Artikl
Ingliz tilida otlar oldidan har doim artikl ishlatilishi kerak. Ba’zan esa otlar oldidan artiklning ishlatilmaslik holatlari ham bo’ladi.
Ingliz tilida 2 hil artikl bor: NOANIQ ARTIKL (a/an) va ANIQ ARTIKL (the).
Noaniq artikl donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Noaniq artikl, o’z navbatida, ikki turga bo’linadi: A yoki AN noaniq artikli.
“A” noaniq artikli undosh tovush bilan (e’tibor bering: undosh harf bilan emas, tovush bilan!) boshlanuvchi, donalab sanaladigan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Masalan: a computer, a dog, a helicopter, a cell-phone.
“AN” noaniq artikli esa unli tovush bilan boshlanadigan, donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Masalan: an apple, an accident, an umbrella, an instrument.
“A” yoki “AN” noaniq artikli so’zlovchi va tinglovchiga noma’lum bo’lgan, u haqida birinchi marta gapirilayotgan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Noaniq artikl otlardan oldin ishlatilganda o’sha otning “bitta” ekanligini bildiradi. Masalan: an apple – (bitta) olma, a computer – (bitta) kompyuter. Ammo noaniq artikl to’g’ridan-to’g’ri “bitta” degan so’z tarjimasini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |