sistemasi hozirgidek yuqori koʻrsatkichni tez egallamagan. Turli davrlarda turli xalqlar bir-biridan keskin farqlanuvchan sanoq sistemalaridan foydalanganlar.
  • Odamlar oʻrtasida muomala vositasi boʻlmish til kabi sonlarning oʻz tili mavjud boʻlib, u ham oʻz alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlarni ifodalash uchun qoʻllaniladigan belgilardan iboratdir 0,1,2,…,9 yoki rim raqamlari I, II, V, X, L, C, M, H,…, sonlar alifbosining elementlari hisoblanadi. Turli davirlarda turli halqlar, qabilalar raqamlar va sonlarni ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar. Masalan, qadimgi Misirda raqam va sonlarni ifodalashda 3.1.1-rasmda keltirilgan belgilardan foydalanilgan.
  • INFORMATIKA KURSI
  • INFORMATIKA KURSI
  • Masalan, qadimgi meksikaliklar (steklar) 402 sonini 3.1.1-rasmda ko‘rsatilgan belgidek belgilaganlar. Ma’lumki, harflardan iborat alifboni qoʻllashda ma’lum qonun-qoidalarga amal qilinadi. Sonli alifbodagi belgilardan foydalanishda ham oʻziga hos qoyidalaridan foydalaniladi. Bu qoidalar turli alifbolar uchun turlicha boʻlib, mazkur alifboning kelib chiqish tarixi bilan bogʻliq. Masalan bir kunlik hayotimizda qoʻllayotgan sonlar alifbosi oʻnta arab raqamini oʻz ichiga olgan boʻlib, uning kelib chiqishida va qoʻllanilishida tabiiy hisoblash vositasi boʻlishida qoʻl barmoqlarimizning oʻrni katta.Oʻz ichiga oʻnta raqamni olganligi uchun ham bu alifbo oʻzining barcha qoidalari bilan birgalida oʻn raqamli sanoq sistemasi deb ataladi.
  • INFORMATIKA KURSI
  • Qadimda ba’zi halqlar tomonidan foydalanilgan sonlar alifbosi beshta (qadimgi Afrika qabilalarida), oʻnikkita (ingilizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (XVIXVII asrlarda Amerika qit’asida yashagan atstek, mayya qabilalarida); oltmishta (qadimgi Bobilda) belgilarni oʻz ichiga olgan. Ular mos ravishda ygirmata raqamli (qisqacha yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanish qabul qilingan. Soatning oltmishga, sutkaning oʻn ikkiga karaligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, ingilizlarda uzunlik oʻlchov birligi boʻlmish 1 futning 12 dyumga tengligi shu kabi sanoq sistemalarning qoʻllanilishi natijasidir.
  • .
  • INFORMATIKA KURSI
  • Inson har bir sanoq sistemani ishlatganda ma’lum vositalardan ham foydalangan. Masalan, oʻn ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qoʻl barmoqlaridagi boʻgʻinlardan foydalanilgan. Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb yuritiladi. Sonlar alifbosiga kiritilgan belgilar raqamlar va ular yordamida hosil qilingan boshqa belgilar sonlar deb yuritiladi. Masalan, oʻnlik sanoq sistemasida 5, 6, 8 – bu raqamlar, ammo 658 – bu son. Inson hayotida keng tarqalgan sanoq sistema bu oʻnlik sanoq sistemasidir. Bunda raqamlar oʻzi turgan oʻringa koʻra turlicha miqdordorni anglatadi. Masalan; a) 9 (toʻqqiz) – birlik; 90 (toʻqson – oʻnlik; 900 (toʻqqiz yuz ) – yuzlik.
  • INFORMATIKA KURSI
  • Buyuk bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy dunyo ilim-faniga gʻoyat ulkan hissa qoʻshdi. U algebra fanining asoschisi boʻldi. “Algebra” soʻzining oʻzi esa uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan boʻlib, hozirgi kunda biz foydalanadigan oʻnlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Evropada tarqalishiga sabab boʻldi. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy oʻrin oldi. Uning geografiyaga doir asari esa arab tilida oʻnlab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Xorazmiyning “Ziji” Evropada ham, Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning rivojlanish yoʻlini koʻrsatib berdi.
  • INFORMATIKA KURSI
  • Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan oʻnlik pozitsion hisoblash sistemasining Evropada, qolaversa butun dunyoda keng tarqalishida muxum ahamiyat kasb etdi. Evropaga hind raqamlari arablar orqali tarqalganligi uchun “arab raqamlari” deb nomlana boshlagan va hozir kunda ham shunday deb nomlanib kelinmoqda. Evropaliklar uzoq vaqtgacha hind raqamlariga asoslangan hisob tizimini “algorizmi” deb nomlab keldilar va XVI asr oʻrtalariga kelibgina bu nom “arifmetika” iborasi bilan almashtirildi. Shundan keyin to hozirgi kungacha “algorizm” yoki “algoritm” deganda har qanday muntazam hisoblash jarayoni tushuniladigan boʻldi. Bu ibora bilan al-Xorazmiyning nomi fanga abadiy muxirlanib qoldi
  • INFORMATIKA KURSI
  • Hozirgi kungacha kompyuter tushunadigan va shu sanoq sistemada amal olib boradigan sistema bu ikkilik sanoq sistemasidir. Asosiy sanoq sistemalariga 2,8,10,16 lik sanoq sistemalarni misol sifatida keltirish mumkin.
  • INFORMATIKA KURSI
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • .

Download 384 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling