Innovatsiyalar samaradorligini baholash
Download 28.97 Kb.
|
INNOVATSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH
INNOVATSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH. Reja 1. Innovatsiyalar samaradorligini baholash muammosi, uning mohiyati. 2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalar samaradorligini baholash. 3. Innovatsion loyihalarni baholashning asosiy tamoyillari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kapital kо‘yilmalarning (investitsiyalarning) samaradorligini majmuali baxolash muammosi. Kapital kо‘yilmalarning ayrim metodologik masalalari. Faoliyat samaradorligi mezonlarining 2 kо‘rinishi. Samaradorlik baxolashning makro va mikroiktisodiy metodlari. Innovatsion loyixa realizatsiyasidan oldingi 2 о‘zaro boglik metodik masala. Ma’muriy boshkaruv tizimida samaradorlikni baxolash. Bozor iktisodiy tizimida loyixa samaradorligini baxolash boskichlari. Loyixani kelgusida realizatsiya etishning maksadga muvofikligi bо‘yicha karorlar kabul kilish. Loyixaning moliyaviy samaradorligi. Byudjet samaradorligi. Xalk xо‘jalik iktisodiy samaradorligi. Innovatsion loyixaning umumiy axamiyati. Innovatsion loyixalarning ta’sir doirasi bо‘yicha baxolanishlari. 1. Kapital qо‘yilmalarning (investitsiyalarning) samaradorligini majmuali baholash muammosi turli daraja iqtisodchi-olimlar va amaliyotchi-rahbarlarning doimiy diqqat markazida bо‘lib kelgan va hozirda ham о‘z dolzarbligini yо‘qotganicha yо‘q. Sо‘nggi о‘n yillikda ushbu muammoga bag‘ishlangan kо‘pgina ilmiy qо‘llanmalar nashr etilib, umumdavlat, tarmoq va hududiy darajada qо‘llanishga mо‘ljallangan investitsiyalash obyektlariga kapital qо‘yilmalarni iqtisodiy asoslash sohasida turli metodik kо‘rsatma va yо‘riqnomalar ishlab chiqildi. Mazkur kо‘rsatmalarning yangilik darajasi, hozirgi real iqtisodiy sharoitlarga mos kelishi va ularning innovatsion loyihalarni baholashda foylanish imkoniyatlari qanday, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Biroq, ushbu savolga javob izlashdan oldin, mamlakat iqtisodiyotining hozirgi zamon holati va rivojlanish istiqbollariga qiyosan, kapital qо‘yilmalarning ayrim metodologik masalalariga tо‘xtash maqsadga muvofiq. Investitsiyalar samaradorligini baholash masalasi avvalo, investor oldida, ya’ni tasarrufida kapital resurslar bо‘lgan hamda ularni investitsiyalash orqali muayyan foyda olishni kо‘zlayotgan xо‘jalik yurituvchi subyekt oldida kо‘ndalang turadi. Bunda foyda umumlashtirilgan holda investor ehtiyojlari asosida shakllangan maqsadlarga erishish darajasi sifatida talqin etilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti nazariyasining klassik yо‘nalishlariga muvofiq, birlamchi xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ( mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va oxirgi iste’molchilar) ushbu faoliyatning sohalari va yо‘nalishlari bо‘yicha tanlov erkinligiga asoslanadi, bunda davlatning funksiyalari esa, birlamchi xо‘jalik yurituvchi subyektlar о‘zaro aloqa jarayonlarini tartibga solishdan iborat. Bunday sharoitda ular faoliyati samaradorligi mezonlarining kamida 2 kо‘rinishini ajratish zarur degan xulosa kelib chiqadi. Birinchidan, bu birlamchi xо‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati samaradorligining lokal mezonlari bо‘lib, belgilangan tashqi cheklovlar doirasida uzoq muddat maksimal foyda kо‘rishga intiladi. Ikkinchidan, bu butun iqtisodiy tizim faoliyati samaradorligining global mezoni bо‘lib, jamiyatning dinamik ravishda rivojlanishini ta’minlashga yо‘naltirilgan davlat siyosatining asosida yotishi kerak. Ushbu turli va qarama-qarshi mezoniy guruhlarining mavjudligini e’tirof etish esa, kapital qо‘yilmalar samaradorligini baholashning turli metodlarini ishlab chiqishni talab etadi va ular qabul qilingan tasniflanishga kо‘ra, makro yoki mikroiqtisodiy bо‘lishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida о‘zini о‘zi moliyalashtirish va qoplash asosida asosida faoliyat kо‘rsatayotgan hamda investitsiyalashni amalga oshirayotgan innovatsion korxona (IK) va boshqa ilmiy korxonalar oldida istiqboldagi foydalilik—mazkur investitsiyalarning pirovard iqtisodiy samaradorligi masalasi turadi. Shu munosabat bilan innovatsion korxonalar noaniqlik va mavhumlikning u yoki bu darajasini inobatga olgan holda ushbu investitsiyalardan qancha jami daromad kelishi mumkinligini prognozlashtirishi lozim. Buning uchun qabul qilinadigan qarorlar iqtisodiy asoslanishining mos usul va vositalari tо‘plami ishlatilishi kerak. Hozirgi zamon xо‘jalik mexanizmi tub isloh qilinayotgan, uning iqtisodiy rivojlanishning bozor modellariga yо‘nalayotganligi sharoitida investitsiya qarorlarini iqtisodiy asoslash muammosi alohida dolzarblik kasb etadi. Bu turdagi muammolar ham birlamchi xо‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida (IK va tashkilotlar), va ham milliy iqtisodiyotni boshqarishning yuqori bо‘g‘inlarida, xususan, ilmiy, ijtimoiy va boshqa umumdavlat dasturlarini moliyalashtirish uchun byudjet mablag‘lari taqsimotida vujudga keladi. Bozor iqtisodiy tizimida faoliyat kо‘rsatadigan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning muhim farqli о‘ziga xosligi bо‘lib, faoliyati davomida erishishni kо‘zlagan maqsadlari о‘rtasidagi farqlar hisoblanadi. Bunda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tartibga solish vazifasi bо‘lgan boshqaruv-hokimiyat davlat organlari global, jamiyatni rivojlanishi, xalq xо‘jalik maqsadlaridan kelib chiqib faoliyatini yuritishi lozim. Hozirgi sharoitda davlat boshqaruv organlari maqsad va vazifalarining о‘zi oldingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagidan farq qilmaydi. Biroq, ushbu maqsadlarni amalga oshirish usullarida katta farq mavjuddir. Agar ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida umumdavlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vositasi va xalq xо‘jaligi birlamchi obyektlarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri boshqarish shakli sifatida reja tursa, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat birlamchi xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati tashqi sharoitlarini shakllantiradi, milliy iqtisodiyotning о‘sishi uchun stimullar yaratadi. О‘z navbatida, faqatgina davlat tomonidan belgilangan va barcha subyektlar uchun bir xil bо‘lgan “о‘yin qoidalari” bilan cheklangan birlamchi xо‘jalik subyektlari о‘z faoliyatini uzoq istiqbolda maksimal shaxsiy foyda kо‘rish kabi lokal maqsadlarni kо‘zlagan holda quradi. Xо‘jalik subyektlarining maqsadlaridagi farqlar, asosan investitsion qarorlar asosida turuvchi turli mezonlar, shuningdek, investitsiyalar samaradorligini baholash metodlarida namoyon bо‘ladi. Ushbu yondashuvlar va metodlarni yuqorida aytilganidek, agar ular asosida investitsiyalar samaradorligining global mezonlari yotgan bо‘lsa, shartli ravishda makroiqtisodiy, lokal mezonlarga asoslangan bо‘lsa, mikroiqtisodiy deb atashimiz mumkin. Har bir innovatsion loyiha (ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida) realizatsiyasidan oldin 2 о‘zaro bog‘liq metodik masala yechimi turishi lozim, bular: 1) loyihani amalga oshirish har bir varianti samaradorligini baholash; 2) variantlarni taqqoslash va eng tо‘g‘risini tanlash. Mulkchilikning davlat shakli va iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usullarini qо‘llash hukmronligi sharoitida unga mos keluvchi barcha korxona va tashkilotlar uchun yagona bо‘lgan, markazlashtirilgan xо‘jalik qarorlari samaradorligini baholash yondashuvi amal qilardi. Uning asosini bir tamoyil tashkil etib, davlat uchun nima foydali va samarali bо‘lsa, о‘sha barcha xо‘jalik subyektlari uchun samarali bо‘lishi kerak mazmunini berardi. Ushbu tamoyil barcha subyektlar uchun yagona mezon—yangilikni realizatsiya etishning barcha bosqichlarida erishiladigan iqtisodiy samarani nazarda tutgan. Metodik bahs asosan, samara baholanadigan kо‘rsatkichlarga tegishli bо‘lib, ba’zida bu yangilikni realizatsiya etishga “keltirilgan xarajatlar”, ayrim paytda “integral” va yana ba’zan “yillik iqtisodiy samara” bо‘lgan. Ma’muriy boshqaruv tizimi sharoitida iqtisodiy asoslashlar garchi har bir xо‘jalik qarorining majburiy talabi bо‘lsada, amalda kо‘pincha ikkinchi darajali bо‘lib, nomigagina olib borilgan. Ham ajratilgan kapital qо‘yilmalarini о‘zlashtiruvchi tashkilotlar va ham ularning taqsimoti bilan shug‘ullanuvchi muassasalar shunchaki ijrochilar edi, sababi ular ajratiladigan pul mablag‘larining egalari emasdi. Bundan tashqari, kapital qо‘yilmalarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini ajratish kо‘pincha qaytarmaslik sharti bilan amalga oshirilardi. Xо‘jalik qarorlarini asoslashga bu kabi yondashuv xо‘jalik holatining yomonlashuviga olib kelgan. Kо‘pgina hollarda qо‘lga kiritilgan asbob-uskuna yillar davomida ishlatilmay yoki tо‘la quvvatda foydalanilmay turgan. Xorijdan valyutaga sotib olingan Yangi texnika mavjud texnologik jarayonlarga mos kelmaganligi oqibatida о‘zining texnik darajasidagi kutilgan qaytimni bermagan. Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari va yondashuvlari tahlili quyidagi hulosaga kelishga imkon beradi: Ø Ma’muriy iqtisodiyot sharoitlari uchun ishlab chiqilgan kapital qо‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari nazariy va amaliy jihatdan iqtisodiy islohotlar rivojlanishining hozirgi holatiga javob bermaydi; Ø Bugungi kunda investitsion tahlilning xorijiy tajribalari muhim ahamiyat va dolzarblik kasb etadi. Bunda butun innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligini baholashga imkon beruvchi moliyaviy oqimlar tahliliga asoslangan iqtisodiy samaradorlikni baholashning dinamik metodlari bilan birga investitsion dasturlarni amalga oshiruvchi IK moliyaviy holatini investitsion davr hisobot yillari bо‘yicha tadqiq etishga asoslangan statistik metodlar keng qо‘llaniladi. 2. Innovatsion loyihani ishlab chiqishning investitsiyalashdan oldingi bosqichida yangiliklarni ITTKI tugallanib, loyihaning texnik parametrlari mavhumiyligi tugatiladi. Bu sharoitlarda, loyihaning kelgusi realizatsiyasi bо‘yicha masalani yechishda loyiha samaradorligini baholash uchun iqtisodiy (moliyaviy) kо‘rsatkichlar birinchi darajali muhimlik kasb etadi. Innovatsion loyihani ishlab chiqishning mazkur bosqichida uning xarakteristikalari boshqa investitsion loyihalardan farq qilmaydi: Ø Yangilik (mahsulot, xizmat) ishlab chiqarishni tashkil etish va realizatsiya etish uchun tashkilotning investitsiyalarga ehtiyoji. U yetarli ishonchililik darajasi bilan loyiha realizatsiyasi rejalashtirilgan masshtablari asosida baholanishi mumkin; Ø Sotuvlar istiqbolidagi mavhumlikning mavjudligi (moliyaviy muvaffaqiyat ehtimoli). Bunda sotuvlar hajmining darajasi ham ichki(masalan, marketing tadqiqotlarining chuqurligi va yо‘nalganligi) va ham tashqi(bozor konyukturasi) omillarga bog‘liq bо‘ladi. Investitsiyalashdan oldingi bosqichda innovatsion loyihalar investitsion samaradorlik kо‘rsatkichlari yordamida baholanishi mumkin. Loyiha samaradorligini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Ø Loyihani butunlay baholaganda, bunda loyihaga investitsiya qilinadigan mablag‘lar ularning paydo bо‘lish manbalariga (о‘z yoki qarz mablag‘lari, ichki yoki tashqi mablag‘lar) bog‘liq bо‘lmagan ravishda baholanadi; Ø Loyihani moliyalashtirish uchun о‘z mablag‘larini ishlatish samaradorligi baholanganda. Ma’lumki, umuman samarali, lekin qimmat kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyiha tashabbuschi hamda investor uchun jozibador bо‘lmaydi. Shu orqali investitsiyalashdan oldingi bosqichda loyiha samaradorligining 2 tur baholanishi mavjudligi asoslanadi. 1-rasmda innovatsion jarayon bosqichlari ( innovatsiyalar hayotiylik sikli) bо‘yicha innovatsion loyihani amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan investitsiyalar batafsil yoritilgan. Shuningdek, loyihani amalga oshirish bosqichiga bog‘liq ravishda investitsiyalarning qaysi kо‘rinishi optimalligi, investitsiyalar qaytimi, foyda kо‘rish, sotuvlar pasayishi va b. kо‘rsatib berilgan: Loyihani kelgusida realizatsiya etishning maqsadga muvofiqligi bо‘yicha qarorlar qabul qilishda ishlatilishi mumkin bо‘lgan loyiha samaradorligini baholash kо‘rsatkichlarini batafsilroq kо‘rib chiqamiz. Loyiha samaradorligi xarajatlar va natijalar nisbatini aks ettiruvchi kо‘rsatkichlar tizimi bilan xarakterlanadi. 2-rasmda innovatsion loyiha samaradorligi kо‘rsatkichlari keltirilgan. Loyihaning moliyaviy samaradorligi talab etilgan daromad meyorini ta’minlovchi moliyaviy xarajatlar va natijalar nisbati bilan aniqlanadi. Moliyaviy samaradorlik butun loyiha bо‘yicha va ham alohida loyiha ishtirokchilari bо‘yicha hisoblanishi mumkin. Bunda tahlil obyekti bо‘lib real pul oqimi hisoblanadi. Byudjet samaradorligi kо‘rsatkichlari loyihani amalga oshirish natijalarini muayyan (davlat, region, mahalliy) byudjet jarajatlari va daromadlariga ta’sirini aks ettiradi. Byudjet samaradorligining asosiy kо‘rsatkichi bо‘lib byudjet samarasi hisoblanadi va u loyihada kо‘zda tutilgan davlat va region moliyaviy moliyaviy qо‘llab quvvatlashi choralarini asoslashda ishlatiladi. Loyihani amalga oshirish byudjet samarasi tegishli byudjet daromadlarining xarajatlariga nisbatan loyihani amalga oshirish natijasida oshishi bilan aniqlanadi. Samaradorlikning xalq xо‘jalik iqtisodiy kо‘rsatkichlari loyiha samaradorligini butun xalq xо‘jaligi, shuningdek loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan regionlar manfaatlari nuqtai nazaridan aks ettiradi. Xalq xо‘jaligi darajasida iqtisodiy samaradorlik kо‘rsatkichlari tahlilida loyihaning natijalariga quyidagilar qiymatli kо‘rinishda qо‘shiladi: Oxirgi ishlab chiqarish natijalari. Bunga mol-mulk va intellektual mulk sotuvidan tushgan daromad ham kiradi; Ijtimoiy va ekologik natijalar. Ushbu natijalar loyiha barcha ishtirokchilarining aholi salomatligi, regionlardagi ijtimoiy va ekologik muhitga qо‘shma ta’siridan kelib chiqib olinadi; Bevosita moliyaviy natijalar; Xorijiy davlat, bank va firmalarning kredit va qarzlari, import poshlinalari tushumlari va b. Download 28.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling