Ingliz burjua inqilobi davri diplomatiyasi


Download 265.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.10.2020
Hajmi265.79 Kb.
#137901
Bog'liq
ingliz burjua inqilobi davri diplomatiyasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI  SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

TARIX FAKULTETI UMUMIY TARIX KAFEDRASI 

 

 



 

MAVZU: INGLIZ  BURJUA INQILOBI DAVRI 

DIPLOMATIYASI 

 

REFERAT 



 

 

 



BAJARDI:  UMAROV YIGITALI. 401-GURUH. 

TEKSHIRDI: GADOYEV H.  

 

 

 



 

SAMARQAND 2013 



 

INGLIZ BURJUA INQILOBI DAVRI DIPLOMATIYASI 

 

REJA 

 

1.  Kirish. 



2.  Uzoq muddatli parlament  diplomatiyasi. 

3.  O.Kromvel  diplomatiyasi 

4.  Xulosa.  

Kirish 

Ingliz  burjua  inqilobi  davridagi    diplomatiya  xalqaro  munosabatlar  va 

Yevropa  diplomatiyasi  tarixida  maxsus  o’rin  tutadi.  Chunki  XVI  asr 

o’rtalarida  hamma  Yevropa  mamlakatlari  hali  monarxiya  tuzumida  edi.  U 

davrning  diplomatiyasi  o’ziga  xos  ish tutardi ya’ni davlat manfaati emas, balki 

saroy  va  sulola  manfaati  nuqtai  nazaridan  ish  olib  borardi.  Ularning ish uslubi 

fitna-ixtilofga  moyillik,  maxfiylik  va  murakkab-makkorlik  asosda  olib 

borilardi.  Ingliz  inqilobi  diplomatiyasi  esa  o’zining  sodda  fikrlik,    maqsadga 

muvofiqligi  va  ijro  etishda  o’zining  mohirligi  bilan  tubdan  farq  qilardi.  Bu esa 

inqilobda  g’alaba  qilgan  ijtimoiy  sinf  manfaati  va  o’sha  davrdagi  siyosiy 

hayot hamda tushunchasiga to’gri kelib  davr talabiga  javob berardi. 

Inqilob  xokimiyat  tepasiga  shunday  kishilarni  keltirdiki,  ular  Angliyada 

burjuaziya  taraqqiyoti  tarafdori  edilar.  Ular  nima  istashlarini      va      nima   

qilishlarini      aniq    va      ravshan      bilardilar      va  kelgusida  qanday  yashash  va 

qanday qarakat qilishlarini  belgilab  olgan edilar.                                                                          

Angliyaning  o’sha  davrdagi  diplomatlari  XVI  asrdagi  feodal 

Angliyaning  yerdorlari.  Dengizchilari  (qaroqchilar)  va  savdogarlari  nima  bilan 

shug’ullangan  bo’lsalar,  shuni  takrorladilar,  ya’ni  mustamlakachilik,  tashqi 

bozorni  egallash.  dengiz  ustivorligi  uchun  hukumatdan  mustasno  tariqas ida 

kurash  olib  bordilar.  chunki  endilikda  ularning  o’zi  hokimiyat  tepasida  turib. 

parlament  orqali  hokimiyatni  boshqarayotgan  edilar,  parlament  zo’r  berib 


ularning 

manfaatini 

himoya 

qilardi, 



keyinchalik 

ularning 

hukmdori 

O.Kromvel  bo’lib.  u  avvaliga  ingliz  burjua  inqilobining  Robespyeri,  ya’ni 

inqilob  tarafdori  edi,  keyinchalik,  hokimiyat  tepasiga  kelgach  inqilobni 

bug’uvchi Napoleonga aylanadi.   

"Uzoq muddatli parlament diplomatisyasi".  

Ingliz  inqilobining  birinchi  galdagi  siyosati.  ya’ni  diplomatiyasi  Kirol 

bilan  parlament  o’rtasidagi  kurash.  feodalizm  bilan  kapitalizm  o’rtasidagi  nizo 

tugamaguncha 

Yevropada 

bo’layotgan 

hatti-harakat 

va 


nizolarga 

aralashmaslik  mavqeini  tutdi.  Bu  esa  mamlakatda  yangi,  hokimiyatni 

mustahkamlab  olish uchun sharoit yaratar  edi. 

Angliya  floti  (harbiy  va  savdo)  burjuaziya  va  savdo  manfaati  bilan  bog’liq, 

bo’lib,  ularni  himoya  qilish maqsadida inqilob boshlanish davridan boshlab to 

oxirigacha  inqilob  tarafida  turdi.  Bu  esa  inqilobchi  ANGLIYaGA  Yevropa 

qit’asidagi  Feodal  davlatlarning  harbiy  yurish  (intervensiya)  uyushtirishiga 

to’sqinlik qildi. 

Qirol  Karl  I  ning  qo’shni  mamlakatlarga,  ularning  monarxlariga 

murojaat  qilib,    inqilobni  bostirib,  hokimiyatni  saqlab  qolishi  uchun  yordam 

so’raganda  ham  bu  qo’shnilar  unga  e’tibor  bermadilar.  Bu  Angliyaning  ichki 

ishi  deb  biladilar.  Bundan  tashqari  ular  inqilobning  borishini  ham.  mohiyatini 

ham tushunmas edilar,  shuning  uchun ham tashvishga  tushmadilar. 

Birinchidan,  Angliya  inqilobi  mamlakat  ichkarisidagi  mojorolarni  xal 

qilish  uchun  Yevropa  ishlariga  vaqtincha  aralashmadi,  ikkinchidan  qit’a 

mamlakatlari  bu  vaqtda  kuch-quvvatga  ega  bo’lib,  gullab  yashnayotgan  edi, 

shuning  uchun  ham  inqilobdan  qo’rqmadilar  va  uni  inqilob  ekanligini 

tushunib yetmadilar. 

Ayniqsa.  Karl  I  ning  Fransiyadan  umidi  katta  edi,  uning  yordamiga 

muxtoj  edi.  Ammo  bu  hatti-harakatlar  bekor  ketdi,  aksincha  uning  Fransiya 

hukumati  bilan  diplomatik  yozishmalari  Nezbi  yonidagi  jangda  yengilib, 

butun  hujjat-yozishmalari,  ya’ni  qirol  arxivi  parlament  armiyasi  qo’liga 

tushib. uni  sharmandalarcha  obro’sizlanishga olib keldi. 


G’alaba  qilgan  sinf,  burjuaziya  bilan  yangi  dvoryanlar  hokimiyatni  o’z 

qo’liga  olib,  barcha  boyliklarni  o’z  foydalariga  hal  qilib.  taqsimlab  oldilar. 

Qat’iy-mustahkam  tartib  o’rnatishga  xarakat  qildilar  va  qit’a  mamakatlari 

bilan  savdo va diplomatik munosabatlarni  tiklashga  urindilar.                   

"Puldor  va  mulkdor"  kishilar  Yevropa  bozorini  qo’lga  olishga  tayyor 

edilar.  uning  uchun  qanday  to’siq  bo’lmasin, uni yengishga kuchlari yetar edi. 

Angliyaning  dengiz  dushmani  va  savdo  raqibi  bo’lgan  davlatlar  Gollandiya, 

Ispaniya va Fransiyaga  qarshi kurash dasturi aniqlab  olingan  edi. 

Puritan  hayolparastlari  Jumhuriyat  (Respublika)ni  Gollandiya  bilan 

qattiq  va  qaqshatqich  kurashishga  chaqirdilar.  "Xudo  bizga  (inglizlarga  -  M. 

Gollandiyani  bergan  ekan,  u  yerga  vakillar  yuborib,  tartib  o’rnatish  va 

Vavilionlikdan  siz  to’g’ri  yo’ldan  adashgan  malikani  taxtdan  ag’darib,  qit’ada 

Xudo hukmronligini  o’rnatishga asos solish kerak, -degandi ulardan  biri

1



Ammo,  xokimiyatga  kelgan  "xudo  bandalari"  o’zlarini  o’ta  xudojo’y 

deb  atashlariga  qaramasdan  hayotdagi  moddiy  manfaatdorliklarini  hech 

qachon      unitgan      emaslar.      Ularning      bunday   xatti-harakatlari   to   xatto 

inglizlarning  Shvetsiyadagi  elchisi  Uaytlok  bilan  Shvetsiya  qirolichasi 

Uristinaning  qabul  suxbati  vaqtida  tilga  olinib,  qirolicha  shunday  degandi: 

"Siz  inglizlar  tovlamachi  va  ikkiyuzlamachi.  Men  sizlarning  generallaringiz 

(O.Kromvel)  va  Siz  haqingizda  emas,  menimcha  Angliyada  shunday  shaxslar 

borki:  ular  ko’p,  bu  kishilar  soxta  dindorlar  bo’lib,  hayotida  hech  qanday 

maxzamlik  yo’q, kerak bo’lsa diniy ulomolikdan  ham foyda izlaydi

2



XVII  asr  40-yillarining  oxiri  va  50-yillarining  boshlariga  kelib  ingliz  burjua 

inqilobining  tashqi  siyosati  va  diplomatiyasi  parlament  ixtiyorida  edi.  Ammo 

O.Kromvelning  tashqi  siyosat  bobidagi  nojo’ya  xarakatlari  parlament 

a’zolariga  xush  kelmadi,  ayniqsa  Irlandiya  masalasida  parlament  uning 

o’zboshimchalik  va  huquqlarini  cheklashga  harakat  qilganda,  o’rinbosari 

bo’lgan  Praydni  yuborib.  parlamentda  tozalash  o’tkazib,  uni  o’ziga 

                                                                 

1

 История  дипломатии.т.1.,  М., 1976.  c. 282 



2

 История  дипломатии.т.1..  c.282 

 


bo’ysundirmoqchi  bo’ldi.  Lekin  bari-bir  parlament  qaysarlik  qila  boshladi. 

Shunda  Kromvel  ozgina  qolgan  parlament  azolarini  ham  xaydab,  butun 

hokimiyatni  o’z  qo’liga  oldi.  1653  yildan  boshlab  Respublika  tuzumi  o’rniga 

Kromvel  homiyligi  (protektorat) o’rnatildi. 

Bu  vaqtda  ingliz  diplomatiyasining  asosiy  vazifasi  birinchi  galda  qit’a 

mamlakatlari  bilan  diplomatiya  va  savdo  munosabatlarini  tiklash  va 

yaxshilash  edi.  Qit’a  davlatlaridan  ko’pchiligining  diplomatik  (agent)  vakillari 

ham  Londonda  yashab  kelayotgan  edilar,  ammo  yangi  hokimiyatni  tan  olish-

tanish  uchun  shoshilmadilar.  Sust  xarakat  qildilar.  Ularning  davlat  boshliqlari 

Angliyadagi  yangilikka  e’tibor  bermadilar  va  Respublikani  tan  olishga 

urinmadilar.  O’z vakillariga  esa yangi ishonch yorliq berishni  ham unutdilar. 

Fransiya  xukumati  Karl  I  ning  hayoti  va  faoliyati  haqida  o’ylab 

ko’rmadi  va  unga  yengillik  ham  qilmadi.  To  xatto  o’limga  maxkum  etilganda 

ham  qirolning  ahvolini  surash  uchun  harakat  qilinmadi,  Fransiyaning 

Londondagi  elchisi  Belevr  xatto  qirolni  borib  ko’rmadi  ham,  uning  bu 

harakati  keyinchalik  Fransiya qiroli  kengashida ma’qullangan  edi. 

Angliya  burjua  Respublikasini  tan  olishga  va  unga  moyillik  bilan 

harakat  qilgan  qit’a  davlatlaridan  biri  -  bu  Ispaniya  edi.  Ispaniyaning 

Londondagi  elchisi  don  Alonso  Kardenya,  yangi  ishonchli  yorliq  olmagan 

bo’lsada,  lekin  Jumxuriyat  hukumati  bilan  maxfiy  aloqada  bo’lish

 

uchun 


vakolat  olgan  edi.  Bu  masalada  u  juda  ustalik  bilan  kirishib,  ishonchni oqladi. 

Bu  harakatni  asosiy  sababi,  Ispaniya  o’zining  yovuz  dushmani  bo’lgan 

Fransiyani  dog’da  qoldirib,  yaqinda  Ispaniyadan  ajralib  chiqqan  (1640  y.) 

partugallarga  ularning  dushmani  bo’lgan  Angliya  yordami  bilan  zarba 

bermoqchi  edi.  Partugallar  Angliya  qirolining  qaroqchilariga  jumxuriyat 

savdo  kemalarini  talash  uchun  yordam  bergandi.  Shu  jihatdan  Angliya  bilan 

Partutaliya  o’rtasida katta nizo paydo bo’lgandi. 

Anglo-fransuz  munosabatlari  bu  davrga  kelib  buzila  boshlandi.  Xali 

qirol  Karl  1  qatl  qilinishiga  qadar  Lyulovik  XIV  Angliya  va  ichki  kurashlari 

bilan  band  deb  o’ylab,  inglizlarning  jun  va  shoxi  matolarini  (1648  y) 



Fransiyaga  kiritishni  qat’iyatlik  bilan  man  qildi.  Bunga  javoban  Angliya 

parlamenti  fransuz vinolarini  o’z bozoriga kiritishga  qarshilik  ko’rsatdi. 

Kardinal  Mazarini  hokimiyat  gepasida  turganligidan  foydalanib,  bu 

masalada  Angliyadan  yon  bosishini  so’ragan  edi.  O’sha  vaqtda  Fransiyaning 

Angliyadagi  muvaqqat ishlar  vakili  Krullening  ishi  ungidan  kelmadi. 

Inglizlar  unga  "qirolga  bo’lgan  avvalgi  ishonchga  qaramasdan  u  siz 

ham  yashay  olamiz,  shuningdek  fransuzlarning  xushbo’y  vinolarisiz  ham 

kunimiz o’tadi" deb javob qaytardilar

3

. Shundan so’ng savdo urushi boshlanib 



ketdi.  Rasmiy  holatda  urush  e’lon  qilinmasdan  ikki  davlat  bir-birini  savdo 

kemalarini  taladilar,  kemalarni  mahsulotlari  bilan  qo’lga  kirita  boshladilar, 

ya’ni qaroqchilik  bilan  shug’ullandilar. 

Ispaniya  elchisi  don  Alonso  Kardenya  uddoburorlik  bilan  Angliya  va 

Fransiya  mojoralaridan  foydalanib,  zudlik  bilan  Madrid  saroyidan  (1650  y.) 

ishonchli  yorliq  berishini  so’rab,  o’z  qirolini  agar  biz  Jumxuriyatni  tan  olsak 

undan  katta  foyda  ko’ramiz  deb  ishontirdi  va  yorliqni  olishga  muvaffaq 

bo’ldi.  Juda  katta  yutuq  bo’lmasa  ham,  xarxolda  elchi  o’zlarining  raqibi  va 

dushmani bo’lgan Fransiya ustidan g’alaba qozondi va uni kamsitib  qo’ydi. 

1650  yilning  dekabrida  Kardenya  tantanali  ravishda  parlament 

tomonidan  qabul  qilindi  va  u  parlamentga  o’zining  ishonchli  yorlig’ini 

topshirdi.  Xuddi  shu  kuni  Fransiyaning  Angliyadagi  muvaqqat  ishlar  vakili 

Krulle  qamoqqa  olingan  edi.  Parlament  tomonidan  ispan  elchisini  tantanali 

qabul  qilish  marosimlarining  yozuvi  va  Krullening  Mazariniga  ishi  o’ngidan 

kelmaganligi  va  xibsga  olinganligi  haqidagi  xati  ham  parlament  arxivida 

saqlanib qolingan  edi, u quyidagicha: 

Kardenyani  parlamentga  olib  kelish  uchun  graf  Solsberi  boshchiligida 

parlamentning  uchta  komissari  hukumat izvoshida borgan edilar. 30 yoki 40  ta 

izvoshda  ispan  va  ingliz  dvoryanlari  o’tirib,  Kardenyani  parlamentga  kuzatib 

keldilar.  Kardenya  kelayotgan  yo’lda  otliq  askarlarning  ikki  polki  saf  tortib 

turgan edi. Piyoda askarlarning  bir polki  uni  qo’riqlab bordi. 

                                                                 

3

 История  дипломатии.т.1.  c.284 



 

Parlamentga  kelgach  Kardenyaga  maxsus  o’rindiq  (kreslo)  tayyorlanib 

qo’yilgan  edi.  Unda  o’tirgan  elchi  parlament  raisiga  o’zining  ishonchli 

yorlig’ini  taqdim  qiladi.  Bu  yorliq  Lotin  tilida  yozilgan  edi.  Shundan  so’ng 

Kardenya  ispan  tilida  katta  nutq  so’zlab,  mamlakatning  oliy  hokimiyati 

bo’lgan  palatani  buyuk  xristian  davlatpanoxi  nomidan  birinchi  bo’lib  tan 

olinganligi  uchun o’zini baxtiyor deb hisoblaydi, degandi. 

Xuddi  shu  soatda,  ya’ni  parlament  Ispaniya  elchisiga  katta  ehtirom 

ko’rsatib,  uni  elchi  sifatida  qabul  qilayotgan  vaqtda Fransuz elchisi Krullening 

qarorgohiga  askarlar  bostirib  kirib,  tintuv  o’tkazadilar,  Krullen  xibsga  olib, 

uni  tezda Londondan xaydab yuboradilar. 

Fransiya  uchun  bunday  noxush  ahvol  ularni  sarosimaga  solmadi, 

aksincha  (Lazarini  va  uning  noibi  Kolber  fransuz  burjuaziyasining  manfaatini 

ko’zlab  ish  tutdilar.  Ularning  tazyiqi  ostida  savdoni  rivojlantirish  uchun 

Angliya  bilan  aloqani  yaxshilashni  talab  qildilar.  Ingliz  savdo  kemalarini 

talagan 

qaroqchilari 

hukumatni 

inglizlar 

bilan 

kelishuvini 



Fransuz 

kommersantlari 

(boylari)ni 

ingliz 


dengizchi 

qaroqchilari 

tomonidan 

talanishiga  qaramasdan,  ular  o’z  hukumatlaridan  inglizlar  bilan  kelishishni 

talab qildilar. 

Kolber  Fransiya  savdosnning  qiyinchiliklari  xaqida  1650  yil  qirolga 

yozgan  xatida  shunday  deydi:  "...inglizlar  biz  bilan  savdo  urushi  olib 

borayapti...  savdoni  yo’lga  qo’yish  qiyin,  chunki  inglizlarning  bunday  uch 

olishida  biz,  o’zimizni  ung’arib  ololmaymiz.  Savdoni  o’nglab olish  uchun ikki 

yo’l  bor:  xavfsizlik  va  erkinlik,  buning  uchun  albatta  Angliya  bilan  yaxshi 

qo’shnichilik  munosabatlarini  tiklash  zarur.  Inglizlarning  bizdan  talab 

qilayotgan  narsasi  shuki,  biz  ularning  respublikasini  tan  olishimiz  kerak.  Bu 

sohada  ispanlar  bizni  quvib  o’tdi,  deydi  Kolber.  Biz  majburan  bo’lsa  ham 

Angliyani  tanishimiz  kerak.  Buning  uchun  bizni  xudo  va  bandalar  ham 

kechirishi  mumkin.  Ispanlar  bizga  nisbatan  dushmanlik  mavqeida  turib, 

inglizlar  orqali ko’p ishlar qilishi  mumkin,  deb tugatadi o’z xatini Kolber

4



                                                                 



4

 История  дипломатии.т.1.  c.284 



Kardinal  Mazarining  o’zi  Respublikani  tan  olish  uchun  har  qanday 

pastkashlikka  borishi  mumkin  edi,  nima  ketsa  ham  ispanlarga  qarshi  inglizlar 

bilan  ittifoqda  bo’lish  edi.  Shuning  uchun  ham  har  qanday  shartlarni 

bajarishga  tayyor  edi.  Shu  maqsadda  tashqi  siyosatning  1652  yildan  boshlab 

parlament  ixtiyoridan  Kromvel  qo’liga  o’tganligidan  foydalanib.  vositachilar 

orqali  hukmdor  bilan  bog’lanib,  tezda  undan  javob  oladi.  Kromvelning 

talabiga  ko’ra  fransuz  qiroli  Angliya  respublikasini  tezda  tan  olib,  o’z 

elchisini  Londonga  yuborish  aytilgandi.  Shuning  bilan  birga  dengiz 

xarakatlari  vaqtida  Respublika  fuqarolariga  yetkazilgan  moddiy  zarar 

qoplanishi  zarur  edi.  Bundan  tashqari,  Mazarining  Fronda  bilan  olib 

borayotgan  kurashi  Fronda  foydasiga  hal  bo’lsa,  u  vaqtda  Mazarini  uchun 

boshpana Angliyadan  berilishi  ma’lum  qilingan  edi. 

Natija  Mazarini  kutganidek  bo’lib  chiqmadi.  Ahvolni  o’zgartish  qiyin 

edi  Mazarini  va  saroyning  ahvoli  borgan  sari  qiyinlashib  bordi.  Oronda 

tarafdori  bo’lgan  shaxzodalar  Fransiyaning  janubida.  Bordo  shahrida 

to’planib,  u  yerdagi  inqilobiy  harakat  bilan  birgalikda  Angliya  respublikasini 

tan  olish  va  o’zlarining  avvalgi  erkinliklarini  qo’lga  kiritish  edi.  Ispanlar  ham 

inglizlarni  shaxzodalar  bilan  ittifoqda  bo’lishiga  undar  edi.  Shunday  ekan, 

Mazarini  uchun inglizlarning  talabini  bajarishdan  boshqa iloji yo’q edi. 

1652  yilning  dekabrida  Angliyaga  fransuz  intendanti  Pikardii  de  Bor, 

Bordo  qirolning  Angliya  parlamentiga  yozgan  xati  bilan  yuboriladi.  Elchiga 

berilgan  ko’rsatmaga  muvofiq,  inglizlarning  sha’niga  tegadigan  gaplar 

aytilmasligi  kerak  deyiladi.  Lekin  inglizlarni  bunday  maktub  qoniqtirmadi 

ular  boshqacha  mazmundagi  xat  talab  qildilar.  Shundan  so’ng  yangicha 

mazmunda  yozilgan  maktub  yuborilib.  unda  Angliya  ulugvor  davlat,  inglizlar 

esa  katta  buyuk  millat  deb  ko’rsatilgandi.  Shundan  so’ng  inglizlar      Bordo   

vakillarini      qabul      qilishlarini      ma’lum    qildilar, lekin qabul na parlamentda. 

na  davlat  kengashida,  u  tashqi  ishlar  bilan  shug’ullanuvchi  qo’mitada 

o’tkaziladigan  bo’ldi.  Qabul  marosimida fransuz vakili nutq so’zlab, unda ikki 

                                                                                                                                                                                                                 

 


davlatning  tuzumi,  har  xil  bo’lishiga  qaramasdan,  savdo  bir  xilda  rivojlanishi 

mumkin,  bundan  na  Fransiya,  na  Angliya  zarar  ko’radi.  Aksincha  ikkalasi 

buyuk davlat  sifatida manfaatdor bo’lishi mumkin,  dedi

5



Birqancha  vaqtlar  o’tgandan  keyingina  1655  yilga  kelib  ikki  o’rtada 

shartnoma  tuzildi,  fransuz-ispan  qarama-qarshiliklaridan  Kromvel  Fransiyani 

yana bir muncha yon bosishlarga majbur qildi. 

Angliyaning  yon  qo’shnisi  bo’lgan  Gollandiya  bilan  ahvol  boshqacha 

edi,  chunki  bu  mamlakat  XVII  asrda  Yevropaning  hamma  mamlakatlari  va 

jahon  bilan  savdo  qiladigan  kuchli  dengiz  davlati  hisoblanardi.  Gollandiya 

kemalari  o’zlarining  yukini  tashib,  kirakashlik  qilardi,  qayerda  bo’lmasin 

ingliz  kemalari  bilan  to’qnash  kelardi.  Gollandlar  kuchli  va  xavfli  raqobatchi 

edi. 

Rus  davlatida  gollandlarning  olib  borgan  ishlari  ingliz  savdogarlarining 



tijorat  savdo  imtiyozlarini  bekor  qilishga  olib  keldi.  Ingliz  jamoasining 

fikricha  Gollandiya  bilan,  ya’ni  ikki  dengiz  davlati  o’rtasida  mustahkam 

ittifoq  tuzish,  aks  holda  dengiz  hukmronligi  uchun  raqib  Gollandiyaga  qarshi 

ayovsiz qatiy kurash olib borish edi. 

1651  yilning  fevralida  ingliz  parlamentining  ikki  favqulodda  elchisi 

Sen-Djon  va  Strayklend  Gollandiyaga  muzokara  olib  borish  uchun 

yuborilgandi.  Ingliz  elchi-vakillarini  40  janob  va  200  yaqin  xizmatchilar 

hamrox  sifatida  kuzatib  bordilar.  Gaagada  ularni  General  shtatlarning 

deputatlari  27  hukumat  izvoshida  qarshi  oldilar.  Ular  sharafiga  katta  qabul 

marosimi  o’tkazilib.  katta  hurmat  ko’rsatildi.  Lekin  mamlakat  jamoasining 

elchilarga  bo’lgan munosabati sovuqqina bo’ldi. 

General  shtatlarning  uchrashuv-qabul  marosimida  respublikaning  7  ta 

komissari  ingliz  elchilariga  shuni  ma’lum  qildilarki,  Birlashgan  viloyatlar 

(Gollandiya)  Angliya  respublikasiga  o’zlarining  do’stlik  munosabatlarini 

izhor  qiladi  va  faqatgina  yaxshi  qo’shnichilikni  tiklash  va  saqlab  qolishgina 

                                                                 

5

 История  дипломатии.т.1.,  c.285 



 

 


emas,  balki  ikki  respublikaning  manfaati  uchun  turli  xildagi  traktatlarni 

imzolash  lozim  deb, aytdilar. 

Ularga  javoban  ingliz  elchilari  gollandlarning  aytganlaridan  foydalanib. 

bizning  takliflarimiz  yanada  chuqurroqqa  boradi,  dedilar.  "Biz  shuni  taklif 

qilamiz,  -dedi  ular.-  Angliya  bilan  Birlashgan  viloyatlar  o’rtasidagi  do’stlik 

faqatgina  tiklanib  va  saqlanib  qolmasdan,  balki  ular  o’rtasidagi  ittifoq  tuzish.

 

bu  ittifoq  yaqinlik  va  ehtiromlik  bo’lishi  kerak.  Har  ikkala  millat  manfaatlari 



uchun  xizmat  qilsin,  bu  ishlar  va  manfaatlar  xayotiy  va  aniqroq  bo’lishi 

kerak"  degandi

6

.

 



Inglizlarning  so’nggi  so’zlaridan  gangib  qolgan  gollandlarni 

ko’rib,  ularning  ahvolini  tushunib  yetgan  inglizlar  gollandlarga  murojaat  qilib, 

sizlar  o’z  takliflaringizni  aytishingiz  mumkin  deb,  ularni  og’ir  vaziyatdan 

qutqardilar. 

Inglizlarning  orzu-istaklari  gollandlarga  ochiq-oydin  ma’lum  edi: 

Gollandiyaga  Angliya  bilan  birlashish.  aniqroq  qilib  aytganda  Angliyaga  tobi 

bo’lish, bordi-yu rad javobi bo’lsa. unda uning bilan aloqani uzib. unga qarshi 

kurashish edi. 

Oradan  ko’p  vaqt  o’tmasdan  dushmanlik  mavqei  quzg’olib,  ikki 

respublika  bir-biriga  qarshi  turdi,  inglizlar  gollandlarning  kemalarini  tutib  ola 

boshladilar. 

Gollandlarning 

harbiy 

floti 


taniqli 

admiral 


Trompa 

qumondonligida  Angliya  qirg’oqlarida  suzib  yurardi.  Ingliz  elchilari 

parlamentga  murojaat  qilib,  kelgusida  nima  qilishlarini  surab.  biron  topshiriq 

bormi  yoki  uyga  qaytish    kerakmi  degan  savol  qo’ydilar.  Shundan  so’ng 

parlament  ilgarigi  qo’yilgan  takliflarga  Gollandiyaning  General  shtatlaridan 

javob  kutmasdan  o’z  elchilariga  7  moddadan  iborat  bo’lgan  qat’iy 

talabnomaga  o’xshagan  do’stlik  haqida  taklifnomani  yubordi.  Unda 

aytilishicha  Gollandiya  bilan  Angliya  bitta  ya’ni  yagona  davlat  sifatida  ish 

ko’rib,  urush  va  tinchlik  masalasida  xalqaro  shartnomalar  va  ittifoq  tuzishda 

bir davlat  nomidan bo’lishi kerak  deyiladi. 

                                                                 

6

 История  дипломатии.т.1.,  c.286 



 

 


Agar  bu  shartlar  qabul  qilinsa.  u  vaqtda  yanada  muhimroq,  ya’ni  "ikki 

davlat  manfaatlarini  ko’zda  tutgan  xolda  yangi  moddalar  taklif  qilish 

mumkin"  degan gaplar elchilar  orqali og’zaki ravishda yetkazilgan  edi

7



Masalalar  ochiq  xolda  xal  bo’lmasdan  qolgach  elchilar  o’z  yurtlariga 

qaytadilar.  Bu  voqealar  iyulning  oxirlarida  bo’lib,  5  avgust  kuni  parlamentga 

tegishli  chora  ko’rish  topshirildi  va  shoshma-shosharlik  bilan  Kromvel  taklif 

qilgan  "Navigadion  akt"  (dengizda  suzish  qonun-qoidalari)  e’lon  qilindi.  Bu 

akt  bilan  Angliya  o’zining  Gollandiyaga  nisbatan  bo’lgan  do’stlik 

namunalarini  yaqqol  ko’rsatdi.  Ushbu  aktga  muvofiq,  mahsulotlar  faqat 

Angliya  kemalarida  keltirilishi  va  chiqarilishi  kerak  edi.  Gollandiya  esa  bunga 

qarshi  edi.  Ikki  o’rtada  urush  (  1652-1654)  boshlanib,  u  Godlandiyaning 

mag’lubiyati  bilan  tamom  bo’lib,  gollandlar  "Navigasion  akt"ni  majburan  tan 

oladilar.  Ikki  o’rtada hali urush holati  saqlanib qolgan edi. 



O.Kromvel  diplomatiyasi 

Uzoq  muddatli  parlamentdan  qolgan  "dum"ni  ham  1653yilda  xaydab 

yuborilgach,  butun  hokimiyat  Kromvel  qo’liga o’tadi va 1654 yildan e’tiboran 

hokimiyat  diktaturaga  aylanadi. 

Kromvel      o’z        qo’liga        ham          fuqarolik        ham    harbiy    hokimiyatni 

birlashtirib      oldi.      U    Angliya,    Shotlandiya   va   Irlandiya   armiyasi   va 

flotining  bosh  qo’mondoni  edi.  Soliqlar  yig’ishni  boshqarardi,  sud  ishlarini 

nazorat  qilardi.  Urush  e’lon  qilish  va  tinchlik  shartnomalarini  imzolash  uning 

ixtiyorida  edi.  Aslida  Kromvel  ancha  oldin  diktator  bo’lgan  edi.  Kromvel 

Angliyaning  kelajagini  o’ylarkan  va  kurasharkan,  parlament  va  davlatning 

boshqa  boshqaruv  idoralarini  tan  olmasdi.  Xoxlagan  ishini  istaganicha  amalga 

oshirardi. 

Taniqli  ingliz  xaykaltaroshlaridan  biri  Kromvelning  osoyishta  va  jiddiy 

ko’rinishini  xaykal  qilib  yaratgan.  Uning  bir  qo’liga  qilich,  ikkinchisiga  esa 

injil  ushlatgan.  -ko’lidagi  qurol  yordamida  u  o’z  gurkuragan  davrining 

                                                                 

7

 История  дипломатии.т.1.,  c.287 



 

 


murakkab  masalalarini  xal  qilgan,  aniqroq  qilib  aytganda  chopib  tashlagan, 

degan ma’noni aks ettirgan. 

O’z  lavozimini  bajarishga  kirishishdan  oldin  Kromvel  o’zining 

tantanama-yistrani  chet  ellik  elchilar  huzuriga  yuborib,  u  orqali  shularni 

ma’lum  qilishni  ya’ni  mamlakatdagi  bu  o’zgarishlar  Angliya  bilan  Yevropa 

mamlakatlari  o’rtasidagi  oldingi  do’stlik  va  yaxshi  qo’shnichilik 

munosabatlarini  aslo o’zgartirmaydi,  deb ishontirishni  topshirgan edi

8

 



Borgan  sari  diktatorlik  xokimiyati  kuchayib  bordi.  Gollandiya  bilan 

bulayotgan  urush  1653  yilda  Gollandiya  mag’lubiyati  bilan  tamom  bo’ladi. 

Gollandiyaning  siyosatchisi  va  diplomati  Korneliy  de  Vigg  General  shtatlar 

majlisida  Birlashgan  viloyatlar  ahvoli  haqida  gapirib,  shunday  degandi:  “Men 

shuni  aytishim  kerakki.  bundan  keyin  biz  va  dengiz  Angliya  hukmronligi 

ostida”


9

Kromvel  ikki  respublikaning  birlashishidan  voz  kechdi.  1654  yilning  iyunida 



ikki  o’rtada  sulh  tuzishga  qaror  qildi.  Sulh  tuzish  marosimida      faqat   

gollandlarning      vakillari      bo’lmasdan.      Gollandiya  ittifoqchilari  Daniya 

qiroli,  Shvetsariyaning  protestant  homiylari,  Ganza  shaharlari  va  Shimoliy 

Germaniyaning  bir  qancha  protestant  knyazlari  ishtirok  qildilar.  Ayni  bir 

vaqtda  Kromvel  Angliya  uchun  uncha  xavfli  bo’lmagan  davlatlar  Shvetsiya, 

Daniya  va  Portugaliya  bilan  ham  savdo  shartnomalarini  imzoladi.  1653  yil 

Kromvel  Stokgolmga  ingliz  diplomati  Uaytlokni  yuborib.  Shvetsiya  bilan 

shartnoma 

tuzishni 

topshirgandi

10

.Bu 


shartnoma,-degandi 

Kromvel 


Uaytlokka,-respublika  uchun  juda  muhim.  Qirolicha Xristinadan boshqa  butun 

xristian  olamida  bunday  davlatpanoh  va  davlat  yo’qki,  biz  ular  bilan  do’stlik 

iplarini  bog’lasak...  Sizning  hozirgi  amalingiz  gollanllar  va  daniyaliklar  bilan 

ishlarimizni  va savdomizni  yaxshilashga  katta vosita buladi". 

Shved  dvoryanlarini  ko’ndirish  uchun  Uaytlok  ko’p  urindi,  shvedlar 

Angliyaga  nafrat  ko’zi  bilan  qarab,  undagi  voqealarni  tikuvchilar  ishi  deb 

                                                                 

8

 История  дипломатии.т.1.,  c.288 



9

 История  дипломатии.т.1.,  c.288 

10

 История  дипломатии.т.1.,  c.288 



kinoya  qilardilar.  Shunga  qaramasdan  Uaytlok  1654  yilning  28  aprelida 

Shvetsiya  bilan  tinchlik  va  ittifoq  traktatini  imzolashga  muvaffaq  bo’ldi.  1654 

yilning  sentyabrida  Daniya  bilan  imzolangan  traktatga  ko’ra  Angliya  Zund 

orqali  suzib  o’tish  huquqi  berildi.  Shu  choqqacha  bu  gollanllar  qo’lida  edi. 

Portugaliya  bilan  tuzilgan  shartnoma  uni  iqtisodiy  jixatdan  Angliyaga  tobi 

qilib  ko’ydi. 

Ispaniya  bilan  bo’layotgan  ishlar  va  munosabatlar  birmuncha  mushkil 

edi.  Ispaniyaning  Angliyani  birinchi  bo’lib  tan  olishi  va  ispan  elchisi 

Karden’yaning 

xatti-harakatlarining 

tezlashib 

borishiga 

qaramasdan 

shartnomani  imzolash  ishi  nihoyatda  sust  va  cho’zilib  borardi.  Inglizlar 

azaldan  ispanlarga  boshqacha  munosabatda  bo’lib  ularga  xasad  bilan 

qarardilar. 

Chunki 

bu 


mamlakatning 

juda 


katta 

hududdan 

iborat 

mustamlakalari  bor edi. 



Kromvelni  protektor  (xomiy)  deb  e’lon  qilinishi  Kardenyani  cho’chitib 

qo’ydi,  chunki  o’rtada  Fransiya  bor  edi,  fransuzlardan  har  qanday 

buzg’inchilik  ishlarini  kutish  mumkin  edi,  shuning  uchun  Karden’ya  bilan 

Kromvel  o’rtasida  bo’lgan  shaxsiy  suxbatda  Ispaniya  tomonidan  qanday 

yordam  kerak  bo’lsa,  biz  tayyor  deb  aytgandi.  Undan  tashqari  qatl  qilingan 

ingliz  qiroli  Karl  I  ning  o’g’li  yordam  so’rasa  unga rad javobini berishni aytib 

buning  uchun  Kromvel  ispanlar  bilan  birga  Franpiyaga  qarshi  turishini  talab 

qilgan  edi.  Ammo  Mazarini  Ispaniya  hukumatiga  nisbatan  ixcham  xarakat 

qilib.  Kromvelni  o’z  qiroli  nomidan  "aka"."uka",’’jiyan"  va  h.k.  deb  atashga 

tayyor  ekanligini  ma’lum  qildi.  Ammo  Kromvel  kardinalga  menga 

protestorlik  unvonidan  boshqasi  kerak  emas  deb,  javob  qildi.  Mazarinn  agar 

kerak  bo’lsa  sobiq  qirol  Karl  1 ning oilasini "yumshoqqina qilib" Fransiyadan 

chiqarib yuborishni ham aytgandi. 

Kromvelni  bunday  mayda-chuyda  masalalar  qiziqtirmasdi.  Uning 

maqsadi  Fransiya  bilan  Ispaniya  ustidan  hukmron  bo’lish  edi, shuning uchun 

ham  raqiblariga  yangi-yangi  og’ir  talablar  qo’ya  boshladi.  Fransiya  kuchli 

mamlakat  edi.  Uning  bilan  urush  kutilmaganda.  favqulodda  bo’lishi  mumkin 


edi. 

Ispaniya  esa  chirib  borayotgan  bo’lsa  ham,  lekin  boy  va  osongina 

qo’lga  keladiga  ulushga  ega  edi.  Ana  shunday  vaziyatni  o’z  qo’lida  saqlab 

qolish  maqsadida  Ispaniya  o’z  mustamlakalarining  Angliya  bilan  savdo 

qilishga  qarshi edi. 

Angliya  Ispaniyadan  Vest-Indiya  soxillarida  erkin  suzish  va  inkvizitsiya 

taqibini  bekor  qilishni  talab  qildi.  Bu  xaddan  tashqari  bo’lgan  talab  edi,  hatto 

ispan 


elchesi 

ham 


xayratda 

edi: 


Kardenya 

norozilik-nafrati  bilan: 

"Inkvizitsiyadan  ozod  qilish  va  Vest-Indiyada  erkin  suzish  -  bu  mening 

davlatpanoximning  ikki  ko’zini o’yib olishdir", degandi

11



Kromvel  ko’zi  bilan  qaraganda  Ispaniya  bilan  bo’ladigan  uchush 



muqarrar  bo’lib  qoldi.  Bu  urush  matros  (dengizchi)lar,  zobitlar  (ofiser)lar  va 

askarlarni  ishga  soladi,  ularning  urush  tufayli  boyishiga  yo’l  ochadi. 

Xayolparastlarning  aqli-xushini  joyiga  keltiradi  va  Angliyaning  Yangi 

dunyoda xukmron bo’lishiga imkon  yaratadi, deb o’ylardi Kromvel

12



Urush  rasmiy  holatda  boshlanmasdan  yangi  dunyo  qirg’oqlariga  Penya 



eskadrasi  yuborildi.  O’rta  Yer  dengiziga  esa  Ispaniya  sohillarida  suzib yurgan 

vaximali  Blek  qumondonligidagi  eskadra yuborildi. 

Pennga  berilgan  topshiriq  Ispaniya  mustamlakalarini  bosib  olish  edi. 

Ammo  San-Domingoni  olish  imkoniyati    bo’lmadi.  Chunki  ispanlar  bu 

xujumni  qaytardilar. 

Bu  voqea  Ispaniyada  ma’lum  bo’lgach.  Ispaniya  hukumati  ingliz 

kemalari  va  mulklariga  embargo  (taqiq)  e’lon  qildi.  Ko’pgina  ingliz 

savdogarlari  hibsga  olindi.  qirol  Kardenyaga  Londonni  tashlab  kelishini 

buyurdi.  Kardenya  o’ziga  yuborilgan  fregatga  Duvrdan  1655  yilning  24 

oktyabrida  chiqayotgan  vaqtda  Kromvel  Fransiya  bilan  tinchlik  va  savdo 

shartnomasini  imzolayotgan  edi

13



“Agarda bu shartnoma uzoq kutishlardan so’ng o’z qimmatini yuqotgan 

                                                                 

11

 История  дипломатии.т.1.,  c.289 



12

 История  дипломатии.т.1.,  c.289 

 

13

 История  дипломатии.т.1.,  c.289 



bo’lsada,  -degandi  fransuz  elchisi  Bordo.  -  ammo  Kopaniya  bilan  bo’lgan 

uzilish  unga  yangi  kuch  ato  etadi”

14

.  Shu  yilning  28  noyabrida  Fransiya  bilan 



tuzilgan  shartmoma  va  Ispaniya  bilan  bo’layotgan  urush  haqidagi  axborot 

London ko’chalarida xalqqa ma’lum  qilindi. 

1656  yilning  sentabrida  Kromvel  kelib  chiqqan  vaziyatni  izoxlab, 

shundan  degandi:  “Biz  Ispaniya  bilan  urush      xolatidamiz.  Biz  bu  urushni 

nochorlikdan  boshladik.  Ispaniya  bizning  buyuk  dushmanimiz,  dushman 

tabiiy,  xuddi  xudo  ko’rsatganidek,  u  tulig’incha  papizm  bilan  (katolik) 

sug’orilgan

15



Urush  Kromvel  vafotidan  so’ng  tamom  bo’ldi,  Ispaniya  uchun  urush 

muvofaqqiyatsiz  bo’lib,  inglizlar  Yamayka  orolini,  ya’ni  Amerikadagi  qul 

savdosining  markazini  ishg’ol  qilib,  uni  bosib  oldilar.  Bu  yer  inglizlarning 

yangi  nusxadagi  birinchi  mustamlakalari  edi,  shundan  so’ng  mustamlaka 

bosib  olish  davlat  ishiga  aylandi.  Ingliz  savdogarlari  davlatga  o’z  ta’sirlarini 

o’tkazib,  Vest-Indiya  yerlaridan  to’liq  foydalanish,  Yamaykadagi  yer 

uchastkalarini 

taqsimlab 

olish, 

ayniqsa 


mustamlakachilik 

ishiga 


aralashganlarga  yer  ulushlari  berish  talabi  qo’yilib,  bu  yerda  majburiy  mehnat, 

qullar  mehnatidan,  shuningdek  Irlandiya,  Shotlandiya  va  Angliyaning  o’zidan 

ko’chirilgan  aholining  mehnatidan  xuddi  qullardek  foydalanish  masalasi 

qo’yilgan  edi.  Ana  shu  tariqa  Kromvelning  Ispaniya  mustamlakalarini  bosib 

olish  yo’li  bilan  XVIII  asrda  Britaniya  mustamlakachilik  imperiyasiga  asos 

solindi. 

Inglizlar  Yamaykani  bosib  olganlaridan  so’ng,  bo’lajak  qirol  Karl  II 

Ispaniya 

xukumati 

bilan 


shartnoma 

tuzib. 


Ispaniyaning 

Angliyada 

monarxiyani  tiklashga  bergan  yordami  uchun  Yamaykani  qaytarmoqchi 

bo’ldi.  

Kromvel  xukumronligining  oxiri  katta  harbiy  g’alaba  -  ispan 

qo’shinlarining  tor-mor  qilinishi  va  1658  yilda  Yevropa  darvozasi  bo’lgan 

                                                                 

14

 История  дипломатии.т.1.,  c.289 



15

 М.А.Барг.  Великая  английская  революция и портретах  ее деятелей.  М.. "Мысл" 1991.  с.245. 

 


Dyunkerkni  olish bilan  belgilanadi. 

Ingliz  qo’shinlari  bu  yerda  marshal  Tyuren  qumondonligida  fransuz 

qo’shinlari  bilan  birgalikda  urushdi.  Urushgan  ispan  qo’shinlari  tarkibida  esa 

ingliz  royalistlari  kurashdi. 

Dyunkerk  olingandan  so’ng  qit’aning  kaliti  Kromvelning  belbog’ida 

osig’liq".  -deb  aytgandi  uning  sipohiylari.  1658  yilning 3 sentyabrida Kromvel 

vafot etadi. O’z g’alabasining  natijasini  ko’ra olmadi. 

Voris  tariqasida  uning  o’g’li  Richard  qolgandi,  lekin  mamlakat  xazinasi 

bo’m-bo’sh  edi,  albatta  Angliyani  bunday  boshi  berk  ko’chadan  olib  chiqish 

qiyin  edi.  Richard  xokimiyatni  boshqarishda  bo’shlik  qildi,  unga  nisbatan 

qo’shin  va  uning  boshliqlari  kuchlilik  qilib,  parlamentni  tarqatishni  talab  qildi 

va  1659  yilning  22  aprelida  parlament  tarqatildi.  Ozgina  vaqt  o’tgach,  ya’ni 

1659  yilning  25  mayida  protektorat  ag’darilib,  xokimiyat  uzoq  muddatli 

parlamentdan  qolgan "Dum" tiklanib,  uning  qo’liga o’tadi. 

Royalistlar  zo’r  berib,  qirollikni  tiklash  va  Karl  I  ning  o’g’li  Karl  II 

Styuartni  qirollikka  tiklashni  talab  qildilar.  1660  yilga  kelib  Karl  II  Styuart 

Siti  shahrida  Angliya  qiroli  deb  katta  tantana  bilan  e’lon  qilindi.  Yangi 

dvoryan  va  burjuaziyaning  inqilob  vaqtida  musodara  qilingan  mol-mulklari 

qaytarildi,  ularning  eski huquqlari  tiklandi. 

 

Xulosa 



 

Shunday  qilib,  Kromvel  olib  borgan  kurashlar,  urushlar  Angliyaning 

kelajagini  gullatishga  hizmat  qildi.  Monarxiya  tiklangandan  so’ng  esa 

diplomatiya  boshqacha  bo’lib,  mustamlakachilik  siyosati  kun  sayin  kuchayib 

bordi.  Atlantika  sohillarida  bir  necha  ingliz  mustamlaka  yerlari  paydo  bo’la 

boshladi. 

O’z  zamonasining  buyuk  sarkardasi,  inqilobchi,  urush  maydonida  yengilishni 

bilmaydigan  Oliver  Kromvelning  siymosi  ko’p  minglab  kishilarning 

xotirasida  saqlanib  qoladi.  U  "qonunsizlikning  yovuz  dushmani"  edi.  Uning 


nomi  inqilob  dushmanlarini  qaltiratardi.  Kromvel  ingliz  burjua  inqilobini 

g’alabaga  olib  keldi.  tarixchilarning  tasdiqiga  ko’ra  u  avvaliga  inqilobning 

Robespyeri  bo’lgan,  xokimiyat  tepasiga  kelgach,  boshqacha  yo’l  tutib,  uning 

Napoleoniga  aylangan.  U  qanday  ahvolda  bo’lmasin,  qanday  ko’rinishda 

bo’lmasin tarixda  o’z o’rni va izini  qoldirdi. 

 

 



Foydalanilgan  adabiyotlar: 

 

1.  История дипломатии.1-том.М..1976. 

2.  Английская буржуазная революция середи ХIX в., М.,1964 

3.  М.А.Барг. Великая английская революция в портретах ее деятелей. М., 

"Мысл" 1991. 

 

 



Download 265.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling