Informatika va at


Download 125.18 Kb.
bet1/2
Sana06.06.2020
Hajmi125.18 Kb.
#115608
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish 2 Aliyev AIVB


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI



Namangan muhandislik-qurilishINSTITUTI
ENERGETIKA VA SANOATNI AXBOROTLASHTIRISH FAKULTETI
“INFORMATIKA VA AT”

KAFEDRASI


Axborotni bosharish tizimlarining instrumental vositalari

fanidan


MUSTAQIL ISHI


Bajardi: 14-IAT-18 guruh talabasi Aliyev A

Tekshirdi: Imomnazarov E







Namangan – 2020

Mavzu: Reversiv p‘otensiometrik datchiklarni tekshirish

Reja:

Kirish


  1. Elektrkontaktli datchiklar

  2. Pоtеntsiоmеtrik datchiklar

  3. Tеnzоmеtrik datchiklar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyot

Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo’lib, bu soha avtomatik boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish printsiplari va bu tizimlarda qo'llaniladigan texnik vositalar bilan shug‗ullanadi. Avtomatika so‗zi grekcha so’zdan olingan bo’lib, o’zi harakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya‘ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug’ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo’lish davrida ishlatila boshlandi.

Avtomatik qurilma Polzunov bug‗’mashinasi (1765 y.) yaratilgan. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o‗rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy printsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 yilda ishlab chiqildi. Texnikaning rivojlanishi va odamlarning og’ir qo’l mexnatidan bo’shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo’shimcha elementlarsiz mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi.

Bu esa o’z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi.

Avtomatika-mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog’onasi hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo’ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini

yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko’plab jarayonlar uchun xizmat qiladi.

Ishlab chiqarishini avtomatlashtirish jarayoni umuman olganda uch davrga bo’linadi.

Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Jarayonning ayrim parmetrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida o’rnatilgan yirik o’lchamli asboblarning ko’rsatishiga muvofiq ravishda rostlanadi. Bunda asboblarni mashina va uskunalar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug’dirmaydi.

Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko’rsatadigan yirik o’lchamli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o’lchash asbobi, rostlagich va topshirgich joylashtiriladi.

Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtrish. Bunda rostlash alohida shchitga o’rnatilgan asboblar bo’yicha olib boriladi. Yirik o’lchamli asboblardan foydalanish bu shchitni bir necha metrga cho’zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu davrida shchitdagi asboblarni hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo’ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik o’lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.

Uchinchi davr – to’liq avtomatlashtirish davri. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, barcha

Jarayonlar yagona dispetcherlik punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish extiyoji paydo bo’ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o’lchash va rostlash asboblari (yirik gabaritli) shchitdan tashqariga o’rnatiladi.
Avtomatik qurilmalar elementlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

 ish rejimi boshqaruvining sezgir elementlari;

 elektrik o‗zgartirgichlar(datchiklar va elektromagnitli relelar);

 avtomatikqurilmakuchaytirgichlari(magnitli,elektrovakuumli, yarim o’tkazgichli, porshenli kuchaytirgichlar);

 mexanizmlarning burchak holatlarini o’lchovchi potensiometrlar, aylanuvchi transformatorlar);

 teskari aloqaning richagli, elektromexanik, pnevmatik, elektronli va boshqa

elementlari;

 avtomatik qurilmalarning ijro etuvchi mexanizmlari(elektrli, gidravlik,

pnevmatik va boshqa turli).

Har qanday boshqarish jarayoni to‗rtda tashkil etuvchilarga bo’linishi mumkin:

1) ob‘yekt holati parametrlarining qiymatini berish yoki boshqarish haqidagi

ma‘lumotni olish;

2) ob‘yekt holati haqidagi ma‘lumotni olish;

3) olingan ma‘lumotni qayta ishlash va qaror qabul qilish, ya‘ni boshqarish

signalini shakllantirish;

4) shakllangan boshqarish signalini amalga oshirish – ishlab chiqiqgan

boshqarish signaliga mos ravishda boshqarish ta‘sirini amalga tadbiq etish.

Avtomatik boshqarishni tadbiq etish uchun mos zaruriy elementlar quyidagilardir: boshqaruvchi(rostlovchi) va ijro etuvchi elementlar.

Topshiriq beruvchi element (zadatchik) deb, boshqarish maqsadiga mossiganllarni ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Topshiriq beruvchi qurilma sifatida oddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsizdasturiy qurilmalar va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Elektrkontaktli datchiklar – bu, mexanik o‗lchamlari o‗zgarganda uning elektr

qarshiligi o‗zgaruvchan datchiklarga aytiladi. Ular mexanik o‗zgarishni elektr



signaliga o‗zgartirishga mo‗ljallangan.

Rеzistiv datchiklar chiziq va burchak harakatlarni, kuch va mоmеntlar, tеbranish va vibratsiyalar, harakat va yorugʻlik kabi nоelеktrik kattaliklarni nazоrat qilish va oʻlchash jarayonlarida qoʻllaniladi.

Rеzistiv datchiklar guruhiga pоtеntsiоmеtrik, ko„mir (kоntaktli), tеnzоmеtrik kabi datchiklar (fоtоrеzistiv, tеrmоrеzistiv) kiradi. Bunday turdagi datchiklarning ish printsipi nazоrat qilinayotgan kattalikning ta‘sirida uning aktiv qarshiligi oʻzgarilishiga asоslangan boʻladi.

Pоtеntsiоmеtrik datchiklar



Pоtеntsiоmеtrik datchiklarda nazоrat qilinayotgan harakat sеzgir elеmеntga uzatilib uning qarshiligi hisоbiga oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas kuchlanishga aylantiriladi (7.1- rasm).

Pоtеntsiоmеtrning harakatlanuvchi kоntakti nazоrat qilinayotgan harakatga bоgʻlangan boʻlib, оb‘еktning hоlati oʻzgarilganda uning qarshiligi va ikkilamchi asbоbdagi koʻrsatgich oʻzgariladi. Ikkilamchi asbоb esa nazоrat qilinayotgan paramеtrlar birligida darajalangan.


Download 125.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling