Informatika o‘qitish metodikasi


Download 21.74 Kb.
Sana17.03.2023
Hajmi21.74 Kb.
#1279676
Bog'liq
09-мавзу. Информатика ва ахборот технологиялари фанларининг тузилиши


9-мавзу. Информатика ва ахборот технологиялари фанларининг тузилиши
“Informatika o‘qitish metodikasi” kursi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan mutaxassilik fanlarini o‘qitishda muhim o‘rin tutib, fanlarning nazariy va metodik ta’minotini bilishi va ularni o‘quvchilarga etkazib berishini ko‘zda tutadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarda Informatika mutahassisligidagi fanlarni o‘qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.
Informatika o‘qitish metodikasi kursini o’rganish natijasida bo‘lajak fan o‘qituvchisi quyidagi bilimlar va ko‘nikmalar ega bo’ladi:
- informatika va axborot texnologiyalari fan va o‘quv predmeti sifatida, informatika va axborot texnologiyalarini ta’lim tizimida o‘qitishning metodik tizimi, uning asosiy komponentalarining xarakteristikalari; o‘qitishning maqsadi va vazifalari; pedagogik funksiyalari; o‘qitishning tuzilmasi va mazmuni;
- davlat ta’lim standartlari; o‘qitishda uzviylik va uzluksizlik; o‘quv va metodik adabiyotlar tahlili; dasturiy ta’minot; o‘quv jarayonini rejalashtirish; o‘qitishda asosiy didaktik prin­siplar; o‘qitishning tashkiliy shakllari; o‘qitishni nazorat qilish va natijalarini baholash usullari; reyting tizimi, testlash; o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovasion metodikalar va interfaol usullar; informatika va axborot texnologiyalari xonasi va unda mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi; informatika va axborot texnologiyalari kursining asosiy bo‘limlarini o‘qitish metodikasi.
Informatika o‘qitish metodikasi kursini bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  • informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida tutgan o‘rni va roli, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodlari va texnologiyalari tarixi, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha yaratilgan darsliklar, qo‘llanmalarning xususiyatlariga doir bilimga;

  • informatika o‘qitish metodikasining matematika va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodlari, texnologiyalari, ularning nazariy asoslari, umumiy o‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi, mazmuni va vazifalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi, mazmuni va vazifalari, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda didaktik tamoyillar, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda uning qismlari va boblariga xos xususiyatlari, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni ko‘nikma, informatika va axborot texnologiyalariga o‘quvchilarda mehr uyg‘ota olish ko‘nikmasiga;

  • informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning zamonaviy metod va texnologiyalarini qo‘llay olish, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda ilg‘or metodik tajribalarni umumlashtira olish, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha mustaqil tahsil olishga o‘quvchilarni yo‘llash, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholay olish, informatika va axborot texnologiyalari darslari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha talab qilingan barcha hujjatlarni yuritish, informatika va axborot texnologiyalari darslarini rejalashtirish malakasiga ega bo‘lishi lozim.

Informatika o‘qitish metodikasi kursi 5110700–Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishida umumkasbiy fanlar blokidagi asosiy fanlardan biri hisoblanib, 5–6–semestrlarda o‘qitiladi. Informatika o‘qitish metodikasi kursi “Informatika”, “Psixologiya”, “Pedagogika” fanlari bilan bog’liq.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari va shu yo‘nalishdagi fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi kurs hisoblanadi.
Informatika o’qitish metodikasi kursi quyidagi maqsadni ko‘zda tutadi:
- bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika va axborot texnologiyalari fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika sohasi bo‘yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlash;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim-tarbiya sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqida tassavvurlarini rivojlashtirish va hamda chuqurlashtirishdir.
Informatika o‘qitish metodikasi kursining vazifasi - bo‘lajak informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan informatika va axborot texnologiyalari fanlarining ahamiyatini, uning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, informatika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishdan iboratdir.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi pedagogikaning informatika fanini umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiya fanini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo’limi hisoblanadi.
Bo’lajak informatika o’qituvchisi o’sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan informatika va axborot texnologiyalari fanlarining ahamiyatini, uning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, informatika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi bo’yicha talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar:

  • informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;

  • informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;

  • informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;

  • axborot tizimlari va texnologiyalarini o’qish-tarbiya jarayonida nima maqsadda va qanday qo’llash mumkinligi;

  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash.

Bo’lajak informatika o’qituvchisi yangi axborot texnologiyasini, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni chuqur o’rgangan, shunungdek, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitida ishlash uslublarini egallagan bo’lishi lozim
Informatika o‘qitish metodikasi kursining mazmuni: Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasiga kirish. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish uslubiyoti kursi va uning bo’lajak informatika o’qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni. Informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida tutgan o’rni va roli. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog’liqligi. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodlari va texnologiyalari tarixi. O’qitishning asosiy didaktik tamoyillari va ulardan informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda foydalanish. Informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha yaratilgan darsliklar, qo’llanmalarning xususiyatlari.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini tuzilishi. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi. Umumiy o'rta ta`lim maktablarida “Informatika” kursining tizimi va mazmuni. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Informatika” va “Axborot texnologiyalari” kurslarining mazmuni.
Akademik litsey, kasb – hunar kollejlari va umumiy o'rta ta`limda informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning o’quv-metodik va dasturiy ta’minoti.
O’quv-metodik ta’minot. Informatika fanining o’quv-metodik ta’minoti. O’quv-metodik ta’minotining yangi avlodi. Elektron o’quv-metodik ta’minoti va uning turlari. Informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo’yicha o’quv qo’llanmalar hamda didaktik materiallar. O’quv va metodik adabiyotlar tahlili. Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minoti. Pedagogik vositalar va ularning turlari, tavsifi.
Informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning metodik tizimi. Informatika va axborot texnologiyalarini umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda o’qitishning metodik tizimi, uning asosiy komponentalarining xarakteristikalari. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnolgiyalarini o’qitishning maqsadi va vazifalari.
Informatika kursining pedagogik funksiyalari. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning tuzilmasi va mazmuni. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda asosiy didaktik prinsiplar. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning tashkiliy shakllari. O’qitishni nazorat qilish va natijalarini baholash usullari. Reyting tizimi, testlash. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovasion metodikalar va interfaol usullar. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitish shakllari va uslublari.
O’qitish uslubi. Informatika kursini o’qitish uslubi muammolari. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O’qitishning interaktiv uslublari.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning vositalari. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va Web texnologiyalar - o’qitishning vositalari sifatida. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo’yicha amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari, mazmuni va o’tkazish metodikasi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo’yicha mustaqil ishlar mazmuni va o’tkazish metodikasi. Informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha darsdan tashqari ishlar.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standartining mazmuni. Ta’lim darajasi. O’quvchilarning tayyorlanish darajasini va standart aniqlaydigan va uni baholaydigan tizimiga qo’yilgan talablar.
Informatika va axborot texnolgiyalaridan umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun davlat ta’lim standartlari.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda uzviylik va uzluksizlik.
Informatika va axborot texnologiyalari kurslarida o’quvchilar bilimini nazorat qilish shakl va usullari. Test asosida o’quvchilarni bilimini nazorat qilish shakl va usullari. Test turlari. Kompyuter asosida test olish.
Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari xonasi. Zamonaviy informatika xonasi vazifalari va maqsadi. Zamonaviy informatika xonasini jixozlash. O’qituvchi va o’quvchi ish joylari. Texnika xavfsizlikligi talablari. Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Zamonaviy informatika xonasida Internet, Intranet va lokal tarmog’i asosida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish. Informatika va axborot texnologiyalari xonasi va unda mashg’ulotlar o’tkazish metodikasi. Informatika va axborot texnologiyalari kursining asosiy bo’limlarini o’qitish metodikasi.
Informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish tizimi. Informatika darslariga va zamonaviy informatika xonasida darslarni o’tkazishga tayyorlash va rejalashtirishning ajralib turuvchi xususiyatlari.
O’quv jarayonini tematik va xar bir darsni rejalashtirish. Darslar tizimini tayyorlash. Dars rejasi, uning asosini tashkil etuvchilari. Dars taxlili.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari mashg’ulotlarning vazifalari va shakllari. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari ishni tashkillashtirish tamoyillari. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar o’tkazish. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiada masalalar yechish.
Boshqa fanlarni o’qitishda informatikaning ahamiyati. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari. Zamonaviy informatika xonasida boshka fanlari bo’yicha darslarini o’tkazish haqida. Informatikaga oid yangi axborot texnologiyasi vositalari va ulardan foydalanish usullari.
Informatika va axborot texnologiyalarining maxsus metodikasi. Informatikani o’qitishning maxsus masalalari. Informatikaning asosiy tushunchalari. Informatikaning asosiy mavzularini o’rganish.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari. Informatika kursini mustaqil O’zbekistonimizning rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati. Informatikani o’qitishda Web texnologiyalardan foydalanish. Informatikani o’qitishda masofaviy texnologiyalaridan foydalanish.

Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir. Informatika fani XX asrning 50-yillarida yuzaga keldi. Bu fan Respublikamizda 1985-86 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quv predmeti sifatida o’qitilib kelmoqda.


Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan jarayon) larning qonuniyatlarini o’rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo’lib, ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to’plash, qidirish va iste’molchiga berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’zida aks ettiradi.
Informatika atamasi frantsuzcha «information» (axborot) va «automatique» (avtomatika) so’zilaridan hosil bo’lib, axborotni avtomatik qayta ishlash ma’nolarini anglatadi. Ingliz tilida bu fan Somputer sciene (kompyuter texnikasi haqidagi fan, kompyuter ta’limi, kompyuter bilimlari) deb yuritiladi. Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlagan bo’lsa-da, uning alohida fan sifatida ajralishi 40-50 yillarga to’g’ri keladi. Ma’lumki, bu davrda tarixda birinchi EHM yaratilgan edi. (1943-1945 yillarda AQShda ENIAK deb nomlangan elektron hisoblash mashinasi). Birinchi EHM yaratilgandan so’ng Informatika fani yanada rivojlanib hozirgi taraqqiyot darajasiga etdi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keladi, unga asoslanadi, kompyutersiz mavjud bo’la olmaydi va o’z navbatida, uning rivojiga, yangilanishiga o’z hissasini qo’shadi.
Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli ravishda o’rganuvchi fandir.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda informatika fanini o’rganish uch bosqichda olib boriladi:
1. Umumiy o’rta ta’lim bosqichi. Bu bosqichda informatika kursning tanishuv qismi amalga oshiriladi va kursning nomi Informatika va hisoblash texnikasi asoslari deb nomlanadi.
2. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bosqichi. Bu bosqichda informatika kursi to’liq o’rganiladi va kurs Informatika va axborot texnologiyalari deb nomlanadi.
3. Oliy ta’lim bosqichi. Bu bosqichda informatika fani to’liq o’rganilib, turli sohalarga qo’llash masalalari hal qilinadi.
Bu bosqichlarda informatika fanini o’rganish ketma-ketligi Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari asosida yo’lga qo’yilgan va ular bir-birining davomi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika fani 8-9 sinflarda (8-sinfda haftasiga 1 soat, jami 34 soat, 9-sinfda haftasiga 2 soat, jami 68 soat) o’qitilmoqda. Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi va jaxonda axborotlashtirish masalasiga e’tiborning oshishi Informatika fanining o’rganilishini quyi sinflardan boshlashni talab etmoqda. Bu Respublikamizning ta’lim sohasidagi istiqbol rejalarida ko’rsatib o’tilgan. 2006-2007 o’quv yilidan boshlab Respublikamiz umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinfida Informatika fani 2 haftada 1 soatdan, jami 17 soatga mo’ljallangan o’quv dasturi asosida sinov tariqasida o’qitila boshlandi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi kursi o’quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi birinchi navbatda informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi. O’zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fiziologiya va psixologiya fani tomonidan o’rgatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan informatikaning fan sifatida o’ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o’rni va rolidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda informatikani o’qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: o’quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish; o’quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustaxkam va ongli o’zlashtirib olishlarini ta’minlash; o’quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko’rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish; hayotida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish va h.
Informatika predmetining pedagogik funktsiyalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishdagi qo’shadigan o’ziga hos hissasi bilan aniqlanadi. Ularga quyidagilarni keltirish mumkin: 1) O’quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va ularni tafakkurini rivojlantirish. Bu vazifa informatika o’qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir; 2) Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida ishtirok etadi; 3) Milliy mafkura ruhida tarbiyalash; 4) O’quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. O’quvchilar tomonidan informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o’rgatish bilangina, o’quvchilarning informatikani fan sifatida uning o’ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin.
Bundan tashqari informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to’g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o’quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o’zlarini yo’qotib qo’ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko’rsata oladilar. Shuningdek, amaliy ish o’quvchilarning dunyoqarashini oshirishi va uni yangi faktlar bilan boyitishi bilan bir qatorda, informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to’liq va mustahkam bo’lishini ta’minlaydi.
Informatikani o’qitish uchun informatika o’qituvchisi avvalo informatika fanini, uning usullarini va rivojlanish tarixini chuqur egallagan bo’lishi lozim.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi kursi bu informatikani o’quv predmeti sifatida va turli yoshdagi o’quvchilarga informatikani o’rgatish jarayonining qonuniyatlarini o’rganadigan kursdir.
Informatika fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O’zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil bo’lib umumta’lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetining kiritilishi bo’ldi.
O’zbekistonda Informatikani o’qitish bo’yicha dastlabki ilmiy tadqiqotlar M.Ziyoxo’jayev, A.Abduqodirov, U.Yuldashyev, R.Boqiyev, I.Isoqov, F.Zakirova, T.Azlarov, B.Boltayev va boshqalar tomonidan olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga yangi bo’g’in, o’rta-maxsus va kasb - hunar ta’limining kiritilishi bilan, ushbu bo’g’in informatika o’qituvchilari uchun informatika o’qitish metodikasini yaratish dolzarb muammolardan biri bo’lib qoldi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanida quyidagi asosiy masalalar ko’rib chiqiladi: informatikani o’qitishning maqsadi va vazifalari; o’quv predmeti sifatida informatikaning mazmunini aniqlashtirish; informatikaning o’quv materiallarini qanday ketma-ketlikda joylashish va o’quvchilarga etkazish yo’llari; informatikadan o’quv materialini to’liq va chuqur o’rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak va hokazo.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi oldiga an’anaviy savollar uchligi qo’yiladi: 1) informatikani nima uchun o’rganish kerak (ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)? 2) nimani o’rganish kerak (ya’ni, mazmunni aniqlash)? 3) informatikani qanday o’rgatish kerak (ya’ni, tanlab olingan o’qitish shakli doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasini o’rganishning maqsadi o’qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.
Informatikada nimani va qanday o’qitish kerak degan savolga javob olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda informatikani o’qitish vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu vazifalar barcha umumilmiy fanlar uchun umumiydir. Shuning bilan birga uzluksiz ta’lim tizimida informatikani o’qitish kontseptsiyasi va davlat ta’lim standartlariga asosan bu vazifalarni informatikani o’qitishdagi o’ziga xos tomonlarini tahlil etish lozim.
Informatika o’qitish mazmunini aniqlashda informatikaning fan va ikkinchi tomondan o’quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak. Informatika fani va o’quv predmeti bir-biridan avvalam bor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika o’quv predmeti informatika fanidan o’quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo’ladigan ma’lumotlarnigina oladi.
Informatika o’quv predmeti sifatida o’quv dasturlari va darsliklarda o’z aksini topadi. Informatika o’quv predmeti tarkibiga kiritilgan o’quv materialining hajmi to’g’risidagi masala hal etilgandan so’ng, ushbu o’quv materiali o’quvchilarga qanday ketma-ketlikda yetkazib berish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash lozim. Informatika o’qitish uslubiyotining hususiyatlaridan biri o’quvchilarni informatikaning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko’nikmalarini olishning usul va yo’llarini belgilash lozim. Bularga o’quv materialini o’rganish usullari va zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi.
Informatikadan mashg’ulotlarni samarali o’tkazish uchun tegishli material baza, ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo’lishi lozim. Havfsizlik texnologiyalar konfiguratsiyasining samaradorligi zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ushbu masalalarni birlashtirish informatika o’qitish uslubiyotining yana bir masalasini tashkil etadi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasining asosiy masalalari qatoriga informatika kursining barcha bo’limlarini bayon qilish mahoratini nuqtai nazaridan qarab chiqish kiradi. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi Informatika o’quv predmetini o’qitish uchun o’quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotni tadqiq etish va ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir shaxobchasi sifatida qarash mumkin.
Download 21.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling