Innovation in the modern education system


Download 215.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi215.35 Kb.
#1291140
  1   2   3
Bog'liq
Qodirova Mamlakat Muminovna



International scientific-online conference: 
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
 
PART 14, 25.01.2022 
AMIR OLIMXON MANGIT XUKUMDORI 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6060593
 
Qodirova Mamlakat Muminovna 
Qarshi davlat universiteti, O`zbekiston tarix kafedrasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada amir olimxon va mangit xukumdori 
xaqida so`z boradi. Said Mir Muhammad Olimxon - 
Buxoro amirligini
 
1910
-
1920-yillarda
boshqargan soʻngi oʻzbek mangit hukmdor. 
1880-yilning
 
3-
yanvar
 kuni 
Buxoroda
 tugʻilgan. 
Kalit so`zlari: Amir Olimxon, Turkiylar, Said Muhammad 
Said Muhammad Olim t
urkiylarning
 
Mangʻit
ulusi 
Oʻzbeklari
 oilasida 
tugʻilgan. Said Olim oʻn uch yoshdaligida otasi 
Abdulahad
 tomonidan 
uch yilga davlatni boshqarish va harbiy maʼlumotlarni oʻzlashtirish 
uchun 
Sankt-Peterburgga
yuboriladi. 
1896-yilda
u Rossiyadan Buxoro 
Shahzodasi sifatida Buxoroga qaytib keladi. 
Ikki yildan soʻng u Nasaf xokimi etib tayinlanadi va ushbu 
lavozimida oʻn ikki yil faoliyat yuritadi. Keyingi ikki yilda u Karminning 
shimoliy provinsiyasini boshqaradi. 
1910-yilda
 otasi Abdulahad Xon vafot 
etadi. Oʻsha yili 
Rossiya Imperiyasi
 
Imperatori
 
Nikolay II
tomonidan Oliy 
martabaga koʻtariladi. 
1911-yilda
Said Olimxonga Hazrati Oliylari 
Imperator Svitasida general-mayor unvoni beriladi. 
Taxtga 1910-yilda oʻtirdi. Boshqaruvining boshida u sovgʻalar 
olmasligini, boshqa vazir va boshliqlarga pora olishni man etishini va 
soliqchilar va boshliqlarni xalqdan olgan soliqni oʻz manfaatlarida 
qoʻllamaslikni amr etdi. Biroq vaqt oʻtib vaziyat oʻzgarib ketdi, ushbu 
intrigalar oqibatida yangi qonunlar chiqarmoqchi boʻlganlar 
Moskva
 va 
Qozonga
 yuborildi. Said Olimxon esa boshqaruvini anʼanaviy tarzda 
davom ettirdi. 
Buxoro amirligi Rossiya Imperiyasiga qaram hisoblansada Said 
Olimxon oʻz davlatida Amir maqomiga ega edi. Said Olimxinning 
pullariga Sankt-Peterburgda Masjid va Buxoro Amiri Uyi qurildi. 
1915-
yilning
 
30-dekabr
kuni general-leytenent maqomiga ega boʻldi va Ter 
Kazaklari qoʻshinida general-adyutant maqomigacha koʻtarildi. 



Download 215.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling