Innovatsion menejment


Download 192.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2020
Hajmi192.7 Kb.
#166091
Bog'liq
1 amaliy mashgulot


“INNOVATSION MENEJMENT”  

 

1-  Mаvzu. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va 

vazifalari 

Reja: 

1.1. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari 

1.2. Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari 

1.3. Innovatsion menejmentning maqsadlari 



 

Tayanch so’zlarInnovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion 

menejment,  innovatsion  boshqaruv,  innovatsion  menejer,  fundamental  (nazariy) 

tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, innovatsion menejmentning maqsadlari. 

 

 



Nazorat savollari:  

1. Innovatsion menejment fanining predmeti va uslubi nimadan iborat? 

2. Innovatsion sohada kapital bozori tuzilmalarini tushuntiring. 

3. Innovatsion menejmentning maqsad va vazifalarni tushuntirib bering. 

4. Innovatsiya qanday tashkil etiladi? 

5. Innovatsiya klassifikatsiyasini keltiring. 

6. Endogen uyg‘unlik deganda nimani tushunasiz va uning vazifalarini sanab chiqing. 

7. Innovatsion menejmentning qanday funksiyalari tizimi mavjud? 

8. Ilmiy-texnik jarayon bosqichlari bo‘yicha innovatsiya o‘ziga xos qaysi 

xususiyatlarga ega? 

9. Investitsion menejmentning mohiyati nimalardan iborat? 

10. Investitsion menejmentning qanday funksiyalarini bilasiz? 



 

Test savollari: 

1. Endogen uyg‘unlik deganda nimani bilasiz? 

– IKning barcha ichki tizim elementlarini, uning subtizimlarini muvofiqlashuvi 

tushuniladi; 

– kadrlarni tanlash va joylashtirish, IK potensialidan samarali foydalanishni 

ta’minlash; 

– markazlashgan investitsiyalar qaytarish sharti bilan va tanlov asosida 

amalga oshirilishi; 

– IKlarga nisbatan uyg‘unlik vazifasi. 



2. Innovatsiyaning ilmiy nuqtayi nazardan 4 bosqichi: 

– g‘oya ustida ilmiy izlanishi; g‘oyani yuzaga chiqarish; g‘oyani 

o‘zlashtirish; seriyali va keng ko‘lamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish; 

– keng ko‘lamli ishlab chiqarishgacha bo‘lgan bosqich; g‘oya ustida 

ilmiy izlanishi; tashkiliy boshqaruv xususiyati; 

– g‘oya ustida ilmiy izlanishi; 

– bu g‘oyaning yuzaga kelishidan uning texnik ishlab chiqarishgacha 

bo‘lgan bosqich; g‘oyani yuzaga chiqarish; g‘oyani o‘zlashtirish; 

– g‘oyaning texnik yuzaga keltirishdan tijorat maqsadlarida 


qo‘llanishgacha bo‘lgan bosqich; texnik mahsulotlarni ishlab chiqarishda 

rivojlangan usullardan foydalanish; seriyali va keng ko‘lamda ishlab chiqarish 

va xizmat ko‘rsatish. 

3. Innovatsion menejmentning nazorat vazifalariga quyidagilar kiradi: 

– innovatsion faoliyat va uning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni 

yig‘ish va tizimlashtirish; olingan faoliyat natijalari holatini baholash; 

– innovatsion faoliyat maqsadlarini tizimlashtirish va ularni alohida 

ijro etuvchilarga yetkazish; belgilangan rivojlanish maqsadlariga erishishni 

tadbirlar, ilmiy, texnik va ishlab chiqarish vazifasini yechishni 

ta’minlaydigan dasturlarni shakllantirish; 

– alohida maqsadlar, tadbirlar va ijro etuvchilar o‘rtasidagi vaqtinchalik 

bog‘liqlik; qabul qilingan innovatsion dasturlarni amalga oshirish 

uchun zarur bo‘lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar baholanishi; 

– innovatsion loyiha bo‘yicha ishlarni bajarilishini nazorat qilish: rivojlanish 

maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyorlash va bajarish. 

 

Amaliy masalalar. 

1-masala.  Mintaqa  kapital  sanoatining  so‘nggi  3  yil  mobaynida  rivojlanishi 

quyidagi ko‘rsatkichlarda ta’riflangan (1-jadval). 

                                                                               1-jadval   

(mlrd. so‘m) 

Ko‘rsatkichlar  

 

1 yil 



2 yil 

3 yil 


1. Asosiy kapitalga invеstitsiyalar – jami 

 

537,4 



 

744,5 


 

1320,9 


 

        shu jumladan, ob’еktlar bo‘yicha: 

 

 

 



 

 

 



 

ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan  

 

309,0 


 

427,8 


 

843,2 


 

ishlab chiqarish uchun mo‘ljallanmagan  

 

228,4 


 

316,7 


 

486,7 


 

2. Asosiy fondlarni ishga tushirish 

 

343,6 


 

514,0 


 

990,9 


 

3. Ishlab chiqarishning qiymati 

 

296,7 


 

388,4 


 

571,0 


 

4. Tugallanmagan sanoat xajmi 

 

516,9 


 

761,6 


 

1275,2 


 

5.  Ishlab  chiqarishga  jalb  etilgan  ishchilarning 

o‘rtacha ro‘yxat soni, ming kishi. 

 

215,6 



 

190,8 


 

162,5 


 

 

Sanoat  tarmog’i  rivojlanishining  bеshinchi  yilida  asosiy  kapitalga  kiritiladigan 



sarmoyalar  xajmini  uchinchi  (bazis)  yilda  erishilganga  nisbatan  1,5  marotaba,  ishga 

tushirilayotgan  asosiy  fondlarni  –  1,3  marotaba,  ishlab  chiqarishni  –  1,4  marotaba 

orttirish  ko‘zda  tutilgan.  Bunda  bashorat  qilinayotgan  invеstitsiyalar  tarkibidagi 

tugallanmagan  sanoat  xajmi  30  %ga  pasaytirilishi  lozim.  Ishlab  chiqarishda  band 

bo‘lgan ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni 5 yilda 200 ming kishini tashkil etadi.  


Aniqlash kеrak: 

1)  Kapital  sanoat  ko‘rsatkichlarining  3  yil  ichida  va  rеjalashtirilayotgan  davrda 

rivojlanish sur’ati qanday bo‘ladi; 

2)  Sanoatda  band  bo‘lgan  ishchilarning  ish  unumdorligi  uchinchi  yilda  va 

bеshinchi yilda qanday bo‘ladi; 

3)  Rеjalashtirilayotgan  yilda  tugallanmagan  sanoatning  mutlaq  (absolyut)  xajmi 

va uning sarmoyalar tarkibidagi ulushini aniqlang; 

4)  3  yil  mobaynida  va  rеjalashtirilayotgan  davrda  ishlab  chiqarish,  asosiy 

fondlarni  ishga  tushirish  va  invеstitsiyalar  tarkibidagi  tugallanmagan  sanoat 

xajmining nisbatini aniqlang.  

Bajarilgan  xisob-kitob  asosida  kapital  sanoat  rivojini  baholab,  zarur  xulosalar 

chiqaring. 



 

Download 192.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling